Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 428254 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #75 : 19 Noyabr 2007, 15:12:37 »


187. Eslang (ey, Muhammad,) Alloh ahli kitoblardan, uni (Kitobni) odamlarga, albatta, aniq bayon qilasizlar, uni (hech kimdan) sir tutmaysizlar, deb ahd olgan edi. Lekin, ular uni ortlariga uloqtirib, uni ozgina bahoga sotib yubordilar. Bu savdolari naqadar noxush!

188. O'z qilmishlariga suyunadigan, qilmagan (yaxshi) ishlari uchun maqtalishni sevadiganlar azobdan xalos bo'ladilar deb, aslo hisoblamang! Ularga alamli azob (bordir).

189. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga tegishlidir. Alloh har narsaga qodirdir.

190. Osmonlar va Yerning yaratilishida, tun va kunning o'rin almashib turishida aql egalari uchun alomatlar bordir.

191. Ular turib ham, o'tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadilar va osmonlaru Yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar: "Ey, Rabbimiz! Bu (koinot)ni behuda yaratmagansan. Sen (ayblardan) pok zotdirsan. Bas, bizni do'zax azobidan saqlagin!


Izoh: Ya'ni aql egalari bo'lmish musulmonlar imkoniyatlariga qarab namozlarni tik holda, o'tirib, unga ham ojiz bo'lsalar, yotgan holda imo-ishora bilan o'qiyveradilar. Boshqa bir tafsiri shuki, bu yerdagi zikrdan maqsad namoz emas, balki Allohni yod etish, duo va iltijo, tasbeh kabi zikrlardir.

192. Ey, Rabbimiz! Kimni Sen do'zaxga kirgizsang, albatta, uni xor qilgan bo'lursan. Zolimlarga esa yordamchilar yo'qdir.

193. Ey, Rabbimiz! Biz "Rabbingizga imon keltiring" deb, imonga chorlagan jarchi (Muhammad)ni eshitdik va darhol imon keltirdik. Rabbimiz! Gunohlarimizni kechir, xatolarimizni o'chir va bizlarni solih kishilar qatorida vafot ettir!

194. Ey, Rabbimiz! Yana bizlarga payg'ambarlaring vositasi ila va'da qilgan narsalaringni ato et va bizlarni qiyomat kunida sharmsor qilmagin! Albatta, Sen va'daga xilof qilmagaysan".


Izoh: Bu oyatdagi "payg'ambarlaringga" degan so'zni payg'ambarlaringga imon keltirganimizga qilgan va'dang yoki ularning tili bilan va'da qilgan savoblaringni ato et, deb tushunish ham mumkin.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #76 : 19 Noyabr 2007, 15:20:52 »


195. Bas, Parvardigorlari ularni (duolarini) ijobat etib, (dedi:) "Albatta, Men sizlardan amal qiluvchining - xoh erkak bo'lsin va xoh ayol bo'lsin - amalini zoye qilmasman. O'z (vatanlaridan) hijrat qilgan, (yurtlaridan) badarg'a qilingan, Mening yo'limda aziyat chekkan, jang qilgan va qatl etilganlarning gunohlarini kafforat qilurman va Allohning mukofoti sifatida ularni ostilaridan anhorlar oqib turadigan, abadiy yashaladigan jannat (bog'lari)ga kirgizurman. Allohning huzurida esa, (yanada) yaxshiroq savob (bordir).

Izoh: Ya'ni qilgan xayrli ishlarining savobini albatta ato qilurman. Ummu Salama (r.a.) Rasulullohdan: "Nima uchun Alloh taolo hijrat qilgan erkaklarni maqtayveradi, lekin ayollarni maqtamaydi?" - deb so'raganlarida shu oyat nozil qilingan.

196. Kofir bo'lganlarning shaharma-shahar sayr etib (yayrab) yurishlari Sizni zinhor aldab qo'ymasin!

197. Arzimas rohat. Keyin esa boradigan joylari - jahannam. Naqadar mudhish joy u!

198. Lekin, Parvardigorlaridan qo'rqqan (taqvoli)lar uchun esa ostidan anhorlar oqib turadigan jannat (bog'lari) bo'lib, (ular) u yerda abadiy bo'lurlar. Bu Alloh tomonidan berilajak ziyofatdir. Allohning huzuridagi (maxsus savoblar esa) yaxshilar uchun (hammasidan) afzaldir.

199. Darvoqe, ahli kitoblar ichida Allohga, sizlarga nozil qilingan (Kitob)ga hamda o'zlariga nozil qilingan (Kitob)ga ishonib, Allohga itoat ila bosh eguvchilar ham bor: ular Alloh oyatlarini ozgina bahoga sotib yubormaydilar. Aynan ular uchun Parvardigorlari huzurida mukofot muhayyodir. Alloh hisob-kitobda tezkordir!

200. Ey, mo'minlar! Sabr qilingiz, bag'rikeng bo'lingiz va (Alloh yo'liga) taxt bo'lib turingiz va Allohdan qo'rqingiz, zora (shunda) tole topsangizlar!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #77 : 20 Noyabr 2007, 09:06:34 »


NISO SURASI

Niso - ayollar.   

   Bu surada asosan oila, turmush, meros masalalari, yetimlarga munosabat, er-xotin huquqlari, fahsh va zino ishlarining zararlari va boshqa muhim ma'lumotlar o'z aksini topgan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz! Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir.

2. (Voyaga yetgan) yetimlarga mol-mulklarini (qaytarib) beringiz, pok narsani nopok narsaga almashtirmangiz! Ularning mollarini o'z mollaringizga qo'shib ham yemangiz! Zero, bu katta gunohdir.

3. Agar yetimlarga (nisbatan) adolatli bo'la olmaslikdan qo'rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo'lgan ayollarga, ikkita, uchta, to'rttadan uylanaveringizlar. Bordiyu (ular o'rtasida) odil bo'la olmaslikdan qo'rqsangiz, bir ayolga (uylaning) yoki qo'l ostingizdagi cho'rilar (bilan kifoyalaning). Shu (adolatdan) og'ib ketmasligingizga yaqinroqdir.


Izoh: Ma'lumki, Muhammad (a.s.) payg'ambar bo'lib kelmaslaridan oldingi johiliyat davrida ayollar huquqi poymol qilinar edi. Bir erga o'nlab ayollar cho'ridek tutqin edi. Uning ustiga tez-tez bo'lib turadigan janglarda erkaklar qurbon bo'lib ketar, tul ayollar soni esa ortib borar edi. Ijtimoiy hayotdagi bu muammoni Islom dini odilona hal etish yo'lini ko'rsatib berdi. Imkoniyatiga qarab, to to'rt nafargacha ayolga uylanish mumkinligi, ular o'rtasida odillik qilishga ko'zi yetmasa, bittadan ortiq uylanmaslik zarurligi uqtiriladi. Lekin bu ruxsatni suiiste'mol qilish mutlaqo durust emas. Ya'ni imkoniyati moddiy jihatdan yetarli bo'lishining o'zi ko'pxotinlik uchun yetarli shart o'rnini bosa olmaydi. Balki bu yerda birinchi oila a'zolarining axloqiy va ma'naviy jihatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmasligini ham e'tiborga olish kerak bo'ladi. Bundan tashqari shariat hukmlari bilan birga musulmon odam o'zi yashab turgan jamiyatdagi shart-sharoitlar, davlat qonunchiligi va boshqa mahalliy urf va an'analarni ham rioya qilish shartdir. Aks holda, gunoh va jinoyatlar sodir etishga bandaning o'zi sababchi bo'lib qolishi mumkin.

4.  Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz! Agar sizlarga o'zlari undan biror narsani ixtiyoriy ravishda kechsa (bersa)lar, sizlar uni bemalol, ishtaha bilan tanovul qilaveringizlar.

5. (Qaramog'ingizdagi) aqli norasolarga Alloh sizlarga (hayot) turumi qilib qo'ygan mollaringiz (yetimlarning omonat mollari)ni berib qo'ymangiz, balki o'sha (mollar)dan yediring, kiydiring hamda ularga yaxshi gapiring!

6. Yetimlarni, to balog'at yoshiga yetgunlaricha, imtihon qilib (jinsiy holatini tekshirib) turinglar: voyaga yetganliklarini sezsangiz, (omonat) mol-mulklarini o'zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib va (ulg'ayib qolmasinlar deb) shoshqaloqlik bilan yeb yubormangiz! Kim boy bo'lsa, (yetim molidan) saqlansin. Agar kambag'al bo'lsa, yaxshilikcha (me'yorida olib) yesin. Mol-mulklarini o'zlariga qaytarganingizda, ularga guvoh chaqiringlar. Alloh hisob-kitobda kifoya qiluvchidir.



Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #78 : 20 Noyabr 2007, 09:10:15 »


7. Erkaklar uchun ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Ayollar uchun (ham) ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Bu ozmi-ko'pmi farz qilingan ulushdir.

8. Meros taqsimiga uzoq qarindoshlar, yetimlar va miskin (bechora hol)lar hozir bo'lsalar, ularni ham u (meros)dan bahramand qilib, ularga yaxshi gapiringlar!

9. (Vasiylar) mabodo zaif (norasida) farzandlarni qoldirib (vafot etsalar, o'zlari ham) ulardan xavotir olganlari kabi, (o'zga yetimlarning haqqini yeyishda) Allohdan qo'rqsinlar va (ularga) to'g'ri gapirsinlar.

10. Yetimlarning mol-mulklarini zulm yo'li bilan yeydigan kimsalar, albatta, qorinlarida olov yegan bo'lurlar va albatta, do'zaxda toblanurlar.

11. Alloh farzandlaringizga (meros yuzasidan) bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida (meros berishni) vasiyat qiladi. Agar (merosxo'rlar) ikkidan ortiq ayol bo'lsa, ularga (marhum) qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo'lsa, unga (merosning) yarmi (tegur). Agar (marhumning) farzandi bo'lsa, ota-onasining har biriga qoldirgan (meros)ning oltidan biri (tegur). Agar farzandi bo'lmay, faqat ota-onasi merosxo'r bo'lsa, u holda onasiga uchdan bir (haq) tegur. Agar (marhumning) aka-ukalari bo'lsa, onasiga oltidan bir (haq) tegur. (Bu taqsimotlar marhumning) qilgan vasiyati yoki qarzi (ado etilgan)dan so'ng (ijro etilur)*. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari sizlar uchun foydaliroq ekanini bilmaysizlar. (Shuning uchun meros taqsimi) Allohning (o'zi) tomonidan (belgilandi va) farz qilib qo'yildi. Albatta, Alloh bilimdon va hakimdir.


Izoh: Bu yerda vasiyat birinchi navbatda ijro etiladimi yoki qarzi to'lanadimi, degan savol tug'ilishi tabiiydir. Zero, "vasiyat yoki qarzi" deyilgan. "yoki" lafzi esa mantiq bo'yicha ikki tomondagi so'zlarning oldin-keyinligini ifoda etmaydi. Ya'ni, vasiyatni birinchi bajaradimi yoki qarzini birinchi to'laydimi, ixtiyoriy ekanligini bildiradi. Lekin hadisi sharifda: "Qarz, albatta, vasiyatdan muqaddamdir", - deyilgan. Binobarin, shariatda qarzni muqaddam ado etishlik joriy qilingan.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #79 : 20 Noyabr 2007, 09:12:40 »


12. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan (meros)dan - agar ularning farzandi bo'lmasa - yarmi (tegur). Agar ularning farzandlari bo'lsa, sizlarga ular qoldirgan (meroslari)dan to'rtdan bir (hissa) tegur. (Bu taqsimot) u (marhumalar) vasiyati yoki qarzi (adosi)dan keyin (ijro etilur). U (xotin)larga sizlar qoldirgan (meros)ning - agar farzandlaringiz bo'lmasa - to'rtdan bir (hissa) tegur. Agar farzandingiz bo'lsa, ularga siz qoldirgan (meros)ning sakkizdan biri tegur. (Bu taqsimot) sizlar qilgan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin (ijro etilur). Agar (vafot etgan) erkak yoki ayolning ota-onasi ham, farzandlari ham bo'lmay, (balki ona tomonidan) bitta aka yoki ukasi yoxud opa yoki singlisi qolgan bo'lsa, ularning ikkovidan har biriga oltidan bir (hissa tegur). Agar (ular) bu (adad, ya'ni, bitta)dan ortiq bo'lsalar, ular (merosning) uchdan bir (hissasi)da teng sherik bo'lurlar. (Bu taqsimot merosxo'rlarga) zarar yetkazilmasdan qilingan vasiyat yoki qarz (adosi)dan keyin Allohning buyrug'iga binoan (ijro qilinur). Alloh bilimdon va halimdir.

13. Ana shular Allohning hudud (chegara)laridir. Kim Alloh va (Uning) payg'ambarlariga itoat etsa, uni ostidan anhorlar oqib turadigan jannat (bog')larga kiritur. (Ular) u yerda abadiy (bo'lurlar). Bu ulkan yutuqdir.

14.  Kim Alloh va (Uning) payg'ambariga itoatsizlik qilsa va hududlaridan tajovuz qilsa, uni do'zaxga abadiy (qolishi uchun) kiritur va uning uchun xor qiluvchi azob (bordir).
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #80 : 20 Noyabr 2007, 09:18:40 »


15. Xotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o'zlaringizdan to'rt (erkak) kishini guvoh qilingiz. Agar guvohlik bersalar, to ularga o'lim kelguncha yoki Alloh biror yo'l qilguncha, ularni (o'z) uylarida saqlangiz.

Izoh: Zinokorlar to'g'risidagi hukmlar "Nur" surasida batafsil bayon etilgan.

16. Sizlardan o'sha (zinokorlik)ni qilganlarning ikkisi (erkak va ayol)ga (koyish va ta'zirlarini berish bilan) aziyat (jazo) beringiz. Agar ular tavba qilib, (o'zlarini) tuzatsalar, ularni tinch qo'yinglar. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi, rahmli zotdir.

Izoh: Bu oyat zino to'g'risida ilk nozil bo'lgan oyatlardandir. Unga ko'ra zinokorlarni dab-durustdan darra urish yoki toshbo'ron qilish bilan jazolamaslik, balki birinchi marta koyib, uyaltirib, ogohlantirib qo'yishga buyurilgan. "Nur" surasida esa jazoning qat'iyligi bayon etiladi.

17. Albatta, Allohning tavba qabul qilishi faqat yomonlik (gunoh)ni bilmasdan qilib qo'yib, so'ngra tezlik bilan tavba qilganlar uchun (muqarrar)dir. Alloh aynan o'shalarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat egasidir.

18. Gunoh ishlarni qilib yurib, qachonki, birortalariga o'lim kelganda, "Endi tavba qildim" deydigan, shuningdek, kofirligicha o'lib ketadiganlarning tavbalari esa qabul qilinmagay. Ana o'shalar uchun alamli azob tayyorlab qo'yganmiz.

19. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olishlik halol emasdir. Yana, ularga bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga tazyiq qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan totuv turmush kechiringlar. Agar ularni yomon ko'rsalaringiz, (bilib qo'yinki,) balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko'pgina yaxshilik paydo qilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #81 : 20 Noyabr 2007, 09:21:45 »


20. Agar bir xotinni (qo'yib), o'rniga boshqa xotinni almashtirmoqchi bo'lsangizlar, avvalgisiga garchi uyum-uyum molni (mahr qilib) bergan bo'lsangiz ham, undan biror narsani qaytarib olmangiz. Uni bo'hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?!

21. Axir, bir-biringiz bilan qovushib, u (xotin)lar sizlardan qat'iy ahd olganlaridan so'ng qanday qilib u (mahr)ni (qaytarib) olasizlar?!

22. Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang. Magar ilgari o'tgan bo'lsa (ular kechiriladi). Albatta, bu qabih, jirkanch va yomon yo'ldir.

23. Sizlarga (nikohi) harom qilingan (ayollar) - bu onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan "ona"laringiz, emishgan "opa-singil"laringiz, qaynonalaringiz, jinsiy yaqinlikda bo'lgan xotinlaringizning qaramog'ingizda bo'lgan qizlari - jinsiy yaqinlikda bo'lmagan bo'lsangiz, sizlarga gunoh bo'lmas - yana, o'z pushti kamaringizdan bo'lgan o'g'illaringizning xotinlaridir. Ikki opa-singilni qo'shib (nikohlab) olishingiz (ham harom qilindi). Magar ilgari o'tgan bo'lsa (Alloh afv etar). Albatta, Alloh mag'firatli va marhamatli zotdir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #82 : 20 Noyabr 2007, 09:26:11 »
BESHINCHI JUZ’
*************************



24. Yana, erli xotinlar (nikohi ham harom qilindi), magar qaramog'ingizdagi joriyalar(bundan mustasno)*. Bu (mazkurlarning hammasi) Allohning bitigi (farzi)dir. Ana shulardan boshqa ayollarga zinokorona emas, (balki) mollaringiz (mahr) bilan uylanishingiz sizlarga halol qilindi. Ular bilan (nikoh orqali) yaqinlik qilishingiz bilanoq, belgilangan mahrlarini beringiz. (Mahr) belgilangandan keyin o'zaro kelishsangiz (xotin o'z mahridan kechsa), sizlar uchun gunoh yo'qdir. Albatta, Alloh ilm va hikmat egasidir.

Izoh: Joriyasini nikohlab olmoqchi bo'lgan kishi uning iddasi chiqishini kutadi. Zero, odatda joriyalar janglarda yengilgan kofir erlarini tashlab kelgan bo'ladi. Shuning uchun homilali bo'lishligi ehtimolidan iddaga buyurilgan.

25. Sizlardan kimda-kim ozod-mo'mina ayollarga uylanish imkoniyatiga ega bo'lmasa, qo'l ostingizdagi mo'mina joriyalardan biriga (uylanaversin). Alloh imoningizni biluvchiroqdir. Sizlar biringiz biringizdandirsiz (ya'ni, siz ham, joriyalar ham bir insonsiz). Bas, ulardan o'zlarini tutgan, fohishalik qilmaydigan va maxfiy o'ynashlari yo'qlariga xojalarining ruxsati bilan uylanaveringiz va mahrlarini me'yorida beringiz. Erga tekkanlaridan keyin, agar buzuqlik qilsalar, ularga ozod ayollarga (beriladigan) jazoning yarmi (berilur). Bu (joriyalarga uylanish) qiyinchilik (buzilib ketish)dan qo'rqqanlaring uchundir. Agar (joriyaga uylanishdan) sabr qilsangiz, o'zingiz uchun yaxshiroqdir. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir.

26. Alloh sizlarga (shariat ahkomlarini) bayon qilish, sizlarni ilgari o'tgan (haq yo'ldagi) zotlarning yo'llariga hidoyat etish va tavbalaringizni qabul qilishni xohlaydi. Alloh dono va hakimdir.
« So'nggi tahrir: 20 Noyabr 2007, 10:44:27 muallifi Ðœuslimа »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Rahmatnoma


Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #83 : 20 Noyabr 2007, 09:36:39 »


27. Alloh tavbalaringizni qabul etishni xohlaydi, shahvoniy hissiyotga tobe bo'lganlar esa, (to'g'ri yo'ldan) o'ta og'ib ketishlaringizni xohlaydilar.

28. Alloh sizlarga (vazifalarni) yengillatishni xohlaydi. Axir, inson zaif yaratilganda

29. Ey, mo'minlar! Mol-mulklaringizni o'rtada nohaq (yo'llar) bilan yemangizlar! O'zaro rozilik asosidagi tijorat bundan mustasno. Shuningdek, o'zlaringizni (bir-biringizni) o'ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahmshafqatlidir.

30. Kimda-kim shu (qotillik)ni adovat va zulm yuzasidan qilsa, albatta, Biz uni do'zaxda toblarmiz. Bu (esa) Allohga osondir.

31. Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, kichik gunohlaringizni sizlardan o'chirurmiz va sizlarni shinam manzil (jannat)ga kiriturmiz.

32. Alloh biringizni biringizdan biror ne'mat bilan ortiq qilib qo'ygan bo'lsa, sizlar uni (hasadgo'ylik bilan) orzu qilmang! Erkaklar ham o'z kasblaridan ulush olurlar, ayollar ham o'z kasblaridan ulush olurlar. (Hasad qilish o'rniga) Allohning fazlidan so'rangizlar. Albatta, Alloh hamma narsani biluvchidir.

33. Har bir kishi uchun ota-ona va qarindoshlar qoldirib ketgan (meros)dan (oluvchi) merosxo'rlar qilib qo'ydik. Kimlar bilan qasamyod (ahdu paymon) qilgan bo'lsangiz, ulushlarini beringiz*. Albatta, Alloh hamma narsaga guvohdir.


Izoh: Bu hukm meros oyati bilan bekor qilingan. Ya'ni oyatda belgilab qo'yilgan qarindoshlardan boshqa hech kim meros olishga haqli emas.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #84 : 20 Noyabr 2007, 10:47:27 »


34. Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollar)dan (ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o'z oilasiga) o'z molmulklaridan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari - bu (Allohga) itoatli, g'oyibga Alloh saqlaganicha himoyatli (ya'ni, erlarining sirlari, mulklari va obro'larini saqlovchi)lardir. Xotinlarning itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so'ng (bu ta'sir qilmasa,) ularni yotoqlarda tark etingiz, so'ngra (bu ham kor qilmasa) ularni (majruh bo'lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo'l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy va ulug' zotdir.

Izoh: Bu oyati karimada oila totuvligi qanchalik ahamiyatga ega ekanli ko'rsatilgan. Faqat favqulodda yuz beradigan ba'zi vaziyatlarda ayolni tarbiya qilish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ba'zi kishilar oyatda "uringlar" deyilgan, deb uni sui iste'mol qilishga urinadilar. Bu ayni xatodir. Har qanday oilaviy mojaroni tinchlik yo'li bilan oqilona hal qilish mumkin.

35. Agar ular (er-xotin)ning oralari buzilib ketishidan qo'rqsangizlar, er oilasidan bir hakam, xotin oilasidan bir hakam yuboringiz. Agar (er-xotin) islohni xohlasalar, Alloh o'rtalarini muvofiqlashtirgay. Albatta, Alloh bilimdon va xabardor zotdir.

36. Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik qilmangizlar! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingizlar! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo'shniyu begona qo'shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo'lovchi (musofir)ga va qo'l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi.

37. (Ular) o'zlari baxillik qilish bilan birga (boshqa) odamlarni (ham) baxillikka buyuradigan va Allohning O'z fazli bilan bergan (ne'mat)larini yashiradigan (kimsa)lardir. Kofirlarga (esa) xor qiluvchi azobni tayyorlab qo'yganmiz.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #85 : 20 Noyabr 2007, 10:53:47 »


38. Mol-mulklarini odamlar ko'rsinga (riyokorlik bilan) ehson qiladigan, (aslida esa) Allohga ham, oxirat kuniga ham imon keltirmaydiganlarni (Alloh sevmaydi). Kimgaki shayton do'st bo'lsa, naqadar yomon do'st u!

39. Bordiyu (ular) Allohga, oxirat kuniga imon keltirsalar va Alloh rizq qilib bergan narsalardan ehson qilsalar, ular (zarari)ga nima ham bo'lar edi?! Alloh ularni yaxshi biluvchidir.

40. Albatta, Alloh bir zarra miqdorida (ham) zulm qilmaydi. Agar (o'sha miqdorda) yaxshilik bo'lsa, uni (bir necha barobar) ko'paytirur va O'z huzuridan ulug' mukofot (jannat) ato etur.

41. Har bir ummatdan (o'z payg'ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va Sizni (ey, Muhammad,) ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!


Izoh: Bu holat qiyomat kunida ro'y berishi boshqa oyatlarda ham keltirilgan. "Nahl" surasining 84,89-oyatlari, "Haj" surasining 78-oyati tarjimalariga qaralsin.

42. Kofir bo'lganlar va payg'ambarga itoatsizlik qilganlar o'sha kuni yer bilan yakson bo'lishni orzu qiladilar. (U yerda ular) Allohdan biror gapni yashira olmaydilar. 

Izoh: Bu dunyoda esa inson o'z aybi va gunohlarini, shuningdek, sodir etgan jinoyatlarini turli yo'llar bilan yashirib, jazodan qutilib ketish mumkin. Lekin oxiratda bu kabi hiylanayranglar foyda bermaydi.

43. Ey, mo'minlar! Toki gapirayotgan gaplaringizni (o'zlaringiz) biladigan bo'lgunlaringacha, mast hollaringda namozga yaqinlashmangizlar!* Yana junub (nopok) hollaringizda ham, to poklanmaguncha (namozga yaqinlashmangiz). Magar safarda bo'lsangizlar (bu mustasnodir). Bordiyu betob yo safarda bo'lsangiz, yoki sizlardan birortangiz hojatxonadan chiqqan bo'lsa, yoxud xotinlaringiz bilan yaqinlik qilgan bo'lsangizu suv topa olmasangiz, pokiza yer  (tuproq, tosh, qum, chang kabilar) bilan tayammum qilib, yuzlaringiz va qo'llaringizga surting. Albatta, Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir.

Izoh: "Baqara" surasining 119-oyati izohiga qaralsin. Bu oyat ham mansuxa (hukmi bekor qilingan) oyatlar turiga kiradi. Zero, undan keyin ichkilik to'g'risida qat'iy oyatlar nozil qilingan.

44. Kitob (Tavrot)dan nasibador bo'lgan kishilar gumrohlikni sotib olayotganlari va (to'g'ri) yo'ldan adashishlaringizni xohlayotganlarini ko'rmadingizmi (ey, Muhammad)?!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #86 : 20 Noyabr 2007, 11:00:26 »


45. Alloh dushmanlaringiz (kim ekani)ni yaxshiroq biluvchidir. Allohning O'zi yetarli do'st, Allohning O'zi yetarli yordamchidir.

46. Yahudiy bo'lganlar orasida shundaylari (ham) borki, Allohning so'zini o'z o'rnidan o'zgartiradilar va tillarini burib, dinga ta'na yetkazish g'arazida: "Eshitdik va bo'yin sunmadik. Eshitilmas (so'zlar)ni eshit va bizni asra", - deydilar*. Agar ular: "Tingladik va bo'yin sundik, eshit va bizga ham nazar qil", - deganlarida, o'zlari uchun yaxshiroq va to'g'riroq bo'lar edi. Lekin, ularni Alloh kufrlari sababli la'natladi. Endi, (ularning) ozgina (qismi)dan boshqalari imon keltirmaydilar.


Izoh: "Baqara surasining 104-oyati izohiga qaralsin.

47. Ey, Kitob berilgan kimsalar! Yuzlarni sidirib, teskari qilib yuborishimizdan yoki ularni xuddi "Shanba egalari"ni la'natlaganimizdek la'natlashimizdan oldin sizlardagi narsa (Tavrot)ni tasdiqlovchi holida nozil qilgan Kitobimiz (Qur'on)ga imon keltiringiz. Allohning amri, albatta, ado etiluvchidir.

48. Albatta, Alloh O'ziga shirk keltirish (gunohi)ni kechirmagay va (lekin) ana shundan boshqa (gunohlar)ni O'zi xohlagan (banda)laridan kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, demak, u ulkan gunohni to'qib chiqaribdi.

49. O'zlarini "poklayotgan" kimsalarni ko'rmadingizmi? Yo'q! Alloh kimni xohlasa (o'shani) poklaydi, (ularga) xurmoning dumicha ham zulm qilinmaydi.

50. Alloh (sha'ni)ga qanday yolg'on to'qishlarini ko'ring. Shu (tuhmatning o'zi) yetarli aniq gunohdir.


Izoh: To'qigan yolg'on va bo'htonlaridan biri ularning "Biz Allohning farzandlari va do'stlarimiz", - degan da'volaridir.   

51.  Kitob (Tavrot)dan nasibador bo'lganlarning "Jibt" va "Tog'ut"ga* sig'inishlarini va kofirlarga "Shular mo'minlardan ko'ra to'g'riroq yo'ldadir" deyishlarini ko'rmadingizmi?!

Izoh: "Jibt" ularning sig'inadigan sanam va boshqa ma'budalari. "Tog'ut" esa shaytondir. Boshqa tafsirlarda "Jibt" va "Tog'ut"dan murod yahudiylarning peshvolaridan Ka'b ibn Ashraf va Hay ibn Axtabdir deyiladi. Ular haqidagi batafsil ma'lumotlar uchun siyrat kitoblariga murojaat qilinsin.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #87 : 20 Noyabr 2007, 11:03:46 »


52. Ana o'shalar Alloh la'natlagan kimsalardir. Kimni Alloh la'natlagan bo'lsa, unga (hech qanday) yordamchi topa olmaysiz.

53. Yoki ularda (biror) hukmronlikdan ulush bormi?! Mabodo, bo'lganda ham odamlarga zarracha bermagan bo'lar edilar.

54. Yoki Alloh O'z fazlidan bergan ne'matlari uchun odamlarga hasad qiladilarmi? Axir, Biz (ilgari ham) Ibrohim nasliga (Yusuf, Dovud, Sulaymon kabi zotlarga) Kitob, Hikmat berib, yana ularga buyuk mulk (hukmronlik) ham ato etgan edik-ku!

55. Bas, ular ichida unga (Muhammadga) imon keltirganlari ham, undan yuz o'girganlari ham bo'ldi. Jahannam yetarli olovdir.

56. Albatta, oyatlarimizni inkor etuvchilarni do'zaxda toblagaymiz. Azobni totsinlar deb, terilari kuyib bitishi bilan o'rniga boshqa (yangi) terilarni almashtirib turamiz. Albatta, Alloh qudratli va hikmatlidir.

57. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlarni esa abadiy yashaladigan, ostidan anhorlar oqib turadigan bog'lar (jannat)ga kiriturmiz. Ular uchun u yerda pokiza juftlar bor va ularni qalin soyalarga kiriturmiz.   

58. Darhaqiqat, Alloh omonatni o'z egalariga topshirishingiz va odamlar o'rtasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishingizga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga yaxshigina nasihat qilur. Albatta, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.   

59. Ey, mo'minlar! Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan (bo'lmish) ish egalari (rahbarlar)ga itoat etingiz! Bordiyu, biror narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga va oxirat kuniga ishonadigan bo'lsangiz, uni Allohga va Payg'ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va yechimi chiroyliroq (ish)dir.


Izoh:Bu oyatdan Allohning va Uning rasulining amriga itoat qilish bilan birga rahbarlarga ham itoat qilishning vojibligi ma'lum bo'ladi. Xalqimizda "Podshohning amri vojib" degan naqlning ham manbai shu oyati karima bo'lishi kerak. Modomiki, rahbar yoki ota-onalar gunoh-ma'siyatga emas, ezgulikka, foydali ishlarga buyurar ekanlar, oyat va hadislar taqozosiga ko'ra, ularga itoat etish vojibdir. (Tahoviy "Aqoidi"ga qaralsin). Mazkur oyati karimadan fiqh (Islom huquqshunosligi)da qo'llaniladigan shariat ahkomlarining asosiy to'rt manbaiga ham ishorat mavjudligi aniqlangan. Allohga itoat etishdan - Qur'on, Payg'ambariga itoat etishdan - Sunnat, rahbarlarga itoat etishdan - Ijmo', nizoli masalani Alloh va Rasuliga havola qilishdan Qiyos usullari ma'lum bo'ladi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #88 : 20 Noyabr 2007, 11:06:27 »


60. O'zlarini, Sizga nozil qilingan (Qur'on) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblar)ga imon keltirgan, deb hisoblaydiganlarning hukm so'rab, Tog'ut (shayton) huzuriga borishni xohlayotganlarini ko'rmadingizmi? Vaholanki, uni inkor etishlikka buyurilgan edilar. Shayton esa, ularni (to'g'ri yo'ldan) uzoq (muddat) adashtirishni xohlaydi.   

61. Ularga: "Alloh nozil etgan (Qur'on) va Payg'ambar (so'zlarini muzokara qilish)ga kelingizlar", - deyilsa, munofiqlarning Sizdan (qochib) teskari qarab ketishlarini ko'rasiz.   

62. O'z qilmishlari tufayli boshlariga biror musibat tushgandan keyin, Sizga kelib: "Biz faqat yaxshilikni va o'rtani isloh etishni xohlagan edik", - deb, Alloh (nomi) bilan qasam ichganlarida qanday (bahona) bo'larkin?!

63. Ana o'shalarning dillaridagi (nifoq)ni Alloh bilur. Bas, Siz ulardan yuz o'giring va ularga nasihat qiling hamda o'zlari haqida yetuk so'z ayting!

64. Qaysi bir payg'ambarni yuborgan bo'lsak, Allohning izni bilan unga itoat qilinishi uchun (yuborganmiz). Agar ular o'zlariga zulm qilgach, darhol Sizga kelishib, Allohdan kechirim so'raganlarida va Payg'ambar ham ular uchun kechirim so'raganda, Allohni kechiruvchi va rahm-shafqatli topgan bo'lur edilar.

65. Bas, Rabbingiz haqqi, ular o'rtalaridan chiqqan nizolarga Sizni hakam qilmagunlaricha va so'ngra chiqargan hukmingizdan dillarida tanglik sezmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha, zinhor imon keltirmagaylar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #89 : 20 Noyabr 2007, 11:27:30 »


66. Agar Biz ularga: "O'zlaringizni o'ldiring yoki yurtingizdan chiqib keting", - deb buyurganimizda edi, ozchiligidan boshqasi uni qilmagan bo'lur edilar. Bordiyu, ularga aytilgan nasihatlarga (amal) qilganlarida edi, o'zlari uchun yaxshiroq va (imonlari) mustahkamroq bo'lur edi.

67. O'shanda (Biz ham) ularga O'z huzurimizdan ulkan mukofot bergan bo'lur edik.

68. Shuningdek, ularni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgan bo'lur edik.

69. Kimda-kim Alloh va Payg'ambarga itoat etsa, aynan o'shalar Allohning in'omiga erishgan zotlar - payg'ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar. Ular hamroh sifatida naqadar go'zaldir!


Izoh: Siddiqlar deganda ilohiy ma'lumotlarga chin dildan ishonib, ularni dil bilan tasdiq etuvchi zotlar tushuniladi. Tasavvufda payg'ambarlikdan keyingi eng yuqori martaba siddiqlik martabasidir. Bu martabaga birinchi bo'lib Abu Bakr Siddiq (r.a.) erishganlar. (Kosoniy "Silsilai siddiqiyn" kitobiga qaralsin).   

70. Bu Allohdan (bo'lgan) fazldir. Alloh yetarli (darajada) bilimdondir.   

71. Ey, imon keltirganlar! (Yovga nisbatan) ehtiyot chorasini ko'rgach, guruh-guruh bo'lib yoki hammangiz jam bo'lib chiqingiz!


Izoh: Bu va keyingi oyatlar Madinaga ko'chib kelgan muhojirlar va ansorlardan iborat musulmonlarni dushmandan ogohlantirish, ularga zulm o'tkazgan Makka mushriklariga qarshi harakatlarda ishtirok etishga undash bilan birga undan bosh tortuvchilarni tanqid qilmoqda.

72. Darhaqiqat, ichlaringizda (jangga bormay) ortda qoladigan, sizlarga biror musibat yetsa, "Alloh yorlaqab ular bilan birga (jangga) hozir bo'lmadim", - deydiganlar ham bor.

73. Bordiyu sizlarga Allohdan fazl (g'alaba) yetsa, xuddi sizlar bilan uning o'rtasida aloqa bo'lmagandek, "Koshki edi, men ham ular bilan birga bo'lganimda ulkan yutuq (o'lja)ga erishgan bo'lur edim",- deb, aytishi ham aniq.

74. Alloh yo'lida dunyo hayoti evaziga oxiratni sotib oladiganlar jang qilsinlar! Kimdakim Alloh yo'lida jang qilsayu, o'ldirilsa yoki g'alaba qilsa, albatta, unga ulkan mukofot ato etajakmiz.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 559911
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26362
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 26903
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 16335
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4166
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin