forum.ziyouz.com forumi boshqa forumlarga nisbatan ancha ahil, samimiy va quvnoq userlardan tashkil toppgan go'zal forum. Bu yerga kirgan saring kirging keladi. Har bir a'zosi samimiy, fikringga quloq tutadi, so'ngra, o'z fikrini bildiradi.
Asosan yoshlardan iborat bo'lgani uchun, forum a'zolari intellekt masalasida ancha kuchli va ahil de o'ylayman.
Sayt administratori, ko'p yillik do'stimiz Abdulazizning mehnatlarini alohida ta'kidlab o'tishni lozim deb bilaman.
Do'stim Davronga uzoq va barakali umr, o'zaro ahil va sevgiga asoslangan oila, dunyo va oxirat saodati uchun doimiy jiddu-jahd va shijoat, sabru-matonat, o'zidan keyin duo qilib qolguvchi farzandlar nasib etishini, ushbu sayti va forumi orqali qilayotgan xizmatlari evaziga Robbimizning Jannatiga erishishini nasib etishini Buyuk Allohdan so'rayman.
Bu forumda o'zimga ko'plab do'stlar orttirdim. Kimga murojaat qilsam, bag'ri ochiq holda kutib oldi. Har bir hatti-harakatlari bilan tahsinga sazovor barcha user(ka) qibladosh do'stlarimga Alloh Taolo yaratgan barcha xayr va fazilatlar bu dunyoda va oxiratda hamroh bo'lishini tilab qolaman. Oila qurish arafasida bo'lganlarga baxtli oila, yangi oilaliklarga va farzand kutayotganlarga solih va soliha farzandlar, yoshi ulug'larimizga uzoq umr tilayman.
Forumdagi men bilan samimiy aloqada bo'lgan barcha birodarlarimga minnatdorchilik bildiraman.
Qisqa davrda siz kabi shuncha do'st orttirish kabi baxtga muyassar qilgan Allohga hamdu sanolar bo'lsin.
P.S. Men forumdagi barcha a'zolarni shu forum a'zosi bo'lganlari uchun ham, garchi ko'pchiligini tanimasamda, sevaman. Alloh sizlardan rozi bo'lsin. Jannatida birga qilsin. Kimning ko'nglini og'ritib qo'ygan bo'lsam, mendan rozi bo'lishini umid qilaman.