Muallif Mavzu: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari  ( 33373 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Laylo

  • Mehmon
Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
« Javob #15 : 16 Noyabr 2007, 07:28:52 »
Qo’shni biror narsa so’rab chiqsa, berish, betob bo’lganda hol-ahvol so’rash, boshiga biror musibat etganda, ko’ngil ko’tarish va dalda berish ham qo’shnining haqlaridandir. Ammo hamma ham go’zal ahloqli bo’lolmagani uchun, ba’zi qo’shnilarning kamchilik-nuqsonlariga e’tibor qilinmaydi.

Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar: Rasululloh s.a.v. : “ Ey muslima ayollar, garchi o’rtangizda bir qo’yni talashib qolgan bo’lsangiz ham, hargiz qo’shnini qo’shniga yomonlamangiz!” – deb aytdilar.

Oisha onamiz rivoyat qiladilar:” Yo Rasululloh, mening ikki qo’shnim bordur, qaysi biriga tuhfalar kirgizib turayin?”-dedim. Janob Rasululloh:” Eshigi eshigingga yaqiniga”,- deb javob qildilar”.

HADIS:” Uy olishdan avval qo’shni tanla”

Laylo

  • Mehmon
Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
« Javob #16 : 16 Noyabr 2007, 07:29:06 »
6. SIR SAQLASH

Inson qalbi sirlar saqlanadigan sandiq, og’iz u sandiqning qulfi, til esa kalitidir. Agar kalitni yahshi saqlay olmasa, ya’ni tilini tiyolmasa, aql-zakovatning nozik qirralaridan mahrum banda ekani ma’lum bo’ladi. Insonning balolarga uchrashi sabablaridan biri ham mana shu sir saqlay olmaslikdir. Demak, ayol erining sirlarini muhofaza qilishi, hech kimga aytmasligi kerak.

Sir saqlay bilish oson emas. Sir saqlash mol saqlashdan qiyindir. Sirning og’irligi har qanday yukdan vazmindir. Bu qanchalik mashaqqatli bo’lmasin, baribir sirni birovga aytish yaramaydi.

HADIS: “Bir kishi sirini saqlay olsa, ishini butun haqqi bilan bajargan bo’ladi”

Erining sirini saqlay olmagan ayol uning ishonchini yo’qotishi va muhabbatining kamayishiga o’zi sababchi bo’lib qolishi mumkin.   

Laylo

  • Mehmon
Re: Musulmon ayolning o'z eri oldidagi vazifalari
« Javob #17 : 16 Noyabr 2007, 07:29:14 »
Husayn Boyqaro  saroy a’yonlari bilan ovga chiqibdi. Ichlarida eng yaqin do’sti va vaziri Alisher Navoiy ham bor ekan. Ikkalalari otda yonma-yon borayotganlarida Alisher Navoiy podshohning qulog’iga engashib, bir nimalar debdi. Husayn boyqaro rosa huzur qilib kulibdi. Alisher Navoiy debdi:
-   Hazratim, buni sir saqlang.
 
Shunda podshoh hatto darrov  jiddiy tortib:
-   Nimani? – deb so’ragan ekan.

Darhaqiqat, shu voqea rivoyat bo’la-bo’la bu kungacha etib kelgan, ammo Alisher Navoiyning nima degani sirligicha qolgan.

 

Sharqiy Turkitonlik musulmon qondoshlarni unutdikmi?

Muallif AbdulholiqBo'lim Madaniyat

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3550
So'nggi javob 04 Oktyabr 2010, 19:08:59
muallifi bir inson
Musulmon kishining kofir deyish

Muallif ChustiyBo'lim Islom

Javoblar: 14
Ko'rilgan: 5564
So'nggi javob 04 Dekabr 2007, 12:53:14
muallifi Chustiy
Farzandlar oldidagi burch

Muallif Otabek NuritdinovBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 4217
So'nggi javob 13 Mart 2013, 17:06:37
muallifi Muxsiya
Intelligent Musulmon va Muslima.

Muallif saraton07Bo'lim Umumiy

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 5362
So'nggi javob 28 May 2008, 00:33:28
muallifi saraton07
Musulmon futbolchilar

Muallif AbdulhafizBo'lim Futbol

Javoblar: 113
Ko'rilgan: 52194
So'nggi javob 30 Avgust 2013, 13:28:35
muallifi Ansora