Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan  ( 32200 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 B


shoir  13 Mart 2008, 10:46:42


* * *
Men qishloqqa qaytar emishman,
Bayroq qilib yurakni bir kun.
Shaharlarda butun erishgan
Yutuqlarim bo‘larmish kukun.

Oxirgi bor yo‘lga chiqqanda,
Kuzatarmish sozanda shahar.
Nafosatin qilmayin kanda,
Qaytish kuyin chalarmish sahar.

Uvillarmish o‘jar shamollar,
Taranglashib liftlar asabi,
Bozorlarda yotgan qovunlar,
Gung tillarda aytar kesati.

Tinglab ko‘rsam qaytish kuyini,
Yuragimda uvillaydi mung.
Yozilgan bu taqdir o‘yini,
Yechimsiz bir jumboqli tugun.

Vujudimning qonin qaqshatib,
Ayro tushib ketarmi tanam.
Harbir she’rim asfaltga tushib,
Shaharlikka aylanib ketgan.
23.10.99.

Qayd etilgan


shoir  13 Mart 2008, 10:46:49

* * *
Adashgan bandangni kechirgin o‘zing,
Qilgan xatolardan toshdayin qotdim.
Hamma ayblarimga sababchi o‘zim,
Ammo xatolardan men seni topdim.
01.05.07

Qayd etilgan