Forumga kirganimga ancha bo'gandi. U paytlar unchalik qiziqmagandim. Chunki netdan faqat rasm qidirish uchun foydalanardim. Vaqt o'tib, qattiq qayg'uga tushgach, dardimni kim bilan baham ko'rishni bilolmay qayerdandir shu manzil esimga keldi. Endi u meni butunlay odam bo'lishga o'rgatyapti. Menga yangi yaqinlar berdi, hayotni ochib beryapti. Allbatta forum a'zolari sharofati bilan! Chunki bu yerda akalar, opalar, tengdoshu birodarlar, uka singillar o'z maslahatlarini, fikrlarini va duolarini darig' tutmay mehribonlik qilishmoqda. Men ham allbatta ishonchingizni oqlashga harakat qilaman!