A.alaykum. Turklarda: Qidirgan Mavlosini (Alloh)ham, balosini ham topadi (Arayan Mevlasını da belasını da bulur) degan maqol bor. Turk dilida Allohga berilgan yuksak ismlardan biri Mevla, yani ulug', buyuk, yuksak. Biz ham Alisher Navoiy kabi ulug' zotlarning ismlarini oldiga Mavlono, deb qo'shib aytamiz. Mavlono Jaloliddin Rumiyga Turklar qisqacha Mevlana, deyishadi. Gap gapni ochadi deganlariday:) Hullas, inson nimani qidirsa, albatta qarshisiga chiqadi. Ziyo uz'da nimani qidirsangiz o'shani topasiz, degan umiddaman. Men sher qidirdim, topdim, dinim bilan bog'liq habarlar qidirdim topdim. Dildan suhbatdoshlar qidirdimi topdim.
Ziyo uz va uni kundan kunga yanada boyitishga xizmat qilayotgan barchaga sog'lik tilayman. O'ylaymanki Ramazon ma'naviyati saytga yana ham fayz beradi. Hayirli Ramazonlar barchaga:)