Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 1069391 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 ... 63 B


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:54:19



30. (Ey, Muhammad,) agar xohlasak, albatta, Sizga ularni (munofiqlarni) ko'rsatib (tanitib) qo'ygan bo'lur edik, u holda Siz ularni belgilaridan tanib olgan bo'lur edingiz. (Qasamki, endi) albatta, Siz ularni so'z ohangi (uslubi)dan tanib olursiz. Alloh (barcha) amallaringizni bilib turur.

Izoh: 30-31-oyat. Musulmonlar ichida dilida imon keltirmagan munofiqlar ham bor edi. Ularni turli sinovlar orqali Rosul (a. s.)ga tanitib qo'yish uchun Alloh taolo mazkur oyatlarni nozil etgan.

31. Albatta, Biz, to sizlarning orangizdagi jihod qiluvchi va sabr qiluvchi zotlarni bilgunimizcha hamda sizlarning xabarlaringizni sinagunimizcha, sizlarni imtihon qilurmiz.

32. Albatta, kofir bo'lgan va (o'zgalarni ham) Allohning yo'lidan to'sgan hamda o'zlariga hidoyat (yo'li) ravshan bo'lganidan keyin yana Payg'ambarga muxoliflik qilgan kimsalar, Allohga biror zarar yetkaza olmaslar va (Alloh) ularning ishlarini behuda ketkazur.

33. Ey, imon keltirganlar, Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga itoat etingiz! Amallaringizni zoye qilmangiz!

34. Albatta, kofir bo'lgan va (o'zgalarni ham) Alloh yo'lidan to'sgan, so'ngra kofirlik hollarida o'lgan kimsalarni Alloh sira mag'firat etmas.

35. Bas, (ey, mo’minlar, jangda) sustkashlik qilmangiz va o'zlaringiz ustun bo'la turib (ularni) sulhga chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U qilgan amallaringiz (savobi)ni sira kamaytirmas.

36. Albatta, bu dunyo hayoti faqat o'yin va behudalikdir. Agar sizlar imon keltirsangizlar va taqvoli bo'lsangizlar, U sizlarga mukofotlaringizni berur va sizlardan mollaringizni so'ramas.

37. Agar (Alloh) sizlardan (mollaringizni) so'rab, sizlarni qiynaydigan bo'lsa, sizlar baxillik qilursizlar va U sizlarning (dillaringizdagi) gina (adovat)laringizni fosh qilur.

38. Ey, sizlar! Alloh yo'lida ehson qilish uchun da'vat qilinasizlar. Bas, (aniqki) sizlarning orangizda baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kim baxillik qilsa, bas, faqat o'z zarariga baxillik qilur. Alloh boy, sizlar esa faqirdirsizlar. Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) bosh tortsangizlar, U (o'rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo'yur, so'ngra ular sizlarga o'xshagan bo'lmaslar, (balki Allohga itoat qilurlar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:55:07



FATH SURASI

Fath so'zining ma'nosi g'alabadir. Albatta, bu so'z ham suraning birinchi oyatidan olinib nomlangan. Bu g'alaba musulmonlarning g'alabasi ekanligi ma'lum, lekin qaysi jangdagi g'alaba ekanligi xususida turli rivoyatlar mavjud. Masalan, Makka ahlining tinchlik yo'li bilan Islomga kirishlari, Hudaybiya jangi va Xaybar jangidagi g'alabalardan biri ekanligiga dalolat qiluvchi qator hadisi shariflar bor. Surada munofiqlik qiluvchi, ko'pchilik bilan birga yovga qarshi harbiy xizmatga chiqish o'rniga, undan turli bahonalar bilan bosh tortuvchilar tanqid qilinadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga aniq fath (g'alaba) baxsh etdik.

2. (Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O'z ne'matini mukammal qilib berishi, Sizni To'g'ri yo'lga hidoyat qilishi,

3. shuningdek, Allohning Sizga kuchli yordam berishi uchundir.

4. U (Alloh) O'z imonlariga yana imon qo'shilishi uchun mo'minlarni dillariga taskin tushirgan zotdir. Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) faqat Allohnikidir. Alloh bilimli va hikmatli zotdir.

5. U mo'min va mo'minalarni ostidan anhorlar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritish uchun va ulardan yomonlik (gunoh)larini o'chirish uchun (shunday qildi). Bu Alloh nazdida ulkan yutuqdir.

6. Shuningdek, Alloh haqida (mo'minlarga madad bermaydi deb) yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalarni hamda mushrik va mushrikalarni azoblash (uchun shunday qildi). Ular uzra halokat balosi tushuvchidir. Alloh ulardan darg'azab bo'ldi, ularni la'natladi va ular uchun jahannamni tayyorlab qo'ydi. Naqadar yomon joydir u!

7. Osmonlar va Yer qo'shinlari (farishtalari) Allohnikidir. Alloh qudratli va hikmatli zotdir.

8. (Ey, Muhammad,) haqiqatan, Biz Sizni (qiyomat kuni ummatlarga) guvohlik beruvchi, (mo'minlarga) xushxabar eltuvchi va (kofirlarni) ogohlantiruvchi qilib yuborgandirmiz.

9. (Biz, Muhammadni) Allohga va uning Payg'ambariga imon keltirishlaringiz uchun va uni qo'llab-quvatlab, izzat-ikrom qilishlaringiz hamda erta-yu kech Unga (Allohga) tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik).

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:55:56



10. (Ey, Muhammad,) haqiqatan, Sizga bay'at (qasamyod) qiladiganlar, albatta, Allohga bay'at qilgan bo'lurlar. Allohning "qo'li" ularning qo'llaridan balanddir. Bas, kimki (o'z qasamyodini) buzsa, bas, (u) faqat o'z zarariga buzur. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulkan mukofot ato etur.

Izoh: Hudaybiya vodiysidagi bir tup daraxt ostida bir yarim mingga yaqin musulmonlar Rasulullohga har qanday sharoitda sodiq bo'lishlari haqida qasamyod etganlar. Bu qasamyod "Bay'atur - rizvon" - deb ataladi. Ya'ni, Alloh rozi bo'ladigan qasamyod demakdir.

11. (Ey, Muhammad,) hali (Madinaga qaytilgach) Sizga a'robiylardan (jangga chiqmay, uyda) qolgan (munofiq)lar: "Bizlarni mollarimiz va ahl (oila)larimiz band qilib qo'ydi. Endi o'zing bizlar uchun (Allohdan) mag'firat so'ragin", - derlar. Ular dillarida bo'lmagan narsani (yolg'onni) tillari bilan ayturlar. Ayting: "Agar (Alloh) sizlarga biror zarar (yetkazish)ni istasa yoki U sizlarga biror manfaat (yetkazish)ni istasa, bas, kim sizlar uchun Alloh (tomoni)dan bo'lgan biror narsani (daf qilish)ga ega bo'la olur?! Yo'q, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

12. Balki sizlar Payg'ambar va mo''minlar (bu jangdan) o'z ahl (oila)lariga sira qaytib kelmaydilar, deb o'yladinglar va bu dillaringizga chiroyli ko'rsatilib, yomon gumon qildinglar hamda halok bo'luvchi qavm bo'ldinglar".

13. Kimki Allohga va uning payg'ambariga imon keltirmagan bo'lsa, bas, albatta, Biz (unday) kofirlar uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz.

14. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohnikidir. (U) xohlagan kishilarni mag'firat qilur va xohlagan kimsalarni azoblar. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.

15. Hali sizlar (Xaybar jangidagi) o'ljalarni olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmay uyda) qolgan kimsalar: "Bizlarga ham (o'lja olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yo'l) qo'yinglar", - derlar. Ular Allohning kalomini o'zgartirmoqchi bo'ladilar. Ayting: "Sira ham bizlarga ergashmaysizlar. Alloh ilgari mana shunday degandir". Bas, ular: "Balki, sizlar bizlarga hasad (baxillik) qilayotgandirsizlar", - derlar. Yo'q, ular kamdan-kam (narsalarnigina) anglarlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:56:54

[imghttp://www2.muslim-web.com/pages/p513.gif[/img]

16. A'robiylardan (jihodga chiqmay) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: "Yaqinda sizlar ashaddiy kuch egalari bo'lmish bir qavm (bilan jang qilish)ga chorlanursizlar. (O'shanda ё) ular bilan urusharsizlar yoki ular (jangsiz) Islomga kirurlar. Bas, agar (o'shanda) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga go'zal mukofot ato etur. Agar ilgari yuz o'girib ketganlaringizdek yuz o'girib ketsangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar.

17. (Jihodga chiqmaslikda) ko'zi ojiz kishiga haraj (tazyiq) yo'qdir. Cho'loqqa ham haraj yo'qdir, bemorga ham haraj yo'qdir. Kimki Alloh va uning payg'ambariga itoat etsa, (U) uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kimki yuz o'girib ketsa, uni alamli azob bilan azoblar.

18. (Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo'minlardan - ular daraxt ostida sizga bay'at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida - rozi bo'ldi. Bas, U ularning dillaridagi narsa (sadoqat)ni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni (Xaybar jangidagi) yaqin g'alaba bilan mukofotladi.


Izoh: Bir guruh Islomga kirgan musulmonlarning muayyan daraxt ostida Rasululloh huzurida qasamyod qilganliklari qayd etilgan.

19. (Ular) oladigan ko'pdan-ko'p o'ljalar bilan ham (mukofotladi). Alloh qudratli va hikmatli zotdir.

20. (Ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga o'zingiz oladigan ko'pgina o'ljalar va'da qildi. Endi mana bu (Xaybar jangidagi o'ljalar)ni esa naqd qilib qo'ydi va (dushman) odamlarning qo'llarini sizlardan to'sib qo'ydi. Toki (bu ne'matlar) mo''minlarga alomat bo'lgay va (Alloh) sizlarni To'g'ri yo'lga hidoyat qilgay.

21. Yana sizlar hali qodir bo'lmagan boshqa (o'lja)lar ham borki, Alloh ularni ihota qilib qo'ygandir. Alloh barcha narsaga qodir zotdir.

22. Agar kofir bo'lgan kimsalar sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, (ular) ortlariga qarab qochgan bo'lur edilar. So'ngra ular na bir do'st va na bir yordamchi topurlar.

23. (Bu) Allohning yo'li (qonuni) bo'lib, ilgari ham o'tgandir. Allohning yo'liga esa o'zgartirish topa olmassiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:57:40



24. U (Alloh) Makkaning ichida (Hudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga g'olib qilganidan keyin ularning qo'llarini sizlardan, sizlarning qo'llaringizni ulardan to'sgan (sulh qildirgan) zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.

25. Ular (Makka mushriklari) kofir bo'lgan va sizlarni Masjidul-Haromdan, qurbonlikni esa mahbus holida, o'z joyiga yetishdan to'sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo'min kishilar va mo'mina ayollar bo'lmasa edi - sizlar ularni bilmagan holingizda (mushrik deb o'ylab) oyoqosti qilib qo'yib, ular sababli sizlarga or yetmasa edi, (Alloh sizlarni Makkaga yurishdan qaytarmagan bo'lur edi). Alloh O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga doxil qilish uchun (shunday qildi). Agar (mo''minlar) ajralib olganlarida, albatta, ulardan (Makka ahlidan) kofir bo'lganlarini alamli azob bilan azoblagan bo'lur edik.

26. O'shanda kofir bo'lgan kimsalar dillariga g'urur - johiliyat g'ururini solganlarida Alloh O'z payg'ambarining va mo''minlarning ustiga xotirjamligini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya'ni, "Lo iloha illalloh"ni) lozim qildi. Ular o'sha (kalima)ga juda haqli va ahl edilar. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir.

27. Qasamki, Alloh O'z Payg'ambariga (u ko'rgan) tushni ro'yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey, mo'minlar), inshoalloh, Masjidul-Haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda qo'rqmasdan kirursizlar. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g'alabani (Xaybar g'alabasiga ega) qildi.


Izoh: Payg'ambar (a. s.) Hudaybiya sulhidan oldin tushlarida sahobalar bilan Makkaga tinch holatda kirib, Ka'bani ziyorat qilganlar va ularning ba'zilari sochlarini qirdirgan, ba'zilari esa sochini qisqartirgan. Lekin o'sha yili Makkaga kiraolmaganlar, balki Hudaybiya bilan sulh tuzilgan. Makka fathidan oldin yana bir g'alabani va'da qilinishiga binoan, bu fath Xaybar fathi, navbatdagisi esa Makka fathi ekanligi ma'lum bo'ladi.

28. U O'z Payg'ambari (Muhammad)ni hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha din(lar)ga g'olib qilishi uchun yuborgan zotdir. Allohning O'zi (bunga) yetarli guvohdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:58:44



29. Muhammad Allohning rasulidir. U bilan birga bo'lgan (mo'min)lar kofirlarga qahrli, o'z oralarida (mo'minlarga nisbatan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl va rozilik tilab ruku', sujud qilayotgan hollarida ko'rarsiz. Ularning yuzlarida sajda asoratidan (qolgan) belgilari bordir. Mana shu (sifatlar) ularning Tavrotdagi misollaridir. Ularning Injildagi misollari esa, xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo'g'onlashib o'z novdasida tik turgan, dehqonlarni ajablantiradigan o'simlikka o'xshaydi. (Bu) ular sababli kofirlar jahlini chiqarish uchundir. Alloh ulardan imon keltirib, solih amallarni qilgan zotlarga mag'firat va ulkan mukofot va'da qilgandi.

Izoh: Bu zarbul-masal musulmonlarning dastlab zaif, kamchilik va xor bo'lganlari, keyinroq esa ravnaq topib, kuchayib ketishini ifoda etadi.


HUJUROT SURASI

Hujurot - hujralar, ya'ni, Rasulullohning istiqomat qiladigan hujralari bo'lib, suraning 4-oyatida bu haqda ma'lumot beriladi.

Surada Alloh bilan Rasulining ko'rsatmalarisiz diniy tadbir o'tkazmaslik, Rasululloh bilan muomala qilish odoblari, mo'min kishi eshitgan gapiga aniqlamasdan ishonib ketmasligi, o'zaro nizolarni tinchlik yo'li bilan bostirish zarurligi, masxara, laqab aytish, g'iybat, badgumonlik kabi razil sifatlardan saqlanishga targ'ib, barcha insonlarning asli bir ota va bir onadan iborat ekanligi, insonning afzalligi millati bilan emas, balki ezgulikka qanchalik intilishi bilan, taqvo bilan belgilanishi kabi saboqlar bayon etilgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey, imon keltirganlar, Alloh va Uning Payg'ambari oldida (ikkisining iznisiz biror so'z yoki ishni) muqaddim etmangizlar! Allohdan qo'rqingizlar! Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.

2. Ey, imon keltirganlar, amallaringiz o'zlaringiz sezmagan holingizda zoye bo'lib ketmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg'ambarning ovozidan yuqori ko'tarmanglar va unga bir-birlaringizga baland ovoz (dag'al so'z) qilgandek baland ovoz qilmangizlar!

3. Allohning Payg'ambari huzurida ovozla rini past qilgan zotlar - aynan o'shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan zotlardir. Ular uchun mag'firat va ulkan mukofot bordir.

4. (Ey, Muhammad,) albatta, (ayollaringiz yashaydigan) hujralar ortidan turib, Sizni chaqiradigan kimsalarning ko'plari aql ishlatmaydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 01:59:29



5. Agar ular, to (Siz o'zingiz) ularning oldiga chiqquningizgacha, sabr qilganlarida, albatta, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi. Alloh mag'firatli va rahmlidir.

6. Ey, mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo'yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo'lmasliklaringiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko'ringizlar!

7. Bilinglarki, oralaringizda Allohning Payg'ambari bordir. Agar u ko'p ish(lar)da sizlarga bo'yin sunsa, albatta, sizlar mashaqqatlarga duchor bo'lur edingizlar. Lekin Alloh sizlarga imonni suyukli qildi va uni dillaringizga ziynat qildi hamda sizlarga kufrni fisqu-fujurni va itoatsizlikni yomon ko'rsatib qo'ydi. Ana o'shalargina to'g'ri yo'l topuvchilardir.

8. (Bu) Alloh (tomoni)dan bo'lmish fazl (marhamat) va ne'matdir. Alloh bilimli va hikmatlidir.

9. Agar mo'minlardan ikki toifa o'zaro urushib qolsalar, darhol ular o'rtasini isloh etinglar! Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar! Endi agar u (toifa tajovuzkorlikdan) qaytsa, sizlar darhol ularning o'rtasini adolat bilan tuzatib qo'yinglar va adolat qilinglar! Zero, Alloh adolatlilarni sevar.

10. Albatta, mo'minlar og'a-inidirlar. Bas, sizlar ikki og'a-iningiz o'rtasini tuzatib qo'yinglar va Allohdan qo'rqinglar, shoyad rahm qilinsangizlar.

11. Ey, mo'minlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo'min) qavmni masxara qilmasin! Ehtimolki, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (Sizlardan) ayollar ham (boshqa) ayollarni (masxara qilmasinlar)! Ehtimolki, (masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan o'shalar zolimlardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 02:00:25



12. Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (O'zgalar aybini qidirib) josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko'rasiz-ku, axir! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir.

13. Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.

14. A'robiylar: "Imon keltirdik", - dedilar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Sizlar imon keltirganlaringiz yo'q, lekin sizlar "Islomga kirdik" denglar! (Chunki hanuz) dillaringizga imon kirgan emasdir. Agar sizlar Allohga va Uning Payg'ambariga itoat etsangizlar, U sizlarga (qilgan yaxshi) amallaringizdan (savobidan) biror narsani kamaytirmas. Albatta, Alloh mag'firatli va rahmlidir".


Izoh: Shu oyati karimadan ma'lum bo'ladiki, imon bilan islom, mo'min bilan musulmon mazmun jihatdan farq qiladi. Imon - bu ilohiy ta'limotni tan olib tasdiq etish bo'lsa, islom ilohiy ko'rsatma va buyruqlarni amalda bajarishdir. Bu oyatda mo''minlik da'vo qilayotgan bir guruh a'robiylarga Alloh taolo raddiya berib, "Yo'q! Sizlarda imon yo'q, balki o'zlaringni mo'min-musulmon ko'rsatish uchun amal qilib turibsizlar", - degan mazmunda tanbeh beradi.

15. Haqiqiy mo'minlar Alloh va Uning Payg'ambariga imon keltirib, so'ngra shubha qilmagan va mollari va jonlari bilan Alloh yo'lida jihod qilgan zotlardir. Aynan o'shalargina (imonlarida) sodiqdirlar.

Izoh: Tilidagina imon keltirib, dilida imon qaror topmagan a'robiylar (badaviy arablar) bilan komil mo'minlar o'rtasidagi farq bayon qilinmoqda. Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.

16. (Ey, Muhammad, a'robiylarga) ayting: "Sizlar Allohga diningizni bildirmoqchimisizlar?! Vaholanki, Alloh osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh barcha narsani biluvchidir".

17. Ular Sizga islomga kirganlarini minnat qilurlar. Ayting: "Sizlar menga islomingizni minnat qilmangiz. Balki agar (imoningizda) sodiq bo'lsangiz, bilingizki, Alloh sizlarni imonga hidoyat qilganini minnat qilur.

18. Albatta, Alloh osmonlar va Yerdagi g'ayb (sirlar)ni bilur. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir".

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 02:02:05



QOF SURASI

Qof - arab alifbosining 21-harfi. Bu kabi harflarning sura boshida kelganda qanday tushunish kerakligi haqida Baqara surasi avvalidagi izohda bayon qilindi. Qof bir yashil tog'ning nomi sifatida ham keladi. Surada imon-e'tiqod, kufru shirk, dunyo va oxirat kabi tushunchalar, xususan, o'lgandan keyin qiyomatda tirilib, Alloh huzurida hisobot berishlikning haqligi to'g'risida uqdiriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qof. Ulug' Qur'onga qasam!

Izoh: Qasamyod etildi, lekin qasamning javobi, ya'ni nimaga qasamyod etilgani oyatda zikr etilmadi. Buning sababi javob keyingi oyatlar mazmunidan ayon bo'lib turganidadir. Bu taqdirda qasam javobi - Siz, Ey Muhammad, qayta tirilish haq ekanligini har qancha isbotlamoqchi bo'lsangiz ham Makka ahli ishonmaydi, degan so'zdir.

2. Ha, ularga (farishta o'rniga) o'zlaridan bo'lmish bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan ajablandilar. Shunda kofirlar aytdilar: "Bu juda qiziq narsa-ku!

3. Bizlar o'lib, tuproqqa aylanganimizda (yana tirilamizmi)?! Bu juda uzoq (aqlga sig'mas) qaytishdir!"

4. Biz ular(ning murdalari) ni yer kamaytirayotganini (chirib tuproqqa aylanayotganini) bilganmiz. Bizning huzurimizda esa, (qilmishlarini) saqlovchi Kitob (Lavhul-Mahfuz) bordir.

5. Yo'q, ularga Haq (Qur'on) kelganda, uni ham yolg'onga yo'ydilar. Bas, ular iztirobli ishga (holga) tushib qolganlar.


Izoh: Iztirobli hollari - Qur'onni bir sehr desalar, bir she'r dedilar, bir afsona desalar, bir folbinlik kitobi deyishlaridir.

6. Axir, ular ustilaridagi osmonni - Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo'yganimizni va uning teshik(yoriq)lari yo'q ekanini ko'rmadilarmi?!

7. Yerni esa yoyiq (keng) qildik va unga tog'larni o'rnatib qo'ydik hamda unda (o'simlik, mevalardan) har turli go'zal juftlarni undirdik.

8. (Parvardigorga) qaytuvchi har bir bandaga ko'rgazma va eslatma bo'lishi uchun (shunday qildik).

9. Biz osmondan barakotli suv (yomg'ir) yog'dirib, u bilan bog'larni va o'rib olinadigan donlarni undirdik.

10. Shuningdek, zich mevali, novdalari baland xurmolarni ham.

11. Bandalarga rizq bo'lsin uchun (shunday qildik). Yana u (suv) bilan "o'lik" shaharni (yerni) "tiriltirdik". (Qabrlardan tirilib) chiqish ham mana shunday bo'lur.

12. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, quduq egalari (Shuayb qavmi), Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar.

13. Shuningdek, Od(qabilasi), Fir'avn (qavmi), Lutning og'a-inilari,

14. daraxtzor egalari (ya'ni,Shuayb qavmi) va Tubba' qavmi ham. (Ularning) barchalari payg'ambarlarni inkor etishgach, Mening va'dam (azobim ularga) muqarrar bo'ldi.

15. Axir, Biz avvalgi yaratishga (yo'qdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yo'q, ular esa yangi yaralishdan shubhadadirlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Avgust 2008, 02:03:27



16. Insonni (Biz) yaratganmiz, (demak,) uning nafsi vasvasa qiladigan (ko'nglidan o'tgan) narsalarni ham bilurmiz. Biz unga bo'yin tomiridan ham yaqinroqdirmiz.

17. Zotan, o'ng va chap (tomon)da o'tirgan ikki (yozib turuvchi farishta) qabul qilib(yozib) tururlar.

18. U biror so'zni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru nozir bo'lgan bir kuzatuvchi (so'zni yozib oluvchi farishta) bordir.

19. Mana o'lim mastligi (jon chiqish payti) haqiqatan (yetib) keldi. (Ey, inson,) bu (o'lim) sen undan qochuvchi bo'lgan narsadir.

20. (Tasavvur qiling,) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va'da qilingan Kundir!

21. Har bir jon o'zi bilan birga (uni mahsharga) haydovchi (bir farishta) va (amallariga) guvohlik beruvchi (ikkinchi farishta) bilan birga kelur.

22. (Ey, inson,) sen bu (og'ir Kun)dan g'aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni ochib yubordik. Endi, bugun ko'zing o'tkirdir.

23. Uning (kofirning) yaqini (bo'lgan farishta) deydi: "Mana bu (nomai a'mol) mening huzurimda (doimo) hozir bo'lgan narsadir".

24. (Do'zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): "Har bir noshukr, qaysarni jahannamga tashlangiz!

25. Shuningdek, yaxshilikni man etuvchi, tajovuzkor va (Allohga) shak keltiruvchini hamki,

26. u Alloh bilan boshqa "iloh"ni sherik qigan edi, uni qattiq azobga tashlangiz!"

27. Uning yaqini (shayton): "Parvardigoro, uni men tug'yonga solganim yo'q, lekin uning o'zi (haq yo'ldan) yiroq zalolatda bo'ldi", - deydi.

28. (Alloh) aytadi: "Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga tahdid qilganman.

29. Mening dargohimda (qilingan) so'z o'zgartirilmas va Men bandalarga zulm qiluvchi ham emasdirman".

30. U Kunda Biz jahannamga "to'ldingmi?", - dermiz, u esa: "Yana qo'shimcha bormi?" - der.

31. Jannat taqvodor zotlarga yiroq bo'lmagan (bir makonga) keltirilur

32. (va ularga:) "Mana shu (ne'matlar) sizlarga - (Allohga) qaytuvchi, (ahdini) saqlovchiga (va'da qilinib yurgan narsadir).

33. Shuningdek, Rahmondan g'oyibona qo'rqqan va tavba etuvchi qalb bilan kelgan kishilarga ham.

34. Unga (jannatga) salomat kiringiz! Bu (kun) mangu (qoladigan) Kundir", ( - deyilur).

35. Ularga u joyda xohlagan narsalari bordir. Bizning dargohimizda yana qo'shimcha (in'omlar) ham bordir.

Qayd etilgan