Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi  ( 398342 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #195 : 25 Dekabr 2007, 09:48:30 »


48. (Ular) oldin ham fitna qo'zg'atmoqchi bo'lgan va ular yoqtirmagan hollarida to haq (g'alaba) kelib, Allohning amri (dini) g'olib bo'lguncha ham ishlaringizni (makr-hiyla, ig'vo bilan) ostin-ustun qilgan edilar.

49. Ular ichida: "Menga izn bering, meni fitnaga qo'ymang!" - deydiganlar ham bor. (Ular jangdan qolish bilan) fitnaga tushdilar-ku! Albatta, jahannam kofirlarni (o'ziga) qamrab oluvchidir.

50. Agar Sizga biror yaxshilik (g'alaba yoki o'lja) yetishsa, (bu) ularga yoqmaydi. Agar Sizga biror musibat yetishsa: "Ishning oldini olibmiz", - deb xursand hollarida yuz o'girib ketadilar.   

51. Ayting: "Bizga Allohning yozib qo'yganidan o'zga narsa yetmaydi. U xojamizdir. Allohga esa, faqat mo'minlar tavakkul etsinlar!"   

52. Ayting: "Sizlar biz uchun ikki xayrli ishdan biri (bo'lishi)ni kutmoqdasiz. Biz ham sizlar uchun Allohning O'z huzuridan yoki bizning qo'limiz bilan sizlarga (yetadigan) biror azobni kutmoqdamiz. Bas, kutaveringiz! Biz ham sizlar bilan birga kutuvchilardirmiz".

53. Ayting: "Xoh ixtiyoriy, xoh majburiy holda nafaqa (sadaqa) qilingiz, (baribir) sizlardan sira qabul qilinmagay. Zero, sizlar fosiqlar qavmi bo'lgansizlar".

54. Nafaqa (sadaqa)larining qabul qilinishidan to'sgan narsa bu - ularning Allohga, Rasuliga kufr keltirganlari, namozga faqat sust holda kelishlari va nafaqa (sadaqa)ni faqat yoqtirmagan hollarida berishlaridir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #196 : 25 Dekabr 2007, 09:58:33 »


55. Bas, Sizni ularning mol-mulklari ham, farzandlari ham taajjublantirmasin! Zero, Alloh o'shalar sababli dunyo hayotida ularni azoblashni* va kofirlik hollarida jonlari chiqishini iroda qilur.

Izoh: Boylik va serfarzandlik tashvishlari eslatilmoqda. Zero, boylik va farzandlar doim ham jonga rohat bo'lavermaydi, ba'zida rohatidan ko'ra zahmati oshib ketish hollari ham kuzatiladi.   

56. Ular: "Sizlardanmiz", - deb Alloh nomiga qasam ichadilar. Vaholanki, ular sizlardan emaslar. Balki, ular qo'rqadigan qavmdirlar.

Izoh: Yuzaki bo'lsa ham imon keltirib, musulmonlar qatorida yurmasak, molu jonlarimizdan ajralib qolishimiz mumkin, deb qo'rqishlari nazarda tutiladi.   

57. Agar ular boshpana yo g'orlar yoki kiradigan joy topsalar, o'sha yerga shitob ketgan bo'lur edilar.   

58. Ular ichida sadaqalar xususida Sizga ta'na qiladiganlar ham bor. Ularga u (sadaqa)lardan berilsa, rozi bo'ladilar. Bordiyu ularga ulardan berilmasa, unda ular birdan achchiqlanadilar.   

59.  Agar ular Alloh va Rasuli ularga ato etgan narsaga rozi bo'lib: "Bizga Alloh kifoya. Bizga, albatta, Alloh o'z fazlidan ato etur va Rasuli ham. Biz Alloh (roziligi)gagina rag'bat qiluvchilarmiz", - desalar edi (o'zlariga yaxshi bo'lur edi).

60. Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna qilinuvchilar, (haq to'lab ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo'lida hamda yo'lovchiga (berish) Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir.


Izoh: Bu ko'rsatilgan kishilarga zakot, xiroj, fitr va ushr kabi sadaqotlar berilishi kerak. Ulardan "dillari oshno qilinuvchilar" mansux etilgan. Ya'ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga ham berilar edi, bu bilan ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq Islom rivoj topgandan keyin Abu Bakr (r.a.) xalifaligi davrida sahobalar ijmosi bilan uning hukmi bekor qilingan.   

61. Ular ichida Payg'ambarga aziyat yetkazadigan va "U quloq" (eshitganiga ishonaveradigan)dir deydiganlar ham bor. Ayting: "(U) yaxshilik qulog'i, Allohga imon keltiruvchi, mo'minlarga ishonuvchi va sizlardan imon keltirganlaringiz uchun rahmat (manbai)dir. Allohning Rasuliga aziyat yetkazadiganlar - ular uchun alamli azob (bor)dir".   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #197 : 25 Dekabr 2007, 10:06:31 »


62. Ular (munofiqlar) sizlarni qoniqtirish uchun (Payg'ambarga aziyat yetkazmadik, deb) qasam ichadilar. Agar mo'min bo'lsalar, (bilib qo'ysinlarki) qoniqtirishlariga Alloh va Rasuli loyiqroqdir.

63. Kimki, Alloh va Rasuli (belgilagan) haddan tajovuz etsa, uning uchun mangulikdagi jahannam olovi bo'lishini bilmaganmidilar?! Bu ulkan sharmsorlik-ku!   

64. Munofiqlar o'zlari haqida dillaridagi narsa (munofiqlik)ni fosh qiladigan sura nozil qilinishidan qo'rqib turadilar. Ayting: "Masxara qilaveringiz, Alloh siz qo'rqayotgan (o'sha) narsani (yuzaga) chiqaruvchidir".

65. Qasamki, agar ulardan (nega masxara qilasiz, deb) so'rasangiz, albatta, ular: "Biz faqat (bahsga) cho'mib, hazillashyapmiz", - deyishadi. Ayting: "Allohni, oyatlarini va Rasulini masxara qilayotgan edingizmi?!"   

66. Uzr aytmangiz! Imoningizdan keyin (yana) kufrga ketgansiz. Agar sizlardan bir toifani (tavba qilgach) afv etsak, boshqa bir toifani jinoyatchi bo'lganlari sababli azoblaymiz.   

67. Munofiq erkaklar bilan munofiq ayollar bir-birlaridandirlar*. (Ular odamlarni) yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan qaytaradilar va qo'llarini (xayr-ehsondan) yumadilar. Allohni unutishgach, (U) ham ularni "unutadi". Munofiqlar, albatta, fosiqdirlar.


Izoh: O'sha davrda munofiqlarning umumiy soni uch yuz kishi bo'lib, ulardan bir yuz yetmishtasi ayollardan edi.

68. Munofiqlar, munofiqalar va kofirlarga Alloh (ular) abadiy qoladigan jahannam olovini va'da qildi. Ularga u kifoyadir. Ularni Alloh la'natladi. Ular uchun yana doimiy azob bordir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #198 : 25 Dekabr 2007, 10:09:52 »


69. (Sizlar, ey, munofiqlar!) Xuddi sizlardan oldingi (munofiq)larga o'xshaysizlar. (Ular) sizlardan quvvatliroq, mol-mulklari va farzandlari ko'proq edi, nasibalaridan bahramand bo'ldilar. Sizlardan oldingilar nasibalaridan bahramand bo'lganlari kabi Sizlar ham (o'z) nasibalaringizdan bahramand bo'ldingiz va (ular) sho'ng'igan narsa (zalolat)ga (sizlar ham) sho'ng'idingiz. Ana o'shalarning (dunyoda qilgan savobli) amallari behuda ketdi. Ziyon ko'ruvchilar ham ana o'shalardir.   

70. Ularga o'zlaridan oldingilar - Nuh, Od, Samud qavmlari, Ibrohim qavmi, Madyan (shahri) aholisi (Shuayb qavmi) hamda ostin-ustun bo'lgan shaharlar (Lut qavmi)ning xabarlari (yetib) kelmabdimi?! Ularga (o'z) payg'ambarlari hujjatlar (mo''jizalar)ni keltirgan edilar. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi bo'lmadi, balki o'zlariga zulm qiluvchi bo'ldilar.   

71. Mo'minlar va mo'minalar bir-birlariga do'stdirlar: (odamlarni) yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytaradilar, namoz(lar)ni mukammal ado etadilar, zakotni beradilar hamda Alloh va (Uning) Rasuliga itoat etadilar. Aynan o'shalarga Alloh marhamat ko'rsatur. Albatta, Alloh qudratli va hikmatlidir.   

72. Alloh mo'minlar va mo'minalarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yashaydigan jannat (bog')laridagi pok maskanlarni va'da qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) kattaroqdir. Ana shu(lar) ulkan yutuqdir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #199 : 25 Dekabr 2007, 10:15:18 »


73.  Ey, Payg'ambar! Kofirlar va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga nisbatan (Siz ham) dag'allik qiling! Ularning joylari jahannamdir. Naqadar mudhish qismat bu!

Izoh: Makka va Madinadagi kufr va nifoq ahli Rosul (a.s.) va musulmonlarga ozor berish, dag'al muomala qilish, masxaralashda haddan oshganlaridan keyin ularning muqobiliga shunday munosabat bilan javob qaytarishga buyurildi. 

74. (Yomon so'z) aytmadik, deb qasam ichadilar. Vaholanki, kufr so'zini aytganlar va islomlaridan keyin (yana) kufrga qaytganlar hamda yetolmagan narsalariga* qasd qilganlar. Alloh va (Uning) Rasuli ularni (Payg'ambar va sahobalarini) fazli (o'ljalar) bilan boyitib qo'ygani uchungina (munofiqlar) ularni yoqtirmadilar. Bas, agar tavba qilsalar, o'zlari uchun yaxshi. Bordi-yu bosh tortsalar, Alloh ularni ham bu dunyo, ham oxiratda alamli azob bilan azoblagay. Yer (yuzi)da ularga na bir do'st va na yordam beruvchi bor.

Izoh: Yetolmagan narsalari - Muhammad (a.s.)ni qatl etishlari edi.

75. Ular orasida: "Agarda bizga (Alloh) fazli (boyligi)dan bersa, albatta, sadaqa qilurmiz va solih (kishi)lardan bo'lurmiz", - deb Alloh bilan ahdlashadiganlar ham bor.   

76. Alloh ularga fazlidan berganda esa, (ular) unga baxillik qildilar va yuz o'girib ketdilar.   

77. Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolg'onchilik qilganlari sababli ularga, to Uni uchratadigan kunlari (qiyomat)gacha dillarida munofiqlik bo'lishini qismat qilib qo'ydi.

78. Allohning ular yashirgan va shivirlaganlarini ham bilishini va Allohning g'ayb narsalarni ham allomasi ekanligini bilmaganmidilar?!   

79. Mo'minlardan ixtiyoriy iona qiluvchilarini va zo'rg'a topib-tutuvchilarni masxaralaydiganlarni Alloh "masxara" qiladi va ular uchun alamli azob (bor)dir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #200 : 26 Dekabr 2007, 16:36:24 »


80. Ular uchun (Siz) xoh kechirim so'rang, xoh kechirim so'ramang - agar yetmish bor ular uchun kechirim so'rasangiz ham - Alloh sira ularni kechirmagay. Bu ularning Alloh va Rasuliga kufr keltirganlaridandir. Alloh esa fosiqlar qavmini hidoyat qilmagay.   

81. (Jangdan soxta uzrlar bilan) qolganlar Allohning rasuliga xilof qilib o'tirishlaridan (o'zlari) shod bo'ldilar va mollariyu jonlari bilan Alloh yo'lida jihod qilishni yoqtirmadilar. Hamda: "Issiqda (jangga) chiqmanglar!" - deyishdi. Ayting: "Agar anglaganlarida edi, jahannam olovi (undan) issiqroqdir".   

82. Bas, (ular) qilmishlarining jazosi uchun (bu dunyoda) oz kulsinlar va (oxiratda) ko'p yig'lasinlar!

83. Bas, agar Alloh Sizni (yana) biror toifa (yov)ga (to'qnashish uchun) qaytarganda Sizdan (jangga) chiqishga izn so'rasalar, ayting: "Men bilan birga (endi) sira chiqmaysizlar va Men bilan birga biror dushmanga qarshi urushmaysizlar ham. Zero, sizlar avvalgi gal (jangga chiqmay) o'tirishga rozi bo'ldingizlar. Yana qoluvchilar bilan (qolib) o'tiraveringizlar!"   

84. Ulardan o'lgan biror kishiga zinhor janoza namozini o'qimang va qabri ustida ham turmang! Zero, ular Allohga va Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiqlik hollarida o'ldilar.   

85. Ularning mol-mulklari va farzandlari (ko'pligi) Sizni taajjublantirmasin! Zero, Alloh ularni (shu dunyoda) o'shalar (tashvishlari) sababli azoblashni va kofirlik hollarida jonlari chiqishini iroda etadi.   

86. "Allohga imon keltiringiz va Rasuli bilan birga jihod qilingiz!" - degan (mazmundagi) sura (oyat) nozil qilinsa, ularning iqtidorli (boy)lari (darhol) izn so'rab: "Bizni qo'ygin, o'tiruvchilar bilan birga bo'laylik!" - deydilar.


Izoh: Yana Tabuk voqeasiga doir oyatlar bayon etilmoqda. Kengroq ma'lumot olish uchun suraning 38-39-oyatlari izohiga qaralsin. 
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #201 : 26 Dekabr 2007, 16:41:35 »
O'N BIRINCHI JUZ’
*************************



87. (Ular) qoluvchi (ayol va bola)lar bilan birga bo'lishga rozi bo'ldilar. Dillari esa muhrlab qo'yildi. Bas, ular (jihodning fazlini) anglamaydilar.   

88. Lekin, Rasul va u bilan birga imon keltirganlar jonlari va mollari bilan jihod qildilar. Yaxshiliklar ana o'shalar uchundir va tolei yor kishilar ham aynan o'shalardir.


Izoh: Diniy istilohlarga ko'ra jihod uch hil bo'ladi. Birinchisi-Nafs bilan kurashish; ikkinchisi-shayton bilan; uchinchisi-yov bilan kurashish. Qur'oni karim oyatlaridagi jihod-mazkur uch dushman bilan kurashish. Shahidlikning ko'pgina turlari bo'lgani kabi jihodning ham turlari ko'pdir. Yana Niso surasi 95-oyat izohiga qaralsin.   

89. Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqadigan, unda mangu qolinadigan jannat (bog')larni tayyorlab qo'ygandir. Ana o'sha - ulkan yutuqdir.   

90. A'robiy (badaviy)lardan ularga ruxsat berilishi uchun uzr ko'rsatuvchilar keldi va (shunday qilib) Allohga va Rasuliga yolg'on gapirganlar (jangga chiqmay uylarida) o'tirdilar. Albatta, ulardan kofir bo'lganlariga alamli azob yetqusidir.   

91.  Zaiflar, bemorlar va (jang uchun) xarj qilishga narsa topa olmaydiganlarga - Alloh va Rasuliga sodiq turgan bo'lsalar - qiyinchilik (majburlik) yo'q. Ezgu ish qiluvchilar (sha'ni)ga (ta'na uchun) yo'l yo'q. Alloh kechirimli va rahmlidir.   

92. Shuningdek, Sizning huzuringizga ularni ulovli qilib qo'yishingiz uchun kelganlarida, "sizlarni ulovli qilishga narsa topa olmayman", - dedingiz. Ular esa sarf qilishga narsa topa olmaganlari uchun g'amgin bo'lib, ko'zlaridan yosh oqib qaytib ketdilar. Ularga ham (ta'na yo'q).

93. (Ta'na uchun) yo'l - o'zlari boy bo'la turib, Sizdan ruxsat so'raydiganlar (sha'ni)gadir. (Ular) qoluvchi (ayol)lar bilan birga bo'lishga rozi bo'ldilar. Alloh ularning dillarini muhrlab qo'ydi. Bas, ular (shuning uchun savob bilan gunoh farqini) bilmaydilar.   


Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #202 : 26 Dekabr 2007, 16:46:04 »


94. Ular sari qaytganlaringizda, sizlarga uzrlarini aytadilar. Ayting: "Uzr aytmangizlar! Sizlarga sira ishonmaymiz. Alloh bizlarga sizlarning xabarlaringizdan bildirdi. Albatta, Alloh va Rasuli ishlaringizni ko'rar. So'ngra g'oyib va oshkora (ishlar)ni biluvchi (zot - Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, (U) sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini berur".   

95. Ular huzuriga qaytganlaringizda ulardan (uzrli deb bilib) beparvo bo'lishlaringiz uchun Alloh (nomi) bilan qasam ichadilar. Mayli, ularga parvo qilmangiz! Zero, ular nopokdirlar. Joylari esa, qilmishlariga yarasha, jahannamdir.   

96. Ulardan qanoat hosil qilishlaringiz uchun sizlarga qasamyod etadilar. Sizlar ulardan qanoatlansangiz ham, Alloh fosiqlar qavmidan sira rozi bo'lmas.   

97. A'robiylar (odatda) kufr va nifoqda kuchliroq va Allohning Rasuliga nozil qilgan narsalar hududini bilmasliklari aniqroqdir. Alloh (esa) ilmli va hikmatlidir.

98. A'robiylar ichida qilgan sadaqasini zarar (ortiqcha chiqim) deb biladigan va sizlarga musibatlar bo'lishini kutib turadiganlar ham bor. Ularga yomon balo bo'lsin! Alloh eshituvchi va biluvchidir.

99. A'robiylar ichida Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan, qilgan sadaqalarini Alloh huzurida yaqinlik va Rasul olqishi deb biladiganlari ham bor. Albatta, u ular uchun (Allohga) yaqinlikdir. Alloh ularni, albatta, o'z rahmati (jannati)ga kirgizur. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.   
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #203 : 26 Dekabr 2007, 16:59:29 »


100. Muhojirlar va ansorlarning dastlabki peshqadamlari hamda ular ortidan ezgulik bilan borganlardan Alloh rozi bo'ldi, ular ham Undan rozi bo'ldilar. Yana ular uchun ostida anhorlar oquvchi, (ular) unda abadiy mangu qoladigan (jannat) bog'larini tayyorlab qo'ydi. Ana o'sha ulkan yutuqdir.

101. Tevaragingizdagi* a'robiylar va Madina aholisi ichida munofiqlar bor. (Ular) nifoqda bardavomdirlar. Ularni (Siz) bilmaysiz, ularni Biz bilamiz. Albatta, ularni ikki bor azoblaymiz*. So'ngra (qiyomatda) ulkan azob (do'zax)ga qaytarilurlar.


Izoh: Madina tevaragida Asad, G'atfon, Juhayna, Aslam, Ashja', G'ifor qabilalari joylashgan edi. Izoh(a): Ikki bor azoblash deganda, ularni qatl etish bilan qabr azobi yoki munofiqliklarini yuziga aytib, sharmsor qilish bilan qabr azobi yoxud ma'muriy va jinoiy jazolash ko'zda tutiladi. Bundan boshqa ta'villar ham bor.

102. Yana boshqalari ham borki, gunohlarini tan olurlar. Yaxshi ishni boshqa – yomoniga aralashtirib yuborganlar. Alloh ularning tavbalarini shoyad qabul qilsa. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.

103. Mol-mulklaridan ularni u sababli poklashingiz va tozalashingiz uchun sadaqa oling va ular (haqqi)ga duo qiling! Albatta, duoingiz ularga taskin (tasalli)dir. Alloh eshituvchi va biluvchidir.

104. Ular Allohning bandalari tomonidan (qilinadigan) tavbani qabul etishini, sadaqalarni olishini hamda Alloh tavbalarini qabul etuvchi va rahmli ekanligini bilmaganmidilar?!   

105. Ayting: "Ishlangizlar! Albatta, Alloh, Rasuli va mo'minlar ishlaringizni ko'rajaklar. Shuningdek, albatta, g'oyib va oshkora (ishlar)ni biluvchi (zot) huzuriga qaytarilursizlar. Bas, (o'shanda) sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini berur.

106. Yana Allohning amriga havola etilgan boshqalari ham borki, ularni yo azoblar yoki tavbalarini qabul etar. Alloh bilimli va hikmatlidir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #204 : 26 Dekabr 2007, 17:03:10 »


107. Yana shundaylar ham borki, ular (mo’minlarga) zarar yetkazish, kufr, mo'minlar orasiga tafriqa solish va oldin Alloh va (Uning) Rasuliga qarshi urushgan (bir) kishiga ko'z tutish uchun masjid qurib oldilar. Yana: "Faqat (bundan) yaxshilikni istagan edik",-deb qasam ham ichadilar. Alloh guvohlik beradiki, ular, albatta, yolg'onchidirlar!

Izoh: Munofiqlar qurgan bu masjid Islom tarixida "Masjidi ziror" nomi bilan tanilgan. Uni Payg'ambarimiz (a.s.) odam yuborib buzdirib, yondirib yuborganlar. Zero, u masjid Qubo masjidi yaqiniga yomon niyatda qurilgan edi. Munofiqlarning bu ishi Allohga ham, Rasuliga ham xush kelmadi.

108. (Ey, Muhammad,) zinhor (Siz) unda (namoz o'qish uchun) turmang! Birinchi kundan taqvoga asoslangan masjid - Sizning o'shanda turishingiz loyiqroqdir. Unda poklanishni xush ko'radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar.

109. Binolarini Allohdan (beriluvchi) taqvo va rozilik asosida qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga qulayotgan jar yoqasini asos qilib olgan va shu sababli (o'zi ham) jahannam o'tiga qulagan kishimi?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmagay.

110. Qurgan binolari (buzib tashlangach,) to yuraklari yorilgunga (o'lgunga) qadar dillarida shak bo'lib qolur. Alloh bilimli va hikmatlidir.

111. Alloh mo'minlardan jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi: Alloh yo'lida jang qilib, o'ldiradilar va o'ldiriladilar. Tavrot, Injil, va Qur'onda O'zining haq va'dasini bergan Allohdan ko'ra kim ahdiga vafodorroqdir?! Bas, bitishgan bu savdolaringizdan shodlaningizlar! Ana o'sha ulkan yutuqdir!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #205 : 26 Dekabr 2007, 17:06:31 »


112. (Ular) tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd (shukrona) aytuvchilar, ro'za tutuvchilar, ruku' etuvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyuruvchilar, yomonlikdan qaytaruvchilar va Allohning hududi (buyruqlari)ni rioya qiluvchilardir. Mo'minlarga xushxabar bering!

113. Na payg'ambar va na mo'minlar mushriklar uchun, garchi ular qarindoshlari bo'lsa ham - ularning do'zax ahli ekanliklari ma'lum bo'lgandan keyin - istig'for (gunohlarini kechirishini) so'rashlari joiz emas.   

114. Ibrohimning (o'z) otasi uchun istig'for so'rashi faqat unga qilgan va'dasi tufayli edi. Allohning dushmani ekanligi bilingandan keyin undan (otasidan) voz kechdi. Albatta, Ibrohim oqko'ngil va halimdir.

115. Alloh biror qavmni hidoyat qilgandan keyin to ularga nimadan saqlanishlarini bayon qilmagunicha, ularni adashtiruvchi bo'lmagan. Albatta, Alloh har narsani biluvchidir.

116. Albatta, osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xosdir. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Sizlar uchun Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham yo'qdir.   

117. Alloh Payg'ambarning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul etdi. Ulardan bir guruhining dillari chalg'iyozgandan keyin og'ir (bir) soatda unga ergashgan edilar. So'ng tavbalarini qabul etdi. Albatta, U ularga mushfiq va rahmlidir.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #206 : 26 Dekabr 2007, 17:09:37 »


118. Yana (jangga chiqmay) qolgan uch kishining ham (tavbalarini qabul etdi)*. Ularga Yer (shuncha) kengligi bilan torlik qilgach va dillari tang bo'lgach hamda Alloh (g'azabi)dan faqat Unga qochish bilan panoh topilishini bilishgach, so'ngra ular tavba qiluvchilardan bo'lishlari uchun Alloh tavbalarini qabul etdi. Albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va o'ta rahmlidir.

Izoh: Uch kishi - Ka'b ibn Molik, Mirora ibn ar-Rabi', Hilol ibn Umayya edilar.

119. Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va (imonda) sodiq kishilar bilan birga bo'lingiz!   

120. Madina aholisi va ularning tevaragidagi a'robiylar uchun Allohning Rasulidan qolishlari va undan kechib o'zlari bilan mashg'ul bo'lishlari joiz emas edi. Buning boisi-ularga Alloh yo'lida biror tashnalik, qiyinchilik, ochlik yetsa va kofirlarni jahlini chiqaradigan qadam bossalar, dushmanga biror musibat yetkazsalar, albatta, ularga shu sababli yaxshi amal yozilur. Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilar mukofotini zoye qilmas.

121. Biror kichik yoki katta sadaqa qilsalar yoki (Alloh yo'lida) biror vodiyni bosib o'tsalar, albatta, qilgan yaxshi ishlari sababli Alloh ularni mukofatlashi uchun ularga (savob) bitilur.   

122. Mo'minlar yoppasiga (jangga) chiqishlari shart emas. Ularning har bir guruhidan bir toifa chiqmaydimi?! (Qolganlari) dinni o'rganib, qavmlari ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan) saqlanishlari uchun ularni ogohlantirmaydilarmi?!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #207 : 26 Dekabr 2007, 17:13:32 »


123. Ey, imon keltirganlar! Yaqinlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qilingiz! Ular sizlardan dag'allikni topsinlar! Yana bilib qo'yingizki, albatta, Alloh taqvolilar bilan birgadir.   

124. Biror sura nozil qilinsa, ular ichida: "Bu (sura) qaysilaringning imonlaringizni ziyoda etdi?" - deydigan (munofiq)lar ham bo'ladi. Ammo imon keltirganlarning imonlarini esa (bu sura) ziyoda qilur va ular shod bo'lurlar.

125. Ammo dillarida illat (shak va nifoq) bo'lganlarning esa, iflosliklari (kufrlari)ga yana ifloslik (kufr) qo'shiladi va ular kofirlik hollarida o'lurlar.   

126. Ko'rmaydilarmi, (ular) har yili bir yoki ikki marta sinovga uchramoqdalar. (Shundan) so'ng (ham) na tavba qiladilar va na eslatma oladilar.   

127. Biror sura nozil qilinsa: "Sizlarni biror kishi ko'rmayaptimi?" - deb bir-birlariga qarab olib, so'ngra (uylariga) qaytadilar. Anglamaydigan qavm bo'lganlari sababli Alloh ularning dillarini (aksiga) burib qo'ygandir. 

128. Haqiqatan, sizlarga o'zlaringizdan (chiqqan), sizlarning qiyinchiliklaringizdan alam chekadigan, sizlar bilan qiziquvchi va mo'minlarga mushfiq va rahmdil Rasul kelgandir.   

129. Bas, (shunda ham) yuz o'girsalar, ayting: "Menga Alloh kifoyadir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Unga tavakkul qildim. U buyuk Arshning rabbidir!".
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #208 : 27 Dekabr 2007, 10:52:42 »


YUNUS SURASI

Yunus - payg'ambar nomi. 

  Surada payg'ambarlar qissasi, imon, e'tiqod, ilohiy kitoblar, qiyomat, qayta tirilish, mukofot, jazo, jannat, do'zax kabi muhim masalalar bayon etiladi. Unda asosan tavhidga da'vat, shirk va kufrdan nafrat g'oyalari olg'a suriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Ro. Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.

2. O'zlaridan (bo'lmish) bir kishiga (Muhammadga), odamlarni ogohlantiring, imon keltirganlarga Parvardigorlari huzurida sodiq qadamlik (to'g'ri yo'ldan yurishlik darajasi) borligi haqida xushxabar bering, deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli bo'ldimi?! Kofirlar esa: "Albatta, bu (Muhammad) aniq sehrgardir", - dedilar.

3. Albatta, Rabbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan Allohdir. Ish tadbirini (puxta) ko'rar. Uning iznisiz biror shafoat qiluvchi bo'lmas. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir, Unga ibodat qilingiz! (Bundan) eslatma olmaysizlarmi?!

4. Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzuridir. Allohning va'dasi haqdir. U yaratishni boshlaydi, so'ngra imon keltirib, ezgu ish qilganlarni adolat bilan mukofatlash uchun uni (barcha yaratganlarini) yana (hayotga) qaytaradi. Kofir bo'lganlarga esa, qaynoq suvdan iborat ichimlik va kofir bo'lganlari sababli alamli azob bordir.

5. U quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt o'lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzil (burj)larga (bo'lib) o'lchab qo'ygan zotdir. Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur.

6. Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qo'ygan narsalarda Allohdan qo'rqadigan qavm uchun alomatlar bor.



Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: QUR'ONI KARIM. Abdulaziz Mansur tarjimasi
« Javob #209 : 27 Dekabr 2007, 10:56:39 »


7. Albatta, Biz bilan muloqotda bo'lishni kutmay, dunyo hayoti bilan qanoatlangan va u bilan (dili) taskin topganlar hamda oyatlarimizdan g'ofil bo'lganlar,

8. ana o'shalarning joylari - qilmishlari tufayli - do'zaxdir.

9. Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur.

10. U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salom-alik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori – Allohga hamd!" deyishlikdir.

11. Mabodo Alloh odamlarga yomonlikni (ular) yaxshilikka shoshilganlari kabi tezlashtirganda edi, albatta, ularning ajallari bitgan bo'lur edi. Bas, Bizning muloqotimizni kutmaganlarni o'z tug'yon (tajovuzkorlik)larida gangib yurishlariga tashlab qo'yamiz.

12. Insonga zarar yetganda, yotgan holda yo o'tirib yoki tik turib ham Bizga iltijo qiladi. Undan zararini ketkazganimizda esa, go'yo yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Mana shu tarzda isrofchi (tajovuzkor)larga o'z qilmishlari ziynatli (chiroyli) qilib qo'yildi.

13. Sizlardan oldingi avlodlarni (ham) zulm qilganlarida va payg'ambarlari (ilohiy) hujjatlarni keltirgach, inonmaganlarida, halok qilganmiz. Shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolagaymiz.

14. So'ngra qanday ish qilishingizni ko'rishimiz uchun sizlarni ulardan keyin Yerga xalifa (o'rinbosar) qildik.
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

 

Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 607
Ko'rilgan: 518880
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:55
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 24125
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 25288
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 15502
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3888
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin