Alining onasi — Fotima degan ayol edi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning amakisi Abu Тolib bu ayoldan Тolib, Oqil, Ja’far, Ali ismli to’rt o’g’il, Ummu Honiy, Jumon, Rayta va Asmo ismli to’rt qiz ko’rgan edi.
Manbalarda yozilishicha, Alining onasi hushfe’l, hulqi atvori yaxshi ayol bo’lgan. Shu sababdan Payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) ham uni ko’p hurmat qilar, hatto ko’pincha tush kezlarida ular uyida uxlab dam ham olardilar. Hatto Payg’ambarimizning qizlari Fotima shu uyga kelin bo’lib tushganda juda ahil yashashgani haqida ham ma’lumotlar saqlangan. Alining onasi Fotima binti Asad hijriyning to’rtinchi yili Madina shahrida vafot etadi. Payg’ambarimiz shu kunni eslab, "œo’sha kuni onam vafot etgan edi", deydilar. Yana u kishi egnidan ko’ylaklarini yechib, u zoti karimaga kafanlikka berganlar. Hatto uning qabri ichiga ham kirganlar, ko’zlariga yosh ham olganlarini odamlar ko’rishgan. Shunda Umar ibn al-Хattob payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ga qarab:
— Yo Rasulilloh, bu xotinga ko’rsatgan mehr-oqibatingizni, hurmat-ehtiromingizni boshqaga qilganingizni ko’rgan emasmiz,—deganida, ular:
— Zeroki Abu Тolibdan keyin bu ayol qadar menga yaxshilik qilgan kimsa bo’lmagan, qabr tuprog’i unga muloyim bo’lsin, — deb duo qilganlar.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning qizlari Fotima ham bu ayol haqida ko’p yaxshi gaplarni aytgan, jumladan ular:
"œO’zlari yemasalar ham, bizga yeb ichirardi, bizni yuvib tarardi, menga o’z onamday aziz edi", — degan edilar.