Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 398353 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #180 : 04 Dekabr 2007, 10:47:02 »


26. Yana, sizlar Yerda (Makkada) ozchilik va zaiflashgan holingizda, odamlar (mushriklar) sizlarni talon-taroj qilib ketishlaridan qo'rqib turganingizda, sizlarga (Madinadan) joy berib, yordami bilan sizlarni quvvatlagani va shukr qilarsizlar, deb pokiza (ne'mat)lar bilan rizqlantirganini eslangizlar!   

27. Ey, imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi qo'ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz!   

28. Bilib qo'yingizki, albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (gunoh, azob va mashaqqat manbai)dir. Allohning huzurida (esa) ulkan mukofot (bordir).   

29. Ey, imon keltirganlar! Agar Allohdan qo'rqsangiz, Sizlar uchun (haq bilan nohaqlikni) ajrim etuvchi (yordam)ni berur va gunohlaringdan o'tib, sizlarni mag'firat qilur. Alloh ulkan fazl sohibidir.   

30. Kofir bo'lganlarning Sizni asir olish yo o'ldirish yoki (yurtdan) chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini eslang! (Ular) makr qiladilar, Alloh (ham) "makr" qiladi*. Alloh makr qiluvchilarning yaxshisidir.   

31. Ularga oyatlarimiz o'qib berilsa, "Eshitdik, bas! Xohlasak, (biz ham) shunga o'xshash (oyatlar)ni aytar edik. Bu avvalgilarning afsonalaridan boshqa narsa emas",- deyishadi.   

32. Ular: "Ey, Alloh! Agar shu (Qur'on) Sening huzuringdanligi haq bo'lsa, (mayli) ustimizga osmondan tosh yog'dir yoki bizga alamli azob keltir",- deganlarini eslang!

33. Ularning ichida Siz bo'la turib, Alloh ularni azoblovchi emas. Ular istig'for aytib (kechirim so'rab) turgan hollarida ham Alloh ularni azoblovchi emas.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #181 : 04 Dekabr 2007, 10:51:26 »


34. Ularga ne bo'ldiki, (mo'minlarni) Masjidi Harom (ziyorati)dan to'ssalar ham, ularni Alloh azoblamasin, deydilar?! Ular uning (Masjidi Harom)ning egasi emaslar. Uning egalari faqat taqvoli (mo'min) kishilardir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.   

35. Ularning Bayt (Ka'ba) oldidagi namozlari faqat hushtak va chapak chalishdan iborat edi*. Bas, (ey, mushriklar, Badr jangi kuni) kufringiz sababli azobni totingiz!


Izoh: Ya'ni Rasululloh Ka'bada namoz o'qisalar, ular qiroatdan yanglishtirish maqsadida hushtak va chapak chalar edilar.

36. Kofir bo'lganlar mol-mulklarini Alloh yo'lidan to'sish uchun sarflaydilar. Bas, ularni sarflaydilar-u, (lekin) o'zlariga (bu) hasrat bo'lib, so'ngra mag'lubiyatga uchraydilar. Kofir bo'lganlar jahannamga (haydalish uchun) jam qilinurlar.   

37. (Bu) Allohning nopokni pokdan ajrim etishi va nopok (kimsa-kofir)larni bir-birlariga qo'shib, qalashgan hollarida hammasini jahannamga tashlashi uchundir. Ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir!

38. Kofir bo'lganlarga ayting, agar (kufrdan) to'xtasalar, o'tmish (gunoh)lari kechirilur. Bordiyu (kufrga) qaytsalar, (unda) oldingilarning yo'li (ibrat sifatida) o'tgan.


Izoh: Ya'ni o'sha kufrda o'tganlarning kuni bular boshiga ham kelur.

39. Fitna (shirk) yo'q bo'lgunicha va din butunlay Allohga bo'lgunga qadar ular bilan urishingiz! Agar (kufr)dan qaytsalar, albatta, Alloh ularning ishlarini ko'rib turuvchidir.

Izoh: Din butunlay Allohga bo'lgunicha deyishdan maqsad - botil dinlar o'rniga Islom dini kelguniga qadar demakdir.

40. Bordiyu (ular) yuz o'girsalar, bilib qo'yingizki, Alloh xojangizdir. (U) naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #182 : 04 Dekabr 2007, 10:55:04 »
O'NINCHI JUZ’
*************************



41. Agar Allohga va ajrim kuni* - ikki qo'shin to'qnashgan kuni - bandamiz (Muhammad)ga nozil qilgan narsamiz (oyatlar, farishtalar, g'alaba)ga imon keltirgan bo'lsangiz, bilib qo'yingizki, o'lja qilib olgan narsalaringizning beshdan biri Allohga, Rasulga, qarindosh(lari), yetimlar, miskinlar va musofirlarga (tegishli)dir. Alloh har narsaga qodirdir.

Izoh: Ajrim kuni - Badr jangida haq bilan botil ajrim bo'lgan kun.

42. Qaysiki, sizlar (Madina)ga yaqinroq tomonda, ular (mushrik)lar uzoqroq tomonda, otliqlar esa sizlardan pastroqda edilar. Agar (mushriklar bilan) va'dalashganingizda ham (baribir) va'da joyi va vaqtida kelisha olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh (jang sababli) halok bo'lganlar ham hujjat bilan halok bo'lishlari, tirik qolganlar ham hujjat bilan tirik qolishlari uchun bo'ladigan ishni (taqdir)ni tamomiga yetkazish maqsadida (yov bilan tasodifan to'qnashtirib qo'ydi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.

43. Tushingizda Alloh ularni Sizga ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! Agar ularni Sizga ko'pchilik qilib ko'rsatganda edi, sizlar sustlashib qolgan va bu ish (jang) to'g'risida nizolashgan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh sizlarni (bundan) salomat qildi. Albatta, U siynalar (dillar)dagi sirlarni biluvchidir.   

44. Bo'ladigan ish (taqdir)ni tamomiga yetkazish uchun (yov bilan) to'qnashganingizda, ko'zingizga ularni ozchilik qilib ko'rsatgani va ularning ko'zlariga sizlarni ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! (Barcha) ishlar Allohga qaytarilur.   

45. Ey, imon keltirganlar! Biror to'daga to'qnash kelsangiz, sabot (va matonat) bilan turingiz va Allohni ko'p yod etingiz, shoyad (shunda) sizga tole yor bo'lsa! 
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #183 : 04 Dekabr 2007, 10:59:15 »


46. Allohga va Rasuliga itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda sustlashib ketursiz va bo'yingiz (obro'yingiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.

47. O'z yurtlaridan - kibr va riyokorlik bilan chiqqan va Allohning yo'lidan to'sadiganlar kabi bo'lmangiz! Alloh ularning qilayotgan ishlarini qamrab (hisobga) oluvchidir.


Izoh: Gap Makka mushriklari ustida borayotir.

48. O'shanda shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatli qilib ko'rsatib: "Bu kun odamlar ichida sizlarga g'olib keladigani yo'q. Mana, men yoningizdadirman!" - dedi. Ikki to'p (lashkarlar) to'qnashganda esa (shayton) ortiga chekinib: "Men sizlardan bezorman. Men sizlar ko'rmagan narsani ko'rayapman. Men Allohdan qo'rqaman. Alloh jazosi qattiq (zot)dir", - dedi.

Izoh: Shaytonning ko'rgan narsasi - osmondan tushayotgan farishtalar edi. Ular musulmon lashkarlari ichiga kirib, yov bilan urushib, g'alabaga sabab bo'ldilar.

49. Munofiqlar va dillarida "illat" bor kimsalar: "Ana u (musulmon)larni (o'z) dinlari mag'rurlantirib qo'yibdi", - deb yurganlarini eslang!* Kimki Allohga tavakkul etsa (U inobatga oladi), albatta, Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir.

Izoh: Musulmonlar ozchilik bo'lishlariga qaramay ko'psonli yov qo'shini bilan to'qnashishga qaror qilganlarida, ba'zi munofiq va dili buzuqlar mazkur ta'na so'zlarni aytgan edilar.

50. Farishtalar kofir bo'lganlarning yuzlari va ketlariga urib jonlarini olayotganlarini ko'rganingizda edi. (Farishtalar o'sha paytda aytadilar:) "Yong'in (do'zax) azobini totingiz!"

51. Bu - o'z qo'llaringiz bilan qilgan qilmishlaringiz tufaylidir. Alloh esa bandalarga zulm etuvchi emasdir.   

52. (Ularning bu hollari) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidir. (Ular) Allohning oyatlarini inkor qilishgach, Alloh ularni gunohlari sababli tutgan edi. Albatta, Alloh quvvatli va jazosi qattiq (zot)dir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #184 : 04 Dekabr 2007, 11:12:27 »


53. Bu (jazolarning sababi) Allohning bir qavmga in'om etgan ne'matini, to ular o'zlaridagi narsani (yomon holatga) o'zgartirmagunlaricha, o'zgartiruvchi bo'lmaganidandir. Shuningdek, yana Allohning eshituvchi va biluvchi ekanidandir.

Izoh: Oyatni yanada kengroq anglash uchun "Ra'd" surasining 11-oyati tajimasi va izohiga qaralsin.

54. (Bu) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidirki, (ular) Parvardigorlarining oyatlarini yolg'onga chiqarishgach, gunohlari sababli ularni halok etdik va Fir'avn zodagonlarini (suvga) g'arq qildik. Hammasi zolim edilar.   

55. Allohning nazdida jonzotlarning eng yomoni - bu kofir bo'lgan kimsalardir. Bas, (shuning uchun ham ular aslo) imon keltirmaydilar.   

56. Ularning ichida Siz bilan ahdlashgandan so'ng, taqvosizlik qilib, har gal ahdlarini buzaveradiganlari bordir.   

57. Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni (halok qilish) bilan ortlaridagi (himoyachi)larni tum-taraqay qiling! Shoyad (shunda) ular eslatma olsalar. 

58. Agar (biror) qavm tarafidan (ahdga) xiyonat (bo'lishi)dan qo'rqsangiz, ularga (ahd bekor qilingani to'g'risidagi xabarni) barobar tarzda tashlang! Albatta, Alloh xoinlarni yaxshi ko'rmagay.   

59. Kofir bo'lganlar "o'zib ketdik" deb o'ylamasinlar. Ular (Allohni) sira ojiz qoldira olmaydilar.   

60. Ular uchun imkoningiz boricha (harbiy) kuch va otliq bo'linmalarni tayyorlab qo'yingizlar! Bu bilan Allohning va o'zlaringizning dushmaningizni va ulardan o'zga sizlar bilmaydigan, lekin Alloh biladigan (dushman)larni ham qo'rquvga solgan bo'lursizlar. Allohning yo'lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga (uning savobi) zulm qilinmagan holingizda to'la-to'kis berilur.

61. Agar ular sulhga moyil bo'lsalar, Siz ham unga moyil bo'ling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #185 : 20 Dekabr 2007, 16:00:15 »


62. Agar (ular) Sizni aldamoqchi bo'lsalar, bas, albatta, Sizga Alloh (O'zi) kifoyadir. U Sizni (O'z) yordami va mo'minlar bilan quvvatlantirgan   

63. va ularning dillarini (o'zaro) yaqinlashtirgan zotdir. Agar (Siz) yerdagi (hamma) narsani sarflaganingizda ham (ularning) dillarini (bir-biriga) bog'lay olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh ularning o'rtasini bog'ladi. Albatta, U qudratli va hikmatlidir.

64. Ey, Payg'ambar! Sizga va Sizga ergashgan mo'minlarga Alloh kifoyadir.

65. Ey, Payg'ambar! Mo'minlarni jangga undang! Agar sizlardan yigirma nafar sabrli (kishi) bo'lsa, ikki yuz nafar (dushman)ni yengar. Agar sizlardan yuz nafar bo'lsa, mingta kofir bo'lganlarni yengar. Sabab - ularning anglamaydigan qavm ekanligidir.

66. Endi, Alloh sizlardan (yukingizni olib) yengillashtirdi. Sizlarda ojizlik bor ekanini bildi. Bas, sizlardan yuz nafar sabrli (jangchi) bo'lsa, ikki yuzta (yov)ni yengar. Agar sizlardan ming nafar bo'lsa, Allohning izni bilan ikki ming (yov)ni yengar. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.   

67. Biror Payg'ambar uchun, to yerda (dushmanlarga) zarba bermagunicha, asirlarga ega bo'lish mumkin emas. (Siz - mo'minlar) dunyo matohini istaysizlar. Alloh esa, (sizlar uchun) oxiratni istaydi. Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir.   

68. Agar Allohning (taqdirda xatoni kechi- rishi to'g'risidagi) bitigi bo'lmaganda, albatta, sizlarga olgan (tovon)laringiz uchun ulkan azob yetgan bo'lur edi.   

69. Olgan o'ljalaringizdan halol-pok holida tanovul etingiz va Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #186 : 20 Dekabr 2007, 16:03:40 »


70. Ey, Payg'ambar! Qo'llaringizdagi asirlarga ayting: "Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (imon borligi)ni bilsa, sizlardan olingan (tovon)dan yaxshiroq narsa berur va sizlarni kechirur. Alloh kechirimli va rahmlidir".   

71. Agar (ular) Sizga xiyonat qilmoqchi bo'lsalar, ular ilgari ham Allohga xiyonat qilgan edilar. Shunda ulardan (jazoga) imkoniyat hosil bo'lgan edi. Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir.

72. Albatta, imon keltirganlar, hijrat qilganlar, mollari va jonlari bilan Alloh yo'lida (dushmanga qarshi) kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko'rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o'shalar bir-birlariga do'stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular bilan do'stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar (ular) sizlardan din xususida yordam so'rasalar, ularga yordam berish sizning zimmangizdadir. Illo, o'rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahdlashuv bo'lgan qavm ziddiga (yordamlashish joiz) emas. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.


Izoh: Makkalik musulmonlar zimmasidagi Madinaga hijrat qilish (ko'chib ketish) farzligi sakkizinchi hijriy yili, ya'ni Makka fath etilganidaN keyin mansuh (bekor) qilinda.

73. Kofir bo'lganlar (ham) bir-birlariga do'stdirlar. Agar shuni qilmasangiz, yerda fitna va katta fasod bo'lur.

74. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (yovga qarshi) kurashganlar hamda (muhojirlarga) joy berib yordam qilganlar, aynan o'shalar haqiqiy mo'mindirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq bordir.   

75. Keyinroq imon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan birga (yov bilan) kurashganlar, aynan o'shalar (ham) sizlardandirlar. Qarindoshlar esa, Allohning Kitobida bir-birlariga yaqinroqdirlar. Albatta, Alloh har narsani biluvchidir.


Izoh: Ya'ni bir-birlaridan meros olishga haqlidirlar.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #187 : 20 Dekabr 2007, 16:11:14 »


TAVBA SURASI

Surada tavbaning qabul qilinishi to'g'risidagi oyat gunohkor bandalar uchun eng bashoratli hodisa bo'lgani uchun unga "tavba surasi" deb nom berilgan. U "Baroat surasi" deb ham ataladi. Baroat - ora ochiqlik.

  Sura avvalida "Bismilloh"ning yo'qligining sababi to'g'risida turli fikrlar aytilgan. Ba'zilar sura oldingi "Anfol surasi"ning davomi desalar, boshqalar surada ko'proq urush, jang, qatl to'g'risida tafsilot kelgani uchun bu maqom "Bismillohir Rahmonir Rahim" kabi Allohning rahmati va mehribonligiga dalolat qiladigan oyat o'qiladigan maqom emas, deb ta'vil qiladilar. Rasulullohdan esa bu to'g'rida ko'rsatma berilmagan.

  Surada asosan 9-hijriy sanada Madina bilan Shom oralig'ida joylashgan Tabuk jangi to'g'risidagi oyatlar o'z ifodasini topgan. Shuningdek, unda yaxshi va yomon niyat bilan masjid qurishning natijalari, imon, kufr, savob-gunoh, tavba-tazarru va boshqa muhim mavzular bayon etilgan.

1. (Bu) Alloh va (Uning) Payg'ambaridan sizlar (bilan) ahdlashgan mushriklarga (nisbatan) ora ochiqlikdir.

Izoh: Ora ochiqlik, ya'ni, mushriklar sulh uchun tuzgan ahdnomalarini buzgandan keyin Alloh taolo musulmonlar ham bundan ogoh bo'lib, ahdnoma bekor etilganini bilib qo'ysinlar, demoqchi.

2. (Ey, mushriklar, urush harom etilgan) to'rt oyda yer (yuzi) bo'ylab sayohat qilingiz va bilib qo'yingizki, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va Alloh kofirlarni sharmsor etuvchidir!

3. Shuningdek, (bu) Alloh va (Uning) Payg'ambaridan "Hajji akbar" (Qurbon hayiti) kuni odamlarga Allohning va Rasulining mushriklardan bezor ekanliklarini e'loni (ham)dir. Agar tavba qilsangiz, bu sizlar uchun yaxshidir. Bordiyu (tavbadan) bosh tortsangiz, u holda bilib qo'yingizki, sizlar Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz. (Ey, Muhammad!) Kofir bo'lganlarga alamli azob haqida "xushxabar" bering!   

4. Ammo sizlar (mo'minlar) ahdlashgan mushriklar keyin sizlarga biror narsada noqislik (vafosizlik) qilmasalar va sizlarga qarshi hech kim bilan hamkorlik qilmasalar, u holda ularning ahdlarini (belgilangan) muddatlarigacha yetkazingiz! Albatta, Alloh taqvolilarni yaxshi ko'rgay.   

5. (Urush) harom qilingan oylar chiqishi bilan mushriklarni topgan joyingizda o'ldiringiz, tutingiz (asir olingiz), qamal qilingiz va har qanday pistirmalarda ularni kuzatib turingiz! Agar tavba qilib, namozni mukammal ado etsalar va zakot bersalar, ularni qo'yib yuboringiz! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.

6. Agar mushriklardan birortasi Sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So'ngra uni xavfsiz joyiga yetkazib qo'ying! Bu ularning bilmaydigan qavm bo'lganlaridandir. 
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #188 : 24 Dekabr 2007, 13:36:56 »


7. Alloh nazdida va Rasuli nazdida qanday ham mushriklarda ahd (vafo) bo'lsin?! Ammo sizlar (bilan) Masjidi Harom (Ka'ba) oldida ahdlashganlar esa, modomiki (ular ahdlarida) sizlar uchun to'g'ri turar ekanlar, (sizlar ham) ular uchun to'g'ri turingiz! Albatta, Alloh taqvodorlarni sevgay.   

8. (Ha) qanday ham?! Vaholanki, agar sizlarni yengsalar, sizlar uchun na ahdni va na shartni rioya qiladilar. Og'izlarida sizlarni rozi qiladilaru, dillari inkor etib (jirkanib) turadi. Aksariyatlari fosiq (itoatsiz)dirlar. 

9. Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotadilar-da, Uning yo'lidan (odamlarni) to'sadilar. Ularning qilmishlari naqadar yomon?!   

10. Mo'min (odam) uchun na ahdga va na shartga rioya qiladilar. Ana o'shalar tajovuzkor (ham)dirlar.   

11. Agar tavba qilsalar va namozni mukammal ado etib, zakot bersalar, u holda (ular) sizlarning din jihatdan birodarlaringizdir. Biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon eturmiz.   

12. Agar ahdlashganlaridan keyin (uni) buzsalar va sizlarga diningizni ta'na qilsalar, unda (bu kabi) kufr peshvolariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun (hech qanday muqaddas) qasamlar yo'qdir. Shoyad (shunda qilmishlaridan) qaytsalar.   

13. Qasamlarini buzgan va Payg'ambarni (Makkadan) chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda o'zlari birinchi bo'lib sizlarga qarshi (jang) boshlaganlar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qo'rqasizlarmi?! Bas, qo'rqishlaringga Alloh haqliroqdir, agar mo'min esangiz.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #189 : 24 Dekabr 2007, 13:41:26 »


14. Ular bilan urushingiz, (shunda) Alloh ularni sizlarning qo'llaringiz bilan azoblaydi, (asirga tushirib) sharmsor qiladi va sizlarni ular ustidan g'alaba qozontiradi hamda mo'minlar qavmi siynalariga shifo beradi

15. va dillaridagi alamni ketkazadi. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning tavbasini qabul etadi. Alloh bilimli va hikmatli (zot)dir.   

16. Yoki sizlardan (Haq yo'lida) kurashgan va Allohdan, Rasulidan va mo'minlardan o'zgalarni (sirdosh) do'st tutmaganlarni Alloh bilmay (sinamay) o'z hollaringizga tashlab qo'yilasizlar, deb hisobladingizmi? Alloh qilayotgan ishlaringizdan ogohdir. 

17. Mushriklar o'zlarining kofirliklariga guvoh bo'lgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari mumkin emas. Ana o'shalarning qilgan ishlari habata (behuda) ketib, do'zaxda o'zlari mangu qolurlar.

18. Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni mukammal o'qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqanlar obod qilurlar. Aynan o'shalar hidoyat topuvchilardan bo'lishlari mumkin.   

19. Hojiga suv ulashish va Masjidi Haromni obod qilish (vazifalarini o'tayotganlar)ni Allohga va oxirat kuniga ishongan va Alloh yo'lida kurashganlar bilan teng qildingizmi?! Alloh nazdida (ular) teng bo'lmaydilar. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay.


Izoh: Abbos, Shayba kabi Makka mushriklarini Ali ibn Abi Tolib(r.a.) Payg'ambarga qarshi kurashganlikda ayblagach, ular: "Biz ham hojilarga suv ulashish, Ka'baning obodonchiligi kabi savobli ishlarni qilyabmiz-ku!"- deya e'tiroz bildirganlarida, mazkur oyat nozil etilgan.

20.  Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (toatida) mollari va jonlari bilan kurashganlar Allohning nazdida darajalari ulkan zotlardir va aynan o'shalar yutuq egalaridir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #190 : 25 Dekabr 2007, 09:14:06 »


21. Parvardigorlari ularga O'z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne'matlari doimiy (bo'lmish) jannat (bog')lari to'g'risida xushxabar berur.   

22. (Ular) o'sha joylarda mangu qolurlar. Albatta, Allohning huzuridagina ulkan mukofot(lar) bordir.

23. Ey, imon keltirganlar! Agar imondan kufrni yaxshiroq ko'rsalar, ota-onalaringiz va aka-ukalaringizni (ham) do'st tutmangiz! Sizlardan kimki ularni do'st tutsa, bas, ana o'shalar zolimlardir.   

24. Ayting (ey, Muhammad): "Agar otalaringiz, farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, xotinlaringiz, qarindoshlaringiz, mehnat bilan topgan mol-mulklaringiz, kasod bo'lishidan qo'rqqan tijoratingiz va yoqtirgan maskanlaringiz, sizlar uchun Alloh va Rasulidan (Madinaga hijrat qilishdan), Uning (toati) yo'lidagi jiddu jahd qilishdan (ko'ra) suyukliroq bo'lsa, (unda) to Alloh o'z amri (azobi)ni keltirguniga qadar kutib turingiz! Alloh (esa) fosiqlar qavmini hidoyat etmagay."


Izoh: Bu oyati karima Makkadan Madinaga hijrat qilishdan bosh tortgan musulmonlarga tahdid sifatida nozil bo'lgan. Zero o'sha paytda Makkada qolish go'yoki, Islomdan qaytish, musulmonlar safini kamaytirish, mushriklar sonini esa ko'paytirishdek hisoblangan. 

25. Alloh sizlarni ko'p joylarda va (xususan) Hunayn kunida g'olib etdi. O'shanda (son jihatdan) ko'pligingiz sizlarni mag'rurlantirgan edi, ammo (bu) sizlardan biror narsani daf qila olmadi va o'zining (shuncha) kengligi bilan yer (sizlarga) tanglik qilib qoldi. So'ngra ortingizga chekindingiz. 

Izoh: Hunayn Makka tevaragidagi vodiy bo'lib, Havozin Qabilasi boshligi Molik 20 ming kishilik lashkar bilan musulmonlar ustiga bostirib kirganda, shu erda harbiy to'qnashuv ro'y bergan. Suraning 25-28-oyatlarida shu xususida bayonot berilgan.

26. So'ngra Alloh Rasuliga va mo'minlarga O'zining taskini (xotirjamligi)ni nozil etdi hamda sizlar oldin ko'rmagan lashkarlar (farishtalar)ni tushirdi va kofir bo'lganlarni azobladi. Bu kofirlarning jazosidir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #191 : 25 Dekabr 2007, 09:17:46 »


27. So'ngra, o'sha (jang)dan keyin Alloh (O'zi) xohlaganlarning tavbasini qabul etadi. Alloh kechirimli va rahmlidir.

28. Ey, imon keltirganlar! Albatta, mushriklar najas (nopok)dirlar*. Shu yillaridan keyin (ular) Masjidi Harom (Ka'ba)ga yaqinlashmasinlar! Agar (sizlar) faqirlikdan qo'rqsangiz, Alloh xohlasa, O'z fazli bilan sizlarni boyitajak. Albatta, Alloh bilimli va hikmatli (zot)dir.


Izoh(a): Bu yerdagi nopoklikni ma'naviy jihatdan izohlanadigan bo'lsa, mushriklar qalbidagi shirk bamisoli najasdirkim, u tavhidga ziddir. Uni moddiy jihatdan izohlansa, shirk va kufr ahli aksari hollarda nopok yurishlari nazarda tutilgan bo'ladi. Masalan, janobatdan g'usl qilmaslik, shar'an halol va harom sanalgan narsalarning farqiga bormaslik kabi. Hijratning to'qqizinchi yilidan boshlab ularga Ka'ba va uning haramiga kirish ta'qiqlandi. Izon(b): Ba'zi musulmonlar Ka'ba atrofiga mushrik tujjorlari kelmaydigan bo'lsa, kundalik ehtiyoj mollariga tanqislik hosil bo'lishidan xavotirga tushganlarida mazkur oyat nozil qilindi.

29. Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom sanamaydigan, haq din (Islom)ni din qilib olmaydigan ahli kitoblardan iborat kishilarga qarshi - to ular o'zlarini past tutib, jizya (soliq)ni naqd bermagunlaricha - jang qilingiz!   

30. Yahudiylar: "Uzayr - Allohning o'g'li", - dedilar, nasroniylar: "(Iso) Masih - Allohning o'g'li", - dedilar. Bu ularning og'izlaridagi (botil) gaplaridir. (Bu gaplari) xuddi avvalgi kofir bo'lganlarning gapiga o'xshaydi. Alloh ursin ularni! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar?!   

31. (Ular) Allohni qo'yib, o'zlarining donishmandlari va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni rabb (iloh) qilib oldilar. Vaholanki, Yolg'iz Allohgagina ibodat qilishga buyurilgan edilar. Undan o'zga iloh yo'q! (Ularning) keltirgan shirklaridan U pokdir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #192 : 25 Dekabr 2007, 09:25:12 »


32. (Ular) Allohning nuri (dini)ni og'izlari (inkorlari va shirklari) bilan o'chirmoqchi (yo'q qilmoqchi) bo'ladilar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasalar-da, O'z nurini kamoliga yetkazmasdan qo'ymagay.

33.  U Rasulini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar yoqtirmasalar-da - barcha dinlar uzra g'olib qilish uchun yuborgan zotdir.   

34. Ey, imon keltirganlar! (Nasroniy) din peshvolari va rohiblarning ko'pchiligi odamlarning mollarini nohaqlik bilan yeydilar va (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sadilar. Oltin va kumushlarni kon (maxfiy xazina) qilib olib, ularni Alloh yo'lida sarf qilmaydiganlarga alamli azob "xushxabari"ni bering!   

35. (Mazkur oltin-kumushlar) jahannam o'tida qizitilib, ular bilan peshonalari, yonlari, orqalari kuydirilgan kuni: "Bu o'zlaringiz uchun saqlagan xazinangizdir. Saqlagan xazinangiz (mazasini) totingiz!" (deyiladi).   

36. Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi - Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq - o'n ikki oydir. Ulardan to'rttasi (urush) harom qilingan oylardir*. Ana shu to'g'ri dindir. Bas, o'sha (oy)larda jang qilib o'zlaringizga zulm qilmangiz! Mushriklar (mazkur to'rt oy asnosida) sizlarga yoppasiga urush ochsalar, (sizlar ham) ularga yoppasiga urush ochingiz! Yana, bilib qo'yingizki, Alloh taqvolilar bilan birgadir!*


Izoh(a): Urush harom qilingan to'rt oy - Zil-qa'da, Zil-hijja, Muharram va Rajab oylaridir. Izoh(b): Ushbu oyat dalolat qiladiki, Islomda mushriklar bilan jang qilish, balki umuman urushishga faqat zarurat taqozosi bilan ruxsat etiladi va shunda ham taqvoni qo'ldan bermaslik va tajobuzkorlikka o'tmaslikka buyuriladi.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #193 : 25 Dekabr 2007, 09:31:18 »


37. Albatta, (hurmatli oylarni) kechiktirish ortiqcha kofirlikdir. U bilan kofir bo'lganlarni chalg'itilur. (Ular) uni bir yil halolga, bir yil haromga chiqarib, Alloh harom qilgan (oylar) adadiga (o'zlaricha) moslab oladilar. Shu tarzda Alloh harom qilgan narsani "halollab" oladilar. Ularga (bu) yomon ishlari ziynatli (tuyuladigan) qilib qo'yildi. Alloh kofirlar qavmini hidoyatga boshlamagay.

38. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga ne bo'ldiki, Alloh yo'lida (yovga qarshi) qo'zg'alingiz, deyilsa, yerga og'irligingizni solasiz (chiqmay o'tirasiz)?! Oxiratdan (kechib) dunyo hayotiga rozi bo'lasizmi? Oxiratga nisbatan dunyo hayotining matohi (lazzati juda) ozdir!   

39. Agar (yovga qarshi) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblab, o'rningizga sizdan boshqa qavmni keltirur. Sizlar (esa) Unga biror narsada zarar yetkaza olmaysiz. Alloh har narsaga qodirdir.


Izoh: Tabuk voqeasiga doir oyatlar. 
  Suraning mazkur va boshqa qator oyatlarida shu voqea tavsiloti beriladi. Tabuk-Madina bilan Shom o'rtasidagi bir voha.

  Hijratning to'qqizinchi yili Vizantiya harbiy qo'shini musulmonlar ustiga bostirib kelayotgani haqida ovoza Rasul(a.s.)ga etib kelgach, ko'p sonli qo'shin to'plab, din va yurt mudofaasi uchun mazkur bodiyga etib keladilar. Lekin Vizantiyaning hech qanday bosqinchilik niyati yo'qligi ma'lum bo'lgach, to'qnashuvsiz qaytib keladilar. Bu voqea asnosida musulmonlar orasidagi tilidagina imon keltirgan ko'plab munofiqlarning sirlari fosh bo'ladi. 


40. Agar sizlar unga (Muhammadga) yordam qilmasangiz, Alloh (O'zi) unga yordam qilgan. Qachonki, uni kofirlar ikki kishining biri sifatida (vatanidan) chiqarib yuborganlarida, ikkovilari g'orda turib, (Muhammad) hamrohi (Abu Bakr)ga: "Tashvish chekma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!" - degan edi*. Shunda Alloh unga taskin (xotirjamlik) nozil etdi va sizlar ko'rmagan lashkarlar (farishtalar) bilan uni quvvatladi hamda kofir bo'lganlar so'zini tuban qildi. Allohning so'zi esa, u yuksakdir. Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir.

Izoh: Ushbu oyatda g'or qissasiga ishorat qilinmoqda. Ya'ni Makka mushriklari musulmonlarga qanchalik tazyiq o'tkazmasinlar, ular dindan qaytmadilar. Bundan g'azablanib, oxiri Muhammad (a.s.) jonlariga qasd qilishga qaror qiladilar. Ul zotga Alloh tomonidan Madinaga hijrat qilib ketishga izn bo'ldi. Abu Bakr Siddiq ikkovlari yo'lga chiqqanlarida, ularning iziga tushgan mushriklardan saqlanish uchun Makka chekkasidagi Savr tog'idagi bir g'orga kirib yashirinadilar. Dushman izquvarlari g'or og'zigacha izlab keladilar. Lekin Allohning marhamati bilan g'or og'zi o'rgimchak to'rlari bilan o'ralib qoladi. Buni ko'rib ular orqaga qaytib ketadilar. Abu Bakr Siddiq g'or og'ziga kelib qolgan dushmanlar Rasulullohga ozor yetkazishadi, deb qattiq tashvishlanib, hayajonlanadilar. Shunda Rasul (a.s.) tasalli berib, mazkur oyatdagi so'zlarni aytganlar.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #194 : 25 Dekabr 2007, 09:39:56 »


41. Yengil va og'ir holatda (ham yovga qarshi) qo'zg'alingiz va Alloh yo'lida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilingiz! Agar bilsangiz, ana shu (ish)ingiz sizlar uchun yaxshidir.

42. Agar (Sizning chaqirig'ingiz) yaqindagi buyum yoki o'rtacha (masofadagi oddiy) safar bo'lganda edi, (ular) Sizga ergashgan bo'lur edilar. Lekin ularga masofa uzoqlik qildi. Albatta, ular o'zlarini halok qilib (charchatib): "Qodir bo'lganimizda, sizlar bilan birga (jangga) chiqar edik", - deb Alloh nomiga qasam ichadilar. Alloh esa ularning (g'irt) yolg'onchi ekanliklarini bilur.

43. Alloh Sizni afv etdi. (Lekin) Sizga rostgo'ylar aniqlanib, yolg'onchilarni bilmaguningizgacha, nega ularga (jangdan qolishga) ruxsat berdingiz?   

44. Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchilar mollari va jonlari bilan jihod qilishdan (qolish uchun) Sizdan ruxsat so'ramaydilar. Alloh taqvodorlarni (yaxshi) bilur.   

45. Balki, Sizdan Allohga va oxirat kuniga imon keltirmaydigan va dillari shak-shubhali bo'lganlargina (jangdan qolish uchun) ruxsat so'raydilar. Ular o'z shubhalarida ikkilanib yuraveradilar.

46. Agar (ular) chiqishni istaganlarida, uning uchun tayyorgarlik ko'rib qo'ygan bo'lur edilar. Lekin Alloh (ularning) qo'zg'alishlarini yoqtirmaydi, ularni susaytirib qo'ydi va ularga: "O'tiruvchilar* bilan birga o'tiraveringiz!" - deyildi.


Izoh: Ya'ni jangga chiqmaganlar qatorida o'tiraveringiz, deyiladi. Bu gapni kim aytgani to'g'risida bahslar bor. Ba'zi tafsirda ular bir-biriga, boshqasida, Rasul (a.s.) achchiqlanib, yoki ularga shayton vasvasa bilan aytgan, deyiladi.   

47. Agar ular sizlarning ichingizda (jangga) chiqqanlarida ham, sizlarga faqat buzg'unchilikni ziyoda qilib, oralaringizga (rahna) solib, sizlarni fitnaga duchor qilgan bo'lur edilar. Sizlarning ichingizda esa, ularga quloq soladigan (ishonuvchi)lar bor. Alloh zolimlarni biluvchidir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 518884
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 24125
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 25288
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 15502
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3888
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin