Muhabbat haqida hazil va chin she`rlar  ( 191403 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Usmon  04 Yanvar 2008, 16:54:34

               ...
Bahorda sevsang mangu qoladi.
Bahor sevsang ivib qoladi :)
Chindan sevsang MANGU QOLADI :9

Qayd etilgan


JaviK  05 Yanvar 2008, 04:04:32

Urib tursang edi agar yuragim,             
Muxabbat bor derdim dunyoi dunda.
Oh, sevgimni men ham uchratarmidim
Yomg‘ir shovullagan shunday bir kunda
Urib tursang edi bedor yuragim
Navqiron umrimga qilmay xiyonat
So‘ragan bo‘lardim taqdir azaldan
Balki fojeali go‘zal muxabbat.
Urib tursang edi xasta yuagim
Sevgining qo‘lidan dadil tutardim,
Sevgiga, umidga zor bu dunyoning
Barcha ko‘chasidan birga o‘tardim.

Qayd etilgan


AL_laziz87  21 Yanvar 2008, 17:48:25

Bizning adres
Muxabbat viloyati,
Sevgi qishlog'i
Birinchi burulish
Yurakka urulish
Indeks visol
Men sizga intizor

Qayd etilgan


Mariya  22 Fevral 2008, 03:22:50

Aytchi shuncha sevganlar
Bo'lganmikan mencha bahtiyor

Qayd etilgan


JaviK  18 Aprel 2010, 20:25:39

Yig’layapman azizim, yig’layapman,
Qo’limda pichoq, yig’layapman.
O’ylamang, sizni deb yig’laganim yo’q,
Oshxonada piyoz to’g’rayapman.

Qayd etilgan


JaviK  18 Aprel 2010, 20:29:37

Qalbga zardob bo`lib to`lganing alam
Gohida ochilmay so`lganing alam
Muhabbat hammasidan ham
Sochga oq tushganda kelganing alam

Qayd etilgan


BelleQizcha  18 Aprel 2010, 21:24:14

Mezim bilan yeyish kerak
Sizzi solib qozonga,
Yaxshilab qovurish kerak.
Bevafoligiz uchun
Mezim bilan yeyish kerak.
Umuman adashtirovoribbsizzzzz ;D ;D ;D ;D ;D

Qayd etilgan


munisaxon  19 Aprel 2010, 00:19:37

Tushlarimga kirmang uyqum qochadi
Xayolimga kelmang rangim o'chadi.
Sizga sms yozsam javob kelmasa
Ketgan sentlarimga mazam qochadi !

Qayd etilgan


munisaxon  19 Aprel 2010, 00:20:26

Kun botib osmonga oy chiqqan zamon,
Rozi bo’l tushingda man bo’lay mehmon,
Rad etsang ko’ksingga qadayman kamon,
So’ng esa teringga tiqaman somon"¦

Qayd etilgan


munisaxon  19 Aprel 2010, 00:21:20

A rmon etmang sevgimni, sizni sevib qolibman
S izni deya hayotda men o'zimdan tonibman
A do bo'lgan yuragim faqatgina sizni der
L ab burmang jonim netay ishq o'tida yonibman

Qayd etilgan