NAJM SURASISurada kelgan eng ajib ma'lumotlardan biri - bu me'roj kechasining tasviridir. Ya'ni, Muhammad (a. s.) Makkadan to Masjidi Aqsogacha, so'ng u yerdan osmonlar uzra parvoz qilib, Alloh buyurgan joygacha samoviy sayr qilgan kechalari haq ekanligiga ushbu surada qat'iy dalillar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Botib ketayotgan yulduzga qasamki,
2. sizlarning sohibingiz (ya'ni Muhammad) zalolatga ketgani ham yo'q, yo'ldan ozgani ham yo'q!
3. (Qur'onni) o'z havosi (xohishi) bilan so'zlamas.
4. U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.
5. Unga (tilovatni) shiddatli quvvatga ega bo'lmish zot (Jabroil) ta'lim bermishdir.
6. (U) iqtidorli (farishta)dir. Bas, u turdi.
7. O'zi oliy ufqda edi.
8. So'ngra yaqinlashib, pastladi.
9. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig'idek yoki (undan ham) yaqinroq bo'ldi.
10. Bandasi (Muhammad)ga Alloh tushirgan vahiyni keltirdi.
11. Ko'ngil ko'rgan narsasida yolg'onchi bo'lmadi.
12. Endi sizlar, (ey, mushriklar, Payg'ambar) ko'rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?!
13. Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko'rdi.
14. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida.
15. Ma'vo jannati ham o'sha (Nilufar)ning oldidadir.
16. O'shanda Nilufarni o'ragan narsa (Allohning fayzi) o'rab olgan edi.
17. (Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q.
18. Darhaqiqat, u (o'sha soatda) Parvardigorining buyuk alomatlarini ko'rdi.
19. (Ey, mushriklar,) ko'rdingizmi (sanamlaringiz) - "Lot, "Uzzo"ni
20. va yana uchinchilari bo'lmish "Manot"ni?
21. Erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?!Izoh: Ya'ni Alloh taolo mushriklarning so'zlaridan olib o'zlariga raddiya qilmoqda. Darhaqiqat, ularning buzuq e'tiqodi bo'yicha mabodo Alloh farzand tutmoqchi bo'lganda edi, qizlarni emas o'g'il farzand tutgan bo'lmasmidi?! Buni xayolga ham keltirib bo'lmaydi. Zero, Allohning xoh farzand, xoh boshqa narsaga ehtiyoji bor deb hisoblash shirkdir. 22. U holda bu adolatsiz taqsim-ku?!
23. U (nom)lar faqat sizlar o'zlaringiz va ota-bobolaringiz qo'yib olgan nomlardir. Alloh ular (ma'budaligi) haqida biror hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga Parvardigorlari tomonidan hidoyat (Qur'on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashmoqdalar.
24. Yoki insonga orzu qilgan narsasi bo'laverdimi?!
25. Bas, oxirat ham, dunyo ham yolg'iz Allohnikidir.
26. Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shafoatlari ham - Alloh O'zi xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga (shafoatga) izn bermagunicha - foyda bermas.