Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 480424 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #555 : 14 Avgust 2008, 07:55:16 »


5. Qachonki, ularga: "Kelinglar, Allohning payg'ambari sizlar uchun mag'firat so'rasin!" - deyilsa, albatta, ular boshlarini burib keturlar va ularni kibrlangan hollarida yuz o'girishlarini ko'rarsiz.

Izoh: Bu oyatlar mashhur munofiq Abdulloh ibn Salul haqida nozil qilingan. U muhojirlarni haqorat qilib, so'ngra qilmishidan tongan. Rasululloh huzuriga borib uzr so'rashdan bosh tortgan. Kibru havosi va g'ururi bunga yo'l qo'ymagan.
 
6. (Ey,Muhammad,) Siz ular uchun mag'firat so'radingizmi yoki mag'firat so'ramadingizmi - ularga barobardir - Alloh ularni sira mag'firat qilmas. Albatta, Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas.

7. Ular (o'zlarining tobelariga): "Allohning payg'ambari huzuridagi kishilarga ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar", -deydigan kimsalardir. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari faqat Allohnikidir. Lekin, munofiqlar (buni) anglamaslar.

8. Ular: "Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni undan (haydab) chiqarur", - derlar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg'ambariniki va mo'minlarnikidir. Lekin, munofiqlar (buni) bilmaslar.

9. Ey, mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Allohning zikridan (Unga ibodat qilishdan) chalg'itib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi kimsalardir.

10. Sizlarning (har) biringizga o'lim kelganda: "Ey, Rabbim, meni ozgina (hayotda) qoldirsang, men sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo'lsam", - deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilingiz!

11. Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #556 : 14 Avgust 2008, 07:56:13 »


TAG'OBUN SURASI

Tag'obun - bir-birini muomalada aldashdir. Surada qiyomat kuni va qayta tirilishning haqligi, bu dunyoning bevafo va muvaqqatligi, Payg'ambarga itoat qilishga da'vat va boshqa ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg'iz Unga xosdir. U har narsaga qodirdir.

2. U sizlarni yaratgan zotdir. Bas, sizlardan (ba'zilaringiz) kofir va sizlardan (ba'zilaringiz) mo'mindir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.

3. U osmonlar va Yerni Haq (hikmat) bilan yaratdi va sizlarga surat (shakl) berdi - suratlaringizni go'zal qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.

4. U osmonlar va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir.

5. (Ey, Makka kofirlari,) sizlarga oldin kofir bo'lib, so'ng (shu dunyodayoq) o'z ishlarining ziyonini totgan kimsalarning xabari kelmadimi?! Yana ularga (oxiratda) alamli azob ham bordir.

6. Bunga sabab, ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular: "Bizlarni (o'zimizga o'xshagan) bashar (avlodlari) hidoyat qiladilarmi?!" - deyishib, kofir bo'lganlari va (imondan) yuz o'girib ketganlaridir. (Shunda) Alloh behojat ekanini ko'rsatdi. Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir.

7. Kofir bo'lgan kimsalar o'zlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Yo'q! Rabbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilursizlar, so'ngra, albatta, sizlarga qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir".

8. Bas, sizlar Allohga, Uning payg'ambariga va Biz nozil qilgan Nur (Qur'on)ga imon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

9. (Alloh) sizlarni to'playdigan "to'planish Kuni"ni (eslangiz)! Bu (odamlar) o'zaro aldanib qoladigan Kundir. Kimki Allohga imon keltirgan va yaxshi amal qilgan bo'lsa, (Alloh) uning yomonlik (gunoh)larini o'chirur va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. Bu esa ulkan mukofotdir.

 
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #557 : 14 Avgust 2008, 07:56:54 »


10. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni inkor etgan kimsalar - ana o'shalar do'zax ahli bo'lib, o'sha joyda mangu qoluvchidirlar. Naqadar yomon oqibat bu!

11. (Insonga) biror musibat yetgan bo'lsa, albatta, Allohning izni (irodasi) bilangina (yetur). Kimki imon keltirsa, U uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Alloh har narsani biluvchidir.

12. Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Bas, agar (itoatdan) bosh tortsangiz, u holda (bilingizki), Bizning payg'ambar zimmasida faqat (vahiylarimizni sizlarga) aniq yetkazish bor, xolos.

13. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, mo'minlar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar!

14. Ey, mo'minlar, albatta, xotinlaringiz va farzandlaringizdan sizlar uchun dushman (chiqadiganlari) ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot bo'linglar! Agar sizlar (ularni) afv etsangizlar, koyimasangizlar va kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh (ham) mag'firatli va rahmlidir.

15. Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Ulug' mukofot esa Allohning huzuridadir.

16. Bas, toqatlaringiz yetganicha Allohga taqvoda bo'lingizlar, (nasihatga) quloq tutingizlar va itoat etingizlar hamda ehson qilingizlar, (mana shu) o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o'shalar iqbollidirlar.

17. Agar sizlar Allohga "qarzi hasana" bersangizlar (muhtojlarga ehson qilsangizlar), U sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va (gunohlaringizni) mag'firat qilur. Alloh minnatdor va halimdir.

18. (U) yashirin va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #558 : 14 Avgust 2008, 07:57:43 »


TALOQ SURASI

Eridan ajralgan, ya'ni, taloq qilingan ayol qancha idda o'tirishi, uni to iddasi chiqqunga qadar joy va nafaqa bilan ta'minlab turish erning burchi ekanligi, Payg'ambarimizning o'z ummatlariga nisbatan jaholat zulmatidan imon nuri sari yetaklab chiquvchi xaloskor ekanliklari va boshqa ilohiy nasihatlar bu suradan joy olgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey, Payg'ambar, qachonki, sizlar (mo'minlar) xotinlaringizni taloq qilsangizlar, ularning iddalarida (poklik paytlarida) taloq qilinglar va iddani sananglar! Rabbingiz - Allohdan qo'rqinglar! (Idda tugaguncha) ularni (yashab turgan) uylaridan (haydab) chiqarmangizlar va ular ham o'zlaricha chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh (buzuqlik yoki idda o'tmay chiqib ketish kabi) ishni qilsalargina (uylaridan chiqarilurlar). Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o'tsa, demak, u o'ziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol, Alloh bu (taloq)dan keyin biror ishni paydo qilar.

2. Bas, qachonki, (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan (haqqi-mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashayotgan yoki ajralishayotganda) o'zlaringizdan (musulmonlardan) ikki adolatli guvohni hozir qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado etinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va oxirat Kuniga imon keltiruvchi kishi pand olur. Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur.

3. Yana, uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O'zi unga kifoya qilar. Albatta, Alloh O'zi (xohlagan) ishiga yetuvchidir. Alloh barcha narsa uchun miqdor (o'lchov) qilib qo'ygandir.

4. Xotinlaringiz orasidagi (keksayib) hayz ko'rishdan umid uzganlari, agar sizlar (iddalari xususida) shubhalansangizlar, bas, (bilingizki,) ularning iddalari uch oydir, yana (haligacha hayz ko'rmaganlarning (iddalari) ham. Homiladorlarning (idda) muddatlari homilalarini qo'yishlari (ko'z yorishlari)dir. Kimki Allohga taqvo qilsa, (Alloh) uning ishini oson qilur.

5. Bu Allohning sizlarga nozil qilgan amridir. Kimki Allohga taqvo qilsa, uning yomonlik (gunoh)larini o'chirur va uning mukofotini buyuk qilur.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #559 : 14 Avgust 2008, 07:58:29 »


6. Ularga (taloq iddasini saqlayotgan xotinlaringizga) o'zlaringiz maskan tutgan joydan toqatingizga qarab joy beringlar va ularni (turgan joylaridan) siqib chiqarish maqsadida ularga zarar yetkazmanglar! Agar ular homilador bo'lsalar, u holda, to homilalarini qo'ygunlaricha, ularga nafaqa berib turinglar! Bas, agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar, u holda ularning haqlarini beringlar! (Emizish xususida) yaxshilik bilan o'zaro kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, bas, u (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur.

7. Boy kishi o'z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag'al) bo'lsa, u holda, Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O'zi unga ato etgan (rizq)dan boshqa narsaga taklif qilmas. Alloh tanglik (kambag'allik)dan keyin yengillik (boylik)ni ham paydo qilur.

8. Qanchadan-qancha qishloq (shahar)lar borki, o'z Parvardigorlari va Uning payg'ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz.

9. Bas, u (qishloq-shaharlarning ahli) o'z qilmishlarining uvolini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon ko'rish bo'ldi.

10. Alloh ularga (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qo'ygandir. Bas, ey, imon keltirgan aql egalari, Allohdan qo'rqinglar! Darvoqe, U zot, sizlarga Zikrni (Qur'on)ni nozil qildi.

11. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning bayon etuvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg'ambarni (Muhammadni yubordi). Kimki Allohga imon keltirsa va solih amal qilsa, (Alloh) uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. Haqiqatan, Alloh uning uchun go'zal rizq (jannat rizqini ato) etgan bo'lur.

