Muallif Mavzu: Tarbiya nimaga bog'liq..?  ( 24630 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #15 : 20 Mart 2008, 14:00:45 »
Muammo nimada?

Ishdan horib kelgan ota yoki onani hamda horish nimaligini bilmay ota-onasining ishdan kelishini intizorlik bilan kutib o‘tirgan kichkintoylarni bir ko‘z oldingizga keltiring-a. Bunday paytda oshxona yumushlariga kirishib ketgan ona va televizor kanalidan biror dam olish dasturini qidirayotgan ota bolalarining ularga xalaqit bermasligini qanchalik istashsa, jajjilar esa eng yaqin do‘stlari - ota-onalari bilan birgalikda dars tayyorlashni, biror qiziqarli mavzuda muloqot qilishni va o‘yinlar o‘ynashni shunchalik xohlashadi. Bola ko‘nglidagi ana shu ma’naviy istaklar amalga oshmay qolgan kundan e’tiboran esa, eng yaqin hamkori ota-ona emas, kompyuter bo‘lib qolayotgan va unga mukkasidan ketib, ipsiz bog‘lanib qolayotgan va his-tuyg‘ulari o‘tmaslashayotgan bolakaylar ko‘payishining yana bir sababi yuzaga keladi. Shu o‘rinda esa, yozuvchi ingliz olimi Timoti Uinterning mavzuimiz davomi bo‘la oladigan mana bu fikrlari bilan ham tanishing:

«â€¦Ota-onalarning ishi shunchalik ko‘payib ketayotganidan ovqatlanish vaqti ham o‘z qat’iyligini yo‘qotib, konserva ochib yeyish ishiga aylanib bormoqda. Aslida u butun oila a’zolarini mehr rishtalari bilan bir-biriga bog‘laydigan va orziqib kutiladigan fursat bo‘lishi kerak. Afsuski, buning iloji bo‘lmayapti. Chunki ota-onalar ertalab farzandlari uyg‘onmasdan turib ishga otlanadilar va ularni kutib-kutib uxlab qolganlarida kirib keladilar. Natijada, oila a’zolarining uyga va bir-biriga tegishlilik hissi yo‘qolib bormoqda. Ayni chog‘da bolalar uyni tark etadi. Chunki ular o‘zlarini uyda hech narsa ushlab turmayotgandek his etadilar».

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #16 : 20 Mart 2008, 14:02:07 »
Ahvol shu tarzda davom etar ekan, o‘rinli savol tug‘iladi:
Qanday yo‘l tutish kerak?

Ota-onalarning ish bilan band bo‘lib, farzand tarbiyasiga vaqt ajrata olmayotganliklari bizning jamiyatimizda ham mavjudligidan ko‘z yuma olmaymiz. Talaygina qorako‘zlar otalarining dam olish kuni qachon kelishini hisoblab yurishlari ham bu fikrimizning eng oddiy dalili bo‘la oladi. Yaponiyada esa, jurnalistlar bunday dalillarning turli-tumanini keltirishga tayyor. Chunki ularda mazkur muammo ko‘lami bizga nisbatan bir necha marotaba keng bo‘lib, ancha tashvishli ahvolga kelib qolgan. Hattoki, ma’lumotlar, ta’tilsiz ishlash natijasida kasb kasalligiga uchrab, umriga zomin bo‘layotgan yapon fuqarolari soni ortib borayotganini ham ko‘rsatmoqda. Ammo ular mazkur muammoni bartaraf etish uchun “Ish tarzimizni shunday tartibga solaylikki, toki farzandlarimiz tarbiyasi bilan shug‘ullanishga ham imkonimiz bo‘lsin. Aks holda 20 - 30 yil o‘tib ota-ona tarbiyasida kemtikligi bo‘lgan bu farzandlarimiz topgan-tutganimizni yo‘q qilib, bugungi mehnatlarimizni ham chippakka chiqarishi mumkin”, deya qaramoqda.

Tarbiyaning qanchalik muhimligini yana bir bor anglatuvchi bu qarash albatta har qanday ishbilarmon ota-onani ham tegishli xulosa chiqarishga undaydi. Suhbatdoshimiz pedagogika fanlari doktori, professor Qumri Abdullaevaning e’tiroficha, biz ham o‘zimizga xos sharoitdan kelib chiqib shu va shunga o‘xshash bir qator xulosalarni amaliy ishlarimiz qatoriga qo‘shishimiz lozim:

Mahalliy sharoitimizga e’tibor beradigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan farzandalarimiz ma’lum ma’noda ta’limning ilk va sodda ko‘rinishlaridan bahramand bo‘lmoqda. Ammo ko‘pmingsonli MTMga qatnamayotgan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarimiz-chi? Ularga uy sharoitida berilayotgan oilaviy ta’lim-tarbiya qoniqarli ahvoldami? Kuzatishlarimga tayanib aytadigan bo‘lsam, bu masala qoniqarli ahvolda emas. Jumladan, aksar hollarda vaqti yetarli bo‘lgan uy bekalari ham bola tarbiyasiga jiddiy munosabatda emas. Negadir ular bolalarining usti butligi, qorni och yoki to‘qligi haqida ko‘proq o‘ylashadi-yu, ammo ta’lim-tarbiya haqida qayg‘urayotgani yarq etib sezilmaydi.

- Yaqinda uzoq qishloqlardan birida yashayotgan xonadonda bo‘ldim, - deydi yana bir pedagog suhbatdoshimiz Muhtarama Jovlieva. - Avvaliga yoshgina bolakay salom-aliksiz u yoq-bu yoqqa o‘taverdi. So‘ngra bizning oldimizga kelib onasiga talpindi. E’tiborimni tortgan murg‘akkina go‘dakka qarab yoshini so‘radim. U uyaldimi gapirmagach, onasi javob berdi.

- 6 yoshda.

- Voy, maktabga borar ekansan-da? Sanashni o‘rganayapsanmi?

Savolimga bolakay indamadi, ammo uning o‘rniga yosh ona xotirjam javob berdi.

-Mening ortimdan takrorla, deb sanashni o‘rgatmoqchi bo‘lsam, hech aytganimni qilmaydi. Bu turishda maktabda ikkichi bo‘lib qoladi-da.

Pedagog bo‘lganim, doimo shu haqda o‘ylaganim uchunmi yoki bo‘lmasa dilimdagi og‘rig‘im qo‘zg‘agandek bo‘ldimi, ichimda bir narsa chirt etib uzilgandek bo‘ldi. To‘g‘rirog‘i, farzandida boshlanayotgan ilmsizlikdan qayg‘urmayotgan va bunga xotirjam qarayotgan onadan xafa bo‘ldim. Bolaning tarbiyasi shu tarzda davom etsa, uning kelajagi nima bo‘ladi? Axloqi, tarbiyasi-chi? Qaerdadir ishlab vaqt topolmaganidaku, boshqa gap derdik. Ammo bolasining tarbiyasi bilan shug‘ullanishi uchun vaqti yetarli-ku. Bunday onalarga guldek bolalarining axloqi va tarbiyasidanda muhim yana qanday yumush bo‘lishi mumkin? Shundan so‘ng bu haqda uzoq o‘ylanib yurdim. Nazarimda, boshqalar tarbiyaga vaqt topolmay chora qidirayotgan bo‘lsa, biz ma’lum bir toifadagi vaqti bor onalarimizning va albatta, otalarimizning fursat bo‘lganida yuzaga keladigan vaqtlarini farzandlari bilan mazmunli va foydali o‘tkazishlari haqida o‘ylashimiz kerak.
Xulosa

Ayrim ota-onalar har qanday ish sharoitida ham farzandalariga vaqt ajratishning uddasidan chiqadi. Ishxonadan turib uyga qilingan bir zumlik qo‘ng‘iroq ham ko‘proq hol-ahvol so‘rashga o‘xshab ketsada, ammo bu ota-onaning farzand tarbiyasi bilan bog‘liq munosabatida muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi esa, bu holatlar ota-onada ham, farzandda ham oilaga tegishlilik hissini kuchaytiradi va mehr rishtalari mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.

Biz suhbatda bo‘lgan ota-onalarning ko‘pchiligi ular tashkil etgan ish tartibi farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun xalaqit bermasligini aytgan bo‘lsa, bunday emasligidan noliganlar ham kamchilikni tashkil etmadi. Shunday ekan, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun ajratayotgan vaqtlari haqida o‘ylab ko‘rishiga zarurat bor. Qolaversa, bu hozircha ish tartibi bilangina bog‘liq bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ota-ona, farzand, oila va jamiyat kelajagi bilan bog‘liqdir. Manba

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Amina

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 2
  • Xabarlar: 62
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #17 : 10 Aprel 2008, 14:42:04 »
Tarbiya avvalo oilaviy muhitga, jamiyatga bog`liq. Ota-ona bola tug`ilmasdanoq, uni tarbiyalashga kirishish kerak. Hozirda ota-onalar bolalarga hamma narsa mumkin deb uylashayapdi. lekin manimcha bu tug`ri fikr emas. ba`zi narsalarni bolaga ta`qiqlash ham kerak .

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #18 : 12 Aprel 2008, 15:08:44 »
Doktor Yusuf Karachay : Komil farzand tarbiyalashning oltin qoidalari (Birinchi qoida)       

O’zini tarbiyalay olmagan inson, boshqalarni ham tarbiya qila olmaydi

Avvalo tarbiyani o’zingizdan boshlang. O’z o’zini tarbiyalay olmagan inson boshqa bir kishini tarbiya qilishdan ko’ra, uni noto’g’ri yo’lga boshlash ehtimoli yuqoriroq.

Farzandlari juda yaxshi tarbiya ko’rgan bir oilani bilaman. Ular hech qanday tarbiya metodikasiga asoslaninb tarbiya qilinmaganliklarini ham bilaman. Bir kun ularnikida bo’lganimda farzandlariqa qanday qilib bunday go’zal tarbiya berganlarini so’ramoqchi bo’ldim. Lekin ozginadan keyin bu savolni berishga hojat yo’qligini tushundim. Hamma narsa shundoq ham ayon edi.

Farzandlarning otasi – samimiy, o’gir-bosiq va taqvodor inson, onasi esa mehribon va jonkuyar ayol. Oilada hayrli amallar qilishga alohida e’tibor berilardi. Uydagi televizor odatda o’chgan bo’ladi. Suhbatlarning barchasida Alloh zikri bor, g’iybat va yolg’ondan esa uman uzoq turiladi. Bunday oilada albatta go’zal xulqli farzandlar yetishadi. Qush uyasoda ko’rganini qiladi deb bekorga aytishmaydi.

Psixiatr bo’lganligim uchun turli xil oilalar farzandlarinig muammolari bilan menga murojaat etishadi. Ularning hammasi aynan bir narsadan shikoyat qilishadi: “Bu bola o’zini juda ham g’alati tutayapti. Unga yordamingiz kerak”. Menda hatto qabulimga keladigan barcha bolalarning ota-onalari bir degan tasavvur shakllanadi. Ko’p hollarda muamo ota-onalarda bo’lib, aynan ular qo’pol xatolarga yo’l qo’yishadi, hatto turli xil komplekslardan, ruhiy rohatsizlikdan aziyat chekishadi. Lekin afsuski ular muammo farzandlarida deb o’ylashadi. Xuddi bola oilada tarbiya olmaganu, oydan tushganday tasavvur paydo bo’ladi insonda. Ota-onalar bor kuchlariyu aqllarini sarflab tarbiya qilayotgan farzandlarida ularga yoqmaydigan hatti-harakatlar qayerdan kelganini o’ylab o’ylariga yetolmaydilar. Biz bunday ota-onalarga to’g’ri ta’sir ko’rsatishga harakat qilamiz, shunday qilganimizdan keyingina ularning farzandlari go’yo ko’z o’nglarida yaxshi tomonga o’zgarishga boshlaydilar.

Shuning uchun ham men doim avval o’zingizning hatta-harakatlaringizni tahlil qilib chiqing deyman.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #19 : 12 Aprel 2008, 15:10:23 »
Poydevor mustahkam bo’lsin

Poydevor imoratning asosi bo’lganidek, inson umrinig dastlabgi yilari uning ruhiy rivojlanishining asosidir. Bