Oxir-oqibatda hijriyning o’ttiz beshinchi (milodiyning 655 yili) xalifa Usmon hukmronligining esa o’n ikkinchi yili uning raqiblari isyon ko’tarib, uyini o’rab oladilar. Bular misrli, kufali va basraliklar bo’lib, son jihatdan o’n ikki ming qadar edilar. Ular go’yo haj qilish uchun kelgan hojilar edi. Shu alfozda Madinaga kirib keladilar va Usmon ibn Affon uyini qurshab oladilar. Hutbada bo’lgan xalifani minbardan tushirib, u yerdan tashqariga chiqmaysan, deyishadi. Isyonchilar reja tuzib kelgan edilar, ularning asl maqsadi Usmonni xalifalik kursisidan tushirish edi. Ammo xalifa isyonchilarga bo’yin egmadi, ularning aytganiga ko’nmadi, zero u o’zini qonuniy xalifa deb bilardi.
Bu orada Ali ibn Abu Тolib o’ttiz kishilik vakillar yordamida xalifa va isyonchilar orasida muzokaralar olib bordi. Ular istagi aondirilib, Misr valiysi amaldan tushirildi, uning o’rniga Muhammad ibn Abu Bakr as-Siddiq tayinlandi. Yana ularning bir qancha talablarini vaqti-vatqti bilan amalga oshirish mo’ljallandi. Isyonchilar tarqaldilar, madinaliklar yuziga qon yugurdi, yengil nafas ola boshladilar.
Ammo nima buldiyu, ular yo’lda Usmonning Misrga ketayotgan bir xizmatchisini tutib oladilar. Uni tintib xamyonidan bir maktub topadilar. Bu maktubda Misrga tomon ketayotgan kishilarni dorga osish, o’ldirish kabi buyruqlar bitilgan edi. Bu maktub amaldan tushirilgan o’sha Misr valiysi Ibn Abi Sarh nomiga yo’naltirilgan edi. Bu xatni olganlaricha isyonchilar orqaga qaytadilar. Bulardan xabar topgan boshqa isyonkorlar ham orqaga qaytadilar. Ular kelib xalifa Usmon uyini yana o’rab olishdi. Orada janjal boshlandi. Janjalni tinchitish uchun Ali ibn Abu Тolib yana o’rtaga tushadi. Maktub tekshirildi. Shunda xalifa Usmon uni ko’rib, "œrost, maktubdagi muxr va xizmatchi meniki, ammo maktubni men yozgan emasman", dedi. Yozuvlarni solishtirishib, maktubdagi dastxat bosh kotiblik mansabini egallagan Marvon degan kishiga tegishli ekanini aniqlaydilar. U umaviylar tarafdori edi. Hatto Ali ibn Abu Тolib bilan ham teskari edi. Yig’inlarda Ali unga qanday tanbeh bergan bo’lmasin, baribir, Usmon oldida jim turib, majlis tugagach, unga zid o’z aytganini bajo keltirar edi. Ali aytgani esa gapligicha qolib ketaverardi.
Usmon ibn Affon bu maktubni yozmaganligi ko’pchilikka o’z-o’zidan ayon edi, bu xat xalifaga qarshi qaratilgan makr-xiyla edi, xolos. Garchand bu ishda Usmon tarafdorlari birmuncha xarakat qilgan bo’lsalar-da, ammo uni asrashga ulgurolmadilar, fitna o’z kirdikorini bajarishga ulgurdi.
Qotillar u kishiga qurol o’qstalganda ularga qarab xalifa Usmon:
— Ho’sh, meni nima uchun o’ldirmoqchisizlar? Men axir shunchaki Rasullulohning buyurganlarini bajo keltirdim xolosku. Bilinglar, uch holatda musulmonni o’ldirish mumkin, xolos: avliyo bo’la turib zino qilgan bo’lsa, qastdan odam o’ldirgan bo’lsa, musulmon bo’la turib, dindan qaytsa. Allohga qasam ichib aytamanki, men na islomdan avval johiliyat davrida, na musulmon bo’lganimdan keyin zino qilgan emasman, hech kimni o’ldirmaganman. Islomni qabul qilganimdan keyin dindan, qaytgan emasman. Хo’sh, meni qaysi asosda o’ldirmoqchi bo’lasizlar? — dedi.
Bu vaqtda xalifaning soqchilari ham bor edi. Ular xalifaga taxdid qilayotgan kishilar bilan urishmoqchi bo’lishdi, lekin xalifa gap orqali, tushintirish orqali to’polonni bartaraf etib qon to’kilishining oldini olmoqchi bo’ldi. Тermiziyning keltirishicha, shu xolatda ham u kishi "œMen hechham musulmonning qonini to’kadigan xalifa bo’lmoqchi emasman. Buni istamayman ham. Men odam qoni to’kilmasin, deb Allohga sig’inaman. Men urishsam ular ustidan g’olib kelishimni ham yaxshi bilaman. Faqat bularni kimdir gij-gijlagan, ularni Allohga xavola etaman", deb soqchilarini jangdan tiygan.