ISLOM VA AYOL  ( 33436 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:45:48

"Alloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi". (A’rof,189)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:46:09

Ayol — Alloh nuri 
Alloh taolo birinchi ayol — Havvoni erkak, ya’ni Odamning qovurg’asidan yaratgan. Men bu holatdan ham bir ilohiy hikmat tuyaman. Inson tanasini qovurg’asidan ajratib bo’lmaganiday, erkakni ham ayoldan ayirish juda qiyin! Alloh taolo insoniyat silsilasini davom ettirish uchun ayolga onalik baxtini, imkonini bergan. Ayol erkak uchun lazzatli hayot va taskin, osoyishtalik timsoliga aylangan. Qur’oni karimda shunday deyilgan:
"œAlloh shundayin zotki, Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom osoyish topsin, deb uning o’zidan juftini vujudga keltirdi". (A’rof,189) Yana Qur’oni majidda shunday deyiladi: "œUlar (ayollar) Sizlarning libosingiz. Sizlar ular uchun libossiz (ya’ni, er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo’lgani kabi muhtojdirlar)".(Baqara,187)

Insoniyatning oxirgi Payg’ambari Muhammad alayhissalom ayol nomini ulug’lash, uning sha’nini ko’tarish, xotin-qizlarning huquqini belgilab berishda faqat Islom ummatigagina emas, balki kishilik jamiyatiga ibrat va namuna bo’lib kelyaptilar. U zotdan rivoyat qilingan hadisni bir eslang: "œO‘z xotiniga mehr-shafqatli bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi kishilardir". Payg’ambar alayhissalomdan «Nimani yaxshi ko’rasiz?» deb so’rashganida: «Ayolni, xushbo’y narsalarni va namozni», deb javob qaytarganlar. Buni shoir chiroyli satrlarga shunday muhrlagan:

Xotin-qizlar, xushbo’ylar mehri,
Bu dunyoda dilga bo’ldi jo.
Ko’nglim xushi, ko’zim qorasi,
Dil yupanchi namozda ammo.

Payg’ambar alayhissalomning ayollari ham u zotga nisbatan cheksiz hurmat, sadoqat, itoat, muhabbat namunalarini ko’rsatishdi. Birinchi zavjalari Xadichai Kubro qabilaning eng baobro’, badavlat, nasabli va go’zal ayollaridan edi. Bu oqila ayol Muhammad alayhissalomning to’g’ri so’z, halol, xushhulq va rostgo’yliklari tufayli o’zi sovchi qo’yib, u zotga turmushga chiqdi. Butun boyligini, mehr-muruvvatini qo’sh-qo’llab tutdi. U zotning Islom dinini yoyish yo’lidagi mashaqqat-azoblariga sherik bo’ldi, qiyin kunlarda yupanch, dalda berdi, chinakam safdosh va sirdosh bo’ldi. Kenja zavjalari hazrati Oisha (r.a.) Payg’ambar alayhissalomdan eng ko’p rivoyat qilgan safdoshlaridan bo’ldilar. U zotning ko’rsatma va da’vatlarini Islom ummatiga yoyishda eng ko’p jonbozlik qildilar. Payg’ambar alayhissalomning qizlari Fotimai Zahro ham imom Hasan va Husaynlarday tabarruk insonlarni hayot bergan, tarbiyalagan eng oliyjanob ayol sifatida tarix qatlariga muhrlanganlar.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:46:43

Islomda ayolning o’rni va qadr-qimmati

   
Musulmon ayolga xushxabarlar ko’pdir. Allohning Habibi (s.a.v.): "œBir ayol o’z eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi", deganlar. Yana Payg’ambarimiz (s.a.v.) boshqa bir hadisi shariflarida: "œUchta qizni shar’iy qonunlardan chiqarmay, tarbiya qilib voyaga yetkazgan ona jannatda men bilan birgadir", deb marhamat qiladilar

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:47:22


 
Islomda ayolning haqlari quyidagicha ado etilishi lozim:
1. Ayollarga yaxshi muomalada bo’lish, ularga nisbatan xushmuomala, shirin so’z, muloyim munosabatda bo’lish, nohaqlik va qo’pollik qilmaslik kerak. Bu xususda Payg’ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Mo’minlarning eng to’la ishonchlisi xushxulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga, zavjalariga yaxshi muomalada bo’lganlaringizdir».
Payg’ambarimiz (s.a.v.): «Ayollar xususida Allohdan qo’rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o’laroq olgansiz», deganlar.

Hadislarda kelishicha, Payg’ambarimiz (s.a.v.) ayollarga va bolalarga duch kelganlarida, salom berardilar, ya’ni salom bilan muqobalada bo’lgandilar.

2. Ayollarni urmaslik. Qur’oni karimning: «Xotinlarning itoatsizligidan qo’rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so’ng (bu ta’sir qilmasa,) ularni yotoqlarida tark etingiz, so’ngra (bu ham kor qilmasa,) ularni (majruh bo’lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqa) yo’l axtarmangizlar.* Albatta, Alloh juda oliy va ulug’ zotdir»* («Niso», 34) oyatida aytilganidek, itoatsiz ayolni tarbiya va so’nggi chora sifatida qattiq og’ritmasdan urishga izn berilgan. Lekin, Muhammad (s.a.v.) o’zlari ayollarini urmaganlar va xotin kishini urganlarga ham qarshi turganlar. «Ne bo’ldi erkaklarga, xotinlarini qul kabi uradilar, holbuki, ayni kun so’nggi (tun)da latiflashadilar», degan hadis ham so’zimizning isbotidir.

Shuningdek, ayollarga ham erlariga ozor bermaslik amr etilgan. Maoz ibn Jabaldan (r.a.) aytilganiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: "œQaysi bir ayol (mo’min) eriga ozor berganda, u kishining hur jufti (bu ayolga): «Alloh sening joningni olsin, u kishiga ozor, aziyat berma. Chunki, shubhasiz, u sening yoningda mehmon-musofirdir, sendan ayrilib, tezda yonimizga keladi», deydi".


3. Islomda ayol va bolalarni o’ldirish ma’n etilgan. Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi: "œ(Ey insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo’rqib o’ldirmangiz, ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o’ldirish, shubhasiz, katta xatodir" («Al-Isro», 31). "œO‘z bolalarini ilmsizlik qilib, johilona o’ldirgan va Allohga tuhmat qilib, ular uchun Alloh rizq qilib bergan (hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o’zlariga) ziyon qildilar. (Ular) haqiqatdan adashdilar va to’g’ri yo’lga yuruvchi bo’lmadilar" («An’om», 140).

Islom huquqida, hatto, urush vaqtida ayol va bolalarni o’ldirish taqiqlangan. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.): "œKimki ikkita qizni voyaga yetguncha boqsa, jannatga men bilan birga kiradi", deb o’rta va ishora barmoqlarini yonma-yon qilib ko’rsatdilar".




 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:48:00

Islomda ayolning haqlari quyidagicha ado etilishi lozim:
 

4. Ayollarning ilm olishlari. Ayol va erkak musulmonlarga ilm o’rganmoq farzi ayndir. Qur’oni karimda faqatgina ayollarning o’ziga xos, fitratiga muvofiq kelgan Allohning xitoblaridan tashqari (masalan, avratlarini to’sish, bola emizish, idda muddati, taloq to’g’risida va hokazo) qolgan barcha oyatlar Alloh taoloning bashariyatga, erkag-u ayolga qilgan xitoblaridir. Ilm haqidagi chaqiriqlar ham shular jumlasidandir. Islomda iymondan keyingi farzi aynlardan biri ilm olishlikdir ("œfarz" bajarilishi shart degan ma’noni ham anglatadi). Zero, Jabroil (a.s.)ning Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga yetkazgan birinchi kalomi ham "œO‘qi!" bo’lgan. Alloh taolo bandasini tafakkur qilib, borliqqa qarab, tahlil bilan O‘zini tanishini xohlaydi. Ko’r-ko’rona, taqlidiy iymon keltirishlikni xush ko’rmaydi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) "œIlmni Chinda bo’lsa ham borib, olinglar", deganlar. Vaholanki, o’sha paytda Chin (Xitoy) butlar va butparastlar o’lkasi bo’lgan. Lekin ular bunday deyishga qo’rqmadilar, chunki borliqda Allohning qudratini namoyon etib turguvchi son-sanoqsiz dalillarni aqli bilan taammul qilgan inson Uning vahdoniyatiga iymon keltirgach, Robbisiga shirk keltirmaydi, aksincha, Haq talabida bo’ladi. Hozirda musulmonlar orasida ilm deganda, faqat diniy ilmlar tushuniladi. Bu xato tushuncha. Islomda diniy, dunyoviy, degan gaplar bo’lmagan. Ilm sohalarga bo’lingan, xolos: fiqh, hadis, faroiz, tib, handasa, tarix, falakiyot ilmlari va hokazolardir. Musulmonlar Qur’on va sunnatga amal qilgan vaqtlarida ularning orasida ilmning barcha sohalarida dunyoga tanilgan allomalar yetishib chiqqan. Bunga o’zimizning vatandoshlarimiz Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Zamaxshariy va boshqa ko’plab olimlarning nomlarini keltirish mumkin.

5. Ayollarning haqlari. Hazrat Payg’ambar (s.a.v.) aytganlar: "œAyollarning erkaklar zimmasidagi haqqi yaxshi taom va kiyim berishlaridir".

Qur’oni karim deydi:
"œRobbingiz Uning O‘zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson) agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "œUf..." dema va ularni jerkma! Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt!" (Al-Isro, 23). Qur’onda marhamat qilingani kabi hazrati Payg’ambar (s.a.v.): «Eng ko’p kimga yaxshilik ko’rsatish kerak?, deb so’ragan bir sahobiyga "œOnangga", deya uch bor takrorlaganlaridan so’ng, "œOtangga", dedilar.

Islomda ona yoki ayol haqqiga e’tibor shu qadarki, ona mushrik bo’lsa-da, bu haqqini yo’qotmagan bo’ladi. Faqat ota-ona farzandiga yo er xotiniga Islomdan tashqari, ya’ni Islomga zid amr va talqinda bo’lsalar, u holda ularga itoat qilinmaydi. Allohga isyon qiluvchilarga itoat etilmaydi. Bu hadisi sharifda ochiq aytilgandir: "œAllohga isyon etgan kimsaga itoat etish yo’qdir".



 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:48:21

Islomiy oila farog’ati

   
Musulmon ayolga xushxabarlar ko’pdir. Allohning Habibi (s.a.v.): "œBir ayol o’z eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi", deganlar. Yana Payg’ambarimiz (s.a.v.) boshqa bir hadisi shariflarida: "œUchta qizni shar’iy qonunlardan chiqarmay, tarbiya qilib voyaga yetkazgan ona jannatda men bilan birgadir", deb marhamat qiladilar.
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  12 Noyabr 2007, 18:48:47

Ayollarni yuksaklarga ko’targan va sharaf tojini kiydirgan Islom dini oila masalasiga ham jiddiy e’tibor beradi. Naslni saqlash, nafsni tiyish, jamiyatni turli axloqiy buzuqliklar va fahshdan asrash, tinch va farovon hayotni vujudga keltirish uchun kurashadi. Islomiy tarbiya er-xotin va farzandlar o’rtasida chinakam muhabbat va mehr-oqibat rishtalarini bog’lash asosiga qurilgan. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.): «Uylaninglar va ko’payinglar. Chunki haqiqatan men boshqa payg’ambarlar oldida ummatimning ko’pligi bilan faxrlanaman», deganlar. Boshqa bir hadisda Rasuli akram (s.a.v.) shunday buyuradilar: «Kimki uylanishi uchun sharoiti bo’laturib uylanmasa, u bizdan emasdir».

Madaniyat haqida qoloq tushunchaga ega bo’lganlar dunyoning rohati-yu, nafs istaklarini ma’bud darajasiga ko’targanlar. Unday odamlar bir tarafdan huzur-halovatini buzmaslik, boshqa tomondan esa boylik orttirish xayolida oila qurishni ortiqcha ish, deb biladilar. Bunday kishilar koshonalarda yashaydilar. Xalq oldida biologik ochlik haqida gapiradilar, nufusni ozaytirmoq yo’llarini talqin qilib, oilaga qarshi chiqadilar. Holbuki, bu Shaytoni lain tavsiyasidir.

Dunyo nufuzi har qancha ortmasin, ozuqa javhari tuganmasdir.
Yaratgan Alloh rizq berishga ham qodir. Quruqlikdagi butun ozuqa tugagan taqdirda ham, dengizlardagi ozuqa insoniyatni boqishga yetarli.


 
Bugungi kunda Ovro’pa diyorlarida nufuzning ko’p qismi keksayib qolganligidan, aholining navqiron qismi ozligidan xavotirga tushish kuzatilmoqda.

Bugun Amriqo Qo’shma Shtatlarida har soniyada bir jinoyat sodir etilayotir. Har olti soniyada bir ayolga tajovuz qilinayotir. Faranglar ham eng ko’p xavfsiraydigan hodisalari tajovuzdir.

Islom oila masalasiga jiddiy e’tibor bilan qarar ekan, begona erkak va ayolning bir-birlari bilan iloji boricha yuzlashmasliklarini talab qiladi. Zero, musulmon banda nasli va nafsini asrash bilan butun dunyo lazzatlariga - huzur-halovatga erishadi.

Turli din va qavmlarning qonun-qoidalariga e’tibor qilsak, ayol inson qatoriga qo’shilmaganligini ko’ramiz. Masalan, Hindistonda ayol kishi harom va u poklanishi mumkin emas, deb talqin qilinadi.

Islomda esa ayol hassos do’st va turmushda rafiqadir. Biz jannatni onalarning oyog’i ostidan qidiramiz. Ayolni tuzatishga harakat qilar ekanmiz, unga qattiq ozor yetkazishdan ehtiyotlanamiz.

Yangigina oila qurgan yoshlarimiz o’z oilalarining mustahkam va barqaror bo’lishi uchun kurashmoqlari zarur. Solih yigitimizga bir soliha qizni izlar ekanmiz, uning go’zalligi, mol-mulki, martabasini emas, balki taqvosini, axloqi va tarbiya topgan oilasini hisobga olishimiz lozim. Kuyov tanlashda ham xuddi shu xususiyatlarga e’tibor berishimiz zarur. Bir onlik go’zallikka, martabaga uchmoq halovatni buzadi, oxir-oqibatda oila inqirozga yuz tutadi.

Muhtaram Payg’ambarimiz (s.a.v.): "œHadrai dimandan uzoq turing", deb buyurganlarida, sahobalar "œhadrai diman"ning ma’nosini so’raydilar. U kishi: "œZalolatda o’sgan go’zal ayol", deb javob beradilar. Yaxshi, islomiy tarbiya olmagan moddiy go’zallik zil ketadi. Bizdan biror yigit yoki qizning axloqi so’ralsa, u haqdagi haqiqatni aytish burchimizdir. Zero, to’g’ri so’zlamaslik, haqiqatni yashirish hollari ham uchrab turishi tabiiy. Go’yo bu bilan biz yaxshilik qilmoqchi bo’lamiz. Holbuki, bu yolg’onchilik hayot bilan o’ynashishdir. To’g’ri, kishi bilganni yashirmaydi. Payg’ambarimiz (s.a.v.) "œSoliha bir ayolga uylangan kishi diniy vazifasining yarmini bajargan hisoblanadi, endi dinning yarmini ham bajarsin", deb buyuradilar.

Zamonamizda ayrim musulmon oilalar sep, qalin va boshqa sarf-harajatlarni haddan oshirib, turmushni mushkullashtiradilar. Rasuli Akram (s.a.v.): "œNikohning eng xayrlisi oson bo’lganidir", deb marhamat qiladilar.

Shuni ham unutmaylikki, balog’at yoshidan o’tgan har bir yigit-qizning turmush qurishiga ota-ona javobgardirlar. Payg’ambarimizning qizlari Fotima (r.a.)ning seplari ko’rpacha, yostiq, ko’za, mesh, piyola, elak, sochiq, po’stin, gilam, ikki kiyim va bir ko’rpadan iborat bo’lgan. Ro’zg’oriy ashyolar ehtiyojga ko’ra keyinchalik asta-sekin xarid etilaverishi mumkin.

Dinimiz ijozatiga ko’ra, nikoh marosimida uzuk taqilib, hadyalar berilishi mumkin. To’ylarimizda ziyofat berilishi Allohga shukrona aytishday sunnat amallar bilan bir qatorda dinimizda bo’lmagan turli odatlar ham qorishtirib o’tkazilmoqda.

Erkakning o’zi ayoli oldidagi vazifalari — yedirmoq, kiydirmoq, salomatligini saqlamoq, boshpana bilan ta’minlamoq, kelishib ziyorat va xorijga chiqmoq, nomusini himoya qilmoq, ayolini begona ko’zdan asramoq. Ayolning o’z eri (turmush o’rtog’i) oldidagi burchi esa Islomdan chiqmaslik sharti ila itoatli bo’lmoq, hatto, ibodat qilishida ham izn olmoq, unga mutashakkir bo’lmoq, begonalar bilan gaplashmaslik, bolalarni tarbiya qilmoq va erining mol-mulkini qo’riqlamoqdan iboratdir.


Musulmon ayolga xushxabarlar ko’pdir. Allohning Habibi (s.a.v.): "œBir ayol o’z eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi", deganlar. Yana Payg’ambarimiz (s.a.v.) boshqa bir hadisi shariflarida: "œUchta qizni shar’iy qonunlardan chiqarmay, tarbiya qilib voyaga yetkazgan ona jannatda men bilan birgadir", deb marhamat qiladilar.

G‘arb hazorasining ayolga bo’lgan munosabati ayollarga hurriyat, baxt-saodat berish niqobi ostida uni bir hovuch puldorlar va buzuqlarning ermagiga aylantirib qo’ygani, dunyo sarmoyadorlari ayolning Alloh ato etgan go’zalligidan g’arazli maqsadlarda, nari borsa, o’z molini reklama qilish uchun foydalanayotgani haqida ko’p yozish mumkin. Hurlik, chiroyli hayot va’da qilish bahonasida ayollarning fitriy mashg’ulotlaridan, oila farog’atidan, farzand tarbiyasidan uzib olib, erkaklar bajarishga erinadigan og’ir, mashaqqatli, xo’rlovchi yumush va mehnatlarga solinayotgani haqida ham ko’plab misollar keltirish mumkin. Ammo bu bilan ayolni baxtli qilolmaymiz, o’ksik dillariga taskin berolmaymiz. Asosiy gap ayolning asl maskani — oilasi bag’riga, farzandlari quchog’iga qaytarishda! Unga onalik baxtini, ayol mukarramligini, uning go’zalligi va nazokatini, hayo va iffatini qaytarib berishda qoldi!


 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:05:06

 Kishini sinashga bir on ko’rsa bas,
Sevar-sevmasin so’z ila so’rsa bas.
Kishi mis va oltinni farqlolmasa,
Olib ozgina sir toshni sursa bas.
                                 Yusuf Xos Hojib

Ishqki jon mulkida sulton erur,
Shoh-u gado anga chu yakson erur.
                                          Durbek

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:05:26

 Ayol, bil, lutf-u himmatga sazovor,
Go’dakdek mehr-u shafqatga sazovor.
                             Abu Abdullo Rudakiy

Gul yuz yor hehc kimga nasib etmas ekan,
To uning diliga sanchilmay tikan.
Taroqqa nazar sol, yorning sochiga-
Yetguncha yuz bo’lak bag’ri tilingan.
                                  Umar Xayyom

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 19:05:48

 Yorsiz yo’l bo’lmaydi ravon,
Suv bo’lmasa — suv oqarmi, qachon?
                                  Abulmajid Sanoiy

Parvona otashdan huzur topsa gar,
Kuysa ham hech qachon etmaydi hazar
                               Farididdin Attor

Vafoda o’xshama bulbulga also,
Har on ul o’zga gul boshida shaydo.
                               Nosir Xisrav

Qayd etilgan