Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 87891 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 20 B

Mahzunabonu  24 Dekabr 2007, 15:36:58

Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?

Juda ko'p narsa

Qayd etilgan

Miss Shaxrizoda  15 Fevral 2008, 20:58:17

Assalomu Alaykum!
Forum manga juda ko'p foydali narsalarni berdi! Kotta Raxmat!

Qayd etilgan

dilshodnod  18 Fevral 2008, 01:07:22

Assalomu Alaykum Azizlar!
  Avvalam bor shu forum ziyouz.com ni yaratganlarni umri uzoq bo'lsin.
bu Forum manga juda-juda ko'p narsa berdi o'rgatdi va o'rgatishda davom etmoqda. To'g'risini aytsam qachon netga kirsam har doim forum.ziyouz ochiq turadi yani bu saytsiz kunim o'tmaydigan bo'lib qolgan 
    Forum  ga  gap yo'q.

Qayd etilgan

Sakina  03 Mart 2008, 19:09:59

Ko'p narsa, Alloh rozi bo'lsin barchangizdan. Ayniqsa manga kutibhonasi yoqdi :)

Qayd etilgan

Intizor  04 Mart 2008, 10:38:57

Hmmm haqiqat biroz achchiqrog' -uu lekin forum ohirgi paytlarda avvalgi ZIYO emas  :3 Hozir ilgargi vaqtlardagidek ilm makoni emas  :2 Yengil postlar ,ma'nosiz fikr bildirishlar kop. Islom bo'limida fatvo va hukm berish mujtahidni ishi lekin forumni kuzatgan odam hamma o'zini mujtahid hisoblaydimi deb o'ylanib qoladi  :2  :2

Qayd etilgan

Salmoni Forsiy  04 Mart 2008, 12:28:16

Hmmm haqiqat biroz achchiqrog' -uu lekin forum ohirgi paytlarda avvalgi ZIYO emas  :3 Hozir ilgargi vaqtlardagidek ilm makoni emas  :2 Yengil postlar ,ma'nosiz fikr bildirishlar kop. Islom bo'limida fatvo va hukm berish mujtahidni ishi lekin forumni kuzatgan odam hamma o'zini mujtahid hisoblaydimi deb o'ylanib qoladi  :2  :2

Hammani birdek ko'nglini olib bo'lmaydi.To'g'ri,siz aytgandek har xil postlar ham bor.Endi har kimni o'zi yozgan postidan kimligini bilib olsagiz bo'ladi.
Fatvo va hukm berish oson ish emas.Fatvoni faqat Mujtaxid bermaydi.Zero hozir dunyoda sanoqligina Mujtaxid olimlar qolgan.Mujtaxid deb Aqida,Iymon,Fiqh,Ibodat,Qur'on,Tafsir ... hullas barcha muammolarga islom tomonidan yechim beradigan ilmlarni o'zida jamlagan insonga aytiladi.Bu oson ish emas.
Manimcha "Islom" bo'limida savollarga javob berayotganlar "HUJJAT" bilan javob berishayotgan bo'lsa kerak.

Qayd etilgan

Adolat  21 Mart 2008, 03:09:51

Assalomu aleykum!
men oldin hech bir forumda vaqt sarflamasdim, biroq Ziyo uz menga judayam ma`qul keldi. Yaqinda a`zo buldim, lekin postlarni o`qib ta`surotlarim ko`p, bizdayam shunday mavzularda suhbat quruvchi yoshlar borligidan hursand bo`ldim. ziyo uz menga faqat bir nechta odamlarning  har hil mavzulardagi qiziqarli va ko`pchiligi ma`noli fikrlarini bayon etdi.
Qisqasi menga forum yoqdi

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  21 Aprel 2008, 15:47:03

Assalomu alaykum!

Men bu mavzuga anchadan buyon javob bermay yurgan edim. Sababi yaqinda a'zo bo'lib, Forum menga bergan yoki men Forumga bergan(!) narsalarni sanash qiyin edi!

Lekin bugun shu mavzuga javob berishga ahd qildim. Chunki bugun Ziyouz.com Forumiga a'zo bo'lganimga 77 kun bo'ldi.

Menga Forum quyidagilarni berdi:

1. "Dunyoda har bir daqiqani ilm olish, ziyo izlash uchun saflash lozim. Bekorchidan xudo bezor! Qilayotgan har bir ishing kimgadir foyda keltirsin. O'shanda sen ham foyda olasan" degan aqidani o'rgandim

2. 77 kunlik a'zolik muddatim davomida 77 dan ortiq do'stlar orttirdim. Ham vertual, ham real.

3. O'zim o'rganmagan, bilmagan, eshitmagan, ko'rmagan, o'qimagan....xullas bilimim ancha oshdi. Ilm o'rgandim!

4. Ahloq-odob, islom, iymon, tarbiya kabi masalalarda oqsoq joylarimni to'ldirdim. Gapimni har doim "Assalomu alaykum" so'zi bilan boshlaydigan bo'ldim.

5. Turli xil: dolzarb, muammoviy, qiziqarli, zarur - mavzular bo'yicha fikr almashdim. Qolganlarning ham fikri qanaqaligini, boshqa insonlarning dunyoqarishini o'rgandim. Buning asosi yana ilmga(!) borib taqaladi.

6. Hayotiy tajribali birodarlarimizning hayot falsafasi bilan yo'g'rilgan fikrlar ummonida suzdim va o'z yo'nalishimni saodat sohili tomon o'zgartirdim. Qirg'oqqa qachon yetaman: bu yolg'iz Allohga ayon.

7. Moderatorlik "mansab"iga ega bo'ldim. :7

Forumning barcha a'zolariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Administratordan tortib Newbie larga: hamma-hammaga!

Alloh o'ylagan barcha ezgu niyatlaringizni ijobat qilsin!

Hurmat bilan....

Qayd etilgan

Robiya  30 Iyul 2008, 18:04:20

MashaALLAH, qoyil Y_U_R_I_S_T, original javob bo'libdiyu, ham tushunarli.

Qayd etilgan

Robiya  30 Iyul 2008, 18:06:24

Assalomu alaykum!

Bugun bir narsani ko'rib xursand bo'lib ketdim:      

108 ta mehmonlar, 5 ta foydalanuvchilar (1 ta do'st, 1 ta yashirin) So'nggi 60 daqiqada faol bo'lgan foydalanuvchilar:
Y_U_R_I_S_T, Shoxjahon12, Birodar, registan
Menimcha izohga hojat yo'q....

  Forumimiz kimlargadir manfaatli bo'layotganidan xursandman. Ilohim, bundan keyin ham shunaqa gavjum bo'lib qolaversin.

Qayd etilgan