Kitoblarda naql qilinishicha, payg’mbarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ga vahiy kelgan kezlarda Abu Bakr tijorat ishi bilan Yaman tomonga ketgan bo’ladi. Safardan qaytgach, Abu Bakr bilsa, odamlar orasida mish-mish tarqalgan, hammaning og’zida payg’ambar, unga vahiy kelganligi va u kishining dushmanlari Abu Bakrni u kishidan sovitish maqsadida har xil bo’xtonlarni tarqatayotgan ekan. Ular Abu Bakrni musulmon bo’lishdan qaytarish tadorigini ko’rib shunday siyosat tutayotgan ekanlar.
Ammo Abu Bakr as-Siddiqning fikr qilish tarzi o’ziga xos edi, mulohaza doirasi keng, dovyurak kishi edi. U safardan qaytgach, bo’lgan voqyeani odamlardan surishtirdi.
— Men yo’g’imda nima bo’ldiyu, qanday hodisa yuz
berdi, — deb surishtirdi.
— Yo’g’ingda qiziq hodisalar yuz berdi, bundan sening xabaring yo’q. Abu Тolibning yetimi Muhammad payg’ambarlik da’vosini qilib yuribdi,— degan javob oldi.
— Тo’xta, to’xta, bu da’voni kimdan eshitding?— deb
so’radi u.
— Muhammadning o’zi gapirdi,— deyishdi.
— Rost,— dedi boshqasi,— o’zi shunday deb sanamlarimizni yomonlab yuribdi.
— Uning o’zi so’zladi, dedingmi?— deb qaytadan so’radi Abu Bakr.
— Ha, o’zi gapirdi, o’z qulogim bilan eshitdim,— dedi u.
— Agar o’zi aytgan bo’lsa — to’g’ridir, hozir qaerda u kishi?— deb so’radi Abu Bakr.
— O’zining uyida,— deyishadi.
Abu Bakr kiyinib, darhol do’sti huzuriga otlandi. U kishi bilan hol-ahvol so’rashib turib:
— Payg’ambar bo’lganing to’grimi?—deb so’radi.
— Ha, to’gri, Abu Bakr, men senga va sen kabi insonlarga elchi bo’ldim. Odamlarni Allohga ibodat qilishga va sanamlarga sig’inmaslikka da’vat etmoqchiman.
Abu Bakr bir dam hayolga cho’mib turdiyu Allohdan Muhammadga vahiy kelganini eshitib darhol imon keltirdi. Shu bilan u kishi islomni birinchi qabul qilgan ulug’ zot bo’ldi.