Тarixchilarning ko’rsatishicha, Abu Bakr payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam)ning misoli bir vaziri edi, barcha ishlarni u kishining maslaxati bilan bajo keltirardilar va haqiqattan ham u kishi payg’ambardan keyingi yirik shaxs edi. Hatto dushmanlardan qochib, g’orda bekinganida ham, mashhur Badr urushi paytida ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) bu kishi bilan birga bo’lganlar. Birga bo’lgan vaqtlarida payg’ambar u kishi o’rniga boshqa hech kimni oi’tqazmas ekanlar. Umar ibn al-Хattob haqida ham payg’ambarimiz ko’p iliq so’zlarni deganlar. Тermiziyda zikr etilgan Aqoba ibn Omirning keltirgan hadisida aytilishicha, Rasululloh (sallallohu alayhi vassallam) "œMendan keyin payg’ambar keladigan bo’lganda edi, u holda Umar ibn Хattob payg’ambar bo’lib kelardi" deganlar. Bunda ul zotning Umarga bo’lgan katta hurmati va yuksak bahosi ifodalanganlar.
Mashhur muhaddislardan Ibn Mojaning keltirishicha, Anas ibn Molikda shunday gap bor.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan so’rashibdi:
— Aytingchi, eng yaxshi ko’rganingiz kim?
— Oysha,— debdi u kishi.
— Erkaklardan-chi,— deb so’rashganda.
— Oyshaning otasi,— deb javob bergan ekanlar.
Ma’lum bo’ladigan mulohaza shuki, paygambarga eng
yak,in zotlar Abu Bakr bilan Umar ikkalovi ekan.
Islom tarixchilarining ko’rsatishlaricha, payg’ambar (sallallohu alayhi vassallam) anjumanda bo’lganda hech kim u kishiga tik qaray olmas ekan. Faqat Abu Bakr bilan Umar u kishiga qarab so’zlar, ba’zan o’zaro kulib gaplashib o’tirishar ekan.
Bir gal do’stlar orasida payg’ambar o’z yaqin odamlarini fath etilgan mamlakatlarga yuborishi va u yerlarda islom tartibi o’rnatilishi haqida gapirib qoladilar. Shunda kimdir:
— Abu Bakr bilan Umarni ham yuborasizmi?— deb
so’rab qoladi. U kishi esa:
— Yo’q, bular ikkalasi doim yonimda bo’ladi, bular
misoli mening qulog’imu ko’zimdur,— degan ekanlar.
Bir kuni Abu Bakr bilan Umar qo’qqisdan sahobalar bilan suhbat qurib o’tirgan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) huzurlariga kirib qolishadi. Shunda payg’ambar oi’tirganlarga qarab:
— Хudoga shukrki, bu ikkovi meni baquvvat qildi,—
deganlar.
Mana shu kabi ko’p fikr va mulohazalar o’rtaga tashlandi. Boshliqlik kursisiga da’volar va bular jarayonida bahslar paydo bo’ldi. Ko’p bahslardan so’ng Abu Bakr nomzodiga to’xtalinganday vaziyat yuzaga keldi. Shunda sahobalardan Abu Bakr tarafdori bo’lib gapirganlar dalili boiqalardan ustun keldi.
Ularning bir dalili shu edi. Ya’ni yuqorida eslaganimiz: "œBugun namozga Abu Bakr o’tib bersinlar",— degan so’zlari asos bo’ldi. Shunda Abu Bakr imomlikka o’tib, namozni ado etganlar. Bu hol namrzxonlar xotirasida qoladi. Nega payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’zlari imomlikka o’tmay, Abu Bakrni o’tkazdilar. Nega boshqa bir odamga — Umargami, Usmongami, Aligami, yo biror botshqaga tayinlamay, aynan Abu Bakrga tayinladilar — bu ham odamlar mulohazasida edi. U kishi haqida hech narsa demasdan qo’qqisdan shunday dedilar, demak, boshqalarga nisbatan u kishida ustun bo’lgan yaxshi hislatni ko’rgan, bilganlar. Shundan bu yo’lni tutganlar.
Хullas ko’p mulohazalardan keyin payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga o’rinbosarlikka Abu Bakr loyiq topildi, shundan xalifalik lavozimi yuzaga keldi va birinchi bo’lib bunga Abu Bakr sazovor bo’ldi.