Yurtdosh > Hamyurtlar

Qaysi shaharlarda bo'lgansiz?

Sahifalar: (1/13) > >>

Abdusalom:

Shoir:
Assalomu alaykum forum ishtirokchilari!

Sizlarga ushbu savol bilan murojaat qilmoqchi edim.

Qaysi shahar, yurtlarda bo'lgansiz?
O'sha yer haqida ozgina ma'lumot bersangiz.

Abdusalom:

Margilanets:
Man O'zbekistonimiz ko'p shaharlarida bo'ganman: Farg'ona, Anjon, Asaka, Qo'qon, Quva, Quvasoy, Namangan, Kosonsoy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va h.

Qirg'izistonni Jalolobod, Osh, Bishkek shaharlarida,
Tojikistonni Konibodomida,
Xitoyni Urumchisida,
Qozog'istonni Turkiston, Chimkentida bo'ganman.

Har bir joyning o'ziga xosligi bor.

Abdusalom:

Maknuna:
Yaxshi mavzu ochibsizlar.

Man ham sayohat qilishni yaxshi ko'raman, lekin ko'p joylarda bo'lmaganman.
O'zimizani Toshkent va Toshkent viloyati, Jizzax va Samarqanddan boshqa joylarda bo'lmaganman.

Abdusalom:

Ozodaxon:
O'zbekiston-
Samarqand, Toshkent, Jizzax, Juma, Katta-qo'rg'on.
AQSH-
Washington(ikki kungina)
Dallas,Boston, Wichita Falls, Oklahoma city.
Olney-nasib qilsa endi Feruzani bir ko'rib kelaman!!

Abdusalom:

Bekmirzo:
O'zbekistonning o'zim tug'ilib o'sgan Chiroqchi tumanidan tashqari, Yakkabog', Shahrisabz, Kitob, Qarshi, G'uzor, Boysun, Sherobod, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Chirchiq, Andijon degan joylarida bo'lganman...
Har birining o'ziga xos va mos tomonlari bor.

Bizning Qashqadaryo vohasiga tashrif buyuring:
- Samarqand-Kitob o'rtasidagi dovondan o'tganingizdan so'ng, tog'lar bag'rida joylashgan Kitob va Shahrisabz sizlarni o'z chiroyiga maftun etgan holda qarshi oladi;
- Chiroqchi tumani o'zining bepoyon qizg'aldoqzor dalalari orqali so'lim Langar tog'iga yetaklaydi, yo'l-yo'lakay bizning uydan bir kosa cholop (ayron) ichib o'tishni unutmang 

Safaringiz bexatar bo'lsin!

Sahifalar: (1/13) > >>

Go to full version