Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 599666 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 B


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:08:02

* * *

Esnash, yo'talish, aksirish zarurati tug'ilganda qiroatni to'xtatib turish lozim.

* * *

Boshqalardan yaxshi o'qiyapman deb kibru havoga berilmasin.

* * *

Bozorda yurganda, mazax qiluvchilar huzurida, johillar yig'ilgan joylarda jahriy qiroat qilmasin.

* * *

Qur'on oyatlarida kelgan ismlar va ko'chirma gaplarni biror shaxsga hazillashib ishlatmasin.

* * *

Qur'onni xatm qilganda yana boshidan ellik oyat o'qib qo'ysin. Bu shaytonni g'amgin qiladigan ishdir. Xatmdan so'ng duolar qilib, Allohdan hojatini so'rasin. Bunday paytda qilingan duo mustajobdir.

* * *

Qur'onni og'zaki, betahorat, yurib, yonboshlab, hatto yotib o'qish joiz, lekin yuqorida aytilgan odoblarga rioya qilinganda savobi ko'proq, fazli ziyodaroq bo'lur.

O'azrat Ali (karramallohu vajha) aytgan ekanlar: "œKimiki Qur'oni karimni namozdan tashqarida tik turib o'qisa, har bir harfiga yuztadan savob, o'tirib o'qisa har bir harfiga 50 savob, tahoratli o'qisa 25 savob, tahoratsiz o'qisa o'nta savob yozilur. Junub holatda qiroat qilish yoki Mushafni ushlash mutlaqo joiz emas".

* * *

Mushaf ustiga hech narsa, hatto har qanday boshqa kitobni qo'yish ham joiz emas.

* * *

Qur'onni mashhur va mashru' etilgan yetti qiroatdan xohlagan birini tanlab o'qishi mumkin. Lekin, bir qiroatga ko'nikib qolgan musulmonlar davrasida o'qiganda, turli g'arib qiroatlardan saqlangay, toki tingloavchilar fitnaga tushmasinlar.

* * *

Qiroatni tunlari, tinch, sukunat paytida o'qishni odat qilgay. Buning foydalari bisyordir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:08:27

* * *

O'ayz yoki nifosdagi ayollar, janobatdan g'usl qilmaganlar og'zaki qiroat qilishlari ham joiz emas. Tahoratsiz odam Mushafni ushlamay o'qishi mumkin. Mazkurlarning hammasi g'ilofli Mushafni ushlashlari mumkin. G'ilof muqovaga yopishtirilmagan bo'lishi shart.

* * *

Balog'at yoshiga yetmagan, bolalar o'qib, o'rganishlari uchun Qur'onni betahorat tutishlari mumkin. Aks holda hofizi Qur'onlar chiqishiga xalal yetadi.

* * *

"œAuzu billoh"ni faqat Qur'on qiroat qilganda o'qiladi. Undan boshqa kitob, duo yoki dars boshlash kabilarda uni o'qilmaydi, balki ularni "œBismilloh" bilan boshlaydi.

* * *

"œTavba" surasini "œAnfol" surasidan keyin befosila o'qiganda "œBismilloh"ni o'qimaydi. Ammo, "œTavba" surasining o'zidan boshlab o'qisa, "œAuzu"dan keyin "œBismilloh"ni o'qiyveradi.

* * *

Qur'onni boshidan oxirigacha yod olish hamma musulmonlarga farz emas, balki u farzi kifoyadir. Ammo, namozdagi qiroatga yarasha sura va oyatlarni yodlash har bir muslim va muslimaga farzi ayndir.

* * *

Ozoda va pokiza hammomda past ovoz bilan qiroat qilish joiz. Tasbeh, tahlil va duolarni baland ovoz bilan o'qish ham mumkin.

* * *

O'ojatxona, g'uslxona, axlatxona kabi nopok joylarda Qur'on o'qilmaydi.

* * *

Fiqhiy kitob mutolaa qilayotgan yoki yozayotgan, namoz o'qiyotgan odam yonida ularga eshittirib qiroat qilish ham makruhdir.

* * *

Qabristonda Qur'oni karimdan qiroat qilish Abu Hanifa (r. a. ) nazdida makruh. Ammo, imom Muhammad ibn Hasankim, mujtahidlik maqomiga yetishgan shogirdlaridan biridir, uning nazdida makruh emas, balki qiroatdan qabriston ahli bahramand bo'lurlar. Fatvo ham shunisiga berilgan.

* * *

Kofir va mushriklarga ham Qur'on yoki fiqhdan ta'lim berish mumkin. Zero, Payg'ambarimiz (s. a. v. ) Qur'oni karimdan mushriklarga o'qib berar edilar. Lekin ularga g'usl qilmagan hollarida Mushafni ushlash joiz emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:08:48

* * *

Qur'ondan ta'lim berish uchun haq olish joizdir.

* * *

Yurib ketayotib qiroat qilmoqchi bo'lsa, ovozini baland ko'tarmagay.

* * *

Ish qilib turib qiroat qilish yanglishib ketmaydigan bo'lsa joiz.

* * *

Qiroat qilib o'tirganda uyga ota-onasi, ustozi yoki biror olim kishi kirib qolsa, ularning hurmati uchun o'rnidan tursa joiz. Boshqalar uchun joiz emas.

* * *

Qur'onni o'pib, yuziga surtish savobli ish. Usmon ibn Affon (r. a. ) har tong Mushafni o'pib, yuzlariga surtar ekanlar.

* * *

O'qiyotgan Qur'on kitobini safarda oldirib qo'yishdan qo'rqsa, boshining ostiga qo'yib yotishi mumkin.

* * *

Qur'on turgan uyda jinsiy aloqa qilinishiga ruxsat berilgan. Zero, odatda musulmonlar uyi Qur'on kitobidan xoli bo'lmaydi.

* * *

Yirtilib, o'qishga yaroqsiz bo'lib qolgan Qur'on varaqlarini lattaga o'rab, odamni dafn etgandek chuqur kavlab, lahadga ko'mish lozim. Ba'zi ulamolar yondirib yuborishga ham ruxsat bor, deydilar. Bunga Usmon (r. a. )ning Qur'onni ko'chirtirib bo'lgach, qolgan barcha oyat yozilgan sahifalarni yondirishga buyruq berganlarini dalil keltiradilar.

* * *

Yerga to'shaladigan narsalarga oyat yozish joiz emas. Devor va mehroblarga oyatlardan bitishni ba'zi ulamolar joiz deb bilurlar.

* * *

Qur'oni karimning oyatlari bir joyda emas, balki Makka, Madina, Toif, Juhfa, Baytil-maqdis, Hudaybiya kabi shaharlarda va Mino, Arafot, Badr, Uhud kabi joylarda nozil qilingan.

* * *

Qur'oni karim 30 pora 114 sura, 6236 oyatdan iboratdir.

* * *

Oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinida nozil bo'lgan oyatlar tashkil etadi. Ya'ni, makkiya oyatlar 4780, madaniya oyatlar 1456, jami bo'lib 6236 oyat.

* * *

Eng qisqa oyatlar "œToho" va "œYosin", eng uzun oyat Baqara surasining 282-oyatidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:09:03

* * *

Hijratgacha nozil qilingan suralarning hammasi makkiya, hijratdan keyin xoh Madinada, xoh boshqa joylarda nozil qilingan suralarni umumiy holda madaniya deb atalaveradi.

* * *

Makka ahliga qarata xitob qilingan oyatlar makkiya, Madina ahliga xitob qilingan oyatlar madaniyadir.

* * *

Qaysi surada "œKallo" so'zi bo'lsa, u makkiyadir. Bu lafz ko'proq Qur'oni karimning ikkinchi yarmida uchraydi.

* * *

Baqara surasidan boshqa qaysi surada Odam (a. s.) bilan shayton qissasi kelgan bo'lsa u ham makkiya.

* * *

Qaysi surada kufr va shirk ahli bilan jang, shariat hukmlari bayon etilgan bo'lsa u madaniyadir.

* * *

Baqara va Oli Imron suralaridan boshqa qaysi sura "œhurufi muqattaot" (yakka harflar) bilan boshlangan bo'lsa, ular makkiyadir.

* * *

Tarixiy voqealar bayon qilingan suralar makkiyadir.

* * *

Qur'oni karim yetti xil arab shevasiga muvofiq keladigan "œrasmi xat" uslubida nozil qilingan. Bu uslubga asosan o'qilgan yetti qiroat qorilari va o'n to'rtta roviy orqali naql qilingan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:09:15

Qorilar haqida

Qorilar, ya'ni hofizi Qur'onlarning fazlu fazoillari, ularga beriladigan mukofot va martabalar to'g'risida kelgan sahih hadislardan namunalar:

1. "œSizlarning yaxshilaringiz Qur'oni karimni ta'lim olib, ta'lim beruvchilaringizdir" (Imom Buxoriy rivoyati).

2. "œQur'onni mahorat bilan o'quvchi qorilar ulug' farishtalar bilan birgadirlar. Uni tili qiynalib o'qiydigan qorilarga ikki hissa ajr berilur" (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

3. "œQur'on o'qingizlar, zero, Qur'on o'zining qorilarini qiyomat kuni shafoat qilur" (Imom Muslim rivoyati).

4. "œKimki Allohning kalomidan bir harf o'qisa, unga bir savob. Savob esa o'n barobar ko'paytirilib yozilur. "œAlif, Lom, Mim"ni bir harf demayman, balki, Alif — harf, Lom — harf, Mim — harfdir" (Imom Termiziy rivoyati).

5. "œHar kim Qur'onni o'qib, unga amal qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning ota-onasi boshiga bu dunyo quyoshidan ham chiroyli nur beruvchi tojni kiydirur" (Abu Dovud rivoyati).

6. "œQur'on o'qinglar. Zero, Qur'on joylashgan qalbni Alloh azoblamas. Ushbu Qur'on Allohning ziyofatidir. Har kim uning mehmoni bo'lsa, u omonda bo'lur. Kimki Qur'onni sevsa, unga xushxabar bordir" (Imom Dorimiy rivoyati).

7. "œSochi islomda oqargan mo'ysafed, Qur'onni yod olib, unda g'uluv (chuqur ketib, chalg'ish)ga mubtalo bo'lmagan qori, odil podshohlarni izzat-ikrom qilish — Allohni ulug'lashning turlaridandir" (Abu Dovud rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:09:40

Yetti qiroat qorilari

1. Abdulloh ibn Kasir al-Makkiy al-Qurashiy. U tobeinlardan. Qiroatni Abdulloh ibn Zubayr va boshqalardan tinglagan. 120 h. da Makkada vafot etgan. U Anas ibn Molik va Abu Ayyub Ansoriylar bilan ham muloqotda bo'lgan.

2. Nofe' ibn Abdurrahmon ibn Abi Naim al-Isbahoniy al-Madaniy. 169 h. da Madinada vafot etgan. Ubay ibn Ka'b, Abdulloh ibn Abbos, Abu Hurayra kabi sahobalarning shogirdlaridan qiroat ta'lim olgan.

3. Abdulloh ibn Omir al-Qoziy ad-Dimashqiy. Yirik tobeinlardan. 118 h. da 110 yoshida Damashqda vafot etgan. Usmon ibn Affonning shogirdi Mug'ira ibn Abi Shihob al-Maxzumiydan qiroat o'rgangan.

4. Abu Amr ibn Alo al-Basriy. Ko'fada 154h. da vafot etgan. Mujohid ibn Jubayr, Abdulloh ibn Abbos orqali Ubay ibn Ka'b qiroatini naql etgan.

5. Osim ibn Abinnujud al-Ko'fiy. Ko'fada 128h. da vafot etgan. Zurr ibn Hubaysh orqali Abdulloh ibn Mas'uddan qiroat naql etgan.

6. Hamza ibn Habib ibn Imora at-Taymiy al-Ko'fiy. 156 h. da Hulvonda vafot etgan. Sulaymon ibn Mehronda qiroat o'qigan.

7. Al-Kisoiy (Ali ibn Hamza al-Asadiy). 189 h. da vafot etgan. U Hamzada qiroat o'qib, abbosiy xalifa Ma'mun davrida yetti qori safiga qo'shilgan. Ungacha Ya'qub Xazramiy yettinchi edi.

Mazkur qorilarning faqat 3- va 4-lari arab millatidan, qolganlari ajamlardan.

* * *

 Hozirda butun Islom olami bo'yicha ikki xil qiroat mashhur. Birinchisi Imom Hafs rivoyati bilan Imom Osim qiroati. Ikkinchisi Imom Varsh rivoyati bilan Imom Nofe' qiroati. Bizning diyorimizda birinchi qiroat, ya'ni Imom Osim qiroati bo'yicha Qur'on o'qiladi.

* * *

Qur'oni karimni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o'qish shart. Aks holda namoz ham joiz bo'lmaydi. Namoz qiroatiga yarasha tajvidi bilan qiroat o'rganish har bir musulmon zimmasidagi farzi ayndir. Lekin, har qancha harakat qilsa ham tili tajvidli qiroatga moslasha olmaydigan odam zarurat yuzasidan tili kelganicha qiroat bilan namozini o'qiyversa Allohning afvidan umid qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:10:11

Qorilar odobi

Kalomullohni diliga jo qilgan hofizi Qur'onlar oddiy musulmonlardan ma'naviyatlari yuksakligi jihatidan farq qilib turishlari lozim. Quyida ularga lozim bo'lgan ba'zi odoblarni bayon qilamiz:

* * *

Qori odamning siyratu shamoillari, fe'lu atvorlari yuqori saviyada bo'lishi lozim.

* * *

 Qur'oni karimda taqiqlangan ishlardan o'zini uzoq olib yurishi kerak.

* * *

 Mutakabbir, zolim va johil kishilardan o'zini yuqori qo'yishi, oddiy va solih bandalarga nisbatan esa kamtarlik izhor etishi talab etiladi.

* * *

 Vaqorli, og'ir, sokin, sabr-bardoshli bo'lmog'i lozim.

* * *

 Abdulloh ibn Masu'd (r. a. ) aytgan ekanlar: "œHofizi Qur'on doimo boshqalardan qandaydir xususiyatlari bilan ajralib turishi kerak. Masalan, tunda odamlar uxlaganda u Qur'on tilovati bilan bedor, kunduzi odamlar ovqatlanganda, u ro'zador, odamlar g'aflatda o'yin-kulgi bilan band, u esa oxirat tashvishi bilan g'amgin, odamlar turli bema'ni gaplar bilan mashg'ul, u esa tafakkur og'ushida sokit".

* * *

 Hasan ibn Ali (r. a. ) demishlar: "œSahobalar Qur'onni Allohdan kelgan maktub deb bilar, tunlari uni o'qib chiqib, kunduzi uni hayotga tatbiq etar edilar".

* * *

 Fuzayl ibn Iyozdan naql etilibdurki, hofizi Qur'on hojat so'rab hech kimning huzuriga, hech qanday amaldor oldiga bormasligi lozim. Zero, u islom tug'ini ko'tarib yuruvchi insondurki, unga chalg'ish ham, xayolini parishon qilish ham mumkin emas.

* * *

 Hofizi Qur'on Allohning kalomini zinhor tirikchilik vositasi qilib olmasligi kerak. Hadisi sharifda voridkim: "œQur'onni o'qinglar, lekin, u tufayli rizq yemanglar, uning qiroatini tark etmanglar va unda g'uluvga ketib, og'ib ketmanglar".

IZOH: Bundan xatmi Qur'onlarda qorilarga ixtiyoriy ravishda beriladigan pul va buyumlarni olish joiz emas degan xulosa chiqarmaslik kerak. Balki, oldindan ma'lum miqdordagi summaga shartlashmagan, aksincha, qorilarga hadiya sifatida ixlos bilan berilgan ashyolar mubohdir, inshoallohu taolo. Shuningdek, Qur'on ta'limi uchun haq olishning joizligi yuqorida zikr etildi.

* * *

 Qorilar Qur'onni muntazam, takror va takror o'qib turishlari lozim. Salafi solihlar ichida bir oyda, bir haftada, uch kunda, bir kechada bir bor xatmi Qur'on qiladiganlar bo'lgani manbalarda ko'rsatilgan. Bir kechayu kunduzda sakkiz marta xatm qiluvchilar ham bo'lgan ekan. Har shom bilan xufton o'rtasida bir bor xatm qiluvchi bo'lganlardan Mujohid ibn Jubayr, Ali Azdiyni, bir rakaatda xatmi Qur'on qilganlardan Usmon ibn Affon, Tamim ad-Doriy, Said ibn Jubayrlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Lekin, salafi solihinlarning ko'pchiligi bir haftada bir xatm qilishni ma'qul ko'rganlar. Yana debdurlarki, ilmu fan bilan shug'ullanuvchi olimlar Qur'onni xatm qilishda vaqtni chegaralamaganlari yaxshi. Ular ilmiy ishlariga xalal yetkazmagan holda xatm muddatini o'zlari belgilashlari lozim.

 Mazkur zotlarga Alloh taolo g'ayri oddiy iqtidor ato etgani bois oz muddatda ko'p zikr va qiroat qila bilganlar. Lekin, oddiy qorilar uchun xatmi Qur'onga uch kundan kam vaqt ajratish joiz emas. Zero, hadisi sharifda: "œHar kim Qur'oni karimni uch kundan kam vaqtda o'qib chiqqan bo'lsa, demak hech narsa tushunmabdi" — deganlar (Imom Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).

* * *

 Qur'onning hammasini yoki ba'zisini yodlab, so'ngra esidan chiqarib, unutib yuborgan kishilarga nisbatan oxiratda qattiq uqubatlar bo'lishi hadisi shariflarda ta'kidlangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Avgust 2008, 10:12:09

Tarjimon haqida

 Abdulaziz Mansur Dadajon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyatining Mindon qishlog'ida 1944 yili tavallud topgan. O'n yillik o'rta ta'lim maktabini bitirgach, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda viloyatning ko'zga ko'ringan ulamolari huzuriga qatnab islomiy fanlardan ta'lim olgan.

 1975 yilda Toshkent Islom institutiga o'qishga kirib, uni 1979 yili xatm qildi. 1980-1981 yillari Sudandagi «Ummu Durmon» islom jomeasida tahsil ko'radi. 1983 yilgacha «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida mas'ul kotib lavozimida ishlab kelib, shu yildan to 1993 yilga qadar O'zbekiston musulmonlari idorasining fatvo bo'limi mudirligi vazifasida ishladi. 1997-1998 yillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitada bo'lim mudiri, 1998-2000 yillarida esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining millatlararo munosabatlar va din ishlari bo'yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000 yilning may oyidan to hozirgi kunga qadar Toshkent Islom Universitetida ilmiy meros va diniy tadqiqotlar bo'yicha prorektor bo'lib ishlab kelmoqda.

 Abdulaziz Mansur Toshkent va Buxoro madrasalarida dars berish barobarida matbuotda ilmiy maqolalari bilan muntazam qatnashib kelgan. Adabiy diniy merosimizni o'zbek tiliga tarjima qilishda Abdulaziz Mansur keng faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Ming bir hadis», «Aqoidi Tahoviya», «Fiqhi akbar», «Bad'ul-amaliy», «Aqoidi nasafiya», «Unvonul-bayon», «Atvoquz-zahab» kabi asarlarni arab tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan. Bundan tashqari Abdulaziz Mansur Respublikada chop etilayotgan ko'pdan-ko'p diniy kitoblar nashrida mas'ul muharrirlik qilib keladi. Xalqimizning ma'naviy saviyasini yuksaltirishda bu islomshunos olimning bajarib kelayotgan xizmatlari tahsinga loyiqdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyun 2009, 01:32:07

TARJIMA HAQIDA

Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat.

Arab tilida o'qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o'zlari ham Qur'on oyatlarini to'la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug' sahobalar ham ko'pdan-ko'p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o'zlaridan so'rab, aniqlab olganlari to'g'risida sahih hadislar mavjud.

Qur'oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo'lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo'lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so'zma-so'z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo'yishlik bilan Qur'on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo'ladi, deb uning mas'uliyatidan qo'rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o'zbekcha tafsirlar ko'p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.

Keyingi asrlarda Qur'oni karim jahon xalqlarining ko'pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o'zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo'ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta'lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.

Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas'uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo'q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.

Yangi tarjimaning o'ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat:

1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko'rsatib borildi.

2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so'zma-so'z ifodalashga harakat qilindi. Qo'shimcha, yordamchi so'z va iboralar qavs ichida berildi.

3. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh berildi.

4. Amalda bo'lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi. Ya'ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy adabiyotlarda buzila boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul, sahih, Arafot, salavot kabi arabchadan o'tib qolgan so'zlarni ba'zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo'lishib, keyingi paytda Iyso, iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat shaklida yozishga o'tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet so'zlar qaysi tilga ko'chib o'tsa, o'tgan so'z o'sha tilning tovush va imlo qoidalariga bo'ysunishi lozim. Qur'on oyatlari qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina tajvidga rioya etilishi kerak bo'ladi. Agar biz arabchadan o'tgan barcha so'zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz etadigan bo'lsak, kitobxonlarning o'qishi va anglashiga katta qiyinchiliklar tug'dirib qo'yamiz.

Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik bilan, ya'ni arabchada qanday bo'lsa, o'zbekchada ham o'sha mazmunni to'la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda bo'rttirish yoki o'zgartirish kabilardan xoli.

So'zimiz intihosida aziz kitobxonlardan bandai ojizning sahvlarinima'zur tutishlarini, tarjima to'g'risidagi o'z fikr mulohazalarini bildirgudek bo'lsalar, mamnuniyat bilan qabul etib, keyingi nashrlarda ularni inobarga olishimizni bildiramiz.

Abdulaziz Mansur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyun 2009, 01:32:34

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "œMadorikut-tanzil va haqoiqut-ta'vil" nomli tafsir. Mufassir: Abul-barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy al-Hanafiy (vafoti 701h.). Stambul nashri. 1324  h.

2. "œBahrul-ulum" tafsiri. Mufassir: Abul-lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti 375 h.). Bayrut nashri. 1993 y.

3. "œAnvorut-tanzil va asrorut ta'vil" tafsiri. Mufassir: Qoziy Nosiruddin Abu Said Abdulloh ibn Umar al-Bayzoviy ash-Shofeiy (vafoti 685 h.). Stanbul nashri. 1324 h.

4. "œLubobut-ta'vil fi maonit-tanzil" tafsiri. Mufassir: Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Bag'dodiy as-Sufiy ash-Shofeiy (Xozin). Vafoti 735 h. Stanbul nashri. 1324 h.

5. "œJomeul-bayon an ta'vili oyil-Qur'on" nomli tafsir. Mufassir: Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (vafoti 310 h.). Bayrut nashri. 1988 y.

6. "œTafsirul-Qur'onil-azim". Mufassir: Abul-fido al-Hofiz Ibn Kasir ad-Dimashqiy (vafoti 774 h.). Bayrut nashri. 1988 y.

7. "œImlou mo manna bihir-Rahmon" tafsiri. Mufassir: Muhibbuddin Abul-baqo al-Ukbariy az-zarir al-hanbaliy (538-616h.). Misr nashri. 1306 h.

8. "œAzvoul-bayon fi izohil-Qur'on bil-Qur'on" tafsiri. Mufassir: Muhammad Amin ibn Muhammad Muxtor al-Jakaniy ash-Shanqitiy (vafoti 1393 h.). Qohira nashri. 1988 y.

9. "œAs'ila val-ajviba" kitobi. Muallif: Muhammad ibn Abi Bakr ibn Abdulqodir ar-Roziy, "œMuxtorus-sihoh" muallifi.

10. "œSahihul-Buxoriy" — Kitobut-tafsir.

11. "œAl-hidoya" kitobi. Muallif: Burhonuddin Abul Hasan Ali ibn Abi Bakr ibn Abdiljalil ar-Roshidoniy al-Marg'inoniy (tavalludi 1123m. vafoti 1197mG'593 h.)

12. "œTa'vilotu Ahlis-Sunna" qo'l yozma kitobi. Muallif: Abu Mansur Moturidiy (vafoti 333 h.G' 944 m.)

13. "œMabohis fi ulumil-Qur'on". Muallif: Mannoul Qatton. Bayrut nashri, 1980y.

14. "œKitobut-Tibyon fi odobi hamalatil-Qur'on". Muallif: Muhyiddin Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (vafoti 676 h.). Qohira nashri. 1307 h.

15. "œKanzul-ibod" sharhi. Matn muallifi: Shihobuddin as-Suhravardiy ash-shofiiy (tavalludi 587 hG' 1191m.) Shorih: Ali ibn Ahmad al-G'uriy al-hanafiy.

16. "œMaal-Qur'onil-karim". Muallif: Shayx Jodul-haq Ali Jodul-haq (Shayxul Azhar). Qohira nashri. 1991 y.

Qayd etilgan