Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 1069062 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 63 B


Muslimа  19 Noyabr 2007, 11:42:42



154. So'ngra bu g'amning ketidan sizlarga bir tinch uyqu nozil etdiki, u sizlarning bir qismingizni mudratib qo'ydi. Boshqa bir qism (munofiqlar) esa jon talvasasiga tushib, Allohning sha'niga nohaq johilona badgumonlik qildilar va aytdilarki: "Endi bizga bu ishdan biror narsa (g'alaba) bo'larmidi?!" Ayting: "Barcha ish Allohga (oid)dir". Ular ichidagi sirlarini Sizdan yashiradilar. Aytadilarki: "Agar bizda bu ish yuzasidan ixtiyor bo'lganda edi, bu yerda qatl qilinmagan bo'lur edik". Ayting: "Agar uylaringizda bo'lganingizda ham (taqdirda) qatl qilinishlik yozilgan kimsalar o'zlarining (o'ladigan) joylariga borib qolgan bo'lar edilar". Ko'ksingizdagi (imon)ni sinash va dillaringizni (shayton vasvasasidan) poklash uchun (Alloh shu mag'lubiyatni ravo ko'rdi). Alloh ko'ngillardagi kechinmalarni (ham) yaxshi biluvchidir.

155. Ikki (harbiy) bo'linma to'qnashgan kunda orangizdan yuz o'girib ketganlarni shayton ba'zi qilmishlari tufayli yanglishtirgan edi. Alloh ularni afv etdi ham. Zero, Alloh kechiruvchan va halim zotdir.

156. Ey, imon keltirganlar! O'zlari kofir bo'lib, Yer (yuzi) bo'ylab safarga yoki g'azot (jang)ga ketgan birodarlari haqida: "Agar biz bilan qolganlarida o'lmagan va qatl qilinmagan bo'lur edilar", - deb, ularning dillariga Alloh hasrat (nadomat) solishini xohlovchi kishilar kabi bo'lmangiz! Alloh tiriltiradi ham, o'ldiradi ham. Alloh qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.

157. Albatta, Alloh yo'lida qatl qilinsangiz yoxud o'lsangiz, Allohning mag'firati va rahmati (ularning) to'plagan (boyliklari)dan afzalroqdir.


Qayd etilgan


Muslimа  19 Noyabr 2007, 11:50:47



158. Qasamki, xoh o'ling, xoh qatl etiling, albatta, Alloh huzuriga jam etilursizlar.

159. Allohning rahmati sababli (Siz, ey, Muhammad,) ularga (sahobalarga) muloyim bo'ldingiz. Agar dag'al, toshbag'ir bo'lganingizda, albatta, (ular) atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lur edilar. Bas, ularni afv eting, (gunohlari uchun) kechirim so'rang va ular bilan kengashib ish qiling! (Biror ishga) azmu qaror qilsangiz, Allohga tavakkul qiling! Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar.

160. Agar sizlarga Alloh madad bersa, hech kim sizlarga g'olib bo'lmas. Bordiyu qarovsiz qoldirsa, Undan o'zga sizlarga kim ham madad berar edi?! Allohga tavakkulni mo'minlar qilsin!

161. Payg'ambar (zoti) xiyonat qilishi mumkin emas. Kimda-kim xiyonat qilsa, qiyomat kuni o'sha xiyonati bilan birga (huzurimga) kelur. So'ngra har bir jon (egasi) O'z amallariga (yarasha) mukammal jazo olur. Ular (haqqi)ga zulm qilinmagay. 


Izoh: Bu yerdagi xiyonat so'zidan urushdan qo'lga kiritilgan o'lja nazarda tutiladi. Demak, hech bir payg'ambar o'lja taqsimida xiyonat qilib, undan o'ziga nohaq yo'l bilan o'zlashtirib olishi mumkin emas.

162. Allohning rizosini izlagan kishi bilan Allohning g'azabiga uchragan kimsa barobar bo'lurmi?! Uning (g'azabga uchraganning) borar joyi - jahannam! Naqadar behuzur joy u!

163. Ular Alloh huzurida (turli) darajalar (sohibidirlar). Alloh ularning qilayotgan amallarini ko'rib turuvchidir.

164. O'zlari ichidan Allohning oyatlarini o'qib beradigan, (shirk va gunohlardan) musaffo qiladigan hamda ularga Kitob va Hikmatni ta'lim beradigan Payg'ambarni yuborib, Alloh mo'minlarga mehribonlik qildi. Ular esa bundan oldin aniq gumrohlikda edilar.

165. Sizlarga (Uhud jangida) bir musibat yetgan bo'lsa - sizlar (Badr jangida) ularga ikki barobar musibat yetkazgansiz. "Bu qayoqdan keldi?" - deysizmi?! "Bu (mag'lubiyat) o'zingizdan", - deb ayting! Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.

Qayd etilgan


Muslimа  19 Noyabr 2007, 14:51:22



166. Ikki (harbiy) bo'linma to'qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat, albatta, Allohning izni bilan (sodir bo'lgan) va chinakam mo'minlarni bilish

167. hamda munofiqlarni aniqlash uchun edi. Ularga: "Kelinglar, Alloh yo'lida jang qilinglar yoki (dushmanni) daf qilinglar!" - deyilsa, (ular): "Agar (jiddiy) urush bo'lishini bilganimizda, ortingizdan borgan bo'lar edik", - degan edilar. O'sha kuni ular imondan ko'ra kufrga yaqinroq edilar. Ular dillarida yo'q narsalarni og'izlari bilan gapiradilar. Alloh (esa) yashirgan narsalarini yaxshiroq biluvchidir.

168. Birodarlariga: "Agar (Uhud jangida halok bo'lgan musulmonlar) bizga bo'yin sunib (urushdan chiqib ketganlarida) o'ldirilmagan bo'lur edilar", - deb, (o'zlari jangdan g'olib) o'tirgan kimsalarga ayting: "Agar gaplaringiz rost bo'lsa, o'zlaringdan o'limni daf qilinglar-chi?!"

169. Alloh yo'lida o'ldirilganlarni aslo o'lik deb hisoblamang! Aslida (ular) tirikdirlar, Parvardigorlari huzurida rizqlanib tururlar.

170. (Mazkur shahidlar) Alloh o'z fazli bilan ato etgan (ne'matlardan) xushnud, ortlarida (tirik) g'olib, hali ularga qo'shilmagan (g'oziylar)ga (qiyomatda) xavf va tashvish bo'lmasligi haqida bashorat bergan hollarida (yashaydilar).

171. (Yana bir) bashoratlari Alloh beradigan ne'mat, fazl va mo'minlarning mukofotini Alloh zoye qilmasligi haqidadir.

172. Ularga jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg'ambar (buyruqlariga) itoat qilgan edilar. Ularning chiroyli ish qilib, taqvoli bo'lganlariga ulkan mukofotlar bordir.

173. Ularga odamlar: "Sizlarga qarshi (hujum uchun makkalik) odamlar (lashkar) to'pladilar. Ulardan qo'rqingiz!" - deganlarida, (bu gap) ularning imonlarini yanada ziyoda qildi va aytdilarki: "Bizga Allohning o'zi kifoya. U vakillikka o'ta loyiqdir!"

Qayd etilgan


Muslimа  19 Noyabr 2007, 14:54:22



174. Ular (Badr jangidan) Allohning ne'mati va fazli ila biror yomonlikka uchramay qaytdilar va Allohning rizosini izladilar. Alloh, albatta, buyuk fazl egasidir.

175. Albatta, o'sha shayton o'z do'stlari (munofiqlar)ni qo'rqitadi. Agar (chinakam) mo'min bo'lsangizlar ulardan qo'rqmangiz, (balki) Mendan qo'rqingiz!

176. Kufrda tez harakat qilayotganlar Sizni g'amgin etmasin! Ular Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Alloh ularga oxiratda biror nasiba (savob) bermaslikni xohlaydi. Ularga ulkan azob (muhayyodir).

177. Albatta, imonni kufrga almashtirganlar Allohga zinhor zarar yetkaza olmaydilar. Ularga alamli azob (bordir).

178. Kofir bo'lganlar, ularga muhlat berib turganimizni yaxshilik deb o'ylamasinlar! Muhlatni ularga gunohlari yanada ko'payishi uchun beramiz. Ularga xor qiluvchi azob (bordir).

179. Alloh mo'minlarni sizlardagi hozirgi holatdek o'z hollariga tashlab qo'yuvchi emas. U hali pok kimu nopok kim ajrim etadi. Alloh sizlarni ilmi g'aybdan xabardor qilmadi, lekin Alloh O'z payg'ambarlari ichidan xohlaganlarini (ilmi g'aybdan qisman bildirish uchun) tanlab oladi. Bas, Allohga va Uning payg'ambarlariga imon keltiringiz! Imon keltirib, taqvoli bo'lsangiz, sizlarga buyuk mukofot (bordir).

180. Allohning fazli bilan bergan narsasi ustida baxillik qiluvchilar buni o'zlariga yaxshi deb hisoblamasinlar! Aslo! Bu ular uchun yomondir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari (o'z bo'yinlariga) bo'yinturuq qilib ilib qo'yiladi. Osmonlar va Yerning merosi Allohga (qolur). Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.

Qayd etilgan


Muslimа  19 Noyabr 2007, 14:57:47



181. "Alloh faqir, biz boymiz" degan odamlarning gapini Alloh eshitdi. Ularning (bu) gaplarini hamda payg'ambarlarni nohaq qatl etganlarini yozib qo'yamiz va (qiyomatda): "Yong'in azobini totib ko'ring!" - deymiz.

182. Bu - o'z qilmishlaring mahsuli va Allohning bandalarga zulm qilmasligidandir.

183. "Biror payg'ambar kelsa, (uni sinab ko'rish uchun) qilgan qurbonligini (osmondan tushgan) o't yeb bitirmaguncha unga ishonmasligimiz uchun Alloh biz bilan ahdlashgan", - degan kimsalarga ayting: "Mendan oldin ham sizlarga (ajdodlaringizga) payg'ambarlar hujjatlar va sizlar aytgan (qurbonlik kabi mo''jizalar) bilan kelgan edilar. Gaplaringiz rost bo'lsa, nima uchun ularni qatl etgansizlar?"

184. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarayotgan bo'lsalar, (xafa bo'lmang, zero,) Sizdan ilgari hujjatlar, ilohiy bitiklar va nur taratuvchi kitoblarni keltirgan (qator) payg'ambarlar ham yolg'onchiga chiqarilganlar.

185. Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringiz sizlarga to'la-to'kis berilur. Bas, (o'sha kuni) kim do'zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) yutuqqa ega bo'libdi. Bu dunyo hayoti esa, faqat g'urur (aldov) matohidir.

186. Mol-mulklaringiz va jonlaringiz (ofati va musibati) ila sinalursizlar. Shuningdek, sizlardan oldin Kitob berilganlar va mushriklardan ko'p aziyatli (achchiq) gaplarni eshitasizlar. Agar sabr qilsalaringiz va taqvoli bo'lsalaringiz, albatta, bu ishlarning puxtaligidandir.


Qayd etilgan


Muslimа  19 Noyabr 2007, 15:12:37



187. Eslang (ey, Muhammad,) Alloh ahli kitoblardan, uni (Kitobni) odamlarga, albatta, aniq bayon qilasizlar, uni (hech kimdan) sir tutmaysizlar, deb ahd olgan edi. Lekin, ular uni ortlariga uloqtirib, uni ozgina bahoga sotib yubordilar. Bu savdolari naqadar noxush!

188. O'z qilmishlariga suyunadigan, qilmagan (yaxshi) ishlari uchun maqtalishni sevadiganlar azobdan xalos bo'ladilar deb, aslo hisoblamang! Ularga alamli azob (bordir).

189. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga tegishlidir. Alloh har narsaga qodirdir.

190. Osmonlar va Yerning yaratilishida, tun va kunning o'rin almashib turishida aql egalari uchun alomatlar bordir.

191. Ular turib ham, o'tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar: "Ey, Rabbimiz! Bu (koinot)ni behuda yaratmagansan. Sen (ayblardan) pok zotdirsan. Bas, bizni do'zax azobidan saqlagin!


Izoh: Ya'ni aql egalari bo'lmish musulmonlar imkoniyatlariga qarab namozlarni tik holda, o'tirib, unga ham ojiz bo'lsalar, yotgan holda imo-ishora bilan o'qiyveradilar. Boshqa bir tafsiri shuki, bu yerdagi zikrdan maqsad namoz emas, balki Allohni yod etish, duo va iltijo, tasbeh kabi zikrlardir.

192. Ey, Rabbimiz! Kimni Sen do'zaxga kirgizsang, albatta, uni xor qilgan bo'lursan. Zolimlarga esa yordamchilar yo'qdir.

193. Ey, Rabbimiz! Biz "Rabbingizga imon keltiring" deb, imonga chorlagan jarchi (Muhammad)ni eshitdik va darhol imon keltirdik. Rabbimiz! Gunohlarimizni kechir, xatolarimizni o'chir va bizlarni solih kishilar qatorida vafot ettir!

194. Ey, Rabbimiz! Yana bizlarga payg'ambarlaring vositasi ila va'da qilgan narsalaringni ato et va bizlarni qiyomat kunida sharmsor qilmagin! Albatta, Sen va'daga xilof qilmagaysan".


Izoh: Bu oyatdagi "payg'ambarlaringga" degan so'zni payg'ambarlaringga imon keltirganimizga qilgan va'dang yoki ularning tili bilan va'da qilgan savoblaringni ato et, deb tushunish ham mumkin.

Qayd etilgan


Muslimа  19 Noyabr 2007, 15:20:52



195. Bas, Parvardigorlari ularni (duolarini) ijobat etib, (dedi:) "Albatta, Men sizlardan amal qiluvchining - xoh erkak bo'lsin va xoh ayol bo'lsin - amalini zoye qilmasman. O'z (vatanlaridan) hijrat qilgan, (yurtlaridan) badarg'a qilingan, Mening yo'limda aziyat chekkan, jang qilgan va qatl etilganlarning gunohlarini kafforat qilurman va Allohning mukofoti sifatida ularni ostilaridan anhorlar oqib turadigan, abadiy yashaladigan jannat (bog'lari)ga kirgizurman. Allohning huzurida esa, (yanada) yaxshiroq savob (bordir).

Izoh: Ya'ni qilgan xayrli ishlarining savobini albatta ato qilurman. Ummu Salama (r.a.) Rasulullohdan: "Nima uchun Alloh taolo hijrat qilgan erkaklarni maqtayveradi, lekin ayollarni maqtamaydi?" - deb so'raganlarida shu oyat nozil qilingan.

196. Kofir bo'lganlarning shaharma-shahar sayr etib (yayrab) yurishlari Sizni zinhor aldab qo'ymasin!

197. Arzimas rohat. Keyin esa boradigan joylari - jahannam. Naqadar mudhish joy u!

198. Lekin, Parvardigorlaridan qo'rqqan (taqvoli)lar uchun esa ostidan anhorlar oqib turadigan jannat (bog'lari) bo'lib, (ular) u yerda abadiy bo'lurlar. Bu Alloh tomonidan berilajak ziyofatdir. Allohning huzuridagi (maxsus savoblar esa) yaxshilar uchun (hammasidan) afzaldir.

199. Darvoqe, ahli kitoblar ichida Allohga, sizlarga nozil qilingan (Kitob)ga hamda o'zlariga nozil qilingan (Kitob)ga ishonib, Allohga itoat ila bosh eguvchilar ham bor: ular Alloh oyatlarini ozgina bahoga sotib yubormaydilar. Aynan ular uchun Parvardigorlari huzurida mukofot muhayyodir. Alloh hisob-kitobda tezkordir!

200. Ey, mo'minlar! Sabr qilingiz, bag'rikeng bo'lingiz va (Alloh yo'liga) taxt bo'lib turingiz va Allohdan qo'rqingiz, zora (shunda) tole topsangizlar!

Qayd etilgan


Muslimа  20 Noyabr 2007, 09:06:34



NISO SURASI

Niso - ayollar.   

   Bu surada asosan oila, turmush, meros masalalari, yetimlarga munosabat, er-xotin huquqlari, fahsh va zino ishlarining zararlari va boshqa muhim ma'lumotlar o'z aksini topgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz! Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir.

2. (Voyaga yetgan) yetimlarga mol-mulklarini (qaytarib) beringiz, pok narsani nopok narsaga almashtirmangiz! Ularning mollarini o'z mollaringizga qo'shib ham yemangiz! Zero, bu katta gunohdir.

3. Agar yetimlarga (nisbatan) adolatli bo'la olmaslikdan qo'rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo'lgan ayollarga, ikkita, uchta, to'rttadan uylanaveringizlar. Bordiyu (ular o'rtasida) odil bo'la olmaslikdan qo'rqsangiz, bir ayolga (uylaning) yoki qo'l ostingizdagi cho'rilar (bilan kifoyalaning). Shu (adolatdan) og'ib ketmasligingizga yaqinroqdir.


Izoh: Ma'lumki, Muhammad (a.s.) payg'ambar bo'lib kelmaslaridan oldingi johiliyat davrida ayollar huquqi poymol qilinar edi. Bir erga o'nlab ayollar cho'ridek tutqin edi. Uning ustiga tez-tez bo'lib turadigan janglarda erkaklar qurbon bo'lib ketar, tul ayollar soni esa ortib borar edi. Ijtimoiy hayotdagi bu muammoni Islom dini odilona hal etish yo'lini ko'rsatib berdi. Imkoniyatiga qarab, to to'rt nafargacha ayolga uylanish mumkinligi, ular o'rtasida odillik qilishga ko'zi yetmasa, bittadan ortiq uylanmaslik zarurligi uqtiriladi. Lekin bu ruxsatni suiiste'mol qilish mutlaqo durust emas. Ya'ni imkoniyati moddiy jihatdan yetarli bo'lishining o'zi ko'pxotinlik uchun yetarli shart o'rnini bosa olmaydi. Balki bu yerda birinchi oila a'zolarining axloqiy va ma'naviy jihatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmasligini ham e'tiborga olish kerak bo'ladi. Bundan tashqari shariat hukmlari bilan birga musulmon odam o'zi yashab turgan jamiyatdagi shart-sharoitlar, davlat qonunchiligi va boshqa mahalliy urf va an'analarni ham rioya qilish shartdir. Aks holda, gunoh va jinoyatlar sodir etishga bandaning o'zi sababchi bo'lib qolishi mumkin.

4.  Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz! Agar sizlarga o'zlari undan biror narsani ixtiyoriy ravishda kechsa (bersa)lar, sizlar uni bemalol, ishtaha bilan tanovul qilaveringizlar.

5. (Qaramog'ingizdagi) aqli norasolarga Alloh sizlarga (hayot) turumi qilib qo'ygan mollaringiz (yetimlarning omonat mollari)ni berib qo'ymangiz, balki o'sha (mollar)dan yediring, kiydiring hamda ularga yaxshi gapiring!

6. Yetimlarni, to balog'at yoshiga yetgunlaricha, imtihon qilib (jinsiy holatini tekshirib) turinglar: voyaga yetganliklarini sezsangiz, (omonat) mol-mulklarini o'zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib va (ulg'ayib qolmasinlar deb) shoshqaloqlik bilan yeb yubormangiz! Kim boy bo'lsa, (yetim molidan) saqlansin. Agar kambag'al bo'lsa, yaxshilikcha (me'yorida olib) yesin. Mol-mulklarini o'zlariga qaytarganingizda, ularga guvoh chaqiringlar. Alloh hisob-kitobda kifoya qiluvchidir.




Qayd etilgan


Muslimа  20 Noyabr 2007, 09:10:15



7. Erkaklar uchun ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Ayollar uchun (ham) ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Bu ozmi-ko'pmi farz qilingan ulushdir.

8. Meros taqsimiga uzoq qarindoshlar, yetimlar va miskin (bechora hol)lar hozir bo'lsalar, ularni ham u (meros)dan bahramand qilib, ularga yaxshi gapiringlar!

9. (Vasiylar) mabodo zaif (norasida) farzandlarni qoldirib (vafot etsalar, o'zlari ham) ulardan xavotir olganlari kabi, (o'zga yetimlarning haqqini yeyishda) Allohdan qo'rqsinlar va (ularga) to'g'ri gapirsinlar.

10. Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo'li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yegan bo'lurlar va albatta, do'zaxda toblanurlar.

11. Alloh farzandlaringizga (meros yuzasidan) bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida (meros berishni) vasiyat qiladi. Agar (merosxo'rlar) ikkidan ortiq ayol bo'lsa, ularga (marhum) qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo'lsa, unga (merosning) yarmi (tegur). Agar (marhumning) farzandi bo'lsa, ota-onasining har biriga qoldirgan (meros)ning oltidan biri (tegur). Agar farzandi bo'lmay, faqat ota-onasi merosxo'r bo'lsa, u holda onasiga uchdan bir (haq) tegur. Agar (marhumning) aka-ukalari bo'lsa, onasiga oltidan bir (haq) tegur. (Bu taqsimotlar marhumning) qilgan vasiyati yoki qarzi (ado etilgan)dan so'ng (ijro etilur)*. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari sizlar uchun foydaliroq ekanini bilmaysizlar. (Shuning uchun meros taqsimi) Allohning (o'zi) tomonidan (belgilandi va) farz qilib qo'yildi. Albatta, Alloh bilimdon va hakimdir.


Izoh: Bu yerda vasiyat birinchi navbatda ijro etiladimi yoki qarzi to'lanadimi, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Zero, "vasiyat yoki qarzi" deyilgan. "yoki" lafzi esa mantiq bo'yicha ikki tomondagi so'zlarning oldin-keyinligini ifoda etmaydi. Ya'ni, vasiyatni birinchi bajaradimi yoki qarzini birinchi to'laydimi, ixtiyoriy ekanligini bildiradi. Lekin hadisi sharifda: "Qarz, albatta, vasiyatdan muqaddamdir", - deyilgan. Binobarin, shariatda qarzni muqaddam ado etishlik joriy qilingan.

Qayd etilgan


Muslimа  20 Noyabr 2007, 09:12:40



12. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan (meros)dan - agar ularning farzandi bo'lmasa - yarmi (tegur). Agar ularning farzandlari bo'lsa, sizlarga ular qoldirgan (meroslari)dan to'rtdan bir (hissa) tegur. (Bu taqsimot) u (marhumalar) vasiyati yoki qarzi (adosi)dan keyin (ijro etilur). U (xotin)larga sizlar qoldirgan (meros)ning - agar farzandlaringiz bo'lmasa - to'rtdan bir (hissa) tegur. Agar farzandingiz bo'lsa, ularga siz qoldirgan (meros)ning sakkizdan biri tegur. (Bu taqsimot) sizlar qilgan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin (ijro etilur). Agar (vafot etgan) erkak yoki ayolning ota-onasi ham, farzandlari ham bo'lmay, (balki ona tomonidan) bitta aka yoki ukasi yoxud opa yoki singlisi qolgan bo'lsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir (hissa tegur). Agar (ular) bu (adad, ya'ni, bitta)dan ortiq bo'lsalar, ular (merosning) uchdan bir (hissasi)da teng sherik bo'lurlar. (Bu taqsimot merosxo'rlarga) zarar yetkazilmasdan qilingan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin Allohning buyrug'iga binoan (ijro qilinur). Alloh bilimdon va halimdir.

13. Ana shular Allohning hudud (chegara)laridir. Kim Alloh va (Uning) payg'ambarlariga itoat etsa, uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannat (bog')larga kiritur. (Ular) u yerda abadiy (bo'lurlar). Bu ulkan yutuqdir.

14.  Kim Alloh va (Uning) payg'ambariga itoatsizlik qilsa va hududlaridan tajovuz qilsa, uni do'zaxga abadiy (qolishi uchun) kiritur va uning uchun xor qiluvchi azob (bordir).

Qayd etilgan