"œSevgi — bu inson tabiatining zavqlantiruvchi huzurbahsh lazzatga mayl etishidir. Sevgining oily darajasi ISHQ deyiladi. Oshiqlar o’z ma’shuqalarining visoliga etishmoq uchun hech nimalarini, hattoki jonlarini ayamaydilar. Hz. Yusufni sevib, tillarda doston bo’lgan zulayho buning yorqin misolidir. Chindan ham, Zulayho ishq yo’lida molini-mulkini, hatto go’zalligini ham yo’qotadi. Kimda-kim, "œ Men Yusufni ko’rdim!" - desa, unga qimmatli marjonlaridan birini berardi. Shu tariqa, sovg’a eta-eta, hech bir narsasi qolmaydi. Har narsani "œYusuf!" deb chaqirardi. Unga bo’lgan cheksiz ishqi tu fayli "œYusuf" kalimasidan boshqa hamma so’zlarni unutgandi.
Rivoyat qiladilarki, Zulayho imonga kelib, hazrati Yusufga turmushga chiqqanidan keyin, o’zini ul zotdan chetlata vat oat-ibodatga berilib, uzlatga chekina boshlabdi. Endi bu ishqi, ishqning hqiqiy sohibi Allohga qaratilgan edi. Ahvol shunday ediki, Hz. Yusuf uni tunda yotoqqa da’vat etsa, u visol onini kunduzga surar, kunduz da’vat etsa, fursatni tunga surar va shunday derdi:
- Ey Yusuf, men seni Allohni tanimasdan oldin sevgandim. Lekin uni tanigandan keyin aslida unga oid bo’lgan sevgidan boshqasiga o’rin qolmadi. Allohga bo’lgan bu sevgimga boshqani sherik qilmayman.