Muallif Mavzu: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…  ( 7072 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Assalomu alaykum!
Bu mavzu bugungi kunni dolzarb mavzularidan biri nazarimda. Tan olish kerakki, ko’pchiligimiz ko’p ishlarimizni odamlar uchun qilamiz? Biror ish qilsak, biroro kiyim kiysak, biror marosim qilsak ham odamlarni gapini o’ylab, ular nima diyshlari haqida qayg’uramaiz!

(Bu mavzuda Yorqinjon qorining ma'ruzalaridan keltirib o'taman. Inshaolloh, hulosa chiqarishga arzirlik masalalar yoritilgan.)

“Qizimizni erga bermoqchi bo’lsak, uni yoki erini manfaatiga qaramaymiz, hayotini bahtli qilish haqida fikr qilmaymiz, yolg’iz to’y kunlari haqida hayol qilamaiz. Bizda hamma sa’yu harakatlarimiz ODAMLARni hursand qilish uchun bo’ladi. Ba’zi kishilarni mustasno qilib aytamanki biz yigitni ahloq va tabiatidan so’ramaymiz, “Dini qanaqa ekan, namozxon ekanmi ishqilib?” demaymiz. Balki, odamlarga “qizimizni mahri mana shuncha” diyish uchun mahr pulidan so’raymiz. ODAMLAR ko’rib “mashalloh, juda zo’r jihozlarku” diyshlari uchun, sep-sidirg’adan so’raymiz. Nikoh marosimi, yani to’y – tomoshosidan so’raymiz, “Qaysi restoranda bo’larkin?”. Shu va shunga o’xshash o’rinlarda mollarni zoye (uvol) qilish bilan, shaytonni rozi qilish uchun musobaqalashamiz!
   Bir kechagina kiyiladigan kelin libosiga minglab pul sarflaymiz. Ba’zilarning pista-bodomiga harjlangan puliga, bitta kambag’alni to’yini o’tqizsa bo’ladi (!). Boshqa sarf harajatlar ham shunga o’xshash.
   Bular hammasi nima uchun? Kelin kiyovni manfaati uchunmi? Allohga qasamki, yo’q! SAVOB YO JANNAT UCHUNMI? YO’Q! MOL TOPISH UCHUNMI? YO’Q! Unda nima uchun??? ODAMLAR uchun!
   Motamlarimiz ham to’ylarimizdek. Motamlarimizni ham to’ydan kam o’tqizmaymiz. Hammasi yana ODAMLAR uchun!
Hulosa shuki, seni yeyishinig, ichishing, uyingni to’shak, ko’rpacha, gilamlari, jihozlari, kundalik sarf harajatlaring ODAMLAR hohlaganidek bo’lishi kerak. Nimaga?
« So'nggi tahrir: 22 Noyabr 2007, 11:03:15 muallifi Ðœuslimа »
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #1 : 22 Noyabr 2007, 11:04:46 »
Hikoya

Sahobalardan birlari bir o’tirishda, katta elchilar bilan birga taomlanishga o’tirishganda ovqat yeb bo’lganlaridan keyin, tavoqni va qo’llarini yalab qo’ygan ekanlar. Shunda yonlaridagi do’stlari : “Taqsir, shu katta mehmonlarni oldida shu ishni qilmasangiz bo’lardi, ja hijolatli bo’ldi-da, qo’l yalash” diganlarida, u kishi aytgan ekanlarki “Man Habibim Payg’ambar sallallohu alayhi vassallamni sunnatlarini shular uchun tark qilamanmi?” degan ekanlar.
Biz ham shunday bo’lishimiz kerakki, ODAMLAR gapirishligi uchun bir ish qilmasdan, balki Alloh taoloni roziligini istashimiz kerak!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #2 : 22 Noyabr 2007, 11:07:11 »
Hadis

Rasululloh sallallohu alayhi vassallam marhamat qilganlar: “Qaysi banda, bir ishni qilib turganida, Alloh taoloni farmoniga nazar qimasa,”(Odamlarni roziligini o’ylab bir ish qildiyu, shu ish haqida Alloh nima derkin? Deb fikr qilmasa, Alloh taoloni farmoniga e’tibor bermasdan, odamlarni hursandchiligini e’tiborga olgan bo’lsa), “Alloh taolo shu bandani o’sha hursand qilaman dib ish qilgan odamlarni qo’lida rasvo qiladi”, (yani u odamlarni nazaridan ham qoladi, Alloni nazaridan ham qoladi). Alloh asrasin!
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Muslimа

  • SubhanAllohi va bihamdihi
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 802
  • Xabarlar: 2104
  • Jins: Ayol
  • O’zingdan o’zgaga muhtoj qilma, yo Allohim!
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #3 : 22 Noyabr 2007, 11:08:22 »
ODAMLAR DOIMO MANA SHU ODAMLAR! ODAMLARNI GAPIRMOQDAN BOSHQA YANA NIMA ISHI BOR?
Ey, odamlar, biz qachon o’zimiz uchun yashaymiz? Biz qachon shariat va aqlni chegarasida tura olamiz? Bizni oramizda manashu ahmoqona fikrlarni sindira oladigan insonlar qachon chiqadi?
Men iqror bo'lganman g'ofilligimga, Islom kelgunicha johilligimga,
Bilmay qaysi joyga dohilligimga, bu kun ko'ring qanday yurorim manim.
Ko'nglimga bir narsa ovunchoq, panoh, qilgan bo'lsam hamki sanoqsiz gunoh,
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...

Rasululloh sallalohu alayhi vassallam dedilar: “Biror kishiga SABRdan ko’ra yaxshiroq va ulkanroq ne’mat berilmagan” (Muttafaqqun alayh).

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #4 : 22 Noyabr 2007, 15:21:58 »
Assalomu alaykum!
Inshaolloh sekin-astalik bilan bu narsalar o'z-o'zidan barham topadi, 3-4 yil oldin kim o'zarga to'y qiluvchilar soni hozirgiga qaraganda anchagina ko'p edi,.. hozir esa to'ylarida amru-ma'ruf o'tkazayotgan odamlar (ulardan Olloh rozi bo'lsin) safi ham kengaymoqda, bu albatta yaxshilik alomati.
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #5 : 30 Noyabr 2007, 17:00:59 »
Assalomu alaykum!
  Foniy aytganlaridek, vaqt hamma narsani o'z joy-joyiga qo'yadi.Chindan ham ilgarigi to'ylar hozirgilariga qaraganda ancha o'zgacha edi.Yaqinda opamni to'ylari bo'ldi.To'ylarida aroq qo'yilmadi (Opam va u kishining turmush o'rtoqlari hamda ota-onalari shu qarorga kelishibdi).
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)


Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #7 : 10 Fevral 2010, 11:47:41 »
Bir kuni Hazrati Abu Bakr bilan Hazrati Umar Hazrati Aliga aytdilar:
— Ey Ali, Rasululloh qizlari Fotima voyaga yetdi, unga uylanish uchun Rasulullohdin so‘rar bo‘lsang, albatta senga berurlar, — deyishdi. Yana xotunlardan biri:
— Ey Ali, agar xotun olur bo‘lsang, Rasulullohdin Fotimani talab qilgil, — dedi.

Shuning bilan uylanish niyati Hazrati Alining ko‘ngliga tushdi. Arablar odaticha, Hazrati Ali to‘g‘ri kelib: «YO Rasululoh, Fotimani menga juft qiling», deb so‘radi. Anda Rasululloh aytdilar: «Agar mahr bo‘lgudek biror narsang bo‘lsa, uni keltirgin». Hazrat Alining g‘azotga minarlik bir otdin, urush kunlarida kiyarlik bir sovutdin boshqa hech narsalari yo‘q edi. Rasululloh otni qoldirib, sovutni sotmoqni buyurdilar. To‘rt yuz sakson tanga baho bo‘lib, sovut sotildi. U pulni kelturib, Rasulullohning oldilariga to‘kib qo‘ydi. Undin bir changalini olib: «Fotima to‘yiga keraklik narsalarni sotib kelturgil», deb Hazrati Bilolga buyurdilar. O‘z odatlaricha, to‘y ziyofati o‘tgandin so‘ngra Rasululloh sahobalar oldida o‘zlari xutba o‘qib, nikoh qildilar. Nikoh ahdi bog‘langandan keyin, o‘rtaga bir tovoq xurmo g‘o‘rasi qo‘yildi. O‘lturgan kishilar Rasulullohning ishoratlari bilan chochila sochgandek talashib oldilar. Suyunchilik kunlarda chochila talashmoq rasmi shul vaqtdan qolgan.

So‘ngra Payg‘ambarimizning dodaklari Ummu Ayman Hazrati Fotimaga yanga bo‘lib, Hazrati Alining uyiga tushirib kelturdi. Ikkovlari uyning ikki tomonida o‘ltirdilar. Rasululloh kelib: «Bir kosa suv keltir», deb Fotimaga buyurdilar. Anda Hazrati Fotima uyalganlikdan etaklariga o‘ralib yiqilayozib, bir kosa suv keltirdi. Bu suvdin Rasululloh bir xo‘plab olib, yana og‘izlaridan kosaga qaytardilar, so‘ngra shu suvni Hazrati Fotimaning ko‘kraklariga, boshlariga sepdilar, keyin Fotimaga qarab, ushbu duoni o‘qidilar:
«Allohumma inniy u’iyzuho bika va zurriyyataho minash shaytonir rojim». Ya’ni «Ey bor Xudoyo, Fotimani va uning bolalarini o‘z panohingga qo‘ydim. Shaytonning sharridan bularni o‘zing asragil», deb duo qildilar. So‘ngra Hazrati Aliga ham suv keltirgizib, shunday qildilar.

Hazrati Fotimaga Payg‘ambarimizning bergan seplari mana shular edi: ostilariga solgudek bir qo‘chqor terisi, ustilariga yoping‘udek bir jun sholcha, yana bir dona yostuq, tashqarisi meshdan tikilgan, ichi xurmo qovuqlari bilan to‘lg‘izilgan edi. Bir kuni ertalab Rasululloh Hazrati Fotimaning uyiga kirdilar. Qarasalar Hazrati Ali, Hazrati Fotima bomdod namozini o‘qigandin keyin, sovuqqa chiday olmay, to‘shaklariga qaytadan kirishib yotgan ekanlar. Rasulullohni ko‘rib, uyalganlaridan boshlarini burkashib oldilar. Rasululloh kelib: «Oyoqlarimni isitib olg‘ayman», deb oralariga muborak oyoqlarini uzatdilar. Birini Hazrati Ali quchoqlab ko‘kraklariga bosdi, ikkinchi oyoqlarini Hazrati Fotima qo‘ltiqlariga qo‘ydi.

Shuning bilan bir necha oylar o‘tdi. Bir kuni Hazrati Fotima Rasulullohning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, meni Quraysh yigitlari ichida eng kambag‘al kishiga bergan ekansiz, ostimizga solgudek bir qo‘chqor terisidan boshqa to‘shagimiz yo‘qdur, kechasi jun tomonini solib yoturmiz, kunduzi teri tomonini ag‘darib, tuyamizga yem berurmiz. Ustimizdagi yopinchimiz tor va ensiz, torligidan yo‘ldoshim tortsa, men ochilurman, men tortsam, ul ochilib qolgay», dedi.
Anda Rasululloh: «Ey qo‘zichog‘im, bu yo‘qsullikka sabr qilgaysiz. Muso payg‘ambar xotunlari Saquro, ya’ni, Shuayb payg‘ambar qizlari bilan o‘n yilgacha o‘rtalarida bir dona chopondin boshqa ostilariga solgudek to‘shaklari yo‘q edi», dedilar. Mana shuning uchun Rasululloh: «Al-faqru faxriy», dedilar: Ya’ni, «Har kimsalarning dunyoda maqtanurlik biror belgisi bordur, mening maqtanurlik narsam — faqirligimdur».

Payg‘ambarimizning bu so‘zlari esa kambag‘al ummatlari uchun yupang‘u bo‘lmoqqa yetarlikdur.

Hazrati Fotima, Hazrati Ali haqlarida Payg‘ambarimizning qilgan duolari maqbul bo‘lib, butun dunyoga tarqalgan sayidlarimiz Fotimai Zahrodin tug‘ilgan o‘g‘illari imomi Hasan, imomi Husayn, qizlari Zaynab shularning nasllaridur, Payg‘ambarimiz aytganlaridek, Alloh taolo bularning avlod-nasllariga barakot ato qilgandur.

Tarixi MUHAMMADIYAdan
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #8 : 13 Fevral 2010, 20:43:46 »
Lekin bazan odamlarimizni bizni ogohlantirib turgani ham yaxshi.
Masalan ko'cha-ko'yda har xil yoshlarni ko'ramiz, kattalarni ularga bergan tanbehlari bazan yoshlarga juda ta'sir qiladi...

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #9 : 16 Fevral 2010, 05:42:04 »
Muslima birodarim Alloh rozi bo'lsin, har doimgidek bugungi kunimizning dolzarb mavzusi bo'lgan mavzuning muallifi bo'libsiz!
Haqiqatda gaplaringiz chin haqiqat. Bizdagi ayni bu holatning mag'zi asl sababi RIYOkorlikdir! Ya'ni, bir ishni qilsak, falonchining ko'ziga yaxshi ko'rinay, yomon kunimda foydasi tegadi. Yoki falonchiga yaxshi yediray, o'zi yemaganini ham hadya qilib ertaga shundan foyda keladi yordami tegadi degan maqsad, riyokorlik bo';gani uchun ham ODAMLAR UCHUN, ODAMLAR NIMA DEYDI? degan gaplarimiz oshsa oshyaptiki ammo tiyilmayapmiz!...
Shu o'rinda Umar r.a ning xalifalik davrlari yodimga tushib ketadi, 1 ko'ylaklari bo'ladi, u ko'ylakni yuvgan kunlari ko'ylak quruguncha uyda bo'ladilar. Yoki qizlari yo otajon endi xalifasiz sal yaxshiroq yeb, kiying deganlarida Rasululloh ayoli bo'la turib shu gapni aytayapsanmi degandilar...
Bizdachi, falonchi nima deydi degan hayollardan ortib, Rasululloh hayotlari ashoblar qanday edi degan savollarni bera olmayapmiz?...
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Shoxruh Mirzo

  • Mehmon
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #10 : 24 Mart 2010, 15:58:16 »
Qanaqa to'y qilmoqchisiz? (Yohud qirq tog'oraning qirq nog'orasi )
                                       "O'nta qo'y nima buladi? Mahallada duv-duv gap bo'lsin deyman"
 
 Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
  Yaratgan egam ALLOHga behisob hamdu sanolar bo'lsinkim bizlarni, faqat O'zigagina ibodat qiluvchi mo'min musulmon bandalaridan qilib yaratgani uchun! Ushbu yozmoqchi bulganlarimni yuqoridagi epigrafdan qisman bulsada bilib olgan bulsangiz kerak?! Bu gapni hammamizga ma'lum va mashhur kinofilmda juda kop marotaba eshitgansiz albatta. Ushbu jumlalar utgan asrning ikkinchi yarmida aytilganiga qaramay  oradan shuncha vaqt utsa ham  bugungi hayotimizga qanchalik tog'ri keladi. Kamina ushbu yozmoqchi bulganlarim bilan hech kimga dilxiralik qilmoqchi emasman, shunchaki bugungi kunimizdagi to'ylar haqida o'z fikrimni sizning ixtiyoringizga havola qilmoqchiman holos.
  To'y! Naqadar ajoyib marosim! Ikki yoshning "visol onlariga" guvoh bulish uchun bundan-da ko'ra tantanali marosim bormi? O'zbek xalqini to'y qilganda ko'ring! Hammamizni ham to'ylarga yetkizsin deymiz gohida, lekin qanday to'ylarga? Biz to'y deganda nimani tushunadigan bo'lib qoldik? 300-400 kishilik mehmon chaqirib hammani qornini to'yg'izib, erkak-u ayolni aralashtirib chang to'zonda xar-hil musiqalarga o'ynab, spirtli ichimliklarni mast bulib ichadigan marosimnimi? Qiziq...yuqorida yozilgan epigrafni misol qilganim shuki usha davrdan hozirgi kunimizgacha qancha vaqt utdi, qanchadan qancha o'zgarishlar buldiyu lekin kishilarning onglari o'zgarmadimi? Aksincha o'zgardi, shu darajada uzgardiki rivojlanish bilan birga kishilar ongi barovar uzgardi. Faqat isrofgarchilik yuzasidan uzgardi! Usha davrdan hozirgi kungacha hamma narsa qanchalik rivojlanib ommalashgan bulsa, isrofgarchilik ham ommalashdi! Farzandini to'yini kuraman degan ota-onalar misqollab yig'ganlarini bir kunda ko'kka sovuradigan bulib qoldi. Balki meni aytayotganlarimi notog'ridir, lekin bugungi kunimizdagi to'ylarning aksariyati isrofgarchiligu, noshariy amaldan boshqasi emas. Bugungi to'ylarning deyarli hammasi "Sendan men kammi?" shiori ostida o'tib bormoqda! Puli bor odamga to'y qilish oson, lekin puli yuq odamga qiyin. Falonchi keliniga manashuncha ko'ylak olibdi, pistonchi qiziga manabunaqa mebel olibdi degan gaplarni kunda bulmasa kunora eshtib hayratlanasan kishi! Nahotki oila deb atalmish kichik jamiyatning o'zagi mahr bilan ulchansa?  Mol dunyo va obro'-mansab uchun quda andachilik qilayotgan ota-onalar nahot o'z farzandlarini baxtini o'ylashmasa? Bunday xoyu-havaslar evaziga qurilgan oila poydevorsiz qurilgan uyga uhshab qolmaydimi? Poydevorsiz qurilgan uy ko'p o'tmay nurab qolib, qulab tushganidek, havoyu-nafs evaziga qurilgan oila ham parokandaga yuz tutishi aniq. Bundan 12-14 yil muqaddam otalar so'zi-aqlning ko'zi ko'rsatuvida Orif otaning (ALLOH rahmat qilsin) shunday gaplari yodimga tushadi: Yaqinda Toshkentda bir to'y buldi. Kuyovning onasi keliniga 450 ta ko'ylak qilibdi. Eh, bir yil 365 kun bulsa kuniga bittadan yangi ko'ylak kiyganda ham bir yildan keyin farzandli bulsa, qolgan ko'ylakni kiyarmidi?" Bunday dabdabalar hozir ham uchrab turibdi. Qo'sha qo'sha moshinalar, uch to'rt xil taomlar hammasi isrofgarchilikning o'zimasmi? To'ylarning yevropalashib ketganligi haqidaku aytmasa ham bulaveradi. Alhamdulillah hammamiz musulmonmiz! Nega endi musulmon bulib islomiy, shariatga muofiq to'y qilmaymiz? Chuqurroq o'ylab qaraydigan bulsak, daxshatning o'zginasimasmi? Bir kelinni olib ketgani yigirma chog'li yigit qo'sha-qo'sha moshinalarda kelsa, u yigitlarga bir mahalla ota-onalar o'z qizlarini moshinalarga mindirib qo'shib bersa bu nima degan hol? Qiziq savol tug'iladi islomiy to'y bulmagan to'y yoki nasroniy yoki yahudiylarniki buladi! Bunday to'yga nikoh deb atalmish muqaddas shariy hukmni nima keragi bor degin keladi kishi?! Usha yevropaliklar ham uzlarini to'ylariga bu darajada sarf harajat, isrofgarchilik qilmaydi! Ho'sh, biz endi qayoqqa qarab ketayabmiz? To'ydan keyin ichib olib duo ham qilishadi. Axir harom luqma bilan qilingan duo qabul bulmasligini nahot bilmasalar? RasulALLOH s.a.v:"Ey, Sa'd haromdan saqlaning, zero qoringa bir luqma harom kirsa bandaning duosi qirq kungacha qabul bulmaydi" dedilar.
 Hurmatli mo'min musulmon birodarlar! Qayoqqa qarab ketyabmizu, kimga taqlid qilyabmiz? Bir o'tmishimizga nazar solsak yahshi bulardi. Bunday dabdabayu isrofgarchilikni qiyomat kuni javobgarli borligini balki ayrimlarimiz bilmasmiz? Bunday dabdaba va hoyu havaslar haqida bot-bot aytilgan bulsada, lekin amalda ijobiy tarafga uzgarish sezilmayabdi. Bularning hammasi diniy ilmimiz, shariy savodimiz yuqligidan! Ahir qachongacha shunday bid'at bilan yashaymiz? Yohud to'ylarimizning hammasi odamlar nima deydi? deyishlik uchun bulib qoldimi?
 Yozmoqchi bulganlarimni shu yerda muxtasar qilib, ushbu hadis birla yakunlamoqchiman, Nabiy s.a.v.: Agar qaysi bir odam ALLOHning roziligini uylamasdan, bandani roziligni o'ylasa, ALLOH usha odamni, roziligini o'ylagan odam qo'lida xor qiladi." dedilar.
  Yaratgan egam ALLOH barchamizni hidoyat yulidan adashtirmasin! Qalblarimizni iymon nuri bilan nurlantirsin. Faqat O'Zining rozilini topishligimiz uchun kuchli taqvo va sabr ato etsin! Guzal Jannatda O'Zining nurli jamoliga nazar solmog'likka nasibu musharraf aylasin deya duolaringizga muhtoj Shoxruh Mirzo. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!

Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #11 : 15 May 2010, 14:08:17 »
:as:

Quyidagi postni qo'shni forumda o'qigandim juda ham ibratli voqea ekan bu yerdagilarga ham ilindim(ko'pchilik o'qigan bo'lsa ham kerak).
:bismilloh:
 :as:
Одамлар нима дейди ? Бу гап кундалик турмуш тарзимизни белгилаб берадиган меъёр бўлиб қолди афсус..
Яқинда, аниқроғи куз ойлардаги бир воқеани айтиб берай, ўзим жуда таъсирланган эдим.
Корхонамизда кўп йил ишлаган бир акахонимиз туйга таклифнома ташлаб кетди. Кенжа қизимни чиқаряпман, борасизлар кўпчилик бўлиб деб тайинлади. Ишхонамизда кўп йил ишлаган, туй куни тонгда корхонадан 5 киши бир жойга йигилиб туйхона томон юрдик.
Йулда кулишиб кетар эканмиз, бир хамкасбимиз туйхонага яқин қолганда "Туй бугун эмас шекилли, хеч ким йуға"- деди. Хақиқатан туйхона олдида 2-3 киши турибди холос. Илгари туй қилганларида 1000-1200 одам туйга айтилар. Хизматдагиларни саноғи бўлмас эди. Дарвоза олдида 50-60 одам қўл қовуштириб турар эди, уйда 3-4 дастурхончи хизматда бўлар эди.
Не ажаб хайрон қолдик.
Эшик олдида туй қилаётган акахон ўзи кутиб олди, келинглар-келинглар дея тўрга кузатди. Туйхонага кирдик 20-25 чоғли одам бир уйда ўтиришибди. Ош тортилди. Турдик. Табиийки дарвоза олдида, бизга нима хизмат дея хайрлашган бўлдик. Шунда бир хамкасбимиз сабри чидамай "Хожи ака, кўпчиликни айтмадингизми дейман, одам оз", деб қолди.
Хожи ака мийиғида кулимсираб "Махалладигиларга ош қилиб бердим холос, ўйлаб қарасам ўша келадиганлар бир коса ошни еб рахмат хам демай, қолмишига шунча одамни айтибди, пули қўпда, ундоқ-мундоқ дея хар хил гап қилишади.Сизга ўхшаган яқин биродарларни айтиб холос туйга деди.
Кейин эшитишимизча хожи ака катта туй қилмай туйни харажатидан кечиб 2500000 сум пулни махалласидаги бир уйлана олмай юрган йигитга бериб, шу болани уйлантириб қуйибди. Хақига жуда кўпчилик дуо қилибди.
Мен хам дуо қилдим, шунақа одамлар кўпайсин деб.
Одамлар.. Одамлар эса 5-6 кун гапиришди, хожи қарзга кириб қолган бўлса керак, бўлмаса катта туй қиларди деб. Эшитиб кулиб қуяман. Кейин булар хам унут бўлди.
Эх одамлар... 
forum.islom.uz

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…
« Javob #12 : 29 Oktyabr 2010, 11:09:12 »
Камҳарж никоҳ барака келтиради

Оилавий турмуш баракали бўлишини, ҳаёти муҳаббат ва тақволи фарзандлар билан тўлашини истовчилар Аллоҳ расули саллалоҳу алайҳи васаллам қуйидаги гапларига амал қилмоғи лозим: “Энг баракали никоҳ энг кам харажат сарфланадиган никоҳдир”.
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам яна таъкидлайдиларки, “Энг яхши аёл маҳри кам аёлдир” (Ибн Ҳиббон ривояти).
Яна бир бошқа ҳадисда Расуллуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар: “Совчиларга тез рози бўлиш, маҳрнинг кам бўлиши ва тез фарзандли бўлиш аёлнинг барака соҳибаси эканидандир” (Канзул Уммал ривояти).
Никоҳнинг дастлабки шарти бўлган маҳрнинг кам сарфлашни тарғиб этувчи шариат, албатта, тўй маросимида ҳам камхарж бўлишни буюради...

Ҳазрат Суфён Саврий разияллаҳу анҳу айтадиларки, келиннинг ўзи билан  нима олиб келганида кўз тиккан куёв Ñžғридир. Ҳаётларининг нури бўлган, машаққатлар билан вояга етказилган қизларини берганлари учун шукр қилиш ўрнига куёвнинг келин олиб келадиган матоҳларига кўз тикиши унинг ахлоқсизлигидандир. Худди шунингдек, куёвнинг келин томонга, улардан ҳам ҳадя қайтади, деган умид билан совға жўнатиши ҳам номақбул ишдир.
Қиз одатда ота-онасига оғирлиги тушмаслигини истайди. Шундай экан, қиз турмушга чиққанида ота-онаси унга кам нарса берса ҳам ёки умуман ҳеч нарса бермаса ҳам кўнглига олмайди. “Аммо қайнонам ва қайин опа-сингилларим мени мазаҳ қилади, одамлар оиламни назарга илмайди”, дея қайғуриш мумкин. Куёвнинг ота-онаси келиннинг ота-онасидан рўйхати тузилган матоҳларни кутиши кўпчилик мамлакатларда одат бўлиб қолган. Улар ҳаттоки келин томондан куёвнинг ўзига нималар келиши, куёвнинг отасига, онасига ва ҳар бир опа-сингилу, ака-укаларига нималар юборилиши кераклигини талаб қилади. Рўйхатда кутилганидек сарполар берилмаганлиги қуда томоннинг кайфиятида келиннинг ота-онасига маълум бўлади. Бу одатлар барчаси адолатсиз ва шариатга зиддир.
Шундай экан, ҳар бир аёл шуни ёдида тутиши керакки, эрта ёки кеч акаси, укаси ёки Ñžғли уйланганда у ҳам қайниопа, қайнисингил ёки қайнона бўлади. Тўйларда сарпо масалалари кўтарилар экан, онаси қуда томонга кераксиз сарпо талаблари қўйишига йўл қўймаслиги керак.
Она қуда томонга бирор сарпо талабини қўйса, бу одат адолатсиз эканлигини, қайтар дунё қайтиб келиб, бир куни қизининг қайнона тарафи ҳам худди шундай оғир талаблар қўйиши мумкинлигини тушунтириши керак. Марҳамат фақат Аллоҳдан кутилиши керак. Ўзгаларни кераксиз харажатларга қўйиш Аллоҳнинг кучли ғазабини келтиради.

Муҳаммад Ҳаниф АбдулМажид,
“Муслима келинга ҳадя” китобидан

Manba
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

 

qiyomatga yaqin qoldi odamlar esa...

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 5724
So'nggi javob 27 Mart 2008, 15:03:26
muallifi Muzayyana
GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish

Muallif MaxCmdBo'lim Internet

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 18077
So'nggi javob 22 Noyabr 2018, 12:20:33
muallifi Abraham Lincoln
Tog'ay Murod. Oydinda yurgan odamlar (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 245
Ko'rilgan: 80320
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:31:32
muallifi AbdulAziz
Yaxshi yoki yomon baho. Nima uchun?

Muallif BonuBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 118
Ko'rilgan: 44874
So'nggi javob 20 Aprel 2008, 15:37:39
muallifi Murod_bek
Kimga nima uchun yoki kimdan nimani..?

Muallif RobiyaBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 20
Ko'rilgan: 8670
So'nggi javob 18 Avgust 2012, 09:54:35
muallifi Хадича