Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 482327 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #165 : 27 Noyabr 2007, 13:16:52 »


120. Sehrgarlar sajda qilgan holda (yerga) tashlandilar.

121. (So'ng) aytdilar: "(Biz) olamlarning Rabbiga,

122. (Ya'ni) Muso va Horunning Rabbiga imon keltirdik".

123. Fir'avn dedi: "Men sizlarga ruxsat berishimdan oldin imon keltirdingizmi?! Albatta, bu (ishingiz) shahardan uning aholisini chiqarib yuborish uchun qilgan makringizdir. Bilasizlar hali!

124. Qasamki, (bir) qo'llaringiz va (bir) oyoqlaringizni teskarichasiga kesdirib tashlayman, so'ngra hammalaringizni (dorga) osib yuboraman!"


Izoh: Ya'ni o'ng qo'l bilan chapoyoq yoki chap qo'l bilan o'ng oyoq. Shu tarzda kesilganda odam rosa to'ntoq bo'lib qolishini bilgan.

125. (Ular) dedilar: "Biz (o'lsak), albatta, Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchimiz.

126. Sen faqatgina Rabbimiz oyatlari kelganda, ularga imon keltirganimiz uchungina bizdan o'ch olmoqchisan. Ey, Rabbimiz! Ustimizga sabr (yomg'irini) yog'dir va bizni musulmonlik holimizda vafot etdir!"

127. Fir'avn qavmining zodagonlari aytdilar: "(Ey, Fir'avn), Muso va (uning) qavmini Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilishiga hamda seni va ilohlaringni (tan olmay) tark etishiga qo'yib berasanmi?" (Fir'avn) dedi: "Ularning o'g'illarini (qatli om qilib) qirib tashlab, xotinlarini tirik qoldiramiz va biz ular ustidan g'olibdirmiz!"

128. Muso (o'z) qavmiga dedi: "Allohdan madad so'rangiz va sabrli bo'lingiz! Yer Allohnikidir! Uni (O'zi) xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat (yaxshiliklari) esa taqvodorlarga (tegishli)dir".

129. (Ular Musoga) dedilar: "(Sen) bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozorlandik". (Muso) dedi: "Rabbingiz dushmaningizni halok etib, sizlarni (Misrdek) yerga o'rinbosar qilajak va qanday ish qilishingizni ko'rajak".


Izoh: Kelmasingdan oldin, ya'ni, tug'ilmasingdan oldin. Chunki o'sha yili tug'ilgan barcha o'g'il chaqaloqlar Fir'avn amri bilan qatl etilgan edi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Rahmatnoma


Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #166 : 27 Noyabr 2007, 13:22:09 »


130. Fir'avn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik.

131. Bas, ularga yaxshilik kelganda: "Bu bizga xos", - deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, Muso va u bilan birga (imon keltirgan) kishilardan shumlanadilar. Ogoh bo'lingki, ularning (yaxshi-yomon) amal(lar)i Allohning huzuridadir. Lekin, (buni) aksariyatlari bilmaydilar.

132. (Ular Musoga) aytdilar: "Bizni sehrlash uchun har qanday mo''jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz".

133. Shundan keyin ular ustiga to'fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo''jizalar sifatida yubordik. (Shundan) so'ng (ham ular) kibr qildilar va (o'zlari oldindan) jinoyatchilar qavmi edilar.

134. Ular ustiga azob tushganda dedilar: "Ey, Muso! Rabbinga sendagi bergan ahdi (haqqi) bilan biz uchun duo qil! Qasamki, agar bizlardan (shu) azobni ko'tarsang, albatta, senga imon keltiramiz va sen bilan birga Isroil avlodini (o'z yurtlariga) jo'natamiz!"

135. Ulardan o'zlari yetib borayotgan (ma'lum) muddatgacha azobni ko'targanimizda esa, nogoh ular (yana ahdni) buzayaptilar.

136. Bas, (Biz) ulardan "o'ch" oldik - oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlari va ulardan g'aflatda bo'lganlari sababli ularni dengizga g'arq qildik.

137. (Biz) barakotli qilib qo'ygan Yerning mag'rib va mashriqlariga zaiflashtirilayotgan qavm (Muso qavmi)ni merosxo'r qilib qo'ydik. Sabr qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so'zlari (bergan va'dasi) o'z adosini topdi. Fir'avn va (uning) qavmi qurgan (bino)lari hamda ko'targan (qasru burj)larini vayron qildik.


Izoh: Chiroyli so'z yoki berilgan va'da A'rof surasining 129-oyati yoki Nur surasining 55-oyatida Allohning dushmanni halok etib ularni yerga o'rinbosar qilish to'g'risida aytgan so'zi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #167 : 29 Noyabr 2007, 15:15:04 »


138. Isroil avlodini dengizdan o'tkazganimizda, o'z sanamlariga sig'inayotgan bir qavm ustidan chiqib qoldilar-da, aytdilar: "Ey, Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!" (Muso): "Sizlar johil qavm ekansizlar.

139. Zero, ularning (sig'inib) turgan narsalari barbod bo'luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda ish)dir".

140. (Muso yana) dedi: "Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo'ygan Allohdan o'zga iloh qidirayinmi?!"

141. O'g'illaringizni o'ldirib, ayollaringizni qoldirish bilan sizlarni qattiq qiynoqqa solgan Fir'avn ahli (lashkari)dan xalos etganimizni eslangiz! Sizlarning bu (voqea)laringizda ulkan sinov bordir.

142. Muso bilan o'ttiz kecha va'dalashdik. So'ngra uni yana o'n (kecha) bilan to'ldirdik. Shunday qilib, Rabbining qirq kecha deya belgilagan vaqti kamoliga yetdi. Muso (keta turib) o'z birodari Horunga: "Qavmimda (sen qolib) mening o'rinbosarim bo'lgin, (xatolarini) isloh et va buzg'unchilar yo'liga ergashmagin!" - dedi.

143. Muso Biz belgilagan vaqtda (Tur tog'iga) kelgach, u bilan Rabbi bevosita gaplashdi*. Muso: "Rabbim! (O'zingni) menga ko'rsatgin, Senga bir nazar qilay!" - dedi. (Alloh): "Meni ko'ra olmaysan*. Lekin (ana u) toqqa (bir) boq! Agar Men unga bir jilva qilganimda (toqat qilib) o'z o'rnida tura olsa, sen ham meni ko'rasan", - dedi. Rabbi toqqa tajalliy (kichik bir ko'rinish) qilgan edi, uni maydalab tashladi. Muso (ham ta'sirlanib) behush holda yiqildi. Hushiga kelgach, dedi: "Senga tasbeh ayturman, Senga tavba qildim va men mo'minlarning birinchisi (peshvosi)durman".


Izoh: Bu so'zlashuv insonlarning o'zaro suhbatlariga taqqoslanmaydi, balki Allohning zoti va sifatlariga xos ravishda gaplashilgan. Izoh(a): Ya'ni bu dunyodagi foniy ko'zlaring bilan Meni ko'raolmaysan, balki jannatda boqiy ko'zlaring bilan ko'rursan.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #168 : 29 Noyabr 2007, 15:23:22 »


144. "Ey, Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz (tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo'lgin!" - dedi (Alloh).

145. Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har narsadan bitib qo'ydik. Bas, (Ey, Muso!) Ularni quvvat (jiddiylik) bilan olgin va qavmingga ularning yaxshi (bitilgan ahkom)larini tutish (tatbiq etish)lariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori (qanday halokatga yuz tutgani)ni ko'rsatajakman.

146. Yer (yuzi)da nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo'yajakmiz. (Ular) har qanday mo''jizani ko'rsalar ham unga imon keltirmaydilar. Agar to'g'ri yo'lni ko'rsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib olmaydilar. Mabodo noto'g'ri yo'lni ko'rib qolsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib oladilar. Bu(ning sababi) oyatlarimizni yolg'onga chiqarishlari va ulardan g'ofil bo'lganlaridir.

147. Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg'onga chiqarganlarning (qilgan savobli) amallari barbod bo'lur. Faqat qilmishlariga (yarashagina) jazolanurlar.

148. Muso qavmi undan (Tur tog'iga ketgandan) so'ng o'zlarining bezaklaridan bir ma'raydigan buzoq jasadini (ma'buda qilib) oldilar. Uning ular bilan gaplashmasligini, ularni biror yo'lga boshlamasligini ko'rmaganmidilar?! Uni (iloh sifatida) tutdilar. (Ular oldindan) zolim edilar.

149. Qo'llaridan ("tarvuzlari") tushib (pushaymon bo'lib), o'zlarining adashganliklarini ko'rganlarida, aytdilar: "Qasamki, agar Rabbimiz bizga rahm qilmasa va (gunohimizni) kechirmasa, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lishimiz aniqdir".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #169 : 29 Noyabr 2007, 15:28:32 »


150.  Muso o'z qavmi sari (Tur tog'idan) qaytar ekan, (qavmining qilmishlaridan) g'azablangan va taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri (kelmay turib) shoshqaloqlik qildingizmi?" - deb (qo'llaridagi) lavhlarni tashlab, akasining boshi (sochi)dan tutib o'ziga tortdi. (Akasi Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li! Bu qavm meni zaif bilib, o'ldirishlariga sal qoldi. Endi, sen (ham) meni dushmanlarga kulgi qilmagin va meni zolimlar (safi)ga qo'shmagin!"

151. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Meni va birodarimni mag'firat qilib, bizni rahmatingga kiritgaysan. Sen rahmlilarning rahmlirog'idirsan!"

152. Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari (tarafi)dan g'azab va dunyo hayotida xorlik yetgusidir. (Yolg'on va bo'hton) to'quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz.

153. Gunohlarni qilib, so'ngra ulardan keyin tavba qilgan va imon keltirgan kishilar uchun, shulardan keyin (ham) Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.

154. Musoning g'azabi so'ngach, lavhlarni (yerdan) oldi. Undagi bitikda Parvardigorlaridan qo'rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.


Izoh: Bu oyat tafsirida qarama-qarshi fikrlar bayon etilgan. Masalan, bir mufassir Muso Lavhlarni tashlab yuborganida, ular sinib ketgan edi, desalar, boshqasi ular sinmagan edi, deydilar. Yana boshqa bir mufassir lavhlar singan edi, lekin Muso ularni yig'ib turib, yangi nusxa ko'chirib olgan edilar, deb ta'kidlaydilar.

155. Muso belgilagan vaqtimiz (va joyimizga kelish) uchun qavmidan yetmish kishini tanladi. Ularni qattiq zilzila tutgan paytda (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Xohlasang ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan bo'lur eding. Ichimizdagi nodonlarning qilmishlari uchun bizlarni halok qilasanmi?! Bu faqat bir sinovingdirki, u orqali xohlagan kishingni adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyat qilasan. O'zing egamizsan. Bas, bizlarni mag'firat et (kechir) va bizlarga rahm qil. Sen kechiruvchilarning (eng) yaxshisidirsan.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #170 : 29 Noyabr 2007, 15:34:42 »


156. Bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozgin. Biz Senga qaytdik". (Alloh) dedi: "Azobimni xohlagan kishimga yetkazurman. (Ammo) rahmatim hamma narsadan kengdir. Uni taqvoda bo'luvchilar, zakot beruvchilar va oyatlarimizga imon keltiruvchilarga yozajakman.

Izoh: Ya'ni bu dunyoda bizga toatibodat qilishni muvaffaq ayla. Oxiratda esa, bizlarni jannatga doxil et.

157. Ular omiy (savodsiz) elchi - ismi o'zlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan payg'ambarga ergashadilar. U (payg'ambar) ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ularning yuklarini va ustilaridagi kishan (qiyinchilik)larini olib tashlaydi. Bas, unga imon keltirgan, uni ulug'lagan, unga yordam bergan va u bilan birga nozil qilingan nur (Qur'on)ga ergashganlar, aynan o'shalar tolei yor kishilardir".

158. Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, odamlar! Men sizlarning barchangizga (yuborilgan) Allohning rasuli (elchisi)dirman. U (Alloh) osmonlar va Yerning hukmronligi O'z qo'lida bo'lgan zotdirki, undan o'zga (hech bir) iloh yo'q. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Bas, Allohga va Uning rasuli - Allohga va Uning kalimalari (ilohiy kitoblari)ga ishonadigan ummiy payg'ambarga (Muhammadga) imon keltiringiz va unga ergashingiz, toki hidoyat topgaysizlar!"

159. Muso qavmi ichida shunday ummat (guruh) ham borki, (ular odamlarni) haq (so'z) bilan hidoyatga boshlaydilar va u (haq) bilan (hukmlarda) odillik qiladilar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #171 : 29 Noyabr 2007, 15:38:03 »


160. Ularni o'n ikki urug'-ummat qilib bo'lib tashladik* va Musodan qavmi suv talab qilganda, unga: "Asoying bilan toshni urgin!" - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. Har bir (urug'ga tegishli) odamlar o'z suv ichadigan joyini bilib oldilar. Ular uzra bulutlarni soyabon qildik va ustilaridan shirinlik va bedanalar yog'dirib: "Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklaridan yenglar" (dedik). Ular (itoatsizliklari bilan) Bizga zulm qilmadilar, balki o'zlariga zulm qiladigan bo'ldilar.

Izoh: Ya'ni Ya'qub (a.s.) ning o'n ikki o'g'lidan o'n ikki qabila paydo bo'lgan. Oyatning davomi Baqara surasida ham takror kelgan.

161. Ularga: "Shu shahar (Baytul-Maqdis)da istiqomat qilingiz va undagi xohlagan joyingizdan oziqlaningiz hamda "kechir" deb, sajda qilgan holingizda darvozadan kiringiz, shunda sizlarning xato (gunoh)laringizni kechiramiz. Ezgu amal qiluvchilarga (savobimizni) ziyoda qilurmiz", - deyilganini (eslang).

162. Bas, ulardan zolim bo'lganlari ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Natijada zulm qilganlari sababli ularga osmondan azob yubordik.

163. Ulardan dengiz bo'yida joylashgan qishloq (ahli) haqida so'rang! Qaysiki, shanbalik (bayrami) qilgan (ovlamagan) kunlarida baliqlari ular sari suv betida oqib kelar, shanbalik qilmagan kunida esa (baliqlari) ular sari kelmas edi. Ana shu shanbalikda  (ular) haddan oshar edilar. Shu tarzda ularni buzg'unchiliklari bilan sinaymiz.


Izoh: Shanba kuni voqeasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, Dovud (a.s.) zamonlarida Ayla yoki Madyan shahrining yahudiy xalqi uchun ulug' sanalmish shanba kuni baliq ovlash Alloh tarafidan sinov maqsadida man etilgan edi. Ular qarashsa, baliqlar ov qilinadigan qirg'oqqa shanba kuni ko'p, boshqa kunlar oz kelarmish. Turli hiylalarni o'ylab topishga kirishadilar. Shayton ularga shanba kuni ovlamaslik, lekin bir tomondan hovuz kovlab, oqib kelgan baliqlarga shanba kuni qo'l tekizmay hovuzga kiritib, yakshanba kuni yig'ib olishni o'rgatadi. Natijada ular Allohning la'natiga qolib, maymunga aylanib qoladilar. Ov taqiqlangandan keyin ular uch toifaga bo'linib olgan edilar. Birinchi toifa orasidagi mazkur hiyla bilan ovni davom ettiruvchilar, ikkinchisi ovdan saqlanib, boshqalarni ham undan qaytaruvchilar. Uchinchisi o'zlari ham ovlamay, boshqalarni ham qaytarmaydiganlar. Keyingi oyatda ikkinchi va uchinchi toifa haqidagi munozara bayon etilgan.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #172 : 29 Noyabr 2007, 15:41:13 »


164. Ulardan bir guruhi: "Nima uchun Alloh halok etmoqchi bo'lgan yoki qattiq azob bilan qiynamoqchi bo'lgan qavmga nasihat qilyapsizlar?" - deyishganda, (nasihatgo'ylar): "Rabbingizga ("Aytdik, lekin itoat qilishmadi", - deb) uzr aytishar va taqvo qilishar degan umidda (nasihat qildik)", - dedilar.

165. Ularga eslatilgan narsani unutishgach, yomonlikdan qaytaruvchilarga najot berdik va zulm qilganlarni esa buzg'unchiliklari sababli yomon azobga tutdik.

166. Ularga man etilgan ishdan (qaytmasdan) o'jarlik qilganlarida: "Qadrsiz maymunlarga aylaningiz!" - deb ularga (qarg'ish so'zini) aytdik.

167. Rabbingiz ular ustiga to qiyomat kunigacha ularni qattiq azob bilan qiynaydigan kishilarni yuborib turajagini e'lon qildi. Albatta, Rabbingiz jazosi shitob va albatta, U kechirimli va rahmli (ham)dir.

168. Ularni (yahudiylarni) Yer yuzi bo'ylab turli xalqlarga bo'lib tashladik. Ular ichida solih (yaxshi)lari ham, undan berilari ham bor. Ularni zora (to'g'ri yo'lga) qaytsalar, deb yaxshilik (ne'mat)lar va yomonlik (musibat)lar bilan sinab ko'rdik.

169. Ular ortidan Kitob (Tavrot)ga merosxo'r bir avlod kelib, bu dunyo matohini oladigan va "Biz kechirilamiz" deydigan (bo'ldilar). Vaholanki, ularga uning barobarida (yana) matoh kelib qolsa, olaveradilar. Axir, ulardan Alloh sha'niga faqat haq (gaplar)ni aytishlari uchun Kitob (Tavrot) ahdi olinmaganmidi? Undagi (oyat)larni o'rgangan ham edilar-ku! Oxirat diyori taqvo qiluvchilar uchun (dunyo matohidan) yaxshidir. Bas, (buni) anglamaysizlarmi?!

170. Kitob (Tavrot)ni mahkam tutib, namozni mukammal o'qiydiganlar esa, (bilib qo'ysinlarki,) Biz islohotchilar (ahli salohlar) mukofotini zoye qilmagaymiz.


Izoh: Ya'ni Abdulloh ibn Salom kabi Tavrotni ham o'zgartirmagan va Qur'oni karimga ham imon keltirganlarga ikki barobar ajr ato qilurmiz.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #173 : 29 Noyabr 2007, 15:44:57 »


171. Eslang, (Ey, Muhammad,) ular ustiga tog'ni soyabon yanglig' surib keltirdik. Ular uni ustilariga tushib ketadi, deb o'yladilar. (Shunda Biz aytdik): "Sizlarga keltirgan narsamiz (Tavrot)ni mahkam tutingiz va taqvoli bo'lishingiz uchun undagi narsa (oyatlar)ni yod etingiz!".

172. Rabbingiz Odam o'g'illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o'zlariga guvoh qilib turib: "Men Rabbingiz emasmanmi?" (dedi). (Ular): "Yo'g'e! (Rabbimizsan!) Guvohlik berdik", - dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g'ofil (bexabar) edik"


Izoh: Allohning ruhlar bilan mana shu gaplashuvini "Al-Miysoq" deyiladi. Miysoq-ahdlashuv. Bu ahdlashuvning hikmatlaridan biri shuki, qiyomat kuni mushriklar: "Biz Allohning yagonaligini va bizning ham rabbimiz ekanini bilmay, ota-bobolarimiz kabi mushrik holda o'tibmiz. Ularning xatosiga bizlarni sherik qilasanmi?" - deyishi mumkin bo'lgan da'vosiga javoban Alloh taolo mazkur oyat orqali o'sha ahdlashuv jarayonini eslatib qo'ymoqda.

173. yoki, "Oldindan ota-bobolarimiz mushrik bo'lganlar. Biz ulardan keyin kelgan zurriyot edik. (O'sha) nohaq kishilarning fe'llari sababli bizni halok qilasanmi?" - deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik).

174. Shu tarzda oyatlar tafsilotini qilurmiz va shoyad (ular yomon yo'ldan) qaytsalar.

175.  (Ey, Muhammad!) Oyatlarimizni berganimizda ulardan chiqib ketgan (amal qilmagan) odamni shayton (o'ziga) ergashtirib olgani, natijada (u) adashganlardan bo'lib qolgani (haqidagi qissa)ni ularga o'qib bering!

176. Agar xohlaganimizda, uni ular (oyatlar) sababli (martabasini) ko'targan bo'lur edik. Lekin, u yerga hirs qo'ydi va (nafs) havosiga ergashdi. Uning misoli go'yo bir itdirki, unga hamla qilsang ham (tilini osiltirib) hansiraydi, o'z holiga qo'ysang ham hansirayveradi. Bu o'sha oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misolidir. Bu qissalarni (ularga) aytib bering, zora tafakkur qilsalar!

177. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misoli qanday ham mudhishdir?! (Ular) o'zlariga zulm qilar edilar.

178. Kimniki Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, bas, o'sha (odam) to'g'ri yo'l topuvchidir. Kimni adashtirgan bo'lsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #174 : 29 Noyabr 2007, 16:02:01 »


179. Jinlar va insonlarning ko'pchiligini jahannam uchun yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan "anglamaydilar". Ularda ko'zlar bor, (lekin) ular bilan "ko'rmaydilar". Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan "eshitmaydilar". Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o'shalar g'ofillardir.

180. Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar.

181. Yaratganlarimiz ichida haq (yo'l)ga hidoyat qiladigan va u (haq) bilan adolat qiladigan ummat (jamoat) ham bordir.

182. Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa, (ular) bilmaydigan jihatdan "darajali" qilib (o'z holiga vaqtincha qo'yib berib) turamiz.

183. Ularga muhlat beraman. "Makrim" esa qattiqdir.

184. Tafakkur qilmaydilarmi?! Ularning sohibi (Muhammad)da hech qanday majnunlik yo'q. U faqat aniq ogohlantiruvchidir.

185. Osmonlar va Yerning mulku saltanatiga, Alloh yaratgan har (bir) narsa va ajal (muddat)lari yaqinlashib qolganiga (bir) nazar tashlamadilarmi?! Undan (Qur'on inkoridan) keyin (yana) qaysi gapga ishonar ham edilar?!

186. Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, uni to'g'ri yo'lga solib qo'yuvchi (odam) yo'qdir. U (kabi)larni o'z tug'yoni (haddan oshgan hollari)da gangib yurishlariga qo'yib beradi.

187. Sizdan (ey, Muhammad!) qiyomat haqida, uning qachon qoim bo'lishini so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi Rabbim huzuridadir. Uning vaqti (kelgani)da uni O'zi bildiradi. (Qiyomat) osmonlar va Yerga og'irlik (tushkunlik) qilur. Sizlarga (u) to'satdan kelib qolur". Sizdan go'yo u haqda vakil (xabardor bo'lganingiz)dek so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi (aniq ma'lumoti) Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #175 : 29 Noyabr 2007, 16:05:50 »


188. Ayting: "Alloh xohlaganidan tashqari o'zim uchun (biror) foyda va zarar (keltirish)ga ega emasman. Agar g'ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko'p qilgan bo'lur edim va menga yomonlik (ham) yetmagan bo'lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman".

189. U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir. Unga yaqinlik qilgach, u (Havvo) yengil homilali bo'ldi va u bilan (bir muddat) yurdi. (Yuki) og'irlashganda, har ikkisi (Odam va Havvo) Rabbilari (bo'lmish) Allohga duo qilib: "Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lajakmiz" (dedilar).

190. Ikkisiga solih (farzand) ato etgach, ikkisiga bergan narsasida Unga "sherik"larni (nisbat) berdilar. Alloh (esa) ular keltirgan shirkdan oliy (pok)dir.


Izoh: Havvo onamiz farzand ko'rganlarida, Iblis kelib nomini "Abdulhars", ya'ni Dehqonchilik quli, deb qo'yishga undaydi. Havvo xuddi shunday qiladilar. Bu oyatda bu ishni shirk keltirish deb tanqid qilinmoqda. Boshqa tafsirlarda bu kabi shirkiy nom qo'yish Odam Atodan to Muhammad (a.s.) davrilarigacha ham davom etib kelgan. Masalan, Abdu Manof, Abdul-Uzzo, Abduddor va hokazo. Oyatda umumiy holda barcha noto'g'ri nom qo'yuvchilar tanqid etilmoqda, deyiladi.

191. Biror narsani yaratmaydigan, balki o'zlari yaratiluvchi bo'lgan narsani (Allohga) sherik qiladilarmi?!

192. Ular uchun (biror) yordam ko'rsatishga yaramaydilar va o'zlariga ham yordam qilmaydilar.

193. Agar ularni hidoyat sari chorlasangiz, sizlarga ergashmaydilar. Ularni chorlaysizlarmi yoki sizlar jim turuvchimisizlar - sizlar uchun barobardir.


Izoh: Gap but-sanamlar haqida ketmoqda.

194. Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz o'zlaringga o'xshash bandalardir. Agar rostgo'y bo'lsangiz, ularga iltijo qilib ko'ringiz - ular sizlarga ijobat qilsin!

195. Ularning oyoqlari bormiki, ular bilan yursalar yo qo'llari bormiki, ular bilan kuch ko'rsatsalar, yoki ko'zlari bormiki, ular bilan ko'rsalar, yoxud quloqlari bormiki, ular bilan eshitsalar?! Ayting: "Shirk (but va sanam)laringizni chaqiringiz va menga muhlat bermasdanoq menga makr qilingiz!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #176 : 29 Noyabr 2007, 16:09:43 »


196. Mening egam Kitob nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni do'st tutar.

197. Uni qo'yib sig'inayotgan narsalaringiz sizlarga ham yordam ko'rsatishga yaramaydi, o'zlariga ham yordam bermaydi".

198. Ularni (sanamlarni) hidoyat sari chorlasangiz, eshitmaydilar. Sizga qarab tursalarda, lekin ko'rmasliklarini kuzatasiz.

199. Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o'giring!

200. Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.

201. Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o'shanda ular (haqni) ko'ruvchidirlar.

202. Ularning do'stlari yo'ldan urishda ularga yordam beradilar. (Bu ishda) sustlik qilmaydilar.

203. Ularga oyat keltirmasangiz, "Uni o'zing tanlab (to'qib) qo'yaqolmaysanmi?!" - deyishadi. Ayting: "Men faqat Rabbimdan menga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman. Bu (Qur'on) imon keltiradigan qavm uchun Rabbingizdan ko'rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir".

204. Qur'on o'g'ilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar!

205. Rabbingizni ichingizda tazarru va qo'rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko'tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting! G'ofillardan bo'lmang!

206. Haqiqatan, Rabbingiz huzuridagi (farishta)lar Uning ibodatidan kibr (ibo) qilmaydilar. Unga tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar.


(Sajda oyati.)
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #177 : 29 Noyabr 2007, 16:15:05 »


ANFOL SURASI

Anfol - o'ljalar.   

   Surada urush-jang, o'lja taqsimoti, imon, e'tiqod, taqvo, amali solih va boshqa muhim masalalar haqida ilohiy ko'rsatmalar berilgan. Unda asosan Badr jangi voqealari batafsil bayon etilgan. Ma'lumki, Badr jangi hijratning ikkinchi yili ramazon oyida Madinaga yaqin Badr qishlog'ida kechgan. Bu jangda musulmonlar ozchilik, kam qurollangan bo'lishiga qaramasdan, ko'psonli va puxta qurollangan mushriklar to'dasi ustidan g'alaba qozonganlar. Yov qo'shinlaridan yetmish kishi halok etilib, yana yetmish kishi asir olingan va katta o'lja qo'lga kiritilgan. Jangdan keyingi o'lja taqsimida ayrim musulmonlar o'rtasida nizo chiqqani bois, surada ularga pand-nasihatlar qilinadi.   

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Sizdan (ey, Muhammad,) o'ljalar haqida so'raydilar. Ayting: "O'ljalar Alloh va Payg'ambarnikidir. Bas, Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni tuzatingiz! Agar mo'min bo'lsangizlar, Alloh va (Uning) rasuliga itoat etingizlar!

Izoh: Badr jangidan so'ng tushgan o'ljalar taqsimida yosh jangchilar bilan keksa jangchilar o'rtasida biroz kelishmovchilik ro'y bergan. Muhammad (a.s.) ularni sulhga keltirib, o'ljani hammasiga barobar taqsim qilganlar.

2. Mo'minlar - Alloh (nomi) zikr etilganda - dillari qo'rquvda bo'ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan,

3. namozni mukammal o'qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir.

4. Aynan o'shalar haqiqiy mo'minlardir. Ular uchun Parvardigorlari huzurida darajalar va farovon rizq (bordir).   

5. (Bu) Rabbingiz uyingizdan Sizni haq (yo'l) bilan chiqargani kabidir. Mo'minlardan bir guruhi esa (bu chiqishni) yoqtirmaydiganlardir.

6. Siz bilan haq to'g'risida (u) ayon bo'lgandan keyin bahslashmoqdalar. (Bu) go'yoki, qarab turgan hollarida, ularni o'lim sari haydalayotgandekdir.   

7. Allohning ikki toifadan biri sizlarga bo'ladi, deb va'da qilganini eslang. Vaholanki, shavkatli bo'lmagani sizlarga bo'lishini xohlaysizlar. Alloh (esa) o'z kalima (amr)lari bilan haqni haqqa chiqarish va kofirlarni tor-mor qilishni xohlaydi.


Izoh: Ikki toifaning birinchisi mushriklar karvoni, ikkinchisi Makkadan musulmonlar ustiga bostirib kirgan yov lashkari. Ma'lumki, Madinada hijratdan keyin Islom rivoj topib, musulmonlar qad rostlab olganlaridan keyin mushriklardan qasos olish fursati yetgan edi. Zero, musulmonlar Makkada uy-joylarini, yer va bog'larini tashlab hijrat qilib ketgan edilar. Makka mushriklari ularning qoldirib ketgan mol-mulk va boyliklarini o'zlashtirib olgan edilar. Shuning uchun ham mushriklar savdogarlik yo'li bilan karvonlarda Madina atrofida o'tib qolsalar, muhojir musulmonlar ularning yo'llarini to'sib, o'z mol-mulklari evaziga mushriklarning matoh va ashyolarini o'lja qilib olishga harakat qilar edilar. Bunga Alloh ham, rasuli ham rozilik bergan edilar. Bu oyatdagi ikki toifaning biri Shomdan qaytayotgan Makka mushriklari edi. Ularni qarshi olish uchun Rasululloh bir guruh sahobalar bilan yo'lga chiqadilar. Bundan xabar topgan Makka mushriklari katta qo'shin to'plab Madina sari yo'l oladilar. Shunda Payg'ambar (a.s.) Allohning amri bilan karvonni qo'yib, yov lashkari bilan jang qilishni ixtiyor etadilar. Ba'zi sahobalar e'tiroz bildirib: "Tayyor karvon o'lja bo'lib turganda, yovning katta qo'shiniga bas kelib bo'ladimi?" - deb norozilik bildirganlar. Ko'pchiligi esa Payg'ambarga itoat etishni lozim topganlar. Surada shu kabi sinovlarga baho beriladi.

8. Jinoyatchilar (mushriklar) yoqtirmasalar ham (Alloh) haqni haq, nohaqni nohaq (ekanini isbot) etish uchun (shu ishlarni qiladi).   



Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #178 : 30 Noyabr 2007, 15:16:36 »


9. Rabbingizga (yordam so'rab) faryod qilganingizda: "Men sizlarga ketma-ket (keluvchi) ming nafar farishta bilan madad beruvchidirman", - deb (duoingizni) ijobat etganini eslang!   

10. Alloh (bu yordamni) faqat (sizlarga) xushxabar bo'lishi va dillaringiz taskin topishi uchun qildi. G'alaba faqat Alloh huzuridangina (bo'lur). Alloh, albatta, qudrat va hikmat sohibidir.

11. Uning tarafidan xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani, ustilaringizga osmondan suv (yomg'ir) tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga (o'zaro) aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit (mustahkam) qilishni iroda etganini eslang!   

12. Rabbingiz farishtalarga vahiy qilib: "Men sizlar bilan birgadirman. Bas, imon keltirganlarni sabotga undangiz! Kufrga ketganlarning dillariga qo'rquv solib qo'yajakman. Bo'yinlar uzra uringiz (qatl etingiz) va ularning har bir barmog'iga (har taraflama) zarba beringiz", - deganimni eslang!

13. Bu shuning uchunki, ular Alloh va Rasuliga muxolif bo'ldilar. Kimki Alloh va Rasuliga muxoliflik qilsa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir.

14. Ana shu sizlarga! Uni totib ko'ringiz! Kofirlar uchun (esa) do'zax azobi muqarrardir.

15. Ey, imon keltirganlar! Kofir bo'lganlar to'dasi bilan to'qnashganingizda, ulardan ortga qarab chekinmangiz!   

16. Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'azabi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur. Qanday ham yomon oqibat bu?!   


Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #179 : 30 Noyabr 2007, 15:22:36 »


17. Ularni sizlar o'ldirmadingiz, balki ularni Alloh o'ldirdi. Otganingizda Siz otmadingiz (ey, Muhammad,) balki Alloh otdi. Mo'minlarni O'zining yaxshi sinovi bilan (bir) sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.

Izoh: Muhammad (a.s.) yov lashkari bilan to'qnash kelganlarida, qo'llariga bir hovuch tuproq olib: "Shohatil - vujuh!" -ya'ni, yuzlaring qursin! - deb ular tomon sochib yuborganlar. Allohning amri bilan lashkarlar ko'zi chang bilan to'lgan. Oyatda shu ilohiy madadlar eslatilmoqda.

18. Sizlarga - shu! Alloh esa kofirlar makrini susaytiruvchidir.

Izoh: Bu yerda Makka ahliga qarata xitob qilinmoqda.

19. Agar yordam so'rasangiz, mana sizlarga yordam keldi. Agar tiyilsangiz, unda u sizlar uchun yaxshidir. Bordi-yu (yana) qaytsangiz, (Biz ham) qaytamiz. Sizlarga to'dangiz biror foyda bermaydi, garchi ko'pchilik bo'lsa ham. Alloh esa, mo'minlar bilan birgadir.   

20. Ey, imon keltirganlar, Allohga va (Uning) Rasuliga itoat etingiz! O'zlaringiz eshitib turib, Undan yuz o'girib ketmangiz!   

21. O'zlari eshitmasalarda, "Eshitdik" deydiganlardan bo'lmangiz!   

22. Allohning nazdida hayvonlarning eng yomoni bu aqlni ishlatmaydigan "kar" va "soqov"lardir.

23. Agar Alloh ularda yaxshilik (bo'lishi)ni bilsa edi, ularni eshitadigan qilib qo'yar edi. Eshitadigan qilganda ham (ular) bosh tortib, yuz o'girgan bo'lar edilar.   

24. Ey, imon keltirganlar! Sizlarni tiriltiruvchi narsa (ilm olish) uchun chorlaganlarida, Allohga va Rasulga (labbay deb) javob qilingizlar! Yana bilib qo'yingizki, Alloh inson bilan uning dili (o'rtasi)da "parda"ni bo'lib turadi va Uning (huzuriga) jam bo'lursizlar.


Izoh: Ya'ni Alloh shu qadar insonga yaqin.

25. Sizlardan faqat zolimlargagina xos bo'lmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo'ladigan) fitna (azob)dan saqlaningiz va bilib qo'yingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir.

Izoh: Arab tilida fitna oyatdagi sinov ma'nosida ham keladi. Demak, boylik va farzandlarni Alloh taolo bandalarini sinab ko'rish uchun berar ekan. Ya'ni boylikni xayrli ishlarga sarf etish, farzandlarga to'g'ri tarbiya berish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish lozimligi ma'lum bo'ladi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 636661
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 29982
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 29198
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17832
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4750
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin