Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 464956 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #150 : 23 Noyabr 2007, 15:51:02 »


158. Ular faqat (jon oluvchi) farishtalar kelishini yo Rabbingiz (azobi) kelishini yoki Rabbingiz belgilari (qiyomat alomatlari)dan ba'zisi kelishinigina kutmoqdalar. Rabbingiz belgilaridan ba'zisi kelgan kuni esa, oldin imon keltirmagan yoki imonida yaxshilik orttirmagan jonga (bu) imoni foyda bermaydi. Ayting: "Kutaveringiz, biz ham kutuvchilarmiz".

159. Dinlarini (firqalarga) bo'lib, (turli) guruhlarga aylanganlar (uchun) biror narsada (Siz mas'ul) emassiz. Ularning ishi Allohga (havola). So'ngra (U) ularni qilib yurgan amallaridan ogoh qilur.

160.  Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o'n barobar (ko'paytirib yozilur). Kimki (bir) yomon (gunoh ish) qilsa, faqat o'sha (gunoh) miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga zulm qilinmagay.

161. Ayting: "Rabbim meni To'g'ri yo'lga, rost dinga, (haq yo'lda) barqaror Ibrohimning diniga yo'lladi. (U) mushriklardan emas edi".

162. Ayting: "Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Rabbi Alloh uchundir.

163. Uning sherigi yo'qdir. Mana shu(aqida)ga buyurilganman va men (Allohning buyruqlariga) taslim etuvchilarning avvaliman."


Izoh: Ya'ni o'zim da'vat qilayotgan dinga o'zim birinchi bo'lib kirganman.

164. Ayting: "Allohdan o'zga parvardigor qidirayinmi, vaholanki, U har narsaning Rabbi bo'lsa?!" Har bir jon (egasi) faqat o'zi uchun ish qiladi. (Hech bir) ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jon)ning yuki (gunohi)ni ko'tarmaydi. So'ngra qaytish joyingiz Alloh huzuridir. O'shanda sizlarga kelisha olmay yurgan (ish)laringizdan xabar berur.

165. U sizlarni Yerning xalifalari qilib qo'ygan va ato etgan (ne'mat)larida sizlarni sinash uchun ba'zilaringizni ba'zilaringizdan (yuqori) darajalarga ko'targan zotdir. Albatta, Rabbingiz jazoda tezkor va U kechirimli va rahmlidir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #151 : 23 Noyabr 2007, 15:57:04 »


A'ROF SURASI

Anfol - o'ljalar.   

   A'rof - jannat bilan do'zaxni ajratib turadigan maydon, arasot. Bu maydonda jannatga ham do'zaxga ham loyiq topilmagan kimsalar ma'lum muddat, ya'ni, vaqti-soati kelib, Alloh taolo ularni jannatga ravona qilishiga umid bog'lab tururlar. Surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso payg'ambarlarning qissalari, tavhid, imon-e'tiqod, qiyomat, hisob-kitob masalalari va boshqa muhim ma'lumotlar beriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Mim, Sod.

2.  (Bu Qur'on) Sizga nozil qilingan Kitobdir. U bilan (ummatingizni) ogohlantirishingizda ko'ksingizda undan tanglik (shak) bo'lmasin. U (Qur'on) mo'minlar uchun eslatma hamdir.

3. Rabbingizdan sizlarga nozil qilingan narsa (Qur'on ta'limoti)ga ergashingiz, undan boshqa "do'stlar"ga ergashmangiz! Eslatmadan juda kam ta'sirlanmoqdasizlar.

4. Qanchadan-qancha qishloq (ahli)ni halok qildik - ularga azobimiz tun yoki kun uyqusida ekanliklarida keldi.

5. Ularga azobimiz kelganda duolari: "Biz o'zimiz zolim edik", - deyishdan o'zga bo'lmadi.

6. Albatta, (payg'ambar) yuborilganlar bilan ham, payg'ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz.

7. Ularga, albatta, (qilmishlarini) bilgan holda so'zlab berurmiz. Biz g'oyib emasmiz.

8. O'sha kuni vazn (amallarni o'lchab tortishlik) haqiqatdir. Kimning mezonlari (amallari) og'ir kelsa, aynan o'shalar tolei yor kishilardir.

9. Kimning mezonlari (amallari) yengil kelsa, ana o'shalar oyatlarimizga zulm (inkor) qilganlari sababli, o'zlariga ziyon qilganlardir.

10. Albatta, sizlarni Yerda qaror toptirdik va unda sizlar uchun maishiy vositalarni (paydo) qildik. (Lekin) juda oz shukr qilursizlar.

11. Albatta, (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so'ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so'ngra farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - dedik. (Ular) sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan bo'lmadi.

Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #152 : 24 Noyabr 2007, 10:27:32 »


12. (Alloh) aytdi: "Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone'lik qildi?" U dedi: "Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding".

13. Aytdi: "Undan (jannatdan) chiq! U yer (jannat)da takabburlik qilishing senga (joiz) emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan."

14. (U) dedi: "Meni (insonlar) tiriltiriladigan kungacha kechiktir!"


Izoh: Ya'ni to qiyomatgacha meni jazolamay tur.

15. Aytdi: "Albatta, sen kechiktirilganlardansan".

16. U (alamidan) dedi: "Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To'g'ri yo'ling (Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg'itish) uchun o'tiraman.

17. So'ngra, ularga oldilaridan, ortlaridan, o'ng tomonlaridan va so'l tomonlaridan (chalg'itish uchun) kelaman. (Natijada) ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan".

18. Aytdi: "Undan (jannatdan) ayblangan va haydalgan holingda chiq! Qasamyod etamanki, kimki senga ergashsa, sizlarning barchangiz bilan jahannamni to'ldirajakman".

19. (Biz dedik): "Ey, Odam! Jufting (Havvo) bilan jannatda turingiz va xohlagan joyingizdan tanovul qiling! Faqat ushbu daraxtga (mevasidan yeyish uchun) yaqinlashmangiz. Aks holda zolimlardan bo'lursiz!"

20.  So'ngra shayton ularning yopilgan avratlarini ochib yuborish (sharmanda qilish) uchun ikkisiga vasvasa qildi* va aytdi: "Rabbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasinlar yoki (jannatda) mangu qoluvchilardan bo'lmasinlar debgina sizlarni ushbu daraxtdan man etdi".


Izoh: Bu oyatdan ma'lum bo'ladiki, satri avrat, ya'ni, avratni ochmasdan yopib yurish Odam Atodan boshlab inson tabiatida mavjud ekan.

21. Yana ikkisiga qasam bilan: "Men sizlarga (xolis) nasihatgo'ylardandirman", - dedi.

22. Shunday qilib (shayton) ularni (noqulay holatga) tushirdi. Daraxt (mevasi)dan totib ko'rishlari bilanoq, ikkisining avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Shunda ularga Parvardigorlari: "Sizlarni o'sha daraxtdan man etmaganmidim va shayton sizlarning yaqqol dushmaningiz, demaganmidim?!" - deb nido qildi.


Izoh: Ya'ni taqiqlangan mevadan yeb qo'yganlaridan keyin qorinlari og'rib, bo'shalish zarurati tug'ildi. Bo'shalish asnosida esa avratlari ochilib qoldi. So'ngra avratlarini anjir yoki banan yaproqlari bilan yopishga o'tdilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #153 : 24 Noyabr 2007, 10:37:03 »


23. Ikkisi aytdilar: "Ey, Rabbimiz! Biz o'zimizga (o'zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang va bizga rahm qilmasang, biz, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolurmiz".

24. (Alloh) dedi: "Bir-biringizga nisbatan dushman bo'lgan holingizda (jannatdan) tushingiz! Sizlar uchun (ma'lum) vaqt (ajalingiz yetgun)gacha Yerda qaror olish va foydalanish (bordir)".

25.  (Yana) dedi: "Unda yashaysizlar, unda o'lursizlar va undan (oxiratda) chiqarilursizlar.


Izoh: Ya'ni Yerda yashab, Yerga ko'milib, so'ngra qiyomatda Yerdan tiriltirilgan holatda chiqarilursizlar.

26. Ey, Odam avlodi! Sizlarga avratlaringizni berkitadigan libos va patlar (ziynat kiyimlari)ni tushirdik. (Ammo) taqvo libosi bu yaxshiroqdir. Bu(lar) Allohning mo''jizalaridandir. Shoyad (buni) eslab ko'rsalar!

Izoh: Oyatdan ma'lum bo'ladiki, avratlarni yopadigan kiyim asosiy kiyim, boshqa qo'shimcha kiyim-kechaklar esa zebu ziynat hisoblanar ekan. "Lekin, - deydi Parvardigor, - bu liboslaringiz uyatdan, issiq-sovuqdan saqlasa, taqvo libosi oxirat azobidan saqlaydi." Demak, qimmatbaho kiyimlardan ko'ra ham taqvoni libos qilib kiyib olish yaxshiroq ekan.

27. Ey, Odam avlodi! Shayton ota-onalaringiz (Odam va Havvo)ning avratlarini ularga fosh qilish (uyaltirish) uchun jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo'ymasin! Zero, u va uning to'dasi sizlar ularni ko'ra olmaydigan tarafdan sizlarni ko'radilar. Biz shaytonlarni imon keltirmaydiganlarga do'st qilib qo'ydik".

28. (Mushriklar) biror fahsh ish qilsalar: "Ota-bobolarimizni shu (odat) uzra topganmiz. Uni bizga Alloh (O'zi) buyurgan", - deydilar*. (Siz ularga): "Alloh aslo fahsh ishlarga buyurmaydi. Alloh sha'niga o'zlaring bilmagan (gap)larni aytaverasizlarmi?!" - deb ayting!


Izoh: Mushriklar Allohdan boshqa soxta ma'budalarga sig'inishni va yalang'och holda Ka'bani tavof qilishni ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan meros deb da'vo qilar edilar.

29. (Yana) ayting: "Rabbim adolatli bo'lishga buyurgan. Har bir masjid (namoz) oldidan yuzlaringiz (dillaringiz)ni to'g'ri qiling! Unga (Allohga) dinni xolis qilgan hollaringizda duo qilingizlar. Sizlarni (avval boshda yarata) boshlaganidek, (qiyomatda mangu hayotga) qaytursizlar".

30. Bir guruhni hidoyatga yo'lladi, (boshqa) bir guruhga esa zalolat (bitilgani) haq bo'lib chiqdi. Zero, ular Allohni qo'yib shaytonlarni do'st qilib olib, ularni to'g'ri yo'ldagilar deb o'ylaydilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #154 : 24 Noyabr 2007, 10:39:32 »


31. Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi.

32. Ayting: "Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?" Ayting: "U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirganlar (va boshqalar) uchun, qiyomat kunida esa, xolis (mo'minlarning o'zlari uchun bo'lur)". Shunday qilib, oyatlarni biladigan qavmlarga mufassal bayon qilurmiz.

33. Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq gunoh va tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha'niga o'zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi".

34. Har bir ummatga (jazo uchun) muhlat (belgilangan). Qachonki, ularning muhlati kelar ekan, (uni) biror soat kechga ham, ilgariga ham sura olmaydilar.

35. Ey, Odam avlodi! Agar sizlarga o'z (jins)laringizdan bo'lgan payg'ambarlar Mening oyatlarimni sizlarga o'qigan holda kelsalar, (bilib qo'yingizki,) kimki taqvoli bo'lib, (o'zini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.

36. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan (o'zlarini yuqori tutib) kibr qilganlar - ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar.

37. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga chiqargan (odam)dan kim ham zolimroq ekan?! Ana o'shalarga Kitobdagi (yashash) nasibalari bitgach, vafot ettiruvchi farishtalarimiz ularga kelganlarida: "Allohni qo'yib iltijo qilgan narsa (but)laring qani?!" - deganlarida, ular: "Bizdan yo'qoldilar", - deyishadi. O'zlarining zararlariga kofir bo'lganlari to'g'risida guvohlik berurlar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #155 : 26 Noyabr 2007, 13:59:43 »


38. (Ularga Alloh) aytadi: "Sizlardan oldin o'tgan jin va insdan iborat (kofir) ummatlar ichida (sizlar ham) do'zaxga kiringizlar!" Har bir ummat (do'zaxga) kirganda, sherigini la'natlaydi. U yerda bir-birlari bilan jam bo'lib topishishgach, oxirgi (ummat) o'zidan oldingisi haqida: "Ey, Rabbimiz! Ana o'shalar bizni adashtirganlar. Ularga do'zax azobini ikki barobar (qilib) bergin!" - deydilar. (Shunda Alloh): "Har birlaringiz uchun ikki barobardir, lekin (sizlar buning hikmatini) bilmaysizlar", - degay.

39. Avvalgilari keyingilariga aytadilar: "Sizlarning bizlardan ortiqligingiz yo'q. Qilmishlaringizga yarasha (ushbu) azobni totaveringizlar!"

40. Albatta, oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan kibrlanib bosh tortganlar uchun osmon eshiklari sira ochilmagay va nina ko'zidan tuya o'tmagunga qadar jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni ana shunday jazolagaymiz.


Izoh: Nina teshigidan tuya o'tmaguncha deb shart qo'yish o'sha ishning hech qachon amalga oshmasligidan dalolatdir. Ya'ni, oyatlarimizni inkor etuvchi mutakabbir kishilar hech qachon jannatga kirmaslar.

41. Ularga jahannam (o'ti)dan (ostilariga) gilam va ustilariga yopinchiq (bo'lur). Zolimlarni ana shunday jazolagaymiz.

42. Imon keltirgan va solih (savobli) ishlarni qilganlar esa - hech bir jonni toqatidan ortiqqa majbur etmaymiz - aynan o'shalar jannat ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar.

43. Dillaridagi (o'zaro) adovat (to'yg'ulari)ni sug'urib tashlaymiz. Ostilaridan anhorlar oqajak. (Shunda) ayturlarki: "Ushbu (ne'matlar)ga bizni boshlab kelgan Allohga hamd (aytamiz). Agar bizni (O'zi) boshlamaganida, (o'zimizcha) yo'lni topa olmagan bo'lur edik. Rabbimizning elchi (payg'ambar)lari haqiqatni keltirgan ekanlar". Ularga nido qilinurki: "Mana shu - jannat. Qilgan (savobli) amallaringiz sababli u sizlarga meros qilib berildi".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #156 : 26 Noyabr 2007, 14:03:48 »


44. Jannat ahli do'zax ahliga (qiyomat kuni): "Rabbimiz bizga va'da qilgan narsa (jannat)ni biz haq ekanini topdik. Sizlar ham Rabbingiz va'da qilgan (ogohlantirgan do'zax)ning haq ekanini topdingizmi?" - deb nido qilurlar. Ular: "Ha", - deydilar. So'ngra o'rtalaridan bir jarchi (farishta chiqib) jar soladi: "Zolimlar uzra Allohning la'nati (yog'ilsin)!

45. Zero, ular Allohning yo'lidan to'sadigan, uni qing'ir qilishni istaydigan, oxiratga esa ishonmaydigan edilar".

46. (Jannat va do'zax ahllari) o'rtalarida parda (bordir). A'rof (arasot) uzra (jannat va do'zaxdagilarning) har birini siymolari (alomatlari)dan tanib oladigan kishilar (bo'lur). Jannat ahliga: "Sizlarga salom!" - deydilaru (kirishdan) tamagir bo'lib, kira olmaydilar.

47. Ko'zlari do'zax ahli tarafiga burilib qolsa, aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Bizni bu zolimlar qavmi bilan birga qilib qo'ymagin!"

48. Arasot ahli siymolaridan tanish kishilariga aytadilar: "To'plagan (boylik)laringiz va qilgan kibrlaringiz sizlarga (kuningizga) yaramabdi-ku!

49. Allohning rahmati yetmaydi, deb siz qasam ichib yurgan (faqir musulmon)lar ana ularmi?" (Shundan so'ng Alloh arasot ahliga deydi): "Jannatga kiringiz! Sizlarga xavf yo'q va sizlar tashvish ham chekmaysizlar!"

50. Do'zax ahli jannat ahliga: "Bizning ustimizga suvdan yoki Alloh sizlarni rizqlantirgan narsadan to'kingiz", - deb nido qilurlar. Ular (javobiga): "Alloh (siz so'ragan) har ikki (narsa)ni kofirlarga -

51. dinlarini hazil va o'yin qilib olgan va foniy dunyo aldab qo'yganlarga harom (man) etgan", - deydilar. Bugun ushbu Kun muloqotini unutganlari va oyatlarimizni inkor etganlari kabi (Biz ham) ularni "unutamiz".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #157 : 26 Noyabr 2007, 14:09:18 »


52. Ular (Makka ahli)ga ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmat (manbai) sifatida ilm bilan O'zimiz mufassal bayon qilgan Kitob (Qur'on)ni keltirdik.

53. Ular (esa) uning (aniq ma'nolari qolib,) ta'vili (boshqacha mazmun berilishi)ni kutadilar. Ta'vili kelgan kuni (qiyomat)da uni (Qur'onni) ilgari unutgan (mensimagan)lar aytadilar: "Rabbimizning elchi (payg'ambar)lari haqiqatni keltirgan ekanlar. Bas, qani (endi) oqlovchi (but-sanam)lar (bo'lsayu,) bizni oqlasalar yoki (dunyoga yana) qaytarilsag-u qilgan ishlarimizdan o'zgacha ish qilsak?" (Ular) o'zlariga ziyon qildilar va to'qib yurgan (buhton)lari ulardan g'oyib bo'ldi.

54. Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan, kunduzga tunni qoplatadigan - uni (ya'ni, tun kunni) shitob quviydi - quyosh, oy, yulduzlarni O'z amriga musaxxar (mute) qilib qo'ygan Allohdir. Ogoh bo'lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning Rabbi - Alloh barakotlidir.

55. Rabbingizga zorlanib va xufyona (ovozsiz) duo qilingiz! Zero, U haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi.

56. Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo'ygandan keyin (unda) buzg'unchilik qilmangizlar! Unga (Allohga) ham qo'rqinch va ham umid bilan duo qilingizlar! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga yaqindir.

57. U o'z rahmatining darakchisi sifatida shamollarni yuboruvchi zot bo'lib, (shamollar) og'ir bulutlarni ko'tarib olgach, uni o'lik (chanqoq) shahar (usti)ga haydaymiz. Bas, unga suv (yomg'ir) yog'dirib, u sababli mevalarning har turidan chiqarurmiz. O'liklarni ham (qabrlaridan) shu tarzda chiqarurmiz, shoyad eslatma olsangizlar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #158 : 26 Noyabr 2007, 14:15:26 »


58. Yaxshi shahar (yeri)ning giyohi Rabbining izni bilan (unib) chiqaveradi. Yomon (shahar yeri esa) faqat unimsiz bo'lur. Shukr qiluvchi qavm uchun oyatlarni shu tarzda tasarruf eturmiz.

Izoh: Bu zarbul-masaldan murod pand-nasihat yaxshi odamga, ya'ni, mo'min kishiga ta'sir qiladi, kufrdagi kimsaga esa ta'sir qilmaydi, degan ma'nodir.

59. Darvoqe, Nuhni o'z qavmiga (elchi qilib) yubordik. Shunda u dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. Men sizlarga buyuk Kun (qiyomat) azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman".

60. Qavmining zodagonlari: "Biz seni ochiq yanglish uzra ko'rmoqdamiz", - dedilar. 

61. (Nuh) dedi: "Ey, qavmim! Menda yanglish yo'q. Lekin, men olamlar Rabbi (tomoni)dan elchi (payg'ambar)durman.

62. Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va sizlarga nasihat qilurman hamda Allohdan (kelgan vahiy orqali) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman.

63. Sizlarni ogohlantirish, taqvoli bo'lishingiz va rahm qilishingiz uchun sizlarga Rabbingizdan (kelmish) eslatma o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida kelganidan ajablandingizmi?!"

64. Shunda uni yolg'onchiga chiqardilar. Bas, (Biz) uni va u bilan birga (imon keltirgan)larni kema ichida (saqlab, to'fondan) qutqardik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni (suvga) g'arq qildik. Ular (qalbi) ko'r kishilar edi.

65. Od (qavmi)ga ularning birodari Hudni (elchi qilib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. (Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!"

66. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari aytdilar: "Biz seni nodonlikda (ekaningni) ko'rayapmiz. Biz seni yolg'onchilardanmikan, deb gumon qilyapmiz".

67. (U) aytdi: "Ey, qavmim! Menda nodonlik yo'q. Lekin, men olamlar Rabbidan (yuborilgan) elchidirman.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #159 : 26 Noyabr 2007, 14:21:53 »


68. Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va men sizlarga ishonchli nasihatgo'yman.

69. Sizlarni ogohlantirish uchun o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida sizlarga Rabbingizdan eslatma kelganidan ajablanyapsizmi?! Alloh sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilib qo'ygan va sizlarni jismonan ziyoda qilganini eslangiz!* Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz, toki sizlarga tole yor bo'lsin!"


Izoh: Ba'zi tafsir kitoblarida, ularning eng past bo'ylisi oltmish gazli bo'lgan, deyiladi.

70. Aytdilar: "Faqat yagona Allohga sig'inishimiz va ota-bobolarimiz sig'inib kelgan narsa (but-sanamlar)ni tark etishimizga (da'vat qilish uchun) bizning huzurimizga keldingmi? Agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga (o'sha) va'da qilgan (va qo'rqitgan) narsangni keltir!"

71. (Hud) aytdi: "Sizlarning ustingizga Rabbingiz (tomoni)dan azob va g'azab yog'ilib bo'lgan. Sizlar va ota-bobolaringiz nomlarini atab (sig'inib) yurgan, Alloh ularga biror hujjat (hukm) tushirmagan (but-sanamlar) to'g'risida men bilan bahslashmoqchimisizlar?! (Azob kelishini) kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman".

72. Uni (Hudni) va u bilan birga bo'lgan (mo'min)larni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) xalos etdik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa qirib tashladik. (Ular) mo'min bo'lmadilar.

73. Samud qavmiga birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'ining! Undan o'zga iloh yo'qdir. Rabbingizdan sizlarga hujjat keldi. Ushbu - Allohning mo''jiza tarzidagi tuyasi. Uni (o'z holiga) qo'yinglar - Allohning yerida o'tlasin! Unga yomonlik (niyati) bilan tega ko'rmangizlar! Aks holda, sizlarni alamli azob tutgay".


Izoh: Solih (a.s.) tuyalari haqidagi qissa "Vash-shamsi" surasida ham bayon qilingan.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #160 : 26 Noyabr 2007, 14:25:13 »


74. Sizlarni (Alloh) Od (qavmi)dan keyingi xalifa (avlod) qilgani va sizlarga yerning tekisliklarida qasrlar (qurib) olishingiz, tog'laridan o'yib uylar yasab olishingiz uchun sizlarga Yer (yuzi)dan joy berganini eslangizlar! Bas, Allohning ne'matlarini eslangizlar va Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilib yurmangizlar!

75. Qavmining mutakabbir zodagonlari ularning imon keltirgan bechorahol kishilariga: "Solihni Rabbidan (yuborilgan) elchi deb bilasizlarmi?" - dedilar. (Ular) aytdilar: "Biz u orqali yuborilgan narsa (vahiy)ga ishonuvchilarmiz".

76. Kibrga berilganlar esa: "Biz sizlar imon keltirgan narsa (din)ga kufr keltiramiz", - dedilar.

77. (Shunday deb) tuyani so'yib yubordilar va Parvardigorlarining amridan bosh tortdilar hamda aytdilar: "Ey, Solih! Agar yuborilgan elchilardan bo'lsang, bizga va'da qilgan narsang (azob)ni keltir!"

78. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi va o'z yurtlarida (o'tirganlaricha) gum bo'ldilar.

79. (Solih) ulardan bezib dedi: "Ey, qavmim! Men sizlarga Rabbimning topshirig'ini yetkazdim, sizlarga nasihat qildim, lekin (sizlar) nasihatgo'ylarni yoqtirmaysizlar". 

80.  Lutni ham (elchi qilib yubordik). O'z qavmiga aytdi: "Shunday (yomon) fahsh ishni qilasizlarmi? Sizlardan oldin butun olamda hech kim uni qilmagan edi.

81. Sizlar xotinlar qolib, shahvatni (qondirish uchun) erkaklarga "kelasiz". Ha, sizlar isrofgar qavmdirsizlar."
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #161 : 26 Noyabr 2007, 14:29:28 »


82. Qavmining javobi: "Ularni (Lut va mo'minlarni) shahringizdan chiqarib yuboringizlar, zero, ular o'ta poklanuvchi odamlardir", - degan so'zlari bo'ldi, xolos!

83. Uni va xotinidan boshqa ahli (oilasi)ni qutqarib qoldik. U (ning xotini azobda) qoluvchilardan bo'ldi.

84. Ular ustiga (azobni) yomg'irdek yog'dirdik. Bas, jinoyatchilar oqibati qanday bo'lganiga boqing!


Izoh: Ya'ni yurganlar ustiga tosh yog'dirildi, o'tirganlarni esa yer yutdi.

85. Madyan (qabilasi)ga birodarlari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U aytdi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Undan o'zga iloh yo'qdir. Sizlarga Rabbingizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozini to'la-to'kis o'lchangizlar, odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yaroqli qilib qo'yilgandan so'ng Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilmangiz! Agar (chin) mo'min bo'lsangiz, ana shu sizlar uchun yaxshidir.

86. (Odamlarni) qo'rqitish, Allohga imon keltirganlarni Uning yo'lidan to'sish va uni qing'ir qilish maqsadida har ko'chada o'tirmangiz! Ozchilik ekaningizda, (Uning) ko'paytirganini eslangiz va buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganiga (bir) boqingiz!

87. Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan narsa (vahiy)ga imon keltirib, boshqa bir toifa imon keltirmagan bo'lsa, o'rtamizda Alloh hukm qilgunga qadar sabr qilingiz! U hukm qiluvchilarning yaxshisidir".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #162 : 26 Noyabr 2007, 14:34:25 »
TO'QQIZINCHI JUZ’
*************************



88. Uning (Shuaybning) qavmidan kibrga berilgan zodagonlari aytishdi: "Ey, Shuayb! Qasamki, seni va sen bilan birga imon keltirganlarni shahrimizdan chiqarib yuboramiz yoki dinimizga qaytasizlar!" U dedi: "Diningizni yoqtirmasak hammi?

89. Diningizdan bizni Alloh qutqargandan keyin yana unga qaytadigan bo'lsak, Allohga yolg'on to'qigan bo'lamiz-ku? Illo, Rabbimiz - Alloh xohlagani bo'lur. Rabbimiz har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o'rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan".

90. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari: "Qasamki, agar Shuaybga ergashsangizlar, demak, sizlar ziyon ko'ruvchi ekansizlar"- dedilar.

91. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi. Natijada o'z joylarida o'tirganlaricha yer bilan yakson bo'ldilar.

92. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar go'yo u yerda (oldin) yashamagandek bo'ldilar. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi bo'ldilar.

93. (Shuayb) ulardan bezdi va dedi: "Ey, qavmim! Sizlarga (men) Rabbimning topshiriqlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Bas, endi kofirlar qavmiga qanday ham qilib hamdard bo'layin?!"

94. Biror yurtga payg'ambar yuborgan bo'lsak, albatta, uning aholisi tazarru qilar deb, (ularni) qashshoqlik va kasallik (kabi musibatlar)ga tutganmiz.

95. So'ngra (mazkur) yomonlik o'rniga yaxshilikni almashtirgan edik, mo'l-ko'l bo'lib ketishdi va: "Ota-bobolarimizga (ham shu kabi) qashshoqlik va kasallik (kabi musibatlar) yetishib turar (va daf bo'lib ketar) edi", - dedilar. Shundan so'ng bexos ularni o'zlari sezmagan holda (azobga) tutdik.


Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #163 : 26 Noyabr 2007, 14:39:44 »


96. Agarda u yurtlarning aholisi imon keltirgan va taqvo qilganlarida edi, ular ustiga osmonlar va Yerdan barakotlar (eshiklari)ni ochib yuborgan bo'lur edik. Lekin, (ular payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqardilar. Natijada qilmishlari sababli ularni (azobga) tutdik.

97. U yurtlarning aholisi tunda uxlayotganlarida, ular uzra azobimiz kelib qolishidan xotirjammilar?!

98. Yoki u yurtlarning aholisi choshgoh paytida o'ynab turganlarida, ular uzra azobimiz kelib qolishidan xotirjammilar?!

99. Allohning "makri"dan (ham) xotirjammilar?! Allohning "makri" (azobi)dan faqat ziyon ko'ruvchilar qavmigina "xotirjam" bo'lurlar.

100. Yerni oldingi aholisidan keyin meros qilib oluvchilarni, xohlacak gunohlari sababli ularga (balo) yetkazgan bo'lishimiz to'g'ri yo'lga solmadimi?! Ularning dillarini muhrlab qo'yamiz. Natijada ular (haq gapni) eshitmaydilar.

101. Ana o'sha qishloqlar. Ularning xabarlari qissasini Sizga aytmoqdamiz. Ularga payg'ambarlari ochiq hujjatlarni keltirgan edilar. (Lekin) oldindan ularni yolg'onchiga chiqarganlari sababli imon keltirmadilar. Alloh kofirlarning dillarini ana shunday muhrlab qo'yadi.

102. Ularning ko'plarida ahd (vafodorlik)ni topmadik. Ko'plarini fosiq ekanliklarini topdik (bildik).

103. So'ngra ulardan keyin Musoni mo''jizalar bilan Fir'avn va uning zodagonlariga (elchi qilib) yubordik. Ularga zulm qildilar. Buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring!

104. Muso aytdi: "Ey, Fir'avn! Men olamlar Rabbidan (yuborilgan) elchidirman.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #164 : 26 Noyabr 2007, 14:59:43 »


105. Alloh nomidan faqatgina haq (gap)ni gapirishga haqlidirman. Sizlarga Rabbingizdan hujjat keltirdim. (Ey, Fir'avn!) Isroil avlodini men bilan birga (muqaddas yurtlari - Shomga) jo'natgin!"

106. (Fir'avn): "Agar rostgo'ylardan bo'lib mo''jiza keltirgan bo'lsang, uni keltir (ko'rsat)!" - dedi.

107. Bas, (Muso) asosini tashlagan edi, bexos u aniq (chin) ajdahoga aylandi.

108. Qo'lini (qo'ynidan) chiqargan edi, birdan u qarab turganlarga oppoq (nurli) ko'rindi.

109. Fir'avn qavmining zodagonlari: "Bu juda bilimdon sehrgar", - dedilar.

110. (Fir'avn): "Sizlarni o'z yerlaringizdan chiqarmoqchi, nima buyurasizlar?" - dedi.

111. Aytdilar: "Uni va akasi (Horun)ni qo'yatur, Madoin (shahri)ga yig'ib keluvchilarni yubor!

112. (Ular) senga barcha bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar!"

113. Fir'avn huzuriga sehrgarlar kelib: "Agar biz g'olib bo'lsak, bizga mukofot bormi?" - dedilar.

114. "Albatta! - dedi (u): - Sizlar (menga) yaqinlardan bo'lursizlar".

115. Aytdilar: "Ey, Muso! (qo'lingdagi asoni birinchi sen) tashlaysanmi yoki biz (qo'limizdagilarni) tashlaguvchi bo'laylikmi?"

116.  (Muso): "Tashlanglar!" - dedi. Bas, tashlagan edilar, odamlarning ko'zlarini sehrlab qo'ydilar va ularni cho'chitib yubordilar - ulkan sehr keltirdilar.

117. Musoga: "Asoingni tashla!" - deb vahiy qildik. Birdan u (ajdohoga aylangan aso) ularning soxta (ilon)larini komiga torta boshladi (yutaboshladi).

118.  Bas, haqiqat voqe bo'ldi, ularning qilgan ishlari esa botil (barbod) bo'ldi.

119. Shunday qilib, (sehrgarlar) yengildilar va zabun holatda qaytib ketdilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 607701
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 28535
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 28391
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17218
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4507
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin