Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 90214 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 20 B


Ansora  31 May 2010, 20:22:34

Qiziqqan mavzularim haqidagi fikrlarimni sizlar bilan o'rtoqlashish imkoniyatini berdi...

Qayd etilgan


Nоdirbek  19 Iyun 2010, 06:33:29

 :as:
Forumdan ko'p narsalarni o'rgandim, ayniqsa o'zimni yo'nalishim bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarni shu forumdan olganman. Forumga kirishimga sababchi bo'lgan escape akamizdan Alloh rozi bo'lsin, shu kishi bizni shuyerga yetaklab kelganlar desak ham bo'ladi.

Qayd etilgan


Lu`lu`  07 Iyul 2010, 09:41:07

 :as
Bir kun olchalari g`arq pishgan daraxtzordan 3 yoshlar atrofidagi jiyanim b-n yurib ketsak,shartta to`xtab:"Xola,anuv olchalarga qarang,manga ag`rayiiiib turishibdi ::)" deganida rosa kulgandim. :D
Endi o`zim shu axvolda  :5- ag`rayiiiib o`tiribman :5.Negaki,yoshlikdagi sevimli kitoblar ;),hozirgi kundagi iymonlashishlar,eng ajoyibi juda shirin-shirin hazilu mutoyibalar  :Dva hattoki futbol :odan k-ngi g`azalnavisliklar  :1o`ziga tortadi.Rahmat SAYTga

Qayd etilgan


UzMuslim  15 Iyul 2010, 21:58:15

Forum Manga Juda ham Ko'p narsa Berdi.Asosiylari Man Chuqur o'ylab Javob berishni O'rgandim.Ilgarilari Shou biznes Forumiga kirardim U MAni Shu Qadar dunyoga beriltirib yuborgan ediki Allohni O'zi Kechirsin.

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Avgust 2010, 22:31:26

Assalomu alaykum.
Forumdan juda, juda köp narsa örgandim. Forumdosh döstlar orttirdim. Hozir sanaydigan bölsam telefonimning zaryadi tugaydi )
Mendan ming chandon aqlli, eng asosiysi taqvoli dindoshlarimga qarab havas qilishni örgatdi. Ötgan kuni öylab qoldim: forum bir kaaaaata uyga öxshaydi. Unda juda ahil, mehribon, ba'zida erkatoy oila a'zolari yashashadi. Har xil xonalari bor: ilm örganish, diniy bilimlar olish, sport zali, siyosiy, madaniy, ma'naviy xordiq oladigan xonalar, asosiysi... OSHXONA! Qöli gul oshpaz akamiz va opalarimiz bizga har kuni ishtahaochar dasturxon tayyorlashadi. Oilamizga har kuni yangi odam qöshiladi. Ba'zilari boshqa oilalarga ketishadi. ;-(Ularga oq yöl tilaymiz.
Har kuni kechqurun bir samovar choy ustida intellektimizni oshiramiz.
Xullas, fantaziyam osmonlarga uchib ketdi...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  13 Avgust 2010, 03:34:28

Bismillohir rohmanir rohim!

Men bunaqa mavzu borligini bugun ko'ribman.

Bu yerda shunaqa ko'p narsa bor ekanki, hammasini ko'rib, o'qib chiqishga vaqt yetmayapti, ammo qo'ldan kelgancha harakat qilayapmiz. Bu yerdan oladigan narsalarimni millionlab pul sarf qilsam ham keyin olaolmayman. Hayotim uchga bo'lingan, ya'ni bir kunim uchga bo'lingan. Bir qismini asosiy o'qishimga, ikkinchi qismini ishimga, uchunchi qismini esa forumga ajrataman (ziyouz.com saytni ham nazarda tutyapman). Bosh qashlashga vaqt yo'q. To'g'risni aytsam bu yer juda ham fayzli joy!

Hammangizni boringizga shukr!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


BilmasOY  13 Avgust 2010, 12:20:29

Assalomu alaykum qadrdon forumdoshlar! Ramazon barchamizga xayrli bo'lsin!
  Forum.Ziyouz.com sayti ko'pchilikka, shu jumladan menga ham juda ko'p narsalar berdi. Siz aka-opalarim qoldiradigan chiroyli va ma'noli postlardan o'zimga kerakli ibratlar ola boshladim. Masalan, Javik akani blogidagi uyqu haqidagi postlarini o'qib uxlash rejimimni o'zgartirdim.  :3 Faqat bu emas, forum menga sizlarday joyib aka-opalar berdi, hech kim meni tushunolmagan paytda forumga kirib ko'nglim taskin topadigan bo'ldi. Bilmaganlarimni o'rgandim. Ba'zan noto'g'ri gap aytib qo'yib tanbeh ham eshitdim.  : ) To'g'risi, forumni ko'p a'zolarini o'z oila a'zolarimday ko'raman. Shuning uchun ham ozgina payt saytga kirmasam bir narsamni yo'qotganday bo'lib yuraman. Faqat qo'rqayotganim, Xudo xohlasa sentyabrdan o'qish boshlanadi, shunda forumga kirishga vaqt bo'lmasligi mumkin... Mayli, niyat xayrli bo'lsa, hamma narsani iloji topiladi, InshaAllah.
   Ilohim, bitta oiladay hamjihatlikda fikr almashishimiz, bir-birimizga bo'lgan mehrimiz bardavom bo'lsin. Oramizdan oqibat ko'tarilmasin.
   Wasallamu alaykum wa rohmatullohu va barokatuhu!

Qayd etilgan


Ansora  17 Avgust 2010, 13:24:31

Shirindan-shirin singillarim bilan bu yerda tanishdim:)
Rabbim hammalarini qo'risin iloyim...

Qayd etilgan


Mirоlim  18 Avgust 2010, 18:50:52

:bsm:
Forum ziyouz haqiqiy ziyoliylikka intilayotgan insonlar qo'nim topgan makon.
Men bu forumda ancha ma'noli-mazmunli postlar o'qib, boshqalarga yetkazib va bundan o'zimga yetarlicha hulosa  chiqarib shu orqali hayotdagi ishlarimni o'zgartirishga erishdim.
Har bir ishda sergaklikni oshirdim.
Allohga shukur forum ziyouzda aka-opa do'stu birodarlarimni safini kengaytirdim.
Ilmli insonlar bilan suhbatda bo'ldim.
Bilmaganlarimni so'rab bildim, bor bilimlarimni yozib ulardan baho oldim.
Sayt foydalanuvchilarining muomalalari a'lo darajaligiga hech qande shubha yo'q, kirishim bilan eski yangi deb ajratmasdan o'z saflariga qo'shdi va boshqalarni ham qo'shadi.
Bu saytda eng eng eng ziyoli insonlar yetishib chiqishini Allohdan so'rab qolaman. :amn:
Va Assalamu Alaykum Va Rohmatullohi Va Barokatuhu.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  18 Avgust 2010, 19:28:02





AbdulAziz: Hech kimga bermayman seni, ZiyoUZ!!!

Forum menga bermoqchi bo'lganlarini hammasini AbdulAziz aka (adminstrator) bermayaptilar:))





(hazil)


P/S:shu javobni anchadan buyon yozmoqchi bulib yurgandim...

Qayd etilgan