Forum.Ziyouz.com - Uni qanday ta'riflaysiz? U Sizga nima berdi?  ( 123798 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 20 B


azizbek_mx  16 Fevral 2011, 13:36:24

Dust akani gaplaridayam jon bor. Achchiq haqiqat'

Qayd etilgan


Ansora  16 Fevral 2011, 15:20:15

Kecha kunduzdan boshlab sahargacha qadrdon forum yaxshigina bosh og'rig'iyam berdi...

Gulini sevgan tikoniga chidar ekan-da, nima ham derdik...

Qayd etilgan


Aqoid  16 Fevral 2011, 15:54:30

1 hafta forumga kirmagandim, shuncha ish bo'pketibdi. Har kuni kirib turmasam bo'medi shekilli.

Qayd etilgan


UzMuslim  24 Fevral 2011, 22:46:22

Ha MAn ham Bu Mavzuni O'qiB Chiqib O'ylanib Qoldim,Haqiqatdan Ham Shu Paytgacha Forumda NIma Qildim Degan Savol HAyolimga Keldi...LEkiN Aynan Mana Shu ForuM Orqali MAn Chuqur O'ylashni O'rgandim,Aynan Shu ForuM Tufayli ajoyib Mo'min Brodarlarni Topdim,Aynan Shu Forum Sabab  Maslahatgo'y Opalar hamda singillar Topdim..

Qayd etilgan


muxlisa  28 Fevral 2011, 17:52:46

 :as:

Bu yerning odamlari juda-juda issiq! deb bemalol aytolaman...

 shu forumga kelganimda mani e'tiborimni tortgan narsa, userlarning bir-birlariga  berayotgan raxmatlari bo'lgan edi... birgina raxmat olgan odamning ko'ngli tog'day ko'tariladi.. raxmat aytgan odam esa ichidagi minnatdorchiligini raxmat tugmasiga joylaydi.. bir og'iz yozilgan gapga ham raxmat berish va olish oradagi mehrni kuchaytiradi, muxabbatni oshiradi... bu esa e'tiborga arzimas narsa emas...

bu yerning odamlari juda-juda issiq! deb bemalol aytolaman...
berilgan savollar uzoq javobsiz qolib ketmaydi.. aytilgan fikrlar ochiqko'ngillik bilan bildirilgan mulohazaga yoki munosabatga uchramasdan qolmaydi.. inson shaxsiga diqqat-e'tibor yetarlicha... bu narsalarga esa ahamiyat bermaslikni ilojisi yo'q...

bu yerning odamlari juda-juda issiq! deb bemalol aytolaman...
so'ralayotgan maslahatlar, tavsiyalar, nasiyxatlar  haqiqiy ishonch belgisi desa bo'ladi... ishonchdan esa hurmat, muxabbat va albatta ko'ngil issig'ligi paydo bo'ladi...

bu maqtov-olqish emas, balki ayni paytdagi forumga bergan qisqa ta'rifim...yana aytadiganlarim bor edi, lekin hozircha shu...   
   

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Mart 2011, 20:31:04

Ha MAn ham Bu Mavzuni O'qiB Chiqib O'ylanib Qoldim,Haqiqatdan Ham Shu Paytgacha Forumda NIma Qildim Degan Savol HAyolimga Keldi...LEkiN Aynan Mana Shu ForuM Orqali MAn Chuqur O'ylashni O'rgandim,Aynan Shu ForuM Tufayli ajoyib Mo'min Brodarlarni Topdim,Aynan Shu Forum Sabab  Maslahatgo'y Opalar hamda singillar Topdim..
UzMuslimning gaplariga qo'shilaman. Men ham o'ylab gapirishni kechroq va ozroq bo'lsada o'rgandim.

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Mart 2011, 20:47:52

Hurmatli Abdulaziz oka bu forumda ishtirokim sababini etkandim.Va ketish oldidan forumiz haqide tasavvurlarimmi aniq yozishni niyat qigandim.Avvalo rahmat oka bu kungi o'zbe jamiyatiga bir oyna shaklide bu forummi yuritvotkanizchun.Forum chindanam manga ustoz tariflagan jamiyatti ko'rishimga sabab bo'ldi.Chindanam bizzi halqimiz ajdodla asrab avaylagan sharaf va shonni yoqotib borvotkanga o'hshidi.Bu fikrga yanayam ishonishimga sabab faqat bu forummas Ziyouz saytide ba'zi jurnalistalani  jamiyatti bu kungi holati haqide maqolalariyam hususan sizziyam bazi maqolalariz bu kungi jamiyatte insonlani o'rnidan tolu qoniqmasliyizzi bildiribdi. Hullas doktor etkallaride bizzi halqimizda o'rganishlini istashlidan ko'ra bilsa bilmasa o'rgatishliyga harisli illati kuchayibdikan.Hayotta kotta yoshlilarimiz yo ilmlili davo qivotkan oka opalarimiz hali hayotta muomala munozarada yetarli tajribaga ega bomagan yoshla minan tillashishli yo fikri yoqmadimi deme "u odobsiz o'nglanmedigan mahluq "sifatida ko'rib muomala qilishshi o'rganibdila. Tori man fikrlarimda bazi forumchi opa okala etkallaride qattuli qildim tan olaman.Amo man boshlab fikr bildirganimda birovvi shahsiyatiga o'tmadim toki mani shahiyatimga o'tishmaguncha.Oka sherla yozarkans deme sheriyatti yahshi chunas dib o'yliman.Amo na adabiyotka hurmatan va na forum admini o'laro "Aytishuv" mavzuside tutruqsiz "asarlani" na o'chirmagan va na qarshi gap etmagans .Faqat Mas'ud oka bir marta ogoh qibdila.Ken man yozdim kimgadir qattu teygan bolishi mumkin amo sheriyat yo adabiyotka bunde munosabatka befarq bo'lishli minlab baytla joylanvotkan forumda juda hayratlanarli va achinarli.Forumga kirishtan oldin forumiz haqida umuman bilmastim domlammi o'zbela haqide fikrlaridan ken man halqimizzi bu kungi holati ayni qaysi o'zbecha forumda anu his qilinadi dib sovol berganimda o'rtolarim va bazi okala sizzi forumizzi tavsiya qilishkanichun kirdim.10 soattan kop vohtim forummi avvali va hozirini o'rganishli minan o'tti.Qopol bosayam qoldirgan postlarimda  haqiqat bor dib o'yliman.Bizzi halqimizda yosh bolalaga kottalani oldida gapirmi o'tirishli singdiriladi.Masalan ota yo ona biror ishta notog'ri harakat yo qaror qivotkanini ko'rgan bola bu hatoni etishi keremas.Huddiki ota onani hatosini etishli ulaga osiy bolishli dib qabul qilinadi.Oilada boshlangan bu uslub jamiyattayam shakllanadi va natijada o'svotkan yoshla man qatori bolala fikrlashtan uzolashib tayyorho'rliga odatlanib boradi.Balki jamiyatti bugungi ahvoliyam shu sababtan achinarlidir.Yosh bolamisan haq bosenam gapirma kottalaga malol kelishi mumkin.Huddi shu tizim forumizdayam hukmron ekan.Islom bo'limida juda go'zal maqola va kitobla qo'yilganakan.Amo kuzatib chiqsez hozirgi qatnashchilani juda kamligisi kirib foydalanarkan.Forumchila asosan oldi qochdi mavzulada "band" ekalla . Bu holat huddi hozirgi  jamiyatte yoshlani kitob o'qishliydan ko'ra tvda serilla korishli yo kom ga bog'lanib voht otkazishiga o'hshidi..Balki shu sababdir viktorina sabab forumga kirib qogan ilmli marifatli "Muallim" okaga o'hshagan insonla forumdan uzoqlashgandurla. Forumga yengi kegan ishtirokchiga "eskilani" munosabati alohida mavzuyakan. Yani yo bizga qulo sob jimgina biz kabi serial kor yo bor serilal tugaguncha ko'chada o'ynab tur devotkan ba'zi o'zbe ota onalaga o'hshidi.(achinarlisi serialla dovomli yomg'irdan kengi qo'ziqorinde ko'payib yotgani) Man serildan ko'ra kitobbi afzalro bilaman kitob o'qimochiman digan bolaga ensa qotirib qaragande munosabat eskilaga yoqmidigan fikr egasiga albatta bo'larkan.Hulosam shuki bu forumda uzoqro yashashi va manfaat olishshi istagan inson faqat kitoblani o'qibgina biror narsaga erishadi.Huddiki hozirgi yoshla ajdodlarimiz qoldigan ma'naviy meros minan maqtanib yurganimizde.Afsus shuniyam bosa  istovchila bu jamiyatta judayam kamayib borvotkani rost ekan.
Endi mani shahsim haqida qiziqqan barchaga hurmatli forumchila qoldirgan fikrlarimga ko'ra amallarimmi tarozuga somen.Zero tanamda jonim borakan hatodan holiymasman.Yoshim sila malomat qivotkande yo talashvotkanilade holatka arzimidi.Hali g'or bolaman buni tan olaman amo o'zbekona tarzda kim nma disa sizziki maqul dibamas.Bola vohtimizdan fikrimizzi erkin etishimizga qo'yib berilgan sharoitta o'skamman. Oka opala iltimos forumdami boshqa joydami erkinro sizikidan boshqacharo fikrlidigan odammi ezg'ilashka shoshilmen. Bitta tilda hama o'z shevasida gapirgande hamani gapirish uslubiyam ovoz ohangiyam  farqliliyini unutmela iltimos siladan.

Oka iltimos ketkan vohtim  haqqi sizga yoqsa yoqmasa fikrlarimmi o'chirmen. Omadizzi bersin.

Endi gap bundoq bo'pti dust janoblari.
Men ham bir vaqtlar sizga o'xshab bir nimalarnidir gapirganday bo'lgandim. Keyinroq aniqroq aytadigan bo'lsam oradan bir kun ham o'tmay xatoyimni tushundim. O'zimga o'zim aytim:
"E, Nuriddin endi senga bu forum Harom! Bittasiyam qabul qilmaydi. Post yozsang kimsan demaydi. Kimsa kechirmaydi", deb rosa qiynaldim. Keyin jasur.bestga: "Oshna xato qildimmi? Endi nima qilaman. Meni Parolimni bittasi bilib olib shunaqa qilibdi deymi, yo boshqa nom bilan yangi a'zo bo'laymi", desam u o'ylanib turib:
"Bu forumchilani o'zing yaxshi bilasan. Xatoyingni tushunsalar kerak. Ochgan mavzuyingni oxiridan uzr so'rab qo'y", dedi.
Aytganiday qildim. Allohga shukurki bu yerda kechirishni, odamning bilmay xato qilishini tushunarkanlar. Mana o'shanda Newibe, ya'ni yangiroq edim. Bugun forumning qimmatini ancha tushinib oldim. Hozir dunyoda internetda www.odnaklasniki.ru www.mail.ru va hokazo ru, com, somlarda qancha-qanchasi bemanilik, bekorchilik bilan bandlar. Bizi forumda bilishim bo'yicha CH E G A R A O' y l a b G A P I R I SH va bilmaganini o'rganish, kattalarga hurmat, degan narsalar bor. E, gapni cho'zmay yana o'ziz bilasiz.
Otdan yiqilganni otdan yiqilgan tushunadi. yana bir o'ylab ko'ring. Men bilgan eng tartibli forumlardan biri bu o'zimizzi ziyouz.
Boshqa gapim yo'q. Xulosa sizdan. Agap forumga qaytib kirsayiz. 

Qayd etilgan


ubaydullo  10 Mart 2011, 09:10:42

Assalamu alaykum v.r.b.k .
Bu borada o'zaro fikirlar bildirib forumga o'zgacha maqtovlarni ,tashkillashtirganlarga esa cheksiz minnatdorchiligimizni izxor qilib kelmoqdamiz. Men  bu borada forum.ziyouz.com tariflagani bironta so'z topa olmadim sababi barcha ishtirokchilar cheksiz tuganmas mehir ,dil izxorlarini bildirib o'tishdi . Albatta bu fikirlar qay darajada xaqiqatligini bilib turibmiz .Tuganmas ilim koni, dushmansiz do'stlar makoni ,xullas tengsiz qadir qimmatga ega ekanligi sizu bizlarga ayon bo'lsada .Yana bir bor cheksiz dil isxorimni tashkilotchilarga .forumdoshlarga ,muxbirlarga, xamma xammaga tashakur bildiraman .Assalomu alayku. V.r.v.b

Qayd etilgan


Feruzochka  10 Mart 2011, 10:56:46

Assalomu alaykum ! Forum.Ziyouz.com eng yaxshi Forumlardan biri dib hisobliman. Chunki bu yerda  o`zimga kerakli bo`lgan ko`pgina ma'lumotlarni oldim, ko`p do`stlar orttirdim.
Yana shuni ta'kidlab o`tish joizki, bu yerda hamma userlarni bir-biriga bo`lgan munosabati a'lo darajada, hurmati kuchli ...
Barchangizga omad tilab qolaman. Hurmat ila Feruzochka!
  : )

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  10 Mart 2011, 11:51:08

menda g`alati kasallik belgilari paydo bo`lgan:
internetga kirishim bilan(aslida boshqa ish bilan kirsam ham)o`z-o`zimdan forumga kirib ketyapman:))

Qayd etilgan