Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 87654 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 B


Ansora  12 Dekabr 2013, 16:18:52

Assalomu alaykum.


Ziyouz menga chin ko'ngildan haqqimizda duo qiladigan insonlarni berdi, alhamdulillah.


Singim haqqida xayr duosi qilgan, moddiy-manaviy yordamlarini ayamagan barchadan Alloh rozi bolsin.


Rabbim xayringizni qabul aylasin, qat qatini bersin iloyim.


Singlimni palataga otkazishdi, lekin haliyam kozini ochmadi. Yaqinda 1 oy boladi...


Allohdan tilayabmiz tez vaqtda kozini ochib, sogligi yaxshilansin.





Qayd etilgan


Musannif Adham  25 Dekabr 2013, 11:07:50

Iqtibos
Mahdiyah

Assalamu alaykum.forum.ziyouz.com - 2006-2009 ayni qizigan, qiziqarli postlarga to'la, mulohazalarga boy davr edi.Oxirgi payt eski postlarni, "eskilarni" postlarini ko'p o'qiman.Ayniqsa 2008 yil 2009 yillardagilarni.O'zim ham kunimni shu forum bn o'tkazardim o'sha paytlar.  Lekin har bir narsani avji bo'lganidek tushishi ham bo'larkan.Lekin InshaAlloh bu tushish yanagi bundanda foydali, qiziqarli AVJ olishga sabab bo'lsin.Eskilarni eslab o'sha damlarni sog'indim: mutaallimah, Imlaah, saltanat, Muslima.bgm, Muni xonim (ko'p ko'rishib gaplashib tursakda forumdagi o'rnilari bilinadi albatta), Munavvara, Hadija, Muzayyana, lolo, Robiya, Muslima, Muhseena, G_u_l_i, siddiqa, Zamiraxon, Afifaxon, Kumushbibi, Feruzabegim, Maknuna, Laylo, mis_shoira, Rukhiya, Shahina, Nodi, Fatima, Odila, Odina, Afifa, Nozli, Mahzunabonu, Muslima_subh, BelleQizcha, Kapalak, Salmoni Forsiy, ZUBAYR, shoir, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T, AbdurRohman, ChehMik, Titan_UZ, Mr.Twister, Huseyn, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Foniy, UzMuslim, Habib, Abu Muso, Abu Muslim, Muhammad Amin, Muhammadiy, UmmatY-MuhammadY, Abdusalom, ЖАМШИДЖОА, IXLOS, Umar ibn Abdulaziz, Chusty, Abdul_Malik, Murod_bek, Doniyor, Jalol Ahmad, Margilanets, MSJON, Ikboljohn, Shoxjahon12, Muhyiddin, Hanafiy, gayrat17, Gareeb, Мухаммад Сохиб, muhibb, Muhyiddin, JaviK, Muallim, Usmon, Ulug'bek75, Shokir63, Hassan, registan..................... Bu userlarning ayrimlari hali hamon forumga ora-chorada kirib 1-2 post qldirishadi lekin aksariyati oilali bo'lib, kimdur bola chaqa tashvishi bilan, yana kimdur o'qish, ish bilan, yana kimdur boshqa sabab bo'lib forumdan yiroqlashdi...Vaqti kelib farzandlarimiz shu forumga kirishar... shu forumda foydali postlar qoldirishar... balkiO'shanda man palonchini o'g'li bo'laman man palonchini qizmiman deyishar  Hammasini vaqt ko'rsatadi...


Assalomu Alaykum.

Anchadan beri forumga kirmayotgan edim. Biron narsa yozmaganimga esa 6 oydan oshdi...

Mahdiyahning eslatgan davrlari haqiqatdan ajoyib damlar edi. O'sha davrda bizda, Internetga kunda-shunda kirib turadiganlarda aynan forumlarga qiziqish, undagi muhokama-munozaralarda ishtirok etish odat edi. Buni qoldirilgan fikr-mulohazalardan yaqqol ko'rish mumkin...

Keyin vaqt o'tib forumdagi faollik va unda ishtirok etishga bo'lgan qiziqish susaya boshladi. Bu menimcha 2011 yillarga to'g'ri keldi. Ko'pchilikda, shaxsan o'zimda kuzatganim bir holat - ijtimoiylashuv paydo bo'ldi. Ya'ni Facebook, Twitter, Google+, Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlar forumlar o'rnini siqib chiqara boshladi.

Buning qanday yuz berayotganini kuzatish men uchun ancha qiziq kechyapti. Hali "Forumlar o'ldi", degan xulosaga kelganim yo'q. Lekin borgan sari e'tibordan qolib ketayotgani aniq... Har holda Internetning asosiy foydalanuvchilari bo'lgan yoshlar hozirda forumlarga deyarli kirmaydi. Hatto aksariyati forum degan joy borligidan ham bexabar...

Umid bor - hali bir kun kelib yana forumlar jonlanar... Yana oldingidek o'zimizni qiziqtirgan mavzular bo'yicha shu yerda fikr-mulohazalarimizni o'rtoqlasharmiz... Munozaralarda qatnasharmiz...

Hozircha esa el qatori ijtimoiy tarmoqlarda "rizqimizni terib yuribmiz".

Salomat bo'linglar!

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  25 Dekabr 2013, 19:47:32

Va alaykum assalom! Lekin bu yerdagi o'rniz juda bilinayapti. Ayniqsa arab tilini o'rganamiz bo'limi ham huvillab qoldi. Qani endi darslarni davom ettirsak

Qayd etilgan


_IYMONA_  27 Dekabr 2013, 22:59:08

Haqiqatdan ham juda qiziqarli bir davr edi o'sha paytlar... Qaniydi yana qaytib kelsa...
Arab tili darsiga qiziqish hali so'nmagan bo'lsada ammo vaqt tig'iz, farzand tarbiyasi, uy yumushlari... Hullas, yana hammasini izga solish uchun bir necha yillik tanaffus qilishga to'g'ri keladi. Vaqt o'tgan sayin qiziqishlar ham o'zgarar ekan, bir nimani o'rnini boshqasi to'ldirar ekan, har kim o'z hayot tashvishlari bilan ovora.
Har safar forumga kirganimda avvalgidek qiziqish, biz izlagan forumdoshlar, biz sog'ingan mavzudagi munozara-bahslar endi yo'q... Negadir judayam zerikarli. Yana avvalgidek bir vaqtning o'zida bir talay forumdoshlar ko'rinmaydi.

Qayd etilgan


abduvali rajabov  12 Yanvar 2014, 23:47:58

Salom forumdoshlar men bu forumda yangiman hatto undan qanday foydalanishniham ucha o'zlashtirganim yo'q
Xullas forumni man yaxshi yoki yomon deyolmayman forumni o'rganib chiqib yana bu savolga qaytaman


Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Oktyabr 2015, 20:58:31

Assalomu alaykum qadrli forumdoshlar.
Xozir internet oldida o'tirib pochtamdagi eski xabarlarni o'qib chiqib forumga kirib qoldim. Eh forum men uchun qanchalar qadrli bo'lganini mana xozir bilgandekman. Forumga kirib forumdoshlarning eski postlarini o'qib chiqdim. O'sha paytlarga qaytgandek bo'ldim, kayfiyatim ko'tarildi. Forum shaxsan men uchun ancha qadrdon bo'lgan ekan!

Qayd etilgan


Nurdinboy  30 Oktyabr 2015, 18:25:26

2009-yildagi davrlar bowqacha paytlar edi. Faqat forum b.n yawardik.

Qayd etilgan


Güneyli Kitapkolik  01 Iyun 2017, 19:45:14

İlk defa forum konusunda yurtdışına açıldım. ;D

Herkese selam Türkiye'den.

Qayd etilgan