Qaysi shaharlarda bo'lgansiz?  ( 36860 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:16:55

Shoir:
Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!

Sizlarga ushbu savol bilan murojaat qilmoqchi edim.

Qaysi shahar, yurtlarda bo'lgansiz?
O'sha yer haqida ozgina ma'lumot bersangiz.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:17:20

Margilanets:
Man O'zbekistonimiz ko'p shaharlarida bo'ganman: Farg'ona, Anjon, Asaka, Qo'qon, Quva, Quvasoy, Namangan, Kosonsoy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va h.

Qirg'izistonni Jalolobod, Osh, Bishkek shaharlarida,
Tojikistonni Konibodomida,
Xitoyni Urumchisida,
Qozog'istonni Turkiston, Chimkentida bo'ganman.

Har bir joyning o'ziga xosligi bor.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:17:47

Maknuna:
Yaxshi mavzu ochibsizlar.

Man ham sayohat qilishni yaxshi ko'raman, lekin ko'p joylarda bo'lmaganman.
O'zimizani Toshkent va Toshkent viloyati, Jizzax va Samarqanddan boshqa joylarda bo'lmaganman.

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:18:08

Ozodaxon:
O'zbekiston-
Samarqand, Toshkent, Jizzax, Juma, Katta-qo'rg'on.
AQSH-
Washington(ikki kungina)
Dallas,Boston, Wichita Falls, Oklahoma city.
Olney-nasib qilsa endi Feruzani bir ko'rib kelaman!!

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:18:57

Bekmirzo:
O'zbekistonning o'zim tug'ilib o'sgan Chiroqchi tumanidan tashqari, Yakkabog', Shahrisabz, Kitob, Qarshi, G'uzor, Boysun, Sherobod, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Chirchiq, Andijon degan joylarida bo'lganman...
Har birining o'ziga xos va mos tomonlari bor.

Bizning Qashqadaryo vohasiga tashrif buyuring:
- Samarqand-Kitob o'rtasidagi dovondan o'tganingizdan so'ng, tog'lar bag'rida joylashgan Kitob va Shahrisabz sizlarni o'z chiroyiga maftun etgan holda qarshi oladi;
- Chiroqchi tumani o'zining bepoyon qizg'aldoqzor dalalari orqali so'lim Langar tog'iga yetaklaydi, yo'l-yo'lakay bizning uydan bir kosa cholop (ayron) ichib o'tishni unutmang 

Safaringiz bexatar bo'lsin!

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:19:26

Kumushbibi:
Assalomu alaykum!

Esimda qolganlari : Toshkent...,Samarqand,Urgut...Guliston,Kitob,G'uzor...Hazorasp,Mo'ynoq(Qoraqalpog'iston)...

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:19:43

Manga vodiyni shaharlari yoqqan: Qo'qon, Marg'ilon, Farg'ona, Andijon, Asaka, Namangan.
Odamlari judayam samimiy, mehmondo'st, sizni aslo zeriktirishmaydi.
Yana Shohimardonni maqtashadi, lekin hali u yerga o'ta olmadim. Nasib bo'lsa, albatta borib, ziyorat qilish niyatim bor.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  17 Fevral 2007, 11:16:03

O'zbekistonda: Buhoro,Toshkent,Samarqand,Xiva,Qarshi,Asaka,Jizzax,Guliston,Navoiy,Urganchda bo'lganman.
Qozog'istonda:Kustanay,Almatida bo'lganman.

Koreyada:Seul,Busan,Tedjon,Jejudo,Seongnam,Tegu,Ulsan,Kangrung,Osan,Yongin,Namisom oroli kabi joylarda bo'lganman.:)

Qayd etilgan


Suvon  17 Fevral 2007, 14:51:17

Men O`zbekistonnning ko`p shaxarlarida bo`lganman, yani Samarqand, Navoiy, Buxoro, Guliston, Xo`jandda bo`lganman

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  20 May 2008, 12:39:24

Ўқувчилик вақтимда олимпиадада қатнашиш муносабати билан илк марта Фарғона, Қсқон, Ургенч, Хива, Ааманган, Чустга борганман. Анча вақт бслди бунга. Қарши, Самарқандда ҳам бслганман, лекин шаҳар айланишга имконист бслмаган. Самарканд, ,Бухорога бориб зиёрат қилиш нистим бор, худо ҳоҳласа.

Qayd etilgan