Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 123780 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 20 B


Kumush  03 Iyun 2009, 15:44:37

Forum menga nima berdi?
Bu savolni ko'p o'yladim.A'zo bo'lganimga hali 3 4 kun bo'ldi holos. U menga nimanidir berganini bilmaymanku lekin halovatimdan ayirdi.Hali go'dak ekanligimni ko'rib qoldim.Va hayrat va hasratdan yoqamni ushladim!!!(takabbur felim o'zini daho deb bilardi da!)Birinchi kirgan kunim qandaydir g'ashim keldi.Inson bilmaydigan narsasini ko'rganda xuddi shunday to'nini teskari kiyib oladi.Esimni taniganimdan beri Tolstoy, Balzak ,Volter Skot,Stendal, kabi g'arb realistik yozuvchilarini o'qiyman.
Keyin o'zimga o'zim anchagina yo'limni adashtirib qo'ymaganmikinman degan savolni berdim.
Astog'furilloh astog'furilloh hamma narsa insoniyatga xizmat qilishi kerak inson taqdiri barcha narsadan muhim ekanligini o'ylabmanu,O'sha insonni yaratgan abadiy va buyuk sanatkor parvardigor yo'lida qilinadigan hizmatlarni unutib quygan ekanman...
Forumda o'tkazgan ikkinchi kunim esa o'zimni yolg'iz his qildim.Fikrlarimga qarshi Keskin fikrlarga duch keldim.Bore deb qo'limni siltab ketmoqchi bo'ldim shunda to'hta baribir o'zingdan qochib qayoqqa borasan dedim.
Mana endi dilimdigilarni sekin sekin to'kib qandaydir yengil bo'lyapman.Soliha opa singillarimni,birodarlarimni ko'rib ketgim kelmay qoldi...
Xudo hohlasa hali ko'p zamonlarni forum bilan forumdoshlar bilan birgalikda o'tkazaman.
Olloh rozi bo'lsin sizlardan...

Qayd etilgan


Robiya  18 Iyun 2009, 14:24:12

 :as:

Onlayn foydalanuvchilar

  37 ta mehmonlar, 11 ta foydalanuvchilar (0 ta do'stlar, 1 ta yashirin) 

Allohga shukr, sekin asta forum a'zolari ham ko'paymoqda... Ko'z tegmasin!..

Qayd etilgan


Robiya  08 Iyul 2009, 14:38:55

 :as:

Mehmon  14:36:01 Forumga a'zo bo'lmoqda.

 Xush kelibsiz aziz mehmon, bo'lajak forumdosh!

PS.: quvonarli holat-da, bo'lishgim keladi hamma bilan :)

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  08 Iyul 2009, 14:58:50

Forum menga nima berdi?
forumga yaqinda a'zo bo'ldim ilgari bu forumda bilmas ekanman a'zo bo'lmasimdan oldin, ziyouz saytlariga kirib ozgina narsa o'rgandim. bu forumga kirishimdan oldin manga bir birodar akamiz kelib uka mana ziyouz forumiga kirgin judayam qiziqarli va ibratli narsalar bor deyishdi. Usha kuniyoq shu forumga a'zo bo'ldim va usha kundan boshlab shu forumga o'zim bilgan va bilmagan narsalarim post qila boshladim, juda e'tiqodi kuchli, axloqli birodarlar topdim ko'p a'zolar bilan do'st bo'ldim. Har kuni shu forumdan ibratli hikoyalar, va mulohazalardi kuchirib uyga olib borib onamga va singillarimga ukalarimga o'qib beraman.
Inshoolloh bu forumda hudo hohlasa ko'p insonlardi dinga olib kirishiga va o'zini musulmon bo'la turib amal qilmayotgan birodarlarimizi e'tiqodlarini mustahkamlaydi degan umiddaman. Musulmon bo'lish oson lekin Mo'min bo'lish qiyin. Shu forumga a'zo bo'lmasdan oldin sigaret chekardim va namozlardi to'la to'kis o'qimas edim Inshoolloh mana hozirgi kunda o'zimi o'nglab oldim. Ayni paytda savol to'g'iladi qanday qilib. Ahir shuncha narsani o'qib turib shuncha narsalardi post qila turib shu narsalarga amal qilmaslik bu kotta uyat. Hammamizni bundan keyin va keyingi a'zolarimizga ham kuchli e'tiqod va amal qilishlikni ollohdan surab qolaman. AMIYN

Qayd etilgan


IXLOS  22 Iyul 2009, 18:16:56

Barchaga kuningiz xayrli bo'lishini tilayman!

Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?

Men bu forumga qo'shilganimga bor yo'g'i 3 yoki 4 kun bo'ldi xolos shunga qaramasdan
u menda juda katta tasurot uyg'otdi to'g'risi men ichimdagi gaplarimni aytadigan bo'lsam
ishoning shu paytgacha shunday inoqlikni shunday samimiylikni shunday bag'rikenglikni va
shunday iymon soxiblarini juda kam ko'rganman.Ishoning men birinchi kuniyoq tamom
bo'lib bo'lgandim chunki men ichimdagi o'zimga kerakli insonlarni topganimga ishondim.
menda shunday voqea sodir bo'ldi:bir kuni ageentda o'tirib Abdulhafiz bilan tanishib qoldim
va u kishi bilan ancha vaqt gaplashdik ishoning shu vaqtgacha bunday mazza qilib yurakdan
gaplashmagan edim u kishi chinakam iymon egalaridan deb bilaman.Keyin u kishi menga
shu forumni taklif etdilar. Men forumga qo'shildim-u bu yerdagi bir-birlariga bo'lgan
munosabatni iliqlikni eng asosiysi chinakam islomiylikni ko'rib qotib qoldim.

Ushbu mavzuni boshlagan birodarimizga katta raxmat!
Ollox xer birimizni iymonimizdan ayirmasin!!! ;)

Qayd etilgan


Ansora  19 Avgust 2009, 13:16:06

A.alaykum. Turklarda: Qidirgan Mavlosini (Alloh)ham, balosini ham topadi (Arayan Mevlasını da belasını da bulur) degan maqol bor. Turk dilida Allohga berilgan yuksak ismlardan biri Mevla, yani ulug', buyuk, yuksak. Biz ham Alisher Navoiy kabi ulug' zotlarning ismlarini oldiga Mavlono, deb qo'shib aytamiz. Mavlono Jaloliddin Rumiyga Turklar qisqacha  Mevlana, deyishadi. Gap gapni ochadi deganlariday:) Hullas, inson nimani qidirsa, albatta qarshisiga chiqadi. Ziyo uz'da nimani qidirsangiz o'shani topasiz, degan umiddaman. Men sher qidirdim, topdim, dinim bilan bog'liq habarlar qidirdim topdim. Dildan suhbatdoshlar qidirdimi topdim.
Ziyo uz va uni kundan kunga yanada boyitishga xizmat qilayotgan barchaga sog'lik tilayman. O'ylaymanki Ramazon ma'naviyati saytga yana ham fayz beradi. Hayirli Ramazonlar barchaga:)

Qayd etilgan


siddiqa  21 Avgust 2009, 08:40:48

 :as:

Avvallari ilk a'zo bo'lganimda netga kirsam albatta ziyoga kirib o'tardim ,hozir esa jonajon forumga kirish uchungina netga kiraman ,farqlar keskin almashdi .....

Qayd etilgan


siddiqa  23 Avgust 2009, 07:41:35

foum.ziyouz.com----waqtimni o'girlaydi,forummaniyaga yo'liqtirdi, yomon ko'raman (jahlichiqqansmaylik qayerdaydi?)

chehmik siz ham Kumushopamga o'hshab toshbo'ronga uchriydigananlar ro'yhatiga olindingiz , mayli sizga ham shu gap ro'za bo'lganligi sababli ancha imtiyozlarimiz bor  ;) :D :D

Qayd etilgan


asr  17 Sentyabr 2009, 01:52:05

Manga avvalo dostlar topdim shu ikki yilda.

Qayd etilgan


Bekmirzo  10 Noyabr 2009, 09:14:13


Forum menga nima berdi?
Inson yuragini SEVGI atalmish shirin dard uning umri davomida atigi bir marotaba butunlay egallab oladi.
Mening yuragimni shu tarzda butunlay egallab ketgan Sevgi menga aytmoqchi bo'lgan gaplarini mana shu forumda sochib ketgan edi. O'sha gaplarni bittalab terib chiqib, keyin bu forumdan chiqib ketgan ekanman bir vaqtlar...
Shu tarafdan ham ushbu forumning men uchun qadri katta.

Qayd etilgan