Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 123741 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 20 B


azizbek_mx  01 Noyabr 2010, 21:04:40

Forumga kirganimga ancha bo'gandi. U paytlar unchalik qiziqmagandim. Chunki netdan faqat rasm qidirish uchun foydalanardim. Vaqt o'tib, qattiq qayg'uga tushgach, dardimni kim bilan baham ko'rishni bilolmay qayerdandir shu manzil esimga keldi. Endi u meni butunlay odam bo'lishga o'rgatyapti. Menga yangi yaqinlar berdi, hayotni ochib beryapti. Allbatta forum a'zolari sharofati bilan! Chunki bu yerda akalar, opalar, tengdoshu birodarlar, uka singillar o'z maslahatlarini, fikrlarini va duolarini darig' tutmay mehribonlik qilishmoqda. Men ham allbatta ishonchingizni oqlashga harakat qilaman!

Qayd etilgan


Ansora  07 Noyabr 2010, 19:26:07

Forumni-jazirama issiq havoda salgingina, sovqotib turganimda esa issiqqina xonaga o'hshataman:)

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  02 Dekabr 2010, 14:28:50

Ziyouz.com saytiga avvaldan tez-tez kirib turardim. Turli yaxshi kitoblarni, umuman o`zingiz istagan ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Forumga esa yaqindan boshlab kira boshladim. Va ajoyib bir oshpaz do`stimni topdim:) Ziyouz forumi menga do`st berdi.

Qayd etilgan


Shukrona  27 Dekabr 2010, 09:55:33

Assalomu alaykum.
Bu forum manga ko'p narsa berdi va berib kelmoqda.Undan o'zimiz u-n kerakli narsalani olamiz.Eng muhimi dinimizni o'rganishda katta yordami tegadi.Yana bundan tashqari mo'min birodarlarimiz,mo'minalarimiz b-n tanishishda va fikrlar almashishda katta ko'prik vazifasini bajarmoqda.Manga bu forum qadrdon muslima opa-singillarni taqdim etdi va etmoqda.Barcha forum ijodkorlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.Alloh barchalaridan rozi bo'lsin va hayrli ishlarda O'zi bardavom qilsin. :amn:

Qayd etilgan


Foziljon  13 Yanvar 2011, 22:07:53

OLAMLARNING ROBBISI BOLGAN ZOTGA ALLOH TAOLO GA BARCHA HAMDLAR , IKKI OLAMNING SARVARI MUHAMMAD MUSTAFO SOLOLLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALOVATU DRUDLAR U ZOTNING OILA AZOLARIGA VA SAHOBALARIGA ULARGA QIYOLATGACHA YAXSHILIKDA  ERGASHGANLAGA ALLOHNING SALOMI VA RAHMATI BOLSIN.
BU FORUMDA YANGIMAN LEKIN SAYTGA KIRIB BU YERDAGI FOYDALI MALUMOTLARDAN OLIB TURGANMAN , ENDI INSHAALLOH FORUMGAXAM QOSHILIB OLDIM JAMOATDAN ORTA QOLMASLIK MAQSADIDA INSHAALLOH.

«У (Аллох) Ўз Пайгамбарини Хидоят ва Хак Дин билан — гарчи мушриклар хохламаса-да — барча динларга голиб килиш учун юборган Зотдир». (Тавба: 33)

Qayd etilgan


Aqoid  14 Yanvar 2011, 01:59:19

Off: Birodar xush kelibsiz. Sayt ham forum ham ko'p narsa berdi.

Qayd etilgan


Nurdinboy  22 Yanvar 2011, 01:00:46

Ko'chaga chirsang sen bilan yurgani do'st kerak...
Bir yerga borsang, musofir bo'lsang qo'nimgoh kerak...
Internetga kirganingda ham mundoq bir bemalol o'tiradigan sayt kerak...
Bu forum mening internetdagi qo'nimgohim, musofirxonam, erkin nafas oladigan saytim. Menimcha boshqa gap ortiqcha.

Qayd etilgan


Nurdinboy  01 Fevral 2011, 00:08:54

To'g'risi gap o'zingnikidan qo'ymasin ekan. Ziyouz eng tartibli va ruslar ta'biri bn aytganda akkuratniy, otlichniy forum.
Iwoning gaplarim samimiy. ;D

Qayd etilgan


dust  16 Fevral 2011, 02:14:52

Hurmatli Abdulaziz oka bu forumda ishtirokim sababini etkandim.Va ketish oldidan forumiz haqide tasavvurlarimmi aniq yozishni niyat qigandim.Avvalo rahmat oka bu kungi o'zbe jamiyatiga bir oyna shaklide bu forummi yuritvotkanizchun.Forum chindanam manga ustoz tariflagan jamiyatti ko'rishimga sabab bo'ldi.Chindanam bizzi halqimiz ajdodla asrab avaylagan sharaf va shonni yoqotib borvotkanga o'hshidi.Bu fikrga yanayam ishonishimga sabab faqat bu forummas Ziyouz saytide ba'zi jurnalistalani  jamiyatti bu kungi holati haqide maqolalariyam hususan sizziyam bazi maqolalariz bu kungi jamiyatte insonlani o'rnidan tolu qoniqmasliyizzi bildiribdi. Hullas doktor etkallaride bizzi halqimizda o'rganishlini istashlidan ko'ra bilsa bilmasa o'rgatishliyga harisli illati kuchayibdikan.Hayotta kotta yoshlilarimiz yo ilmlili davo qivotkan oka opalarimiz hali hayotta muomala munozarada yetarli tajribaga ega bomagan yoshla minan tillashishli yo fikri yoqmadimi deme "u odobsiz o'nglanmedigan mahluq "sifatida ko'rib muomala qilishshi o'rganibdila. Tori man fikrlarimda bazi forumchi opa okala etkallaride qattuli qildim tan olaman.Amo man boshlab fikr bildirganimda birovvi shahsiyatiga o'tmadim toki mani shahiyatimga o'tishmaguncha.Oka sherla yozarkans deme sheriyatti yahshi chunas dib o'yliman.Amo na adabiyotka hurmatan va na forum admini o'laro "Aytishuv" mavzuside tutruqsiz "asarlani" na o'chirmagan va na qarshi gap etmagans .Faqat Mas'ud oka bir marta ogoh qibdila.Ken man yozdim kimgadir qattu teygan bolishi mumkin amo sheriyat yo adabiyotka bunde munosabatka befarq bo'lishli minlab baytla joylanvotkan forumda juda hayratlanarli va achinarli.Forumga kirishtan oldin forumiz haqida umuman bilmastim domlammi o'zbela haqide fikrlaridan ken man halqimizzi bu kungi holati ayni qaysi o'zbecha forumda anu his qilinadi dib sovol berganimda o'rtolarim va bazi okala sizzi forumizzi tavsiya qilishkanichun kirdim.10 soattan kop vohtim forummi avvali va hozirini o'rganishli minan o'tti.Qopol bosayam qoldirgan postlarimda  haqiqat bor dib o'yliman.Bizzi halqimizda yosh bolalaga kottalani oldida gapirmi o'tirishli singdiriladi.Masalan ota yo ona biror ishta notog'ri harakat yo qaror qivotkanini ko'rgan bola bu hatoni etishi keremas.Huddiki ota onani hatosini etishli ulaga osiy bolishli dib qabul qilinadi.Oilada boshlangan bu uslub jamiyattayam shakllanadi va natijada o'svotkan yoshla man qatori bolala fikrlashtan uzolashib tayyorho'rliga odatlanib boradi.Balki jamiyatti bugungi ahvoliyam shu sababtan achinarlidir.Yosh bolamisan haq bosenam gapirma kottalaga malol kelishi mumkin.Huddi shu tizim forumizdayam hukmron ekan.Islom bo'limida juda go'zal maqola va kitobla qo'yilganakan.Amo kuzatib chiqsez hozirgi qatnashchilani juda kamligisi kirib foydalanarkan.Forumchila asosan oldi qochdi mavzulada "band" ekalla . Bu holat huddi hozirgi  jamiyatte yoshlani kitob o'qishliydan ko'ra tvda serilla korishli yo kom ga bog'lanib voht otkazishiga o'hshidi..Balki shu sababdir viktorina sabab forumga kirib qogan ilmli marifatli "Muallim" okaga o'hshagan insonla forumdan uzoqlashgandurla. Forumga yengi kegan ishtirokchiga "eskilani" munosabati alohida mavzuyakan. Yani yo bizga qulo sob jimgina biz kabi serial kor yo bor serilal tugaguncha ko'chada o'ynab tur devotkan ba'zi o'zbe ota onalaga o'hshidi.(achinarlisi serialla dovomli yomg'irdan kengi qo'ziqorinde ko'payib yotgani) Man serildan ko'ra kitobbi afzalro bilaman kitob o'qimochiman digan bolaga ensa qotirib qaragande munosabat eskilaga yoqmidigan fikr egasiga albatta bo'larkan.Hulosam shuki bu forumda uzoqro yashashi va manfaat olishshi istagan inson faqat kitoblani o'qibgina biror narsaga erishadi.Huddiki hozirgi yoshla ajdodlarimiz qoldigan ma'naviy meros minan maqtanib yurganimizde.Afsus shuniyam bosa  istovchila bu jamiyatta judayam kamayib borvotkani rost ekan.
Endi mani shahsim haqida qiziqqan barchaga hurmatli forumchila qoldirgan fikrlarimga ko'ra amallarimmi tarozuga somen.Zero tanamda jonim borakan hatodan holiymasman.Yoshim sila malomat qivotkande yo talashvotkanilade holatka arzimidi.Hali g'or bolaman buni tan olaman amo o'zbekona tarzda kim nma disa sizziki maqul dibamas.Bola vohtimizdan fikrimizzi erkin etishimizga qo'yib berilgan sharoitta o'skamman. Oka opala iltimos forumdami boshqa joydami erkinro sizikidan boshqacharo fikrlidigan odammi ezg'ilashka shoshilmen. Bitta tilda hama o'z shevasida gapirgande hamani gapirish uslubiyam ovoz ohangiyam  farqliliyini unutmela iltimos siladan.

Oka iltimos ketkan vohtim  haqqi sizga yoqsa yoqmasa fikrlarimmi o'chirmen. Omadizzi bersin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Fevral 2011, 07:56:08

Sa'diy r.a quyidagi gaplarini yana keltiraman:

Ayb izlash bo'larkan tabiati, bas,
Tovus oyog'idan o'zgasini ko'rmas.

Yana Sa'diy aytadilar:
Shuncha gullar turganda, nimaga tikanlarni yig'ib dasta qilasan, guldasta qilsang bo'maydimi?!
Yana biri:
Pistani yeginu, po'chog'ini tashlab ketaver.

dust avvalo o'zingizni isloh qiling, keyin hammasi yaxshi bo'lib ketadi...

Qayd etilgan