Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 88676 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 20 B


The Best  26 Fevral 2009, 03:03:21

Forumga azo bo'ganimga 1 kun bo'madi xatto, lekin ko'p narsalani bilvoldim.  ::) Islom dini haqida juda ko'p malumotla berilgan. Lekin yana 1-2 ta kamchiliklar bor... Forumdigi mavzula sonini oshirish kere dip o'yliman.  :)

Qayd etilgan


Afruza  11 Mart 2009, 23:55:09

Yaqinda a'zo bo'lganlar qatoridaman. Lekin bu yerda man insonlarda qadrlanadigan SAMIMIYAT va XURMATni ko'rdim. Sayt xam foydali, xam qiziqarli. Asosiysi, barcha yoshdagi insonlar bilan fikr almashsa bo'ladi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Mart 2009, 19:08:14

Forumga a'zo bo'lgan barcha yangi userlarga xush kelibsiz deyman.

Ularga tilagim Forumdan o'zingiz uchun foydali bo'lgan ma'lumotlarni oling va boshqalar uchun foydali bo'lgan ma'lumotlar qoldiring.

Qayd etilgan


Muhyiddin  30 Mart 2009, 10:39:23

Ziyouz men uch hech narsa...
Ayni paytda hamma narsa...
:)

Ziyouzni O'zbek Internetidagi eng "ekologik toza" forum deb bilaman.



Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Mart 2009, 22:16:18

Ziyouz men uch hech narsa...
Ayni paytda hamma narsa...
:)

"Muqaddas zamin" filmidan ko'chirma bo'ptiyu-a? : )


Qayd etilgan


Muhyiddin  01 Aprel 2009, 11:01:06

Ziyouz men uch hech narsa...
Ayni paytda hamma narsa...
:)

"Muqaddas zamin" filmidan ko'chirma bo'ptiyu-a? : )



Ha, to'g'ri topdingiz AbdulAziz :)

Zero, Ziyouz shunday tahsinga arziydi deb bilaman!

Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Muzayyana  02 May 2009, 12:36:24

 :as:
Ayni paytda bu forummanga ikki dunyo saodatiga eltish yo'lini to'g'ri ko'rsatdi.
Hidoyat Allohdan, lekin kimdir nimadir sabab bo'ladiku, to'g'rimi?!
mandan o'sha sababchini ko'p bora so'rashadi, xozirgacha ham so'rashadi...
Mani javobim har doim bir hil "Ziyouz forumi"!
Bundan keyin ham InshaAlloh shunday bo'lib qoladi!


PS: Har doimgidek bu uchun Adminimiz va
 boshqa moderlar xaqqiga duo qilamiz!
Alloh niyatlaringizga yetkazsin va
bu xayrli ishda davomli qilsin!
Yana 10, 20, 30, 40, 50 balki undanda ko'proq yillardan
 keyin ham mana shunday iymonlashish baxtini nasib etsin!
Va assalamu alaykum wr wb!



Qayd etilgan


Robiya  12 May 2009, 16:34:24

 :as:

Mehmon  16:31:22 Forumga a'zo bo'lmoqda.

Shu mazmundagi yangiliklar bizni juda xursand qiladi-da, aziz bo'lajak forumdoshimiz, safimizga xush kelibsiz!

Qayd etilgan


Shokir63  13 May 2009, 15:11:17

Forumga yaqinda a'zo bo'ldim va uni juda-juda sevib qoldim. Ko'p bilmagan narsalarimni o'rgandim, forumdoshlar postlarini o'qib hamfikr hamyurtlarni ko'rdim. Vatanga qaytgach ular bilan tanishmoqchiman.

Alloh barchangizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Muhammadiy  13 May 2009, 16:35:31

Ziyouz.com forumining asosiy o'ziga xos xususiyati, menimcha foydalanuvchilarning o'zaro juda do'stonaligidir. Hali ishtirokchilar o'rtasida birorta bahs-munozarani ko'rmadim.Boshqa forumlarda urush-janjal, bir-birini haqorat qilishgacha bo'lgan ko'ngilsiz hodisalar tez-tez bo'lib turadi.

Qayd etilgan