Odamlar nima deydi? yoki Hamma narsa odamlar uchun…  ( 10144 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muslimа  22 Noyabr 2007, 10:56:13

Assalomu alaykum!
Bu mavzu bugungi kunni dolzarb mavzularidan biri nazarimda. Tan olish kerakki, ko’pchiligimiz ko’p ishlarimizni odamlar uchun qilamiz? Biror ish qilsak, biroro kiyim kiysak, biror marosim qilsak ham odamlarni gapini o’ylab, ular nima diyshlari haqida qayg’uramaiz!

(Bu mavzuda Yorqinjon qorining ma'ruzalaridan keltirib o'taman. Inshaolloh, hulosa chiqarishga arzirlik masalalar yoritilgan.)

"œQizimizni erga bermoqchi bo’lsak, uni yoki erini manfaatiga qaramaymiz, hayotini bahtli qilish haqida fikr qilmaymiz, yolg’iz to’y kunlari haqida hayol qilamaiz. Bizda hamma sa’yu harakatlarimiz ODAMLARni hursand qilish uchun bo’ladi. Ba’zi kishilarni mustasno qilib aytamanki biz yigitni ahloq va tabiatidan so’ramaymiz, "œDini qanaqa ekan, namozxon ekanmi ishqilib?" demaymiz. Balki, odamlarga "œqizimizni mahri mana shuncha" diyish uchun mahr pulidan so’raymiz. ODAMLAR ko’rib "œmashalloh, juda zo’r jihozlarku" diyshlari uchun, sep-sidirg’adan so’raymiz. Nikoh marosimi, yani to’y — tomoshosidan so’raymiz, "œQaysi restoranda bo’larkin?". Shu va shunga o’xshash o’rinlarda mollarni zoye (uvol) qilish bilan, shaytonni rozi qilish uchun musobaqalashamiz!
   Bir kechagina kiyiladigan kelin libosiga minglab pul sarflaymiz. Ba’zilarning pista-bodomiga harjlangan puliga, bitta kambag’alni to’yini o’tqizsa bo’ladi (!). Boshqa sarf harajatlar ham shunga o’xshash.
   Bular hammasi nima uchun? Kelin kiyovni manfaati uchunmi? Allohga qasamki, yo’q! SAVOB YO JANNAT UCHUNMI? YO’Q! MOL TOPISH UCHUNMI? YO’Q! Unda nima uchun??? ODAMLAR uchun!
   Motamlarimiz ham to’ylarimizdek. Motamlarimizni ham to’ydan kam o’tqizmaymiz. Hammasi yana ODAMLAR uchun!
Hulosa shuki, seni yeyishinig, ichishing, uyingni to’shak, ko’rpacha, gilamlari, jihozlari, kundalik sarf harajatlaring ODAMLAR hohlaganidek bo’lishi kerak. Nimaga?

Qayd etilgan


Muslimа  22 Noyabr 2007, 11:04:46

Hikoya

Sahobalardan birlari bir o’tirishda, katta elchilar bilan birga taomlanishga o’tirishganda ovqat yeb bo’lganlaridan keyin, tavoqni va qo’llarini yalab qo’ygan ekanlar. Shunda yonlaridagi do’stlari : "œTaqsir, shu katta mehmonlarni oldida shu ishni qilmasangiz bo’lardi, ja hijolatli bo’ldi-da, qo’l yalash" diganlarida, u kishi aytgan ekanlarki "œMan Habibim Payg’ambar sallallohu alayhi vassallamni sunnatlarini shular uchun tark qilamanmi?" degan ekanlar.
Biz ham shunday bo’lishimiz kerakki, ODAMLAR gapirishligi uchun bir ish qilmasdan, balki Alloh taoloni roziligini istashimiz kerak!

Qayd etilgan


Muslimа  22 Noyabr 2007, 11:07:11

Hadis

Rasululloh sallallohu alayhi vassallam marhamat qilganlar: "œQaysi banda, bir ishni qilib turganida, Alloh taoloni farmoniga nazar qimasa,"(Odamlarni roziligini o’ylab bir ish qildiyu, shu ish haqida Alloh nima derkin? Deb fikr qilmasa, Alloh taoloni farmoniga e’tibor bermasdan, odamlarni hursandchiligini e’tiborga olgan bo’lsa), "œAlloh taolo shu bandani o’sha hursand qilaman dib ish qilgan odamlarni qo’lida rasvo qiladi", (yani u odamlarni nazaridan ham qoladi, Alloni nazaridan ham qoladi). Alloh asrasin!

Qayd etilgan


Muslimа  22 Noyabr 2007, 11:08:22

ODAMLAR DOIMO MANA SHU ODAMLAR! ODAMLARNI GAPIRMOQDAN BOSHQA YANA NIMA ISHI BOR?
Ey, odamlar, biz qachon o’zimiz uchun yashaymiz? Biz qachon shariat va aqlni chegarasida tura olamiz? Bizni oramizda manashu ahmoqona fikrlarni sindira oladigan insonlar qachon chiqadi?

Qayd etilgan


Foniy  22 Noyabr 2007, 15:21:58

Assalomu alaykum!
Inshaolloh sekin-astalik bilan bu narsalar o'z-o'zidan barham topadi, 3-4 yil oldin kim o'zarga to'y qiluvchilar soni hozirgiga qaraganda anchagina ko'p edi,.. hozir esa to'ylarida amru-ma'ruf o'tkazayotgan odamlar (ulardan Olloh rozi bo'lsin) safi ham kengaymoqda, bu albatta yaxshilik alomati.

Qayd etilgan


Robiya  30 Noyabr 2007, 17:00:59

Assalomu alaykum!
  Foniy aytganlaridek, vaqt hamma narsani o'z joy-joyiga qo'yadi.Chindan ham ilgarigi to'ylar hozirgilariga qaraganda ancha o'zgacha edi.Yaqinda opamni to'ylari bo'ldi.To'ylarida aroq qo'yilmadi (Opam va u kishining turmush o'rtoqlari hamda ota-onalari shu qarorga kelishibdi).

Qayd etilgan



Foniy  10 Fevral 2010, 11:47:41

Bir kuni Hazrati Abu Bakr bilan Hazrati Umar Hazrati Aliga aytdilar:
— Ey Ali, Rasululloh qizlari Fotima voyaga yetdi, unga uylanish uchun Rasulullohdin so‘rar bo‘lsang, albatta senga berurlar, — deyishdi. Yana xotunlardan biri:
— Ey Ali, agar xotun olur bo‘lsang, Rasulullohdin Fotimani talab qilgil, — dedi.

Shuning bilan uylanish niyati Hazrati Alining ko‘ngliga tushdi. Arablar odaticha, Hazrati Ali to‘g‘ri kelib: «YO Rasululoh, Fotimani menga juft qiling», deb so‘radi. Anda Rasululloh aytdilar: «Agar mahr bo‘lgudek biror narsang bo‘lsa, uni keltirgin». Hazrat Alining g‘azotga minarlik bir otdin, urush kunlarida kiyarlik bir sovutdin boshqa hech narsalari yo‘q edi. Rasululloh otni qoldirib, sovutni sotmoqni buyurdilar. To‘rt yuz sakson tanga baho bo‘lib, sovut sotildi. U pulni kelturib, Rasulullohning oldilariga to‘kib qo‘ydi. Undin bir changalini olib: «Fotima to‘yiga keraklik narsalarni sotib kelturgil», deb Hazrati Bilolga buyurdilar. O‘z odatlaricha, to‘y ziyofati o‘tgandin so‘ngra Rasululloh sahobalar oldida o‘zlari xutba o‘qib, nikoh qildilar. Nikoh ahdi bog‘langandan keyin, o‘rtaga bir tovoq xurmo g‘o‘rasi qo‘yildi. O‘lturgan kishilar Rasulullohning ishoratlari bilan chochila sochgandek talashib oldilar. Suyunchilik kunlarda chochila talashmoq rasmi shul vaqtdan qolgan.

So‘ngra Payg‘ambarimizning dodaklari Ummu Ayman Hazrati Fotimaga yanga bo‘lib, Hazrati Alining uyiga tushirib kelturdi. Ikkovlari uyning ikki tomonida o‘ltirdilar. Rasululloh kelib: «Bir kosa suv keltir», deb Fotimaga buyurdilar. Anda Hazrati Fotima uyalganlikdan etaklariga o‘ralib yiqilayozib, bir kosa suv keltirdi. Bu suvdin Rasululloh bir xo‘plab olib, yana og‘izlaridan kosaga qaytardilar, so‘ngra shu suvni Hazrati Fotimaning ko‘kraklariga, boshlariga sepdilar, keyin Fotimaga qarab, ushbu duoni o‘qidilar:
«Allohumma inniy u’iyzuho bika va zurriyyataho minash shaytonir rojim». Ya’ni «Ey bor Xudoyo, Fotimani va uning bolalarini o‘z panohingga qo‘ydim. Shaytonning sharridan bularni o‘zing asragil», deb duo qildilar. So‘ngra Hazrati Aliga ham suv keltirgizib, shunday qildilar.

Hazrati Fotimaga Payg‘ambarimizning bergan seplari mana shular edi: ostilariga solgudek bir qo‘chqor terisi, ustilariga yoping‘udek bir jun sholcha, yana bir dona yostuq, tashqarisi meshdan tikilgan, ichi xurmo qovuqlari bilan to‘lg‘izilgan edi. Bir kuni ertalab Rasululloh Hazrati Fotimaning uyiga kirdilar. Qarasalar Hazrati Ali, Hazrati Fotima bomdod namozini o‘qigandin keyin, sovuqqa chiday olmay, to‘shaklariga qaytadan kirishib yotgan ekanlar. Rasulullohni ko‘rib, uyalganlaridan boshlarini burkashib oldilar. Rasululloh kelib: «Oyoqlarimni isitib olg‘ayman», deb oralariga muborak oyoqlarini uzatdilar. Birini Hazrati Ali quchoqlab ko‘kraklariga bosdi, ikkinchi oyoqlarini Hazrati Fotima qo‘ltiqlariga qo‘ydi.

Shuning bilan bir necha oylar o‘tdi. Bir kuni Hazrati Fotima Rasulullohning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, meni Quraysh yigitlari ichida eng kambag‘al kishiga bergan ekansiz, ostimizga solgudek bir qo‘chqor terisidan boshqa to‘shagimiz yo‘qdur, kechasi jun tomonini solib yoturmiz, kunduzi teri tomonini ag‘darib, tuyamizga yem berurmiz. Ustimizdagi yopinchimiz tor va ensiz, torligidan yo‘ldoshim tortsa, men ochilurman, men tortsam, ul ochilib qolgay», dedi.
Anda Rasululloh: «Ey qo‘zichog‘im, bu yo‘qsullikka sabr qilgaysiz. Muso payg‘ambar xotunlari Saquro, ya’ni, Shuayb payg‘ambar qizlari bilan o‘n yilgacha o‘rtalarida bir dona chopondin boshqa ostilariga solgudek to‘shaklari yo‘q edi», dedilar. Mana shuning uchun Rasululloh: «Al-faqru faxriy», dedilar: Ya’ni, «Har kimsalarning dunyoda maqtanurlik biror belgisi bordur, mening maqtanurlik narsam — faqirligimdur».

Payg‘ambarimizning bu so‘zlari esa kambag‘al ummatlari uchun yupang‘u bo‘lmoqqa yetarlikdur.

Hazrati Fotima, Hazrati Ali haqlarida Payg‘ambarimizning qilgan duolari maqbul bo‘lib, butun dunyoga tarqalgan sayidlarimiz Fotimai Zahrodin tug‘ilgan o‘g‘illari imomi Hasan, imomi Husayn, qizlari Zaynab shularning nasllaridur, Payg‘ambarimiz aytganlaridek, Alloh taolo bularning avlod-nasllariga barakot ato qilgandur.

Tarixi MUHAMMADIYAdan

Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2010, 20:43:46

Lekin bazan odamlarimizni bizni ogohlantirib turgani ham yaxshi.
Masalan ko'cha-ko'yda har xil yoshlarni ko'ramiz, kattalarni ularga bergan tanbehlari bazan yoshlarga juda ta'sir qiladi...

Qayd etilgan


Hadija  16 Fevral 2010, 05:42:04

Muslima birodarim Alloh rozi bo'lsin, har doimgidek bugungi kunimizning dolzarb mavzusi bo'lgan mavzuning muallifi bo'libsiz!
Haqiqatda gaplaringiz chin haqiqat. Bizdagi ayni bu holatning mag'zi asl sababi RIYOkorlikdir! Ya'ni, bir ishni qilsak, falonchining ko'ziga yaxshi ko'rinay, yomon kunimda foydasi tegadi. Yoki falonchiga yaxshi yediray, o'zi yemaganini ham hadya qilib ertaga shundan foyda keladi yordami tegadi degan maqsad, riyokorlik bo';gani uchun ham ODAMLAR UCHUN, ODAMLAR NIMA DEYDI? degan gaplarimiz oshsa oshyaptiki ammo tiyilmayapmiz!...
Shu o'rinda Umar r.a ning xalifalik davrlari yodimga tushib ketadi, 1 ko'ylaklari bo'ladi, u ko'ylakni yuvgan kunlari ko'ylak quruguncha uyda bo'ladilar. Yoki qizlari yo otajon endi xalifasiz sal yaxshiroq yeb, kiying deganlarida Rasululloh ayoli bo'la turib shu gapni aytayapsanmi degandilar...
Bizdachi, falonchi nima deydi degan hayollardan ortib, Rasululloh hayotlari ashoblar qanday edi degan savollarni bera olmayapmiz?...

Qayd etilgan