Qaysi o'quv dargohi? (Toshkent)  ( 16127 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Usmon  26 Noyabr 2007, 16:39:01

Aziz hamshaharlar. Keling o'quv yurtlari, ularga qanday kirish, o'qitish tizimi, afzallik hamda kamchiliklari haqida bir-birimizga, endi kirmoqchi bo'lganlar, abituriyentlarga ma'lumot beramiz. Faqat ma'lumot xolis bo'lsin. Noto'g'ri xulosalarga olib bormaslik sharti bilan. O'zim boshlab beraman:
O'zbekiston Milliy Universitetining Iqtisodiyot fakulteti:
O'zimizning eski TashGU yoki ToshDU. Kirish imtihonlari: Matematika (3.1), Ingliz tili (2.1), Ona tili, Adabiyot (1.1) (2002 yil). O'qitish tizimi a'lo bo'lmasa-da, yaxshiga tortadi. Agar talaba o'zi intilsa, aniq maqsad qo'ygan bo'lsa, o'qish qiyin emas, buning ustiga yaxshi bilim ham beriladi. Ba'zi (25-35%) o'qituvchilar o'z fani haqida juda yuzaki ma'lumotga egaligini hisobga olmasa, yaxshi o'qituvchilar ham bor. Boshqa universitetlar bilan taqqoslaganda, adolatli o'qitish tizimi. Fakultetda adashmasam, Iqtisodiyot va Biznesni boshqarish yo'nalishlari mavjud. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va menejment (aniqmas) yo'nalishlari yopildi. Muqobil variant bu Iqtisodiyot universiteti. Web-sayti www.nuu.uz

Qayd etilgan


Irodaxon  28 Noyabr 2007, 12:33:19

Assalomu alaykum!
Moliya instituti haqida ma`lumotlar bo`lsa, iltimos, shunaqa yangiliklardan bersez. Katta yordam qilgan bo`lardiz. Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Usmon  28 Noyabr 2007, 13:55:12

Assalomu Alaykum!!!
Moliya institutida o'qimagan bo'lsam-da, sizga u haqda oz bo'lsayam ma'lumot berishga harakat qilib ko'raman.
Toshkent Moliya Instituti :
Avvallari Iqtisodiyut Universiteti (NarXoz) tarkibida bo'lib, Mustaqillikdan so'ng ajralib chiqqan. Fakultetlari: Kredit Iqtisod, Moliya iqtisod, Soliq va sug'urta ishi, Hisob iqtisod, Boshqaruv, Umumiqtisodiy fakultet.
Kirish imtihonlari: Matematika (3.1), Ingliz tili (2.1), Ona tili, Adabiyot (1.1) (2002 yil). O'qitish tizimi yaxshi. Maxsus fanlardan kiradigan o'qituvchilarning ko'pchiligi yaxshi ma'lumotga ega, ba'zilari moliya sohasida ancha tajribaga ham ega. Shu sababli, ixtisos fanlaridan yaxshi bilim olishingiz mumkin. Albatta bu talabaning o'ziga ham bog'liq.
Agar maqsadingiz moliya muassasi (bank, sug'urta kompaniyasi va h.k.) da yoki istalgan korxona yoki tashkilotning moliya-iqtisod bo'limi, yoki buxgalteriyasida ishlash bo'lsa, TMI buning uchun eng ideal variant deb o'ylayman. Agar adashmasam, Kredit iqtisod fakutetida kirish ballari odatda yuqori, Hisob iqtisodda esa birmuncha past bo'ladi. Rasmiy web-sayti: www.tfi.uz
Bundan batafsilroq ma'lumotni shu web-saytdan olishingiz mumkin. Kirmoqchi bo'lganlaga maslahatim: matematikaga eng katta e'tibor bering, ingliz tilidan ham kamida 30ta to'g'ri javob yechadigan bo'lsez, kirish siz uchun muammo emas.
Bundanda yaxshi ma'lumotni shu institutda o'qigan yoki o'qiyotgan forumdoshlar qoldirishadi deb umiq qilamiz :)

Qayd etilgan


moqqicha  12 Dekabr 2007, 12:30:58

assalomu alykum.toshkent davlat islom uniuvewrsiteti haqida hamda hadichai kubro haqida ham ma'lumot iltimos.

Qayd etilgan


Usmon  13 Dekabr 2007, 10:01:05

assalomu alykum.toshkent davlat islom uniuvewrsiteti haqida hamda hadichai kubro haqida ham ma'lumot iltimos.
Uzr, forumdagi bitta mavzuni deyarli takrorlagan ekanman. Sizni qiziqtirgan universitetlarning ko‘pchiligi haqida quyidagi bo‘limda ma'lumot olishingiz mumkinakan:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1541.msg69309#msg69309

Qayd etilgan