Umumiy bo'lim > Forumdoshlar hayoti

Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?

(1/40) > >>

Laylo:
Forum.ziyouz.com - menga judayam qadrdon bo'lib qolgan forum.
Uch yildirki, shu forum bilan birgaman.
Forum menga nima berdi?
Ko'p narsani berdi. Ko'p narsani o'rgatdi!
Ilm oldim forumdan. Yaxshi, ikki dunyoda ham topilmaydigan muslima birodarlarimni topdim.
Alloh ulardan rozi bo'lsin!
Ko'p narsani o'rgatishdi ular.
Shuncha yildan beri ko'p forumlarga kirmoqchi bo'ldim, a'zo bo'ldim, mavzularini kuzatdim... Userlarning samimiyatini, qadrdonligini, bir-biriga munosabatini kuzatdim.
Yo'q, forum.ziyouz.com ga yetadigani, hatto biroz o'xshaydiganini topolmadim.
Sizni jon qulog'i bilan tinglaydigan, seni har doim qo'llab quvvatlab turadigan islomiy birodarlarni topolmadim...
Hammangizni hurmat qilaman, barchangizni Alloh uchun yaxshi ko'raman.
Omon bo'linglar!
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!

AL_laziz87:
Assalomu alaykum!!! Forumdoshlar. Forum.ziyouz.com- men bu sayitga yaqindagina a'zo bo'lgan bo'lsam xam, juda ko'p narsani o'rganib oldim. Ajoyib do'stlar ortirdim. Kundan kunga qadrdon bo'lib bormoqda, Forum.ziyouz.com bilan vaqt ajoyib o'tadi. Xammaga omad tilayman Ollox yor bo'lsin!!

lolo:
forum.ziyouz.comni bir qop bodroga o'xshataman, hajmi katta, ichidagilar juda yengil va to'yimli emas, hamda ancha vaqtni ham oladi. Bodroqlarni sekin asta yong'oqqa almashtirish mumkin. Bu esa har bir userga bog'liq. Ya'ni bu yerga masalan, yangi mavzu  qo'yayotganlar odamlar hayoti va oxirati uchun foydali bo'lgan qisqa va serma'no narsalarni qo'yishi (duch kelgan safsatalarni emas) lozim. Fikr bildiruvchilar esa jiddiy va foydali fikri bo'lsagina qisqa holda bayon etishi kerak bo'ladi. Shundagina vaqt ham zavol bo'lmaydi, odam nimanidur olib o'rganib ketadi va hokazo. Maqsad "To'ldirish" emas, "Foydali Bo'lish" bo'lishi kerak.

shoir:

--- Iqtibos: lolo  30 Noyabr 2007, 07:28:11 ---forum.ziyouz.comni bir qop bodroga o'xshataman, hajmi katta, ichidagilar juda yengil va to'yimli emas, hamda ancha vaqtni ham oladi. Bodroqlarni sekin asta yong'oqqa almashtirish mumkin. Bu esa har bir userga bog'liq. Ya'ni bu yerga masalan, yangi mavzu  qo'yayotganlar odamlar hayoti va oxirati uchun foydali bo'lgan qisqa va serma'no narsalarni qo'yishi (duch kelgan safsatalarni emas) lozim. Fikr bildiruvchilar esa jiddiy va foydali fikri bo'lsagina qisqa holda bayon etishi kerak bo'ladi. Shundagina vaqt ham zavol bo'lmaydi, odam nimanidur olib o'rganib ketadi va hokazo. Maqsad "To'ldirish" emas, "Foydali Bo'lish" bo'lishi kerak.

--- End quote ---

Gapingizga qo'shilolmayman.
To'g'ri, siz ham o'zingiz aytgan toifadan bo'lishingiz mumkin. Har holda postlaringizning 20 foizini ham foydali deb bo'lmaydi. Asosan ko'ngilochar mavzularda mazmunsiz postlar qoldirasiz (Bu meni fikrim, uzr, ishonmasangiz, statistikangizni bir qarab chiqing,)
Biron mulohaza yozishdan avval sal o'ylab, mulohaza qilib yozish kerak, aks holda "nimala haqda gaplashvossanla"dan nariga o'tib bo'lmaydi. Bunaqa postdan kimga foyda? Yaxshilab o'qib chiqing, tushunib olasiz, shunaqa deb yozish shartmi? Siz avval o'zingizning postlaringizni yong'oqqa to'ldiring, to'ldirgandayam puch yong'oqqa emas. Keyin boshqalar haqida fikr yuritsangiz arziydi.
Mening odatim o'zi shunaqa, biron narsa yoqmasa shartta aytib tashaveraman. Hafa bo'lmaysiz degan umiddaman. Zero, yomon gap gapirmadim: avval o'zingga boq, keyin nog'ora qoq. Rozi bo'lasiz.

Salmoni Forsiy:


Assalomu alaykum!
Forumni eng eng ulig' tamoni shundaki, bu erda buyuk robbimizni so'zi yani "Quroni Karim" joy olgan, va shuning o'zigina forumni eng zo'r deb aytishga munosib ekani.Masalan man bu forumdan ancha narsa oldim desam yangishmagan bo'laman.Bu erda ko'p narsalar ibrat uchun,ilm kuchaytirishga va islomgai, sahobalar hayotiga , umuman dinimizga oid ko'p narsalar mavjud.Har bir insonni qanday foydalanayotganiga ham bog'liq deb o'ylayman.




Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version