Assalamu alaykum.
Ichimizdegi fikrlarimizani to'kib sochishga gal keldi.
Judayam yaxshi ko'raman,ushbu Ziyouz sayti va forumini. Kirib kelganimga ko'p vaqt bo'lmagan bo'lsayam ko'p narsa o'rgandim. Forumdan,undagi odamlardan....
Har bir forumdosh,hatto avval kirganu,hozir nicki o'chgan forumdoshlargacha hurmat qilaman va qachondur ketganlar qaytib kelishiga ishonaman. Chunki bu- Ziyo istagan qalblar manzili....
Volida opaga o'xshagan vazmin,tabassumni suyub,ilmni ardoqlidigan va yana ko'p ijobiy hislatlarga ega ayol bilan suhbatlashdim (rosti,ulardaka ayolni hayotimda yana uchratsam duolariga umidlanib,sidqidildan xizmatlariga bor kuch-imkoniyatimi berardim)
Ansora,Mahdiyah opani topdim. Hayot davomida hali juda ko'p eslanadigan, o'rnak bo'ladigan insonlarim...
Kitobni sevadigan odamlarni ko'rdim.
Keyin to'g'risi, boshida ba'zi postlardan hayron bo'lardim,jaxlim chiqardi. Nega unaqa bo'ldi,ne unaqa diyishdi,deb. Chunki hali bunaqa harakter egasi bo'lgan odamni ko'rmagandim. Keyin o'rganib ketdik
aksincha,usha Off-top postlardan hayotga oddiy nazar tashashni,uqishni tushunib,shuni hayotimizga tadbiq etmoqchimiz inshaAlloh
Ziyouz saytini har qancha muvaffaqiyatlaridan hursand bo'lamiz doim va ezgu ishlarida bardavom bo'lib,ziyo tarqatishda doimiy harakatda bo'lishini tilab qolamiz.
Kattakon Rahmat senga - Ziyouz.com....