12. Alloh yetti osmonni va Yerdan ham o'shancha miqdorni (yetti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o'rtasida nozil bo'lib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O'z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #560 : 14 Avgust 2008, 07:59:39 »


TAHRIM SURASI

Tahrim - harom qilish, taqiqlash.

Surada Payg'ambar (a. s.) bilan mankuhalar o'rtalarida o'tgan ba'zi mojarolar, oila va farzand tarbiyasi, tavbaga targ'ib va nihoyat, Nuh va Lut (a. s.)lardek payg'ambarlarning ayollari kofir bo'lganlari, Fir'avndek kofirning ayoli Osiya va Bibi Maryam bint Imronlar esa mo'mina bo'lganlari bayon etilgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey, Payg'ambar, nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh Siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz! Alloh mag'firatli va rahmlidir.

Izoh: Payg'ambar (a. s.) bir kuni Zaynab bint Jahsh ismli xotinlari huzurida asal iste'mol qilib biroz qolib ketadilar. Buni payqagan boshqa xotinlari - Oysha bilan Hafsa onalarimizning rashklari kelib, o'zaro kelishib oladilar va On hazrat chiqishlari bilan: "Og'zingizdan badbo'y hid kelmoqda, nima yedingiz?" deydilar. Badbo'y hidni yoqtirmaydigan Payg'ambar (a. s.) biroz qizishib: "Asal yegandim" - deb, bundan keyin asal yemaslikka qasamyod qiladilar. (Imom al-Buxoriy rivoyati).
 
2. Darvoqe, Alloh sizlar uchun (ma'lum miqdorda kafforat - jarima to'lab) qasamlaringizni halollab olishni farz qilgan. Alloh xojalaringizdir. U biluvchi va hikmat sohibidir.

3. Payg'ambar xotinlaridan biriga (Hafsaga) bir gapni (cho'risi Moriya talog'i va xalifalikni) xufyona aytganini eslang! Bas, qachonki, (Hafsa) u (sir) haqida (Oishaga) xabar bergach, Alloh uni bundan voqif qildi va u (Hafsaga o'zi bilgan narsaning) ba'zisini bildirdi va ba'zisidan yuz o'girdi (bildirmadi). Bas, qachonki, (Payg'ambar Hafsaga) xabarni aytgach, u: "Kim Sizga bu xabarni berdi?" - dedi, (payg'ambar): "Menga biluvchi va xabardor zot (Alloh) xabar berdi", - dedi.

4. (Ey, Hafsa va Oisha,) agar sizlar Allohga tavba qilsangizlar (o'zlaringizga yaxshi). Chunki dillaringiz (haq yo'ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar uning (Payg'ambarning) zarariga hamkorlik qilsangizlar, u holda, shubhasiz, Allohning O'zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo'minlar ham uning himoyachisidirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg'ambarga) yordamchidir.

5. (Uning) Parvardigori - agar u sizlarni taloq qilsa - unga sizlardan yaxshiroq juftlarni - muslima, mo'mina (Alloh va Uning payg'ambariga) itoat etuvchi, tavba-tazarru qiluvchi, obida, (mudom Allohning yo'lida) yuruvchi juvon va qizlarni almashtirib berishi mumkin.

6. Ey, imon keltirganlar, o'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish do'zaxdan saqlangizki, unda daqal va qattiqqo'l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar (tururlar).

7. Ey, kufrda bo'lganlar, bugun uzr aytmay qo'ya qolinglar! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #561 : 14 Avgust 2008, 08:00:51 »

 
8. Ey, imon keltirganlar, Allohga chin tavba qilinglar, shoyadki, Rabbingiz sizlarning yomonlik (gunoh)laringizni o'chirib, ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U Kunda Alloh payg'ambarni va u bilan birga imon keltirganlarni sharmsor qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o'ng tomonlarida yurar. Ular: "Ey, Rabbimiz, O'zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag'firat etgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan", - derlar.

9. Ey, Payg'ambar, kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqo'l bo'ling! Ularning joylari jahannamdir! Naqadar mudhish qismat bu!


Izoh: Kufr va nifoq ahliga nisbatan munosabatning bu qadar salbiylashuviga ularning o'zlari sabab bo'lgani haqida Tavba surasi, 73-oyat izohida aytib o'tildi.

10. Alloh kofir bo'lgan kimsalar haqida Nuhning xotini va Lutning xotinini misol keltirdi. U ikkisi Bizning bandalarimizdan ikki solih banda (qo'l) ostida edilar. Bas, u (ayol)lar ularga xiyonat qildilar. (Nuh va Lut) Alloh(ning azobi)dan biror narsani u ikkisidan daf qila olmadilar. (Ularga): "Kiruvchilar bilan birga do'zaxga kiringlar!" - deyildi.

Izoh: Ya'ni, shunday ulug' payg'ambarlar bilan birga turmush qurib, doimo hamsuhbat bo'lishlariga qaramay ularning xotinlari yovuzliklaricha qoldilar va Allohning qahriga duchor bo'ldilar.

11. Alloh imon keltirgan zotlar haqida Fir'avnning xotinini misol keltirdi. O'shanda u: "Ey, Rabbim, O'zing men uchun huzuringda (jannatda) bir uy bino qilgin, menga Fir'avn va uning qilmishidan najot bergin. Meni zolimlar qavmidan xalos etgin!" - dedi.

12. Yana o'z nomusini saqlagan ayol - Maryam bint Imronni (misol keltirdi). Bas, Biz O'z ruhimizdan unga pufladik (va u Isoga homilador bo'ldi). U Parvordigorining so'zlarini va kitoblarini tasdiq etdi hamda (Allohning amriga) itoat etuvchilardan bo'ldi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #562 : 14 Avgust 2008, 08:02:09 »
YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’
*************************



MULK SURASI

Mulk - podshohlik, hukmronlik. O'zbek tilida mulk so'zi bu ma'noda kam ishlatiladi. Ko'proq u boylik, ashyo, xususiy yoki davlat mulki kabi mazmunlarda ishlatiladi.

Surada Yeru osmon va boshqa mavjudotlarni yaratishdagi Allohning hikmat va qudratlari, bu dunyodan imonsiz o'tganlarning oxiratdagi nadomatlari, rizq-ro'ziy talab qilish, tabiiy ofatlar xavfi, hidoyat va zalolat kabi mavzular aks ettirilgan. Hadisi sharifda: "Qur'oni karimda 30 oyatli bir sura borki, u uni o'qiganni shafoat qiluvchidir, hatto qiyomat kuni do'zaxdan xalos etib jannatga kirishga sabab bo'lur. U "Taborak" surasidir" deb bashorat berilgan (I. Termiziy rivoyati).

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Mutlaq) hukmronlik "qo'li"da bo'lgan zot - Alloh barakotli (buyuk)dir va U har narsaga qodirdir.

2. (U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o'lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag’firatlidir

3. (U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdirki, siz Rahmonning yaratishida biror tafovut (nuqson)ni ko'rmaysiz. Bas, ko'zingizni yana (samoga) qaytaringchi, (unda) biror yoriqni ko'rarmikansiz?

4. So'ngra ko'zingizni qayta-qayta (samoga) qarating, ko'zingiz sizga xor va toliqqan holda qaytur.

5. Haqiqatan, Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo'ydik. Yana ular (shaytonlar) uchun (oxiratda) do'zax azobini ham tayyorlab qo'ygandirmiz.

6. Parvardigorlariga kofir bo'lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu!

7. Qachonki, ular (jahannamga) tashlanganlarida, qaynab turgan (jahannamning) o'kirik (faryodi)ni eshiturlar.

8. U g’azabdan parchalanib ketgudek bo'lur. Har gal unga bir to'da (kofir) tashlanganida, uning qo'riqchilari ulardan: "Sizlarga (dunyoda biror) ogohlantiruvchi (payg’ambar) kelmaganmidi?" - deb so'raydilar.

9. (Ular) derlar: "Ha, haqiqatan, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg'onchiga chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat (gumrohlik)dadirsizlar", - deganmiz.

10. Ular (kofirlar) yana: "Agar bizlar (payg’ambar so'zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, do'zax ahlidan bo'lmas edik",- derlar.

11. Bas, ular o'z gunohlarini (shu tarzda) e'tirof etadilar. Endi, do'zax ahliga halokat bo'lgay!

12. Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan zotlar uchun maqfirat va katta mukofot bordir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #563 : 14 Avgust 2008, 08:03:19 »


13.(Ey, insonlar,) sizlar so'zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar, (baribir,) U dillardagi sirlarni ham biluvchidir.

14. (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir.

15. U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib chiqish Uning huzurigadir.

16. (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga (yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?!

17. Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda), Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar!

18. Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?!

19. Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U (qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir.

20. (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar faqat mag'rurlikdadirlar.

21. Yoki (Rahmon) O'z rizqini to'xtatib qo'ysa, sizlarga rizq beradigan o'sha zot kim o'zi?! Yo'q, ular (kofirlar) qaysarlikda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.

22. Axir, yuz tuban (yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo'lni topuvchiroqmi yoki tik holda to'g'ri yo'lda yuradigan kishimi?!

23. (Ey, Muhammad, u (kofirlarga) ayting: "U (Alloh) sizlarni paydo qilgan va sizlar uchun quloq, ko'zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. (Sizlar esa) kamdan-kam shukr qilursizlar".

24. Ayting: "U sizlarni Yer (yuzi)da yaratib qo'ygan zotdir. Sizlar (Qiyomatda) Uning huzuriga to'planursizlar".

25. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, (aytinglarchi) ushbu va'da (Qiyomat kuni) qachon bo'ladi?" - derlar.

26. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "(Qiyomat haqidagi) bilim, albatta, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #564 : 14 Avgust 2008, 08:05:19 »


27. Bas, qachonki, ular (Qiyomatda azobni) yaqin holda ko'rishgach, u kofirlarning yuzlari shuvit bo'lur va (ularga): "Mana shu sizlar so'ragan narsadir", - deyilur.

28. (Kofirlarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo'lgan kishilarni halok qilsa yoki (halok qilmay) bizlarga shafqat qilsa (O'zining ixtiyoridadir). Ammo, kofirlarni (sizlarni) alamli azobdan kim himoya qilur?!

29. Ayting: "U Rahmon (mehribon)dir. Bizlar Unga imon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olajaksizlar".

30. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar suvingiz (yer qariga) singib ketsa, bas, kim sizlarga oqin suvni keltira olur?!"


QALAM SURASI   

Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar mavjud.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Nun. Qalam va (u bilan) yozishadigan narsa (bitik)larga qasamki,

Izoh: Bitadiganlar farishtalar yoki insonlar bo'lishi mumkin. Har ikki tafsir ham o'rinlidir.

2. (ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning ne'mati bois majnun emasdirsiz!

3. Albatta, Sizga (sabr qilganingiz uchun) tuganmas mukofot bordir.

4. Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!


Izoh: Buyuk xulqning ma'nolari haqida turli tafsirlar bor. Avvalo xulq bu yerda o'zining asl ma'nosida ishlatilgani ma'qul. Hadisi sharifda Rasulullohning o'zlari: "Men makorimi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman", - deganlar. Siyrat va shamoillarga doir asarlardagi ma'lumotlar ham shunga dalolat qiladi. Xullas, Muhammad (a. s.) komil inson, buyuk xulq egasi deb atalishiga loyiq ekanliklarida hech qanday shubha bo'lishi mumkin emas. Boshqacha tafsir qiluvchilar bu oyatdagi buyuk xulqdan murod - Qur'on yoki ulug' din, ya'ni, islom dini deb yozadilar. Har holda o'quvchi bulardan qaysinisi munosibroq ekani to'g'risida o'zi ham fikr yuritar degan umiddamiz.

5. Hali yaqinda ko'rajaksiz va ular ham ko'rajaklar

6. qaysilaringiz (Sizmi yoki ularmi) maftun (majnun) ekaningizni .

7. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi biluvchidir.

8. Bas, (ey, Muhammad,) (Sizni) inkor etuvchi kimsalarga itoat etmang!

9. Ular (bilan) murosasoz bo'lishingizni, shunda ular ham (Siz bilan) murosasoz bo'lishni istarlar.

10.  (Ey, Muhammad,) har qanday tuban qasamxo'rga itoat etmang.

11. Shuningdek, g'iybatchi, gap tashuvchiga,

12. yaxshilikni man etuvchi (baxil), tajovuzkor, gunohkorga,

13. qo'pol va bulardan tashqari benasab (haromi)ga (itoat etmang)!

14. U mol-mulk va o'g'illarga ega bo'lgani uchun (shunday qiladi).

15. Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa: "Bular avvalgilarning afsonalari-ku!"- deydi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #565 : 14 Avgust 2008, 08:07:25 »


16. Yaqinda uning tumshug'iga tamg'a bosib qo'yajakmiz.

Izoh: Bu oyatlardagi salbiy sifatlar mashhur kofir Valid ibn Mug'iraga mansubdir. Darhaqiqat, u Badr jangida "tumshug'idan tamg'alanadi", ya'ni burnidan qilich yeb, so'ngra shu chandig'i bilan yuradi. Keyingi oyatlarda Yaman diyorida bir saxiy bog'bon bo'lib, u har yili kuzda mevalarni terish uchun kambag'al-miskinlarni taklif etib, daraxtdan tergani bog'bonga, yerga tushgani teruvchilarga deb ularni siylar ekan. U olamdan o'tgach, farzandlari baxillik ko'yiga kirib xatoga yo'l qo'yganliklari to'g'risida so'z boradi.
 
17. Darhaqiqat, Biz ularni (Makka ahlini) bog' egalarini sinaganimizdek sinovga soldik. O'shanda ular, albatta, uni (bog' hosilini) erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.

18. Lekin, istisno qilmagan edilar (Xudo xohlasa, demagan edilar).

19. Bas, (tunda) ular uyquda bo'lgan chog'larida, u (bog') uzra Parvardigoringiz tomonidan bo'lmish aylanuvchi (ofat - olov) aylandi.

20. Bas, (hosil) yig'ilgandek bo'lib qoldi (bog' kuyib kul bo'ldi).

21. Erta tongda turishib, bir-birini chaqirishdi:

22. "Agar (hosilni) uzmoqchi bo'lsangizlar, ziroatgohingizga bora qolinglar", - (deb).

23. So'ngra shivirlashib jo'nadilar.

24. "Bugun (bog'da hosil terayotgan vaqtda) ustilaringizga biror miskin kirib qolmasin-da", - der edilar.

25. Ular (o'zlaricha mazkur) g'arazga qodir bo'lgan hollarida tong-saharlab bordilar.

26. Bas, qachonki, uni (kulga aylangan bog'ni) ko'rishgach, (avval): "Shubhasiz, bizlar (yo'ldan) adashib qoldik (ya'ni, boshqa boqqa kelib qoldik)", - dedilar.

27. (So'ngra:) "Yo'q, bizlar (bog'imizdan) mahrum bo'libmiz" (dedilar).

28. (Shunda) ularning o'rtaholrog'i: "Men sizlarga (Allohga) tasbeh aytmaysizlarmi (hosil shukronasiga kambag'allar ulushini bermaysizlarmi) demaganmidim?" - dedi.

29. Ular (kech bo'lsa-da): "Rabbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar (o'zimizga) zulm qiluvchi bo'ldik", - dedilar.

30. So'ngra ular bir-birlariga qarab, malomat qila boshladilar.

31. (Ular) dedilar: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi bo'ldik.

32. Shoyadki, Rabbimiz bizlarga u (bog')dan ham yaxshirog'ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Rabbimiz sari intiluvchidirmiz".

33. Azob mana shunday! Agar bilsalar, albatta, oxirat azobi yanada kattaroqdir.

34. Albatta, taqvodorlar uchun Parvardigorlari huzurida ne'mat bog'lari bordir.

35. Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchi (kofir)larga barobar qilarmidik?!

36. (Ey, mushriklar,) sizlarga ne bo'ldi? Qanaqa hukm chiqarmoqdasizlar?!

37. Yoki sizlarda (osmondan tushirilgan) biror kitob bo'lib, undan o'rganayapsizlarmi?!

38. Unda sizlar uchun o'zlaringiz xohlagan narsa bormi?!

39. Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: "O'zlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki bo'lur", - degan to qiyomat kunigacha yetuvchi qasamlar (ahd-paymonlar) bormi?!

40. (Ey, Muhammad,) ulardan so'rang-chi, qaysilari bunga (da'volarining haq ekanligiga) kafil bo'la olar ekanlar?!

41. Yoki ularning sheriklari bormi?! U holda rostgo'y bo'lsalar, o'sha sheriklarini keltirsinlar!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #566 : 14 Avgust 2008, 08:09:18 »


42. "Boldirlar ochiladigan" (ishlar mushkillashadigan) va sajda qilishga chorlanishganda, (sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)!

43. (O'shanda) ko'zlari quyida va ularni xorlik egallagan holda bo'lurlar. Ular sog'lom bo'lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo undan bosh tortar edilar).

44. Bas, (ey, Muhammad,) ushbu So'zni (Qur'onni) yolg'onga chiqaradigan kimsalarni Menga qo'yib bering! Yaqinda Biz ularni o'zlari bilmaydigan (sezmaydigan) tomondan darajama-daraja tutgaymiz (halokatga duchor qilajakmiz)!

45. Men ularga muhlat berib turaman. Zero, Mening "makrim" juda qattiqdir.

46. Yoki Siz (ey, Muhammad, da'vatingiz uchun), ulardan haq so'rayapsiz-u, ular qarzdan og'irsinayaptilarmi?!

47. Yoki ularni huzurlarida g'ayb (Lavhul-Mahfuz) bor-u, ular (aytayotgan so'zlarini o'shandan) yozib olyaptilarmi?!

48. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizning hukmiga sabr qiling va nahang (baliq) sohibi (Yunus payg'ambar) kabi (betoqat) bo'lmang! Qaysiki, u (baliq qornida turib) g'amga to'lgan holda (Parvardigorga) nido qilgan edi.

49. Agar unga Parvardigori (tomoni)dan ne'mat yetmaganida, albatta, qoralangan holida quruqlikka uloqtirilgan bo'lur edi.

50. Bas, Parvardigori uni (qaytadan payg'ambarlikka) tanlab, solih (payg'ambar)lardan qildi.

51. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar Zikrni (Qur'onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko'zlari bilan yiqitayozurlar va "albatta, u majnun", - derlar.

52. Holbuki, u (Qur'on barcha) olamlar uchun eslatmadir.


AL-HAQQA SURASI


Al-hoqqa - haqiqatan ro'y beruvchi voqea, ya'ni qiyomat demakdir. Surada qiyomat manzarasi, uning boshlanishida ro'y beradigan hodisalar. Nomai a'mollarni o'ng yoki chap tomondan berilishi, Muhammad (a. s.)ning haq payg'ambar ekanining tasdig'i, Qur'oni karimning buyuk ilohiy kitob ekanligi va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (U) haqiqatan ro'y beruvchidir.

2. (O'sha) haqiqatan ro'y beruvchi nimadir?

3. (Ey, Muhammad,) haqiqatan ro'y beruvchining nima ekanini qayerdan (ham) bilar edingiz?! (U qiyomatdir. )

4. Samud va Od (qabilalari) qattiq zarba beruvchi (Qiyomat kuni)ni inkor etdilar.

5. Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.

6. Od (qabilasi) esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar.

7. U (bo'ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo'lib yotganlarini ko'rasiz.

8. Bas, ulardan (biror) asoratni ko'rayapsizmi?! (Aslo, ularning barchalari halok bo'lib bitdilar).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #567 : 14 Avgust 2008, 08:10:40 »


9. Fir'avn ham, undan avvalgi o'tgan (dinsiz)lar ham, ostin-ustun bo'lgan qishloqlar (Lut qavmining qishloqlari) ham xato ish qildilar.

10. Bas, ular Parvardigorlarining payg'ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni o'ta qattiq ushlash bilan ushladi (qattiq azobladi).

11. Darvoqe, Biz suv tug'yonga ketgan vaqtida sizlarni (Nuh payg'ambar yasagan) kemada ko'tardik.

12. Biz buni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishlari uchun (qildik).

13. Bas, qachonki, sur bir bor chalinganida,

14. Yer va tog'lar (o'z joylaridan) ko'tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilganda,

15. ana o'sha kunda Voqea sodir bo'lur (Qiyomat qoyim bo'lur)!

16. Osmonlar ham yorilur. Chunki, (osmon) u Kunda zaif bo'lib qolur.

17. Farishtalar esa (osmon) atrofida (Allohning amriga muntazir bo'lib) tururlar. Ularning ustida Rabbingiz Arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko'tarib turur.

18. O'sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko'ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy qolmas.

19. Bas, o'z kitobi (nomai a'moli) o'ng tomonidan berilgan kishi aytur: "Mana, mening kitobimni o'qinglar.

20. Darhaqiqat, men hisobotimga ro'baro' bo'lishimni bilar edim", - der.

21. Bas, u qoniqarli maishatda,

22. oliy jannatda,

23. mevalari yaqin (joyda) bo'lur.

24. (Jannat ahliga): "O'tgan kunlarda (dunyoda) qilib o'tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz-ne'matlarni) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar" (deyilur).

25. Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa,

26. va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam!

27. Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa!

28. Menga mol-mulk ham asqotmadi.

29. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi".

30. "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar!

31. So'ngra uni olovda toblanglar!

32. So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!"

33. Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi.

34. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #568 : 14 Avgust 2008, 08:13:40 »


35. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir.

36. Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir.

37. Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar.

38. Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga

39. va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki,

40. u (Qur'on), albatta, mukarram Payg'ambarning (Alloh nomidan aytgan) so'zidir!

41. U biror shoirning so'zi emasdir. Sizlar (ushbu Qur'onga) kamdan-kam imon keltirursizlar.

42. (U) biror kohin (folbin)ning so'zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam eslatma olursizlar.

43. (U barcha) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingan (Kitob)dir.

44. Agar (payg'ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba'zi so'zlarni to'qib aytganda edi,

45. albatta, Biz uning o'ng qo'lidan tutgan,

46. so'ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo'lur edik.

47. U holda sizlardan biror kishi undan (payg'ambardan halokatni) to'sa oluvchi bo'lmas edi.

48. Haqiqatan, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir.

49. Biz sizlarning orangizda (Qur'onni) inkor etuvchilar bor ekanini aniq bilurmiz.

50. Albatta, u (Qur'on) kofirlarga (Qiyomat kunida) hasrat (nadomat) bo'lur.

51. Albatta, u (Qur'on) aniq Haqiqatdir.

52. Bas, ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!


MAORIJ SURASI


Maorij - me'rojlar, ya'ni, pog'onalar.

Suradan oxirat haqida ogohlantirish, u paytda har kim o'zi uchun javob berishi, inson irodasining zaifligi, uni faqat imon va itoat bilan mustahkamlash mumkinligi va boshqa ilohiy eslatmalar joy olgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Bir) savol beruvchi tushadigan azob haqida so'radi

2.  kofirlarga (atalgan azob to'g'risida)ki, uni qaytaruvchi (kuch) yo'qdir,

3.  albatta, (u azob) me'rojlar egasi (Alloh)dandir.


Izoh: Me'rojlar - bu yerda osmon qavatlaridir.

4. Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori (masofasi) ellik ming yillik (bo'lgan) bir Kunda (Qiyomat kunida) Uning huzuriga ko'tarilurlar.

Izoh: Ba'zi tafsir sohiblari bu oyatdagi 50 ming yilga to'g'ri keladigan bir kunni hozirgi fandagi zamon va makon o'lchovlariga taqqoslab, Jabroil va boshqa farishtalarning yo'l bosishlariga taalluqli deb noto'g'ri talqin qilmoqdalar. Vaholanki gap bu yerda qiyomatning bir kuni to'g'risida ketmoqda. Jabroil (a. s.)ning bu masofalardagi harakatlari uchun esa Alloh xohlaganicha vaqt zarur bo'ladi, xolos.

5. Bas, (Ey, Muhammad, kofirlarning aziyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr qiling!

6. Chunki, ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar,

7. Biz esa uni yaqin bilurmiz.

8. U Kunda osmon yog'ning quyqasidek bo'lib qolur.

9. Tog'lar esa yung kabi (to'zon) bo'lib ketar.

10. Do'st do'stidan (hol-ahvol) so'ramas.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #569 : 14 Avgust 2008, 08:14:59 »


11. (Holbuki,) ular (bir-birlariga) ko'rsatilurlar. Jinoyatchi (kofir) u Kunning azobidan (qutulish uchun) o'g'illarini,

12. xotini va birodarini,

13. uni o'z panohiga oladigan qarindoshini

14. va Yerdagi barcha kishilarni to'lov qilib berib, unga najot berishni istar.

15. Yo'q! Axir, u do'zaxdir.

16. Terilarini sidirib oluvchidir.

17. U (Haq yo'lidan) yuz o'girib, ters qarab ketganni (o'ziga) chaqirur.

18. (Boylikni) yig'ib saqlagan (yaxshi joylarga sarflamagan) kimsalarni ham.

19. Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir.

20. Qachonki, unga yomonlik (kambag'allik yoki musibat) yetsa, u o'ta besabrlik qiluvchidir.

21. Qachonki, unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o'ta man etuvchi (baxil)dir.

22. Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar.

23. Ular namozlarida muntazam (davomatli),

24. (topgan) mol-mulklaridan (ajratilgan) ma'lum haq borki, u

25. tilanchi va mahrum kishilar uchundir.

26. Ular yana jazo (Qiyomat) kunini tasdiq etuvchi,

27. Parvardigorlarining azobidan qo'rquvchi zotlardir.

28. Zotan, Parvardigorlarining azobidan (hech kim) xotirjam emasdir.

29. Ular yana avratlarini (zinodan) saqlovchidirlar,

30. illo o'z jufti halollari va qo'l ostidagilari (cho'rilari mustasnodirlar). Ular malomat qilinmaslar.

31. Bas, kimki buning aksini (zinokorlikni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchi kimsalardir.

32. Yana ular (namozxonlar) o'zlariga ishonilgan omonatlarga va (o'zgalarga) bergan ahd-paymonlariga rioya qiluvchidirlar.

33. Ular o'z guvohliklarida to'g'ri turuvchilardir.

34. Yana ular namozlarini (vaqtida ado etib) yuruvchilardir.

35. Aynan o'shalar jannatlarda ikrom etiluvchilardir.

36. Bas, (Ey, Muhammad,) bu kofir bo'lgan kimsalarga ne bo'ldiki, Siz tomonga qarab chopurlar

37. o'ng va so'ldan, to'da-to'da bo'lib ?!

38. Yo ulardan har bir kishi ne'mat jannatiga kiritilishni tama qilurmi?!

39. Yo'q! Axir, Biz ularni o'zlari biladigan narsadan (bir tomchi maniy suvidan) yaratdikku!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 633038
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 29810
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 29050
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17760
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4714
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin