Payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning butun yurish-turishlarn xulq atvor timsoli edi. U kishi hech kimni ayblamas, yomonlik qilganga yomonlik bilan jaiob bermasdilar. Oysha Onamiz aytadilar: U kishi biroviing aybini kechirar, ular bilan xushmuomalada bo’lardilar. O’zlari uchun birovdan qasd olmasdi. Hech bir qul yo xizmatkorini urganlarini birov ko’rgan emas. Biror hayvonga ham zarar berganlarini birov bilmasdi. Birov bir narsa so’rab kelsa, uni quruq qaytarmasdilar.
Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayotini Ali(roziyallohu anhu)dek yaxshi biladigan biror zot yo’q edi. Chunki Ali(roziyallohu anhu) yoshlik chog’laridan boshlab u kishi bilan birga edi, u kishi ko’z o’ngida ulg’aydi. Ali(roziyallohu anhu) doimo aytar ekan: "œAllohning elchisi kulib turadigan xush chehrali, fe’li-atvori yumshoq, ko’rinishida kamtar, mutavoze, muhtaram ajoyib axloq sohibi edi". U kishining yana yaxshi xislatlaridan biri hech mahal u kishining og’zidan: yomon so’z chqmas edi. U kishi odamlardagi kamchilik, ayb va nuqsonlarni hech mahal yuziga solmas, hech kimga ozor beradigan so’z so’zlamasdilar. Biror odam u kishining xushiga kelmaydigan bir narsa so’rab qoladigan bo’lsa, sukut qilar, o’y-andishaga cho’mar, lekin ma’qul tushmaganini bildirmas, shunga ko’ra dil xira qiladigan biror fe’l-atvorini yaxshi biladiganlar ahvoliga qarab turib, nima demoqchi bo’lganini anglab olardi. Chunki u kishinnng dili odamlarning yaxshilikka erishishini istardilar, jaholat poygaklarida qolib ketishni istamasdilar. Odamlarning bu holda qolishlarini o’ylab siqilar, Allohdan ularga insof berishini, ularni to’g’ri yo’lga solishini so’rardilar. Bu borada Qur’oni karimda shunday deyilgan: "œSizlarga o’zlaringizdan bo’lgan elchi keldi. Sizlarning gunohlar qilishingiz uning uchun og’irdir. U sizlarning g’amingizdadir, mo’minlarga u muloyim va g’amxo’rdir» (9-sura, 128 oyat).
U kishi insonlarga o’ta marhamatli, ularga mehru muhabbatli edilar. Eng og’ir va tahlikali chog’larda ham, o’zining bu xilsatini yo’qotmas, doimo fikr-andishasi bu borada uyg’oq edi. U kishi(sallallohu alayhi vassallam) dushmanlar bilan jang chog’ida, yuzlardan qon oqayotgan cho’g’larida ham «O’z payg’ambarin o’ldirgan xalq qanday qilib xalos bo’lur?! Yo Rabbim, Sen mening qavmimga yo’l ko’rsat, ular bu qilmishlari oqibatini bilmaydilar», deya nido etishlari u kishining oliyjanobligini bildiradi. U kishi bundaylardan qasd olmaganlar, hammasini kechirganlar. Shu bilan birga payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) o’ta sahovatli kishi bo’lganlar. Abu Zarr al-Giforiyning naql etishlaricha, u kishi (sallallohu alayhi vassallam) deganlar: "œyo Abu Zarr, Uxud tog’i qadarli oltinim bo’lsa ko’p xushnud bo’lardim. U oltinlarni uch kecha-kunduzda tinmay, muhtojlarga tarqatsam, qo’limda zaruratim uchun bir dinorda qolsa, shunga sevinardim, o’sha menga yetarli bo’lardi»—degan ekanlar.
Bir gal Ali Fotimaga oltindan buyinbog’ taqinchoq hadya etibdi. Fotima uni taqib, otasiga ko’ringan ekan, u kishi(sallallohu alayhi vassallam):
— E Fotima! Odamlar Muhammadning qizi buyniga oltildan bir halqa taqib olibdi, deyishini xohlaysanmi?— debdilar. Shunda Fotima taqinchog’ini yechib, uni bozorga eltib sotgan va uning puliga bir qulni sotib olib, uni ozod qilgan ekanlar.