ISLOM VA AYOL  ( 33426 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:06:06

 Ming xil odobni ishqdan o’qir jon,
Ularni maktabdan topolmas inson.
                                Jaloliddin Rumiy

Chehrasi kulgan go’zalning barchasi dilbar emas,
Oynasi bor kishilarning barchasi Iskandar emas.
                                                              Hofiz Sheroziy

Ikkovlon bir-birlaring bilan janjallashmang- ikkovingiz ham mag’lub bo’lasizlar.                                                                                                               Amir Temur

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:06:22

 Kishikim, yo’qturur mehru vafosi,
Agar xursheddur, andin ne hosil.
                                         Abdurahmon Jomiy

Bo’lmasa ishq ikki jahon bo’lmasun,
Ikki jahon demaki, jon bo’lmasun.
                                           Alisher Navoiy

Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen-u ul shu’lag’a men kuldurmen.
Nisbat yo’qdur deb istijnob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen.
                                           Bobur

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:06:41

 Oshiq xudbinlikka bo’lsa giriftor,
Bo’lur doim ma’shuq eshigida zor.
                                           Zebunniso

Jamoling quyoshdir, qamardir yuzing,
Shakkardir lablaring, shirindir so’zing.
Beomon mujgoning, jodugar ko’zing
Jallod kabi g’amzang qasddadir, ey qiz!
                                             Voqif

Uyat- erkaklarning viqori bo’lsa, ayollarning bezagidir.
                                                                Abdulqodir Bedil

O’zga birovlarni saylab yo’ldoshing,
Oqizma o’z dilbaringning ko’z yoshin.
Yomon bo’lsa ham u umrlik sirdoshing,
Vaqtincha qo’l bergan hurdan yaxshiroq.
                                                      Berdaq

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:07:01

 Muhabbat hech qachon hech narsa talab qilmaydi, balki o’zini bag’ishlaydi. U hamisha iztirob chekadi, lekin hech qachon shikoyat qilmaydi, qasos olmaydi.
                                                    Mahatma Gandi


Ayollarning kichkina kamchiliklarini kechira olmaydigan erkaklar ular baxshida etadigan buyuk ne’matlarga ham sazovor bo’lolmaydilar.
                                                       Xalil Jabron

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  20 Mart 2008, 13:12:29

Assalamu alaykum
juda go'zal lahzalar ekan Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  05 Sentyabr 2009, 22:50:39

Dardim sig’mas dunyoga.        


Ona, desam, yig’lar bo’lsa armonlar ham,
Ona, desam, ifor to’ksa rayhonlar ham,
Dardim sig’mas bu dunyoga, ko’zimda nam,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?
Yuragiga yetmay qolib toatlarim,
Sevar yor ham tinglamasa hasratlarim,
Yuzni qaro qilib ketsa ulfatlarim,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?



Aro yo’lda qolib, baxtga yetolmayman,
Sizsiz hayot yo’llaridan ketolmayman.
Shu so’roqning azobiga chidolmayman:
Onajonim, kim oladi dardlarimni?

İshq azobi mening uchun qiynoq emas,
Hatto, oftob mehringizdek qaynoq emas,
Yo’q, maqsadim - sizga ta`na qilmoq emas,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?

Esga olib sho’xlik - shirin damlarimni,
Artganingiz ko’zimdagi namlarimni.
Jiydalarga so’ylayinmi g’amlarimni,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?

Bag’ringizda uxlab qolgim kelar, ona,
Allangizni yodga olgim kelar, ona.
Dunyo menga bo’lib qoldi bir g’amxona,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?

Nahot sizni sog’inganim bilmasangiz?
Erkalatib bag’ringizga olmasangiz?
Qandoq qilay, siz yonimda bo’lmasangiz,
Onajonim, kim oladi dardlarimni?

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2009, 06:04:07

"Yosin" sutining xosiyati     

 
Oliyjanob, muslima bir ayol chaqalog'i emadigan vaqt kelganda, avval xuddi namozdan ilgari tahorat olganday poklanar, so'ng chaqalog'iga ko'kragini  tutib, u emishni boshlaguncha: "Bismilloh Yosin val-Qur'onul Hakim" deya surani boshidan oxirigacha o'qirdi.  "Yosin" ni o'qib bo'lgach, chaqaloq ham emishdan to'xtardi, onasidan o'zini tortardi.
O'g'illarining axloq va fazilatda yetuk inson bo'lganlarini ko'rganda ona doimo Allohga hamd aytar, shukur qilar va o'g'illariga:
- Ey o'g'lim, barcha yaxshiliklarning hammasini o'zimdan deb o'ylama. Men seni "Yosin" surasi bilan emizar edim. "Yosin" surasi ila o'stirdim! - deb onalik burchining FARZANDga bo'lgan ta'sirini tushuntirardi. . .

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Oktyabr 2009, 06:44:11

al-Hamdu-Lillaahi Rabbil-'Aalameen was-Salaatu was-Salaamu 'alaa Ashrafil-Anbiyaa.e wal-Mursaleen, wa ba'd:

Islomdagi ayol va qizlarning o’rni juda ham yuqori, buyuk va ularning har bir musulmon hayoti uchun ta’siri juda kattadir. Darhaqiqat, muslima ayol haqgo’y jamiyat qurishdagi boshlang’ich o’qituvchi.
U Qur’onning hidoyati va Rasululloh (sallallahu ‘alayhi vasallam)ning sunnatlari ketidan ergashadi. Qur’onga va sunnatlarga sodiqlik kishini, xoh ayol bo’lsin, xoh erkak, adashishdan saqlaydi. Ba’zi bir halqlarning to’g’ri yo’ldan adashishlari va noto’g’ri yo’lga kirib ketishlari Alloh (subhanahu wa taolo) va Uning payg’ambarlari (alayhis salam)dan uzoqda bo’lganidan boshqa sabab orqali kelib chiqmaydi. Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytganlar:

"œMen o’zimdan keyin ikkita masala(narsa) qoldirib ketayapman- Qur’on va mening sunnatlarim. Kimki shularga qattiq chirmashsa qoqilmagay(adashmagay)." [Hasan: Maalik tomonidan al-Muvatta (2/899) va al-Haakimda (1/93) jamlandi; Ibn ‘Abbaas (radiyallaahu ‘anhu)dan.]

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Oktyabr 2009, 06:45:15

Muslima ayolning mavqeyi- xoh xotinlik, opa-singillik, qizlik va xoh unga berilishi kerak bo’lgan huquqlar yoki undan talab qilinadigan huquqlar tarzida bo’lsin- Qur’oni karim va Rasululloh (sallallahu ‘alayhi vasallam)ning sunnatlarida yaqqol tushuntirilgan.
Uning (ayolning) muhimligining siri unga yuklangan bahaybat bir yuk, javobgarlik, yelkasiga qo’yilgan qiyinchiliklar va hatto erkaklar ham bardosh bera olmaydigan sinovlar tagidadir. Shuning uchun onalarga mehr-muhabbat ko’rsatish, ulardan minnatdar bo’lish har bir kishi uchun zarurdir va shu masalada ular har doim otadan birinchi qo’yiladi. Alloh subhanahu va taolo aytadiki: 
"Biz ota-onasini(ya’ni ularga yaxshilik qilishini) amr etdik. Onasi unga ojizlik ustiga ojizlik bilan homilador bo’ldi(ya’ni qornidagi homila kattargan sari onaning madori qurib, zaiflasha borur), uni(ko’krakdan) ajratish(muddati) ikki yilda (kelur). (Biz insonga buyurdikki):"Sen Menga va ota-onagga shukr qilgin!Yolg’iz O’zimga qaytajaksan". Luqmon surasi 31:14

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Oktyabr 2009, 06:48:00

Alloh subhanahu va taolo yana aytadiki:
 
"Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik.Onasi unga qiynalib homilador bo’lib,qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo’lish va uni(sutdan) ajratish muddati o’ttiz oydir." Al-Ahqof surasi 46:15

Qayd etilgan