Hind kino filmlari haqida fikringiz.  ( 87979 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 B


_dadasining erkatoyi_  25 Iyun 2012, 15:06:01

Men hind kinofilmlarini juda yaxshi ko'raman. Hind kinosiga kirib qolsangiz barcha g'amlarni unutib yuborasiz, chunki bu filmlar o'ziga jalb qilib maftun qilib qo'yadi. Undagi qo'shiq va raqslar yashashga undaydi. Hali birorta hind kinosini yomonlik bilan tugaganini ko'rmadim. To'g'ri, ular hayotiy emas, fantastikaga, shirin hayolga o'xshaydi. Ammo ba'zan odam charchaganida shu aldamchi hayollar uni biroz bo'lsada quvontiradi. Shunday emasmi?

Qayd etilgan


Mufazzala  25 Iyun 2012, 15:44:04

 :asl3:

Dadasining erkatoyi, xozirdan nima g'amingiz bor ajabo.
O'zi sizlarning yashab turgan hozirgi hayotinglar "Hindcha kinoyu"  :D

Qayd etilgan


Best friend  25 Iyun 2012, 15:55:38

 Kimdir qimor o'ynab orom oladi, kimdir shahvoniy tuyg'ularni qo'zg'atuvchi kinolarni ko'rib orom oladi, kimdir o'sha aynan iflos - buzuq ishlarni qilib orom oladi va h.k. Kimlardir bunday yomon ishlarni qilmasada, ana shu yomon oqibatlarga olib boradigan ishlarni qilib, yoki tarbiyani buzuvchi kinolarni ko'rib orom oladi. Ammo savol tug'iladiki, bu haqiqatdan ham orom olishmi? Orom o'zi nima? Orom - qalban dam olishdir! Ashula va raqsdan orom olayotgan ko'ngil, agarda bir noxush xabarga yo'liqib qolsa, u ko'ngil o'sha orom olayotgan narsalari - ashula va raqsni o'ziga sig'dira olmay qoladi. Ammo xoh tili bilan, xoh dili bilan Allohni zikr qilib orom olayotgan inson biror noxushlikka yo'liqsa, "Allohdanmiz..." deya oladi, chunki uning qalbi Allohni zikr qilish ila dunyo g'amidan haqiqatdan uzoqlashgan. Siz dam olish uchun, biroz g'amlarni unutish uchun yuqoridagi ikki yo'ldan qaysi birini tanlagan bo'lardingiz? Ayniqsa, butun olamlarni yaratgan, butun ilmlarni Egasi bo'lgan Zotning: "Ogoh bo'lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur" (Ra'd, 28) degan so'zidan voqif bo'lganingizdan so'ng?

Qayd etilgan


_dadasining erkatoyi_  26 Iyun 2012, 10:17:08

Iqtibos
Dadasining erkatoyi, xozirdan nima g'amingiz bor ajabo.
O'zi sizlarning yashab turgan hozirgi hayotinglar "Hindcha kinoyu"
:vsl3:  :asl3: nimaga endi g'amimiz yo'q bo'lsin? Hudoga shukur, har bir yashagan kunimizda nimanidir yoki kimningdir g'amini eb yashaymiz. To'g'ri, hali katta g'am-tashvishlar boshimga kelgani yo'q, lekin yoshimga mos tashvishlar har kuni bo'lib turadi. Allohga shukur.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  26 Iyun 2012, 11:39:39

Iqtibos
Dadasining erkatoyi, xozirdan nima g'amingiz bor ajabo.
O'zi sizlarning yashab turgan hozirgi hayotinglar "Hindcha kinoyu"
:vsl3:  :asl3: nimaga endi g'amimiz yo'q bo'lsin? Hudoga shukur, har bir yashagan kunimizda nimanidir yoki kimningdir g'amini eb yashaymiz. To'g'ri, hali katta g'am-tashvishlar boshimga kelgani yo'q, lekin yoshimga mos tashvishlar har kuni bo'lib turadi. Allohga shukur.
Har bil balog'atga yetgan yigit va qizda oxirat g'ami bo'lmasa u adawibdi.

Qayd etilgan


Sayyid90  26 Iyun 2012, 15:55:25

islom dinimiz haqida bir qancha hind filmlari bor

Qayd etilgan


Maysara  26 Iyun 2012, 22:02:28

 :asl3:
islom dinimiz haqida bir qancha hind filmlari bor
Mabodo siz boburiylar avlodi haqida ishlangan hind filmini ham nazarda tutayotgan bo’lsangiz uni islom dini haqidagi film deb bo’lmaydi. U yerda buddizmga qarshi turgan musulmonlar salbiy obraz qilib aks ettirilgan. Boburiylar saroyiga but olib kirib bir xonani ibodatxonaga aylantirishadi va ushbu shirk amalni tomoshabinlarga imkon qadar go’zal sur’atda ko’rsatishga harakat qilishgan. Natijada mana - islomiy ilmi yo’q bo’lgan o’zbek musulmonlari bu film g’oyasini tasdiqlab, hatto yig’lab tomosha qilishayotganini o’zim guvohi bo’ldim. Alloh taolo barcha musulmonlarni to’g’ri yo’lga hidoyat etsin.  :amn3:

Qayd etilgan


Sayyid90  27 Iyun 2012, 04:45:09

Maysara :men boshqa filmlarni nazarda tutgandim boburiylar haqidagi film umuman esimga kelmagandi.Misol Amitabx bachchan o'ynagan eski "Xammol"filmi juda tasirli film yo Shoxruxhon o'ynagan "Mening ismim Xon"filmi.

Qayd etilgan


Humayro  28 Iyun 2012, 09:30:41

Adashmasam 2011 yilda chiqqan "Jertva/Kurbaan" filmini ham islom haqida, amerika musulmonlari haqida deb tariflashgan edi.

Ammo aslida aksi bo'lib chiqdi. Filmni ko'rgan kishida musulmonlar terrorist degan aniq fikr paydo bo'ladi. Filmni mohirlik bilan ishalshgan, musulmonlarda tarorrist bo'lishlikalriga sabablar bor, ularni bu ishga alam va o'ch olish dardi, adolatsizlik undayapti ma'nosidagi fikrlarga ishontirishga urunishgan..., xullas quruq safsata.

Hayotni kinolardan emas, sahih manbalardan, solih insonlarning hayotidan o'rganing.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  23 Oktyabr 2012, 21:11:53


Shu bolaning so'nggi o'n yilda chiqqan filmlari bo'lsa edi...

Qayd etilgan