68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.
69. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
70. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.
71. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
72. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.
73. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.
75. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
76. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar).
77. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
78. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning ismi barakotlidir.
VOQEA SURASI.Voqea - qiyomat nomlaridan biri.
Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda -
2. uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir -
3. (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir.
4. Yer larzaga kelgan,
5. tog'lar titilib (to'zib),
6. to'zonga aylangan (bo'lur).
7. Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar.
8. Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!
9. (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir!Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai a'mollari qaysi tarafidan berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir. 10. (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir.
11. Aynan o'shalar (Allohga) yaqin zotlardir
12. noz-ne'mat bog'larida
13. (O'zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko'pchilik,
14. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir.
15. (Ular oltindan) yasalgan so'rilarda,
16. yastangan hollarida bir-birlariga ro'baro' bo'lib (o'ltirurlar).