Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 496181 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #585 : 14 Avgust 2008, 08:58:08 »


ABASA SURASI

Abasa-yuzini burishtirdi, xo'mraydi degan ma'nolarni anglatadi. Sura avvalida Rasululloh huzurlariga Abdulloh ibn Ummi Maktum nomli bir ko'zi ojiz musulmon kelib, diniy savol so'ramoqchi bo'lganlarida, uni malol olib, iltifot qilmay, Makka zodagonlarini da'vat qilish bilan band bo'lganlari uchun Allohdan olgan tanbehlari bayon etilgan. Sura davomida insonning yaratilishi, yashashi va vafot etishi, u iste'mol qiladigan noz-ne'matlar, Qiyomat kunidagi odamlarning g’am-tashvishlari, hamma o'zi bilan ovora bo'lib qolishi, yaxshilarning yuzlari yorug’, yomonlarning yuzlari esa shuvit bo'lishi kabi ma'lumotlar beriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Muhammad) yuzini burishtirdi va yuz o'girdi.

2. Zero, uning huzuriga ko'zi ojiz odam kelgan edi.


Izoh: Bu kelgan odam Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ko'zi ojiz kishi edi. U Rasulullohning band ekanliklarini sezmay o'zining savollariga javob olishga harakat qiladi. Undan malollangan Payg’ambarimiz (a. s.)ning yuzlari burishdi va savollariga javob ham bermadilar. Bu muomala Haq taologa xush kelmadi va mazkur oyatlar bilan tanbeh berdi. Tanbehni ham: "Yuzingni burishtirding" demasdan, "Yuzini burishtirdi", -deb uchinchi shaxs siyg’asida aytdi. Bu esa uncha qattiq botmaydi. Rasulullohning o'zlari oliy xulq egasi bo'laturib, bir ko'zi ojiz odamga shunday xunuk muomala qildilarmi, degan savol tuqilishi mumkin. Yo'q, aslo! Birinchidan, o'zlari Makka zodagonlarini hidoyat sari yo'naltiraolamanmikan, deb umid bilan harakat qilib turganlarida birov kelib ishidan chalg’itgan holatni tasavvur qilib ko'ring. Boshqa har qanday odam ul zotning o'rnida bo'lganida ham uni jerkib tashlagan bo'lur edi. Lekin Rasul (a. s.) yuzlarini burishtirish bilan kifoyalandilar. Buni u a'mo kishi payqagani ham yo'q. Lekin ulug’larning ozgina sahvu xatosi ham boshqalarga nisbatan katta hisoblanadi. Binobarin, Haq Taolo O'z habibini ogohlantirib qo'ydi. Chunonchi, tasavvufda bir ibora bor: "Oddiy yaxshi odamlarning savobli ishlari Allohga yaqin zotlarning gunohlari bilan barobardir".
 
3. (Ey, Muhammad,) Siz qayerdan ham bilursiz, ehtimol, u (Sizdan foydalanib, o'z gunohlaridan) poklanar

4. yoki eslatma olar-da, so'ng bu eslatma unga foyda berar?!

5. Ammo, boy kimsaga esa,

6. bas, Siz (e'tibor berib) mutasaddilik qilmoqdasiz.

7. Holbuki, uning (o'z kufridan) poklanmasligi Sizga zararli emas edi.

8. Endi, oldingizga yugurib

9. (Allohdan) qo'rqqan holida kelgan kishi esa,

10. bas, Siz undan chalg’imoqdasiz.

11. Yo'q, (bunday qilmang)! Albatta, ular (Qur'on oyatlari) ayni eslatmadir.

12. Bas, kim xohlasa, (uni) yod etar.

13. (U oyatlar Alloh nazdida) mukarram sahifalarda

14. (ya'ni,) qadri baland, pokiza (sahifalarda)

15. kotib (farishta)lar qo'llaridadir.

16. (Ular) karamli va itoatlidirlar.

17. Halok bo'lgur inson bunchalar kofir bo'lmasa!

18. (Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o'zi?!

19. (Bir haqir) nutfadan yaratib, so'ng uni (tuqilish vaqtini) belgilab qo'ydi.

20. So'ngra unga (tuqilishda) yo'lni oson qildi.

21. So'ngra unga o'lim berib, qabrga kiritdi.

22. So'ngra O'zi xohlaganda, uni yana qayta tiriltirur.

23. Yo'q! U buyurgan narsani sira ado etmadi.

24. Endi inson o'zining taomiga (ibrat ko'zi bilan) boqsin!

25. Biz (osmondan) suvni mo'l yog’dirdik.

26. So'ngra yerni (giyohlar undirib) yordik.

27. So'ngra Biz unda donlarni undirdik,

28. uzum va ko'katlarni,

29. zaytun va xurmolarni,

30. qalin daraxtzor bog’larni,

31. mevayu giyohlarni ham.

32. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir.

33. Bas, qachonki, (quloqlarni) kar qiluvchi (qichqiriq) kelganda (sur ikkinchi marta chalinganda),

34. o'sha Kunda kishi o'z birodaridan qochur.

35. Yana onasi va otasidan ham,

36. xotini-yu, o'g’illaridan ham (qochur).

37. (Chunki) u kunda ulardan har bir kishi uchun o'ziga yetarli tashvish bo'lur.

38. U Kunda (ba'zi) yuzlar yorug’,

39. kuluvchi va xurram (bo'lur).

40. u kunda (boshqa bir) yuzlar uzra g’ubor bo'lur.

41. U (yuz)larni qarolik qoplar.

42. Ana o'shalar (fisqu) fujur qiluvchi kofirlarning o'zidirlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #586 : 14 Avgust 2008, 09:00:17 »


TAKVIR SURASI

Takvir - o'rab qo'yish. Bu yerda quyoshni o'rab qo'yilishi muroddir. Surada Qiyomat qoyim bo'lganda, quyosh o'rab yig’ishtirib qo'yilishi, yulduzlar, tog’lar, dengizlar va boshqa katta-kichik mavjudotlarda ro'y beradigan o'zgarishlar tasvirlanadi. Shuningdek, hisob-kitob jarayoni va boshqa ajib hodisalar surada o'z bayonini topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Quyosh o'rab qo'yilganida,

2. yulduzlar ham (o'z falaklaridan) to'kilganida,

3. tog’lar ham (o'z joylaridan) jildirilganida,

4. (qornidagi bolasi) o'n oylik bo'g’oz tuyalar ham bo'sh qo'yib yuborilganida,

5. vahshiy hayvonlar ham (bir joyga) to'planib qolganida,

6. dengizlar kuydirilganida,

7. ruhlar (qaytadan jasadlarga) juftlanganida,

8. tiriklay ko'milgan (har bir) qizdan so'ralganida,

9. ne gunohi uchun o'ldirilgan, deb.

10. Yana sahifalar (nomai a'mol) ochilganida,

11. osmon (Yer ustidan) sidirib olinganida,

12. do'zax (kofirlar uchun) qizdirilganida,

13. jannat (taqvodorlarga) yaqin qilinganida,

14. (ana o'sha Kunda har bir) jon o'zi (shu Kun uchun) hozirlab kelgan narsani(yaxshi-yomon amallarini) bilur!

15. Bas, qayta-qayta chiqib (ko'rinib) turuvchi (yulduzlar)ga,

16. (beshta) yashirinuvchi sayyoralarga,


Izoh: Besh sayyora yulduzlar - Mirrix, Zuhal, Atorud, Zuhra, Mushtariy.

17. o'z zulmati bilan kelib-ketayotgan kechaga va

18. (otayotgan) tongga qasamki,

19. albatta, u (Qur'on) bir ulug’ elchi (Jabroil)ning so'zidir.

20. (U) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali,

21. u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zot (ya'ni, Jabroil)dir.

22. Sizlarning sohibingiz (Muhammad) majnun emasdir.

23. Darhaqiqat, u (Jabroil)ni ochiq ufqda ko'rdi.

24. U (Muhammad) g’aybga (vahiyga) baxil ham emasdir.


Izoh: Vahiyga baxil emasliklari kelgan har bir vahiyni, oyat va surani darhol musulmonlarga bekamu ko'st yetkazishlari, murakkab joylarini esa izohlab berishlaridir.

25. U (Qur'on) quvilgan (mal'un) shaytonning so'zi emasdir.
 
26. Bas, sizlar (uni inkor etib) qayoqqa ketmoqdasizlar?!

27. U (Qur'on), haqiqatan, (butun) olamlar uchun eslatmadir.

28. Orangizdagi to'g’ri bo'lishni xohlagan kishilar uchun (albatta).

29. Sizlar faqat (butun) olamlar Parvardigori bo'lmish Alloh xohlasagina (to'g’ri bo'lishni) xohlarsizlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #587 : 14 Avgust 2008, 09:02:06 »


INFITOR SURASI

Infitor - yorilish. Bu yerda osmonning yorilishi, ya'ni, qiyomatdagi ro'y beradigan hodisalardan ba'zilari bu surada keltiriladi. Unda oxiratda inson o'zi qilgan yaxshi-yomon amallaridan so'ralishi, bu dunyoda qilinadigan har bir ish - harakat insonning nomai a'moliga farishtalar tomonidan yozilib turishi va jazo kuni haqida ma'lumotlar mavjuddir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Osmon yorilganida,

2. yulduzlar (har tomonga) sochilganida.

3. dengizlar qo'shilib to'siqlar ochilganida,

4. qabrlar ag’darilganida (Qiyomat qoyim bo'lganida),

5. (har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarini) bilur!

6. Ey inson, seni karamli Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilma deb) nima aldab qo'ydi?!

7. U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni) rost qilib qo'ygan zot-ku!

8. U seni O'zi qaysi suratni xohlagan bo'lsa (o'sha suratda) tarkib toptirdi-ku!

9. Yo'q! Balki, sizlar jazo (Kuni)ni yolg’on der-sizlar.

10. Holbuki, sizlarning ustingizda (har bir ishingizni) yod oluvchi (farishtalar) bor.

11. (Ular) yozuvchi ulug’ zotlardir.

12. (Ular) sizlar qilayotgan ishlarni bilurlar.

13. Albatta, yaxshilar (mo'minlar) ne'mat (jannat)dadirlar.

14. Fojirlar esa do'zaxdadirlar.

15. Ular unda Jazo kuni (Qiyomat)da toblanurlar.

16. Undan (do'zaxdan) g’oyib bo'luvchi (qutiluvchi) emasdirlar.

17. (Ey, Muhammad,) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!

18. So'ngra (yana) jazo Kuni nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!

19. U Kunda hech bir jon (boshqa) bir jon uchun biror narsa qilishga ega bo'lmas! U Kuni barcha ish Allohnikidir.



MUTAFFIFUN SURASI

Suraning nomi "urib qoluvchilar" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, tarozi va o'lchovdan urib qolib, xaridor haqqiga xiyonat qilishning og’ir gunoh ekani bu surada eng diqqatga sazovor va ajib uslubda bayon qilingan. Surada yaxshilar va yomonlarning qilgan amallari yozilgan bitiklarning qayerda saqlanishi, qiyomat voqealari va qator ilohiy o'gitlarni o'qiysiz.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (O'lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy!

