Топ рейтинг www.uz Kompyuteringiz uchun har hil programmalar

Kompyuteringiz uchun har hil programmalar  ( 24263 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Y_U_R_I_S_T  13 May 2008, 18:07:31

man  kasperskiy  va  not32   2.7  versiyasini  paralel  ishlativomman  6 oydan  beri   ikkalasi  ham  kelishib  ishlamoqda  .  Ba'zan  flashka  ulaganimda   kasperskiy  topmaganini  not32  topadi  ba'zan  teskarisi  , xullas  ikkalasi ham  aka- uka  bo'lib  ishlamoqda .

Bir vaqt o'zida ikkita antivirus ishlatsa bo'ladimi?

Qayd etilgan


Usmon  13 May 2008, 18:25:12

Bo'ladi ba'zilarini. Biroq maslahat berilmaydi. Kompyuterinigizning tormozlanishiga olib keladi bu ikki karra himoya. Bitta antivirus va bitta firewall bemalol yetadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 May 2008, 17:42:00

Uzr, firewall nima?

Qayd etilgan


Usmon  14 May 2008, 19:16:28

Firewall - Tarmoqlararo ekran (Brandmauer).
Tarmoqdan o'tayotgan paketlar ustidan o'rnatilgan qoida bo'yicha nazorat olib boruvchi apparat yoki dasturiy ta'minot.
Asosiy vazifasi tarmoqni himoya qilish.
Shaxsiy kompyuter darajasida firewall dasturlar portlaringiz xavfsizligini ta'minlaydi va turli hujumlarda asraydi.

Masalan: Firewall Outpost 4.0 yoki Agava firewall.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  15 May 2008, 17:09:19

Firewall - Tarmoqlararo ekran (Brandmauer).
Tarmoqdan o'tayotgan paketlar ustidan o'rnatilgan qoida bo'yicha nazorat olib boruvchi apparat yoki dasturiy ta'minot.
Asosiy vazifasi tarmoqni himoya qilish.
Shaxsiy kompyuter darajasida firewall dasturlar portlaringiz xavfsizligini ta'minlaydi va turli hujumlarda asraydi.

Masalan: Firewall Outpost 4.0 yoki Agava firewall.

Ma'lumotlar uchun kattakon rahmat!

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  24 Aprel 2009, 03:08:39

 :as:
Mana bu yerdan DVDvideosoft programmalarini yuklab olishingiz mumkin:
http://www.dvdvideosoft.com/
Bu programma orqali www.youtube.com dan video/mp3 shaklida yuklab olishingiz va ularni har hil formatga o'girishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  24 Aprel 2009, 03:19:28

 :as:
Mana bu yerdan VLC media playerni kompyuteringizga yuklab olishingiz mumkin:

http://www.videolan.org/vlc/

"VLC media player" ning boshqa "Media player"lardan farqi har qanday formatdagi videolarni(OGG, MP2, MP3,WMA, MP4, DivX, DVD,)  muammosiz ochib bera oladi.

Qayd etilgan


Sarvar John  10 Iyun 2009, 00:00:29

Iltimos menga Ruschadan O'zbekchaga Maqola tarjima qiladigan programma kerak

Qayd etilgan


ZUBAIR  10 Iyun 2009, 01:11:33

Iltimos menga Ruschadan O'zbekchaga Maqola tarjima qiladigan programma kerak

 :o Omad. Agar shunaqa programma topsez biz ham behabar qolib ketmaylik :) Menimcha hali bunaqa rogramma ishlab chiqarilmagan

Qayd etilgan