SAKKIZINCHI JUZ’
*************************
111. Mabodo, Biz ularga farishtalarni tushirsak va o'liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo'lar edilar. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.
112. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.
113. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.
114. (Ularga ayting): "Allohdan boshqa hakam izlayinmi, holbuki, U sizlarga Kitob (Qur'on)ni batafsil nozil qilgan zotdir". Biz Kitob bergan (Ahli Kitob)lar u (Qur'on)ning haqiqatan Rabbingizdan nozil qilinganligini biladilar. Bas, aslo shak qiluvchilardan bo'lmang!
115. Rabbingiz so'zi rostlik va adolatda kamoliga yetdi. Uning so'zlarini o'zgartiruvchi (kuch) yo'q. U eshituvchi va biluvchidir.
116. Yer (yuzi)dagi ko'p kishilar (so'zi)ga itoat qiladigan bo'lsangiz, Sizni Alloh yo'lidan yanglishtiradilar. (Ular) faqat gumonga beriladilar va faqat yolg'onchilik qiladilar.
117. Albatta, Rabbingiz (Uning) yo'lidan yanglishgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat topganlarni ham yaxshi biluvchidir.
118. Bas, agar Uning oyatlariga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, (so'yishda) Allohning nomi aytilgan narsa (ma'lum hayvonlar go'shti)dan yeyaveringizlar.