2. Ular odamlardan (biror narsani) o'lchab olgan vaqtlarida to'la qilib oladigan,

3. ularga o'lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir.

4. Ular qayta tiriluvchi ekanliklarini o'ylamaydilarmi

5. Ulug’ kun (Qiyomat)da -

6. odamlar (butun) olamlar Parvardigori huzurida tik turadigan (hisob-kitob beradigan) kun-da?!
« So'nggi tahrir: 14 Avgust 2008, 09:05:24 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #588 : 14 Avgust 2008, 09:05:45 »


7. Yo'q! Albatta, fojirlarning nomai a'mollari, albatta, Sijjiynda bo'lur.

8. (Ey, Muhammad,) Sijjiyn nima ekanini qayerdan ham bilursiz?

9. (U) bitilgan kitobdir.


Izoh: Sijjiyn - fosiq va fojir kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yetti qavat yer ostida saqlanadi.

10. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!

11. Ular jazo (Qiyomat) Kunini inkor etadigan kimsalardir.

12. U (Kun)ni gunohga botgan har bir tajovuzkorgina inkor etar.

13. Qachonki, (unday kimsaga) oyatlarimiz tilovat qilinsa, u: "(Bu) avvalgilarning afsonalari", - der.

14. Yo'q (unday emas)! Balki, ularning dillarini o'zlarining qilmishlari (gunohlari) qoplab olgandir.

15. Shubha yo'qki, ular o'sha (Qiyomat) Kunida Parvardigorlari (diydori)dan to'siluvchidirlar.

16. So'ngra, albatta, ular do'zaxda toblanuvchidirlar.

17. So'ngra (ularga): "Mana shu sizlar yolg’on deb yurgan narsadir", - deyilur.

18. Darhaqiqat, yaxshilarning nomai a'mollari, albatta, Illiyyundadir.

19. (Ey, Muhammad,) Illiyyun nima ekanini qayerdan ham bilursiz?!

20. (U) bitilgan kitobdirki,

21. unga (Allohga) yaqin (farishta)lar guvoh bo'lurlar.


Izoh: Illiyyun esa, yaxshi, solih kishilarning qilgan ishlari yozilib turadigan kitob bo'lib, u yettinchi osmonda saqlanadi.

22. Albatta, yaxshilar (mo'minlar jannat) ne'matlari ichradirlar.

23. Ular so'rilarda, (ne'matlarga) boqurlar.

24. Ularning yuzlarida ne'matlarning tarovatini tanirsiz (ko'rursiz).

25. Ularga (jannatda) muhrlangan maydan ichirilurki,

26. u (may)ning muhri mushkdir. Bas, musobaqachilar mana shu (ne'mat) yo'lida musobaqa qilsinlar!

27. U (may)ning mijozi tasnimdandir.

28. (Tasnim Allohga) yaqin (banda)lar ichadigan bir chashmadir.

29. Darvoqe, jinoyatkor (kofir)lar imon keltirgan zotlardan (masxara) qilib kular edilar.

30. Qachonki, ularning oldidan o'tsalar, birbirlariga ko'z qisishib, imo-ishora qilardilar.

31. Qachonki, uylariga qaytsalar, (qilmishlaridan) zavqlanib qaytardilar.

32. Qachonki, ularni (mo'minlarni) ko'rsalar, "Ana ular, shubhasiz, yo'ldan ozgan kimsalardir", -derdilar.

33. Holbuki, ular (mo'minlarning) ustiga qo'riqchi qilib yuborilgan emasdilar.

34. Endi bugun imon keltirganlar kofirlardan kulurlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #589 : 14 Avgust 2008, 09:07:26 »


35. Ular (jannatdagi) so'rilarda (kofirlar holiga) boqib (o'tirurlar).

36. Kofirlar qilmishlarining jazosini oldilarmi?!


INSHIQOQ SURASI


Suraning nomi o'zidan olingan bo'lib, yorilish degan ma'noni bildiradi. Zero, surada qiyomatda osmon yorilib, ko'p alomatlar ro'y berishi bayon etilgan. Bu sura inson doimiy ravishda harakatda bo'lib, yo ezgu yoki yovuz ishlar bilan band bo'lishi, oxiratda shu ishlari bo'yicha savol-javob bo'lishi va azob-uqubatlar bilan bir qatorda solih bandlar uchun ulug’ mukofotlar tayyorlab qo'yilgani haqidadir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Osmon yorilganda,

2. (bu bilan u) Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda,

3. (shuningdek) Yer yoyilganda,

4. o'z ichidagi (jasadlarni) chiqarib tashlab, bo'shab qolganda

5. va u Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda (har bir inson Allohga hisobot berur).

6. Ey, inson, albatta, sen mehnat-mashaqqatlar chekib Rabbingga (ya'ni, Uning mukofot yoki jazosiga) boruvchisan, bas, (so'ngra) U zotga yo'liquvchisan.

7. Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa,

8. bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak,

9. va o'z(ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak.

10. Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa,

11. bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak

12. va do'zaxda toblanajak.

13. Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi,

14. o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi.

15. Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi.

16. Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa,

17. tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga

18. hamda to'lin oygaki,

19. albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar!

20. Bas, nega ular imon keltirmaydilar?!

21. Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?! (Sajda oyati)

22. Aksincha, kufrga ketganlar (bu kabilarni) inkor eturlar.

23. Alloh esa ular ichlarida yashirib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir.

24. Bas, (ey, Muhammad,) ularga alamli azob "xushxabari"ni bering!

25. Ammo, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #590 : 14 Avgust 2008, 09:08:58 »


BURUJ SURASI

Buruj - burjlar, ya'ni, osmon burjlari.

Surada Alloh taoloning zotu sifatlari naqadar buyuk ekanligi ta'rif etilishi bilan birga mo'minlarga aziyat yetkazgan va ular o'rtasida fitnafasod, buzg’unchilik ishlarini joriy qilgan kimsalarga qattiq jazolar muqarrar ekanligi va Qur'oni karimning Lavhul-mahfuzdan ko'chirilgan ilohiy muqaddas kalom ekanligi kabi ma'lumotlar bor.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod etaman (o'n ikkita) burjlarga ega osmonga,

2. va'da qilinmish (Qiyomat)ga,

3. (o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga

4. Choh egalariga la'nat!

5. Qaysiki, u yoqilg’ili olov edi.

6. O'shanda ular o'sha (choh)ning ustida o'tirgan

7. va mo'minlarga qilayotgan ishlariga o'zlari guvoh edilar.


Izoh: Payg’ambarimizdan oldin o'tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug’i bilan imonli kishilarga qattiq azob berilgani, axiri ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o'zlari qulagani, choh ichidagi olov mo'minlarni emas, balki ularning o'zlarini kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda.

8. Ular (mo'minlar)dan faqat qudratli va hamd egasi bo'lmish Allohga imon keltirganlari uchungina o'ch oldilar.

9. Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir va Alloh barcha narsaga guvohdir.

10. Albatta, mo'min va mo'minalarni fitnaga solib, so'ngra tavba qilmagan kimsalarga jahannam azobi va ular uchun o't azobi bordir.

11. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarga ostidan anhorlar oqib turadigan bog’lar bordir. Bu esa katta yutuqdir.

12. (Ey, Muhammad,) shubhasiz, Rabbingizning (azobga) tutishi qattiqdir.

13. Albatta, Uning O'zi boshlar (yaratar) va qaytarur (qayta tiriltirur).

14. U (mo'minlarga nisbatan) kechirimli va do'st,

15. Arsh sohibi, Ulug'

16. va istagan narsasini amalga oshiruvchidir.

17. (Ey, Muhammad,) Sizga qo'shinlarning xabari keldimi?

18. Fir'avn va Samud (qo'shinlari)ning.

19. Yo'q! Kofir bo'lgan kimsalar (doimiy) inkor qilishdadirlar.

20. Holbuki, Alloh ularning ortida (barcha narsani bilib) ihota qilib turuvchidir.

21. Yo'q! Balki, u ulug’ Qur'ondirki,

22. (uning asl manbai) Lavhul-Mahfuzdadir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #591 : 14 Avgust 2008, 09:11:38 »


TORIQ SURASI

Toriq - Zuhal yulduzi. U bilan qasamyod etib, Alloh taolo har bir insonni turli balo-qazolardan qo'riqlovchi maloikalar borligi, ular uning qilmishlarini ham yozib borishlari, Qur'on vasfi, oxirat hodisalari va boshqa ma'lumotlardan ogoh qiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman.

2. (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?!

3. (U nuri) o'tkir yulduzdir.

4. Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir.

5. Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin!

6. (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan.

7. (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur.

8. Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir.

9. Sirlar fosh qilinadigan kuni

10. unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas.

11. Qasamyod etaman yomg’irli osmonga

12. va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki,

13. shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir.

14. U hazil (behuda so'z) emasdir.

15. Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar.

16. Men ham "makr" qilurman.

17. Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering!



A'LO SURASI

A'lo - oliy zot, ya'ni, Alloh taoloning barcha oliylar oliysi ekanini bildiruvchi sifati.

Surada inson Allohning o'z qudrati va hikmati bilan yaratilgani, Qur'on oyatlaridan ba'zilarining unutilishi Allohning irodasiga bog’liq ekani, ilohiy nasihatlar hammaga ham ta'sir etmasligi, oxiratdagi holatlar, Qur'ondagi shu kabi ko'p o'gitlar Ibrohim va Muso (a. s)larga nozil etilgan sahifalarda ham mavjud ekanligi bayon etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting!

2. Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan,

3. barchaga munosib yo'lni belgilab, (o'sha yo'lga) hidoyat qilib qo'ygan,

4. o'tloqni undirib chiqarib,

5. so'ng uni qoramtir xazon qilib qo'ygan zotdir.


Izoh: Ba'zi olimlar bu oyatdagi "g'uso'" so'zini neft deb ta'vil qiladilar va u sel ko'piklariga qorishgan chirik yaproq xazonlarining quyqasidan hosil bo'ladi deb izohlaydilar.

6. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga (Jabroil vositasida Qur'onni) qiroat qildirurmiz. Bas, Siz (uni) esdan chiqarmassiz.

7. Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni ham, yashirin narsalarni ham bilur.

8. Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz.

9. Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating!

10. (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar.

11. Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar,

12. zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur.

13. So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur!

14. Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur

15. va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #592 : 14 Avgust 2008, 09:13:33 »


16. Ha, sizlar, (ey, kofirlar,) dunyo hayotini ustun qo'yursizlar.

17. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.

18. Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda -

19. Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir.


G'OSHIYA SURASI


G’oshiya - o'rab oluvchi, ya'ni, qiyomatning ismga aylangan sifatlaridan biri. Darhaqiqat, u hamma mavjudotni o'z ta'siri doirasiga oluvchi bo'lgani uchun uning ko'psonli nomlaridan biriga aylangan.

Surada tuya, osmon, tog’ va yerlarning ilohiy hikmat asosida ajoyib va g’aroyib shaklda yaratilgani, ularga ibrat va ma'rifat nazari bilan boqish zarurligi, shuningdek, Payg’ambar (a. s.)ning vazifasi ilohiy xabarlarni o'z ummatiga majburan emas, balki nasihat va eslatma uslubida bayon qilishdan iborat ekani ham zikr etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) Sizga qamrab oluvchi (Qiyomat) qissasi (yetib) keldimi?

2. U Kunda (ba'zi) yuzlar so'lg'in,

3. mehnat-mashaqqat chekuvchidir.

4. (Ular) qizigan do'zaxda toblanurlar,

5. qaynoq buloqdan sug’orilurlar.

6. Ular uchun taom bo'lmas, bo'lganda ham faqat zaharli giyohdan bo'lib,

7. (u) semirtirmaydi ham, ochlikdan ham xalos etmaydi

8. (Boshqa bir) yuzlar esa u Kunda (ne'matlardan) mamnun,

9. (dunyoda qilgan) sa'y-harakatlaridan rozidir.

10. (Ular) oliy jannatdadirlar.

11. U joyda behuda so'z eshitmaslar.

12. U joyda oqar buloq bordir.

13. U joyda baland so'rilar,

14. qo'yilgan qadahlar,

15. tizib qo'yilgan yostiqlar

16. va to'shalgan gilamlar bordir.

17. Axir, ular tuyaga qarab, qanday yaratilganiga,

18. osmonning qanday ko'tarib qo'yilganiga,

19. tog’larning qanday tiklanganiga

20. va Yerning qanday yoyib - tekislab qo'yilganiga boqmaydilarmi?!

21. Bas, (ey, Muhammad,) eslating! Zotan, Siz faqat eslatuvchidirsiz.

22. Ularning ustidan zo'ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz.

23. Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o'girib, kofir bo'lsa,

24. u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar.

25. Zero, qaytishlari yolg’iz O'zimizgadir!

26. So'ngra ularni hisob-kitob qilish ham faqat Bizning zimmamizdadir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #593 : 14 Avgust 2008, 09:16:06 »


FAJR SURASI

Fajr - tong, bomdod vaqti.

Surada Fir'avn, Od qavmi kabi buzg’unchi kofirlarning qilmishlari, boylikka berilmaslik, qiyomat hodisalari, insonning noshukurligi, jannat ahlidan bo'lish uchun nima ishlar qilish lozimligi ilohiy ta'limot asosida talqin etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod etaman tong (vaqti)ga,

2. "O'n kecha"ga,


Izoh: Bu oyatdagi "O'n kecha" dan murod Zil-hijja oyining yoki Muharram oyining birinchi o'n kunlari yoxud Ramazon oyining uchinchi o'n kunligi degan uch xil tafsir mavjud.

3. juft va toq (narsalar)ga

4. va o'tayotgan kechagaki, (albatta, kofirlar jazolanurlar)!

5. Mana shu (narsa)larda aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir?!

6. Rabbingiz Od (qabilasi)ni nima qildi, ko'rmadingizmi?!

7. (Ular) baland ustunli Iram (shahridan) bo'lib,

8. (boshqa) yurtlarda uning o'xshashi yaratilmagan.

 
Izoh: Iram yoki Eram - Nuh sulolasidan bo'lgan shoh ismi. Uning ismi bilan shahar, bog' va qabila nomlangan (Od qabilasi). Rivoyat qilinishicha, Odning ikki o'g’lidan biri Shaddod u dunyoda Alloh mislsiz boq-jannat bino qilgan deb eshitgach, U bilan tenglashish niyatida Adn (Yaman) sahrosida bir g’aroyib bog’ barpo ettirgan. Bog’ 300 yilda bitgan. Odning o'zi 9000 yil umr ko'rgan. Lekin takabburlik bilan qurgan bog’ini ko'rish o'ziga nasib etmagan. Ko'rish uchun lashkar tortib ketayotganda, yarim yo'lda Alloh tomonidan yuborilgan qattiq bo'ron-shamol urib halok bo'lgan. "Boqi Eram" qissasi shundan iboratdir.

9. Vodiyda xarsang toshlarni (uy solish uchun) kesgan Samud (qabilasi)ni,

10. qoziqlar (ahromlar va qasrlar) egasi bo'lmish Fir'avnni (qanday halokatga duchor qilganini-chi)?

11. Ular yurtlarida hadlaridan oshib,

12. u joylarda buzg’unchilikni ko'paytirib yuborgan edilar.

13. Bas, Rabbingiz ularning ustiga turli azob yog’dirdi.

14. Albatta, Rabbingiz (barcha narsani) kuzatib turuvchidir.

15. Bas, endi insonni qachonki, Parvardigori imtihon uchun ikrom etib, unga ne'mat ato etsa, darhol: "Parvadigorim (loyiq bo'lganim uchun) meni ikrom etdi", - der.

16. Ammo, qachonki, (Parvardigori) uni imtihon uchun, rizqini tang qilib qo'ysa, darhol: "Parvardigorim meni xor qildi", - der.

17. Yo'q! Aksincha, sizlar yetimni ikrom qilmaysizlar.

18. Miskin (bechoraga) taom berishga ham bir-biringizni targ’ib qilmaysizlar.

19. Merosni esa (o'z ulushingizga o'zgalarnikini) qo'shib yeyaverasizlar.

20. Yana mol-dunyoni qattiq muhabbat bilan sevasizlar.

21. Yo'q! Qachonki, Yer qattiq silkinganda

22. va Rabbingiz (hukmi) va farishtalar saf-saf bo'lib kelganda

23. hamda o'sha Kuni jahannam ham (yaqin) keltirib qo'yilganda - ana o'sha Kunda inson (bu ko'rganlaridan) eslatma olur. (Ammo) unga eslatma qayoqda ekan?!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #594 : 14 Avgust 2008, 09:18:28 »


24. U: "Eh, koshki edi men hayot vaqtimda (yaxshi amallarni) taqdim etgan bo'lsam", - der.

25. U Kundagi (Allohning) azobidek hech kim azoblamas.

26. Uning (kishan va zanjirlarni) bog’lashidek ham hech kim boqlamas.

27. "Ey, xotirjam (sokin) jon!

28. (Ato etilgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan) ham rozi bo'lingan holingda, Rabbing (huzuri)ga qaytgin!

29. Bas, (solih) bandalarim (safi)ga qo'shilgin

30. va jannatimga kirgin!


Izoh: Bu xitob Alloh taolo tomonidan jon egasiga vafoti oldidan yoki jannatga kirishi arafasida yoki qiyomatda qabridan turishida aytiladi (Madorik tafsiri).


BALAD SURASI

Balad - shahar, bu yerda Makka shahri muroddir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) mana shu shahar bilan qasamyod eturman,

2. holbuki, Siz shu shaharda mavjuddirsiz

3. hamda ota va bolalarga (ya'ni, Odam va zurriyotlariga) qasamyod eturmanki,

4. haqiqatan, insonni mashaqqatga yaratdik.

5. Unga hech kimning kuchi yetmaydi, deb o'ylaydimi?!

6. U (maqtanib): "Juda ko'p mol-dunyoni (sarflab) yo'q qildim", - der.

7. Uni hech kim ko'rmagan, deb o'ylaydimi?!

8. Axir, Biz unga ikki ko'z,

9. til va ikki lab (ato) qilmadikmi?!

10. Yana uni ikki balandlikka (yo'lga) yo'llab qo'ydik-ku!


Izoh: Ikki balandlikdan murod ikki yo'l. Ya'ni, hidoyat va zalolat yo'llari.

11. Bas, u (biror yaxshi) dovonni oshib o'tmadi.

12. (Ey, Muhammad,) dovon (oshish) nima ekanini Siz qayerdan ham bilar edingiz?!

13. (U) bo'yinni (qulni) ozod qilish,

14. yoki ocharchilik kunida (muhtojga) taom berishdir.

15. Xoh (u) qarindosh yetim bo'lsin,

16. xoh tuproqli (xor) miskin.

17. So'ngra u (mazkur inson) imon keltirgan va bir-birlarini sabr qilishga tavsiya etgan, bir-birlarini (bandalarga) marhamatli bo'lishga undagan zotlardan bo'ldi.

18. Ana o'sha (fazilatlarga ega bo'lgan zotlar) o'ng tomon egalaridir.

19. Oyatlarimizga kofir bo'lgan kimsalar esa, chap tomon egalaridir.

20. Ularni qamrab oluvchi olov (do'zax) muqarrardir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #595 : 14 Avgust 2008, 09:20:30 »


SHAMS SURASI

Shams - quyosh.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosiga,

2. u (quyosh)ning ortidan kelgan oyga,

3. u (quyosh)ni oshkor qilgan kunduzga,

4. u (quyosh)ni o'ragan tunga,

5. osmonga va uni bino qilgan,

6. Yerga va uni yoyib qo'ygan,

7. jonga va uni tiklagan,

8. unga fisq-fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo'ygan zotga (qasam)ki,

9. haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur

10. va u (nafs)ni (gunoh bilan) ko'mib, xorlagan kimsa esa noumid bo'lur!

11. Samud (qabilasi) haddan oshgani sababli (o'z payg’ambarlarini) yolg’onchiga chiqardilar.

12. Qaysiki, ularning eng badbaxti (tuyani so'yish uchun) qo'zg’alganida,

13. Allohning payg’ambari (Solih) ularga: "Allohning tuyasi(ni so'yish)dan va uni sug’orish(ga to'siq bo'lish)dan saqlaninglar!" - dedi.

14. Bas, ular (payg’ambarni) yolg’onchi qilishib, u (tuya)ni so'yib yubordilar. Bas, Parvardigorlari ularning gunohlari sababli ustilariga qirg’in yuborib, uni (barchalariga) barobar qildi.

15. (Zotan, Alloh o'z ishining) oqibatidan qo'rqmas.


LAYL SURASI


Layl - kecha, tun.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod etaman o'rab kelayotgan kechaga,

2. yorishib kelayotgan kunduzga,

3. erkak va ayolni yaratgan zotgaki,

4. albatta, sizlarning sa'y - harakatlaringiz turlichadir!

5. Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Allohdan) qo'rqsa,

6. hamda go'zal (narsa)ni tasdiq etsa,


Izoh: Go'zal narsadan murod islom dini yoki jannat yoxud imon kalimasi.

7. bas, unga oson (yo'l)ni muyassar qilurmiz.

8. Ammo, kimki baxillik qilsa va (o'zini) behojat (boy) sanasa,

9. hamda go'zal (narsa)ni yolg’onga chiqarsa,

10. bas, unga og’ir (yo'l)ni "muyassar" qilurmiz.

11. (U) halok bo'lgan vaqtida boyligi unga foyda bermas.

12. Albatta, hidoyat (To'g’ri yo'lga yo'llash) faqat Bizning zimmamizdadir.

13. Haqiqatan, oxirat ham, dunyo ham yolg’iz Biznikidir.

14. Sizlarni lovullab yonuvchi do'zax haqida ogohlantirdim.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #596 : 14 Avgust 2008, 09:23:38 »


15. Unda faqat baxtsiz (odam) toblanur.

16. Qaysiki, (dinni) inkor etib, (itoatdan) bosh tortgan bo'lsa.

17. Taqvoli kishi esa undan (do'zaxdan) uzoqlashtirilur.

18. Qaysiki, u mol-davlatini (yaxshilik yo'lida) sarf qilur.

19. Uning huzurida (zimmasida) biror kimsaga qaytariladigan ne'mat yo'qdir.

20. U faqat eng oliy zot bo'lmish Parvardigorining "yuzi"ni istab (ehson qilur).

21. (U) yaqinda (ato etilajak mukofotdan) rozi bo'lur.


ZUHO SURASI

   
Zuho - choshgoh vaqti.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod eturman choshgoh vaqtiga

2. va (o'z zulmati bilan atrofni) qoplab turgan kechagaki,

3. (ey, Muhammad,) Rabbingiz Sizdan voz kechgani ham yo'q, yomon ko'rib qolgani ham yo'qdir!

4. Albatta, Siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir.

5. Yaqinda Rabbingiz Sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, Siz, albatta, (undan) rozi bo'lursiz.

6. (Ey, Muhammad, Rabbingiz) Sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!


Izoh: Boshpana bergani Payg’ambar (a. s.) yetim qolganlarida bobolari Abdulmuttalib, so'ngra amakilari Abu Tolib uni o'z qaramog’lariga olganlariga ishoratdir.

7. Yana Sizni gumroh (g’ofil) holda topib, (Haq yo'liga) hidoyat qilib qo'ymadimi?!

8. Sizni kambag’al holda topib, boy qilib qo'ymadimi?!

9. Bas, endi Siz (ham) yetimga qahr qilmang!

10. Soil (gado)ni esa (malol olib) jerkimang!

11. Parvardigoringizning (Sizga ato etgan barcha) ne'mati haqida esa (odamlarga) so'zlang!


SHARH SURASI

   
Sharh - ochish. Bu yerda Rasulullohning dillarini ilmu hikmat bilan ochilishi muroddir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad,) ko'ksingizni (ilmu-hikmatga) keng ochib qo'ymadikmi?!

2. Sizdan yukingizni olib qo'ydik,

3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.


Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir bo'lgan ba'zi kichik sahvu xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.

4. Zikringizni (martabangizni) ham baland qilib qo'ydik.

5. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

6. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

7. Bas, (ey, Muhammad,) qachonki, (namozdan) foriq bo'lsangiz, (o'rningizdan) turing

8. va Rabbingiz sari rag'bat (bilan iltijo) qiling!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #597 : 14 Avgust 2008, 09:26:36 »


TIN SURASI
   
Tin - anjir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod eturman anjirga va zaytunga,

2. Turi Sinin (tog’i)ga,

3. mana shu tinch-osoyishta shahar (Makka)gaki,

4. haqiqatan, Biz insonni xushbichim (shaklda) yaratdik.

5. So'ngra (qarigan sari), uni asfalasofilinga (qomati xam bo'lishga) qaytardik.


Izoh: Asfalasofilin - pastlarning pasti. Bu so'zdan ikki xil mazmun olish mumkin. Birinchisi, tarjimadagi qarilik bo'lsa, ikkinchisi keyingi imonli solih bandalarga beriladigan ne'matlar zikri dalolatiga binoan imon keltirmagan munofiqlar do'zaxning past joyiga yuborilishiga ishorat bo'lishi mumkin.

6. illo, imon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr (mukofot) bordir.

7. Bas, (ey, inson)! Shundan keyin jazo (Kuni)ni inkor etishga seni nima majbur etmoqda?!

8. Axir, Alloh (o'sha Kunda) hukm qiluvchilarning (adolatli) hukm chiqaruvchirog’i emasmi?!


ALAQ SURASI

   
Alaq - Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, ya'ni laxta quyuq qonga aylangan holati muroddir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz nomi bilan o'qing!

2. U insonni laxta qondan yaratdi.

3. O'qing! Rabbingiz esa karamli zotdir.

4. U insonga qalam bilan (yozishni) o'rgatgan zotdir.

5. U insonga bilmagan narsalarini o'rgatdi.

6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar.

7. (Bunga) sabab o'zini boy - behojat sanashidir.

8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir.

9. (Ey, inson,) ko'rdingmi, to'sayotgan kimsani

10. bandani namoz o'qiganda?!

11. Ko'rdingmi - agar u (namoz o'quvchi) o'zi To'g’ri yo'lda bo'lsa,

12. yoki (o'zgalarni) taqvoga (Allohdan qo'rqishga) buyursa?!

13. Ko'rdingmi, agar u (namozdan) to'suvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz o'girsa,

14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) ko'rib turishini bilmasmi?!


Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Payg’ambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ygan bo'lib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan.

15. Yo'q! Qasamki, agar u (bu yo'lidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz

16. o'sha yolg’onchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)!

17. Bas, u o'zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!

18. Biz esa azob farishtalarini chaqirajakmiz!

19. Yo'q! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolg’iz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin bo'ling!


(Sajda oyati.)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #598 : 14 Avgust 2008, 09:28:38 »


QADR SURASI

Qadr so'zining turlicha ma'nolari bor. Jumladan qadr-qimmat, o'lchov, miqdor. Bu yerda bularning har biri to'g’ri kelaveradi. Zero, bu kechaning qadr-qimmati ming oydan ulug’ligi va bu kechada bir yillik ishlar o'lchanib, rejalashtirilishi bunga dalil bo'la oladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Albatta, Biz u (Qur'on)ni Qadr kechasida nozil qildik.

2. (Ey, Muhammad,) Qadr kechasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?!

3. Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.


Izoh: Bu ulug’ kecha Ramazon oyining 27-kechasi ekaniga dalolat qiladigan hadis va rivoyatlar ko'pdir.

4. U (kecha)da farishtalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorlarining izni bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tusharlar.

5. U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir.


BAYYINA SURASI


Bayyina - hujjat.

Hujjatdan murod bu yerda, Muhammad (a. s.) dirlar. Suraning nomini "Lam Yakun" deb ham yuritiladi. Unda kofir va mushriklar, to Muhammad (a. s.) payg’ambar bo'lib kelgunlaricha, o'zlarining kufroniy aqidalaridan ajramaganlari, keyin esa ba'zilari kufrdan xalos topib, Islomga kirgani va ba'zilari kufrda qolgani, ibodatda ixlos zarurligi, oxiratda mo'minlarga va kofirlarga qilinadigan muomalalar to'g’risida ma'lumot beriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ahli kitoblar va mushriklardan iborat kofir kimsalar, to ularga Hujjat kelgunicha, (kufrdan) ajraluvchi bo'lmadilar.

2. (U Hujjat) Alloh (tomoni)dan (yuborilgan) payg’ambar (Muhammad, ularga) pokiza sahifalarni (Qur'onni) tilovat qilur.

3. U (sahifa)larda qimmatli yozuvlar (ahkomlar) mavjuddir.

4. Ahli kitoblar faqat ularga Hujjat (payg’ambar) kelganidan keyingina bo'linib ketdilar.

5.Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni (shirkdan) xolis qilgan, To'g’ri yo'ldan oqmagan hollarida ibodat qilishga va namozni mukammal ado etishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu To'g’ri (haqqoniy) dindir.

6. Albatta, ahli kitob va mushriklardan iborat kofir kimsalar jahannam o'tida bo'lib, o'sha joyda mangu qolurlar. Ana o'shalar xaloyiqning eng yomonidirlar.

7. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar - aynan o'shalar xaloyiqning eng yaxshisidirlar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #599 : 14 Avgust 2008, 09:34:27 »


8. Parvardigorlari huzuridagi ularning mukofotlari ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlardir. Ular o'sha joyda abadul-abad qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi bo'lur, ular (Allohdan) rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir.


ZALZALA SURASI

   
Zalzala-zilzila, yer qimirlashi. Bu surada qiyomatning qoyim bo'lishida Yerning junbushga kelib qimirlashi va tilga kirib gapirishi va nomai a'mol bitiklari tasvirlangan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qachonki, Yer o'zining (eng dahshatli) zilzilasi bilan qimirlaganida,

2. Yer (o'z qa'ridagi konlaru murdalardan iborat) "yuk"larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida

3. va (qayta tirilishni inkor qiluvchi) inson (dahshatga tushib): "Unga ne bo'ldi ekan?" - deb qolganida

4. ana o'sha kunda Yer o'z xabarlarini so'zlar.


Izoh: Yerning xabarlari uning ustida yurgan bandalarning qilmishlaridir. Ular haqida yerning Alloh oldida guvohlik berishi o'ta dahshatli hodisadir Suraning davomida har bir banda dunyoda qilib o'tgan yaxshi-yomon ishlari bitilgan nomai a'moli qo'liga berilgach, uni o'qib ko'rishi ta'kidlanadi. Bu oyatlardagi ilohiy hikmatlarni tafakkur bilan poyoniga yetish juda qiyin. Ba'zi ulug’ olimlarning yozishiga qaraganda, har bir inson oxiratda o'z nomasini o'qib ko'radi. Lekin boshqa odam buni o'qimaydi, bilmaydi ham. Aks holda ba'zi ishlaridan xijolat bo'lishga to'g’ri keladi. Alloh taolo o'sha joyda ham bandalarining noshoyista qilmishlarini hammaga fosh qilmay, o'zining rahmat va mag’firatini namoyon qilishidan bu yerda bashorat berilmoqda (Anisul-jalis).

5. (So'zlashga) Rabbingiz vahiy (ruxsat) qilganini aytur.

6. O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.

7. Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.

8. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.


ODIYOT SURASI


Odiyot - chopuvchi (ot)lar. Surada janglarda matonat ko'rsatadigan chopqir otlar nomiga qasamyod etish bilan Alloh taolo ba'zi noshukur insonlarning o'z xoliqiga itoatsiz, dunyoparast ekanliklarini ta'kidlaydi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qasamyod etaman pishqirib chopadigan,

2. (chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan,

3. tong paytida (yov sari) bostirib boradigan,

4. bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan,

5. shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki,

6. haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir!

7. Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir.

8. Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir.

9. Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 659437
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 30904
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 29940
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 18395
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4948
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin