Qanaqa to'y qilmoqchisiz? (Yohud qirq tog'oraning qirq nog'orasi )
"O'nta qo'y nima buladi? Mahallada duv-duv gap bo'lsin deyman"
Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
Yaratgan egam ALLOHga behisob hamdu sanolar bo'lsinkim bizlarni, faqat O'zigagina ibodat qiluvchi mo'min musulmon bandalaridan qilib yaratgani uchun! Ushbu yozmoqchi bulganlarimni yuqoridagi epigrafdan qisman bulsada bilib olgan bulsangiz kerak?! Bu gapni hammamizga ma'lum va mashhur kinofilmda juda kop marotaba eshitgansiz albatta. Ushbu jumlalar utgan asrning ikkinchi yarmida aytilganiga qaramay oradan shuncha vaqt utsa ham bugungi hayotimizga qanchalik tog'ri keladi. Kamina ushbu yozmoqchi bulganlarim bilan hech kimga dilxiralik qilmoqchi emasman, shunchaki bugungi kunimizdagi to'ylar haqida o'z fikrimni sizning ixtiyoringizga havola qilmoqchiman holos.
To'y! Naqadar ajoyib marosim! Ikki yoshning "visol onlariga" guvoh bulish uchun bundan-da ko'ra tantanali marosim bormi? O'zbek xalqini to'y qilganda ko'ring! Hammamizni ham to'ylarga yetkizsin deymiz gohida, lekin qanday to'ylarga? Biz to'y deganda nimani tushunadigan bo'lib qoldik? 300-400 kishilik mehmon chaqirib hammani qornini to'yg'izib, erkak-u ayolni aralashtirib chang to'zonda xar-hil musiqalarga o'ynab, spirtli ichimliklarni mast bulib ichadigan marosimnimi? Qiziq...yuqorida yozilgan epigrafni misol qilganim shuki usha davrdan hozirgi kunimizgacha qancha vaqt utdi, qanchadan qancha o'zgarishlar buldiyu lekin kishilarning onglari o'zgarmadimi? Aksincha o'zgardi, shu darajada uzgardiki rivojlanish bilan birga kishilar ongi barovar uzgardi. Faqat isrofgarchilik yuzasidan uzgardi! Usha davrdan hozirgi kungacha hamma narsa qanchalik rivojlanib ommalashgan bulsa, isrofgarchilik ham ommalashdi! Farzandini to'yini kuraman degan ota-onalar misqollab yig'ganlarini bir kunda ko'kka sovuradigan bulib qoldi. Balki meni aytayotganlarimi notog'ridir, lekin bugungi kunimizdagi to'ylarning aksariyati isrofgarchiligu, noshariy amaldan boshqasi emas. Bugungi to'ylarning deyarli hammasi "Sendan men kammi?" shiori ostida o'tib bormoqda! Puli bor odamga to'y qilish oson, lekin puli yuq odamga qiyin. Falonchi keliniga manashuncha ko'ylak olibdi, pistonchi qiziga manabunaqa mebel olibdi degan gaplarni kunda bulmasa kunora eshtib hayratlanasan kishi! Nahotki oila deb atalmish kichik jamiyatning o'zagi mahr bilan ulchansa? Mol dunyo va obro'-mansab uchun quda andachilik qilayotgan ota-onalar nahot o'z farzandlarini baxtini o'ylashmasa? Bunday xoyu-havaslar evaziga qurilgan oila poydevorsiz qurilgan uyga uhshab qolmaydimi? Poydevorsiz qurilgan uy ko'p o'tmay nurab qolib, qulab tushganidek, havoyu-nafs evaziga qurilgan oila ham parokandaga yuz tutishi aniq. Bundan 12-14 yil muqaddam otalar so'zi-aqlning ko'zi ko'rsatuvida Orif otaning (ALLOH rahmat qilsin) shunday gaplari yodimga tushadi: Yaqinda Toshkentda bir to'y buldi. Kuyovning onasi keliniga 450 ta ko'ylak qilibdi. Eh, bir yil 365 kun bulsa kuniga bittadan yangi ko'ylak kiyganda ham bir yildan keyin farzandli bulsa, qolgan ko'ylakni kiyarmidi?" Bunday dabdabalar hozir ham uchrab turibdi. Qo'sha qo'sha moshinalar, uch to'rt xil taomlar hammasi isrofgarchilikning o'zimasmi? To'ylarning yevropalashib ketganligi haqidaku aytmasa ham bulaveradi. Alhamdulillah hammamiz musulmonmiz! Nega endi musulmon bulib islomiy, shariatga muofiq to'y qilmaymiz? Chuqurroq o'ylab qaraydigan bulsak, daxshatning o'zginasimasmi? Bir kelinni olib ketgani yigirma chog'li yigit qo'sha-qo'sha moshinalarda kelsa, u yigitlarga bir mahalla ota-onalar o'z qizlarini moshinalarga mindirib qo'shib bersa bu nima degan hol? Qiziq savol tug'iladi islomiy to'y bulmagan to'y yoki nasroniy yoki yahudiylarniki buladi! Bunday to'yga nikoh deb atalmish muqaddas shariy hukmni nima keragi bor degin keladi kishi?! Usha yevropaliklar ham uzlarini to'ylariga bu darajada sarf harajat, isrofgarchilik qilmaydi! Ho'sh, biz endi qayoqqa qarab ketayabmiz? To'ydan keyin ichib olib duo ham qilishadi. Axir harom luqma bilan qilingan duo qabul bulmasligini nahot bilmasalar? RasulALLOH s.a.v:"Ey, Sa'd haromdan saqlaning, zero qoringa bir luqma harom kirsa bandaning duosi qirq kungacha qabul bulmaydi" dedilar.
Hurmatli mo'min musulmon birodarlar! Qayoqqa qarab ketyabmizu, kimga taqlid qilyabmiz? Bir o'tmishimizga nazar solsak yahshi bulardi. Bunday dabdabayu isrofgarchilikni qiyomat kuni javobgarli borligini balki ayrimlarimiz bilmasmiz? Bunday dabdaba va hoyu havaslar haqida bot-bot aytilgan bulsada, lekin amalda ijobiy tarafga uzgarish sezilmayabdi. Bularning hammasi diniy ilmimiz, shariy savodimiz yuqligidan! Ahir qachongacha shunday bid'at bilan yashaymiz? Yohud to'ylarimizning hammasi odamlar nima deydi? deyishlik uchun bulib qoldimi?
Yozmoqchi bulganlarimni shu yerda muxtasar qilib, ushbu hadis birla yakunlamoqchiman, Nabiy s.a.v.: Agar qaysi bir odam ALLOHning roziligini uylamasdan, bandani roziligni o'ylasa, ALLOH usha odamni, roziligini o'ylagan odam qo'lida xor qiladi." dedilar.
Yaratgan egam ALLOH barchamizni hidoyat yulidan adashtirmasin! Qalblarimizni iymon nuri bilan nurlantirsin. Faqat O'Zining rozilini topishligimiz uchun kuchli taqvo va sabr ato etsin! Guzal Jannatda O'Zining nurli jamoliga nazar solmog'likka nasibu musharraf aylasin deya duolaringizga muhtoj Shoxruh Mirzo. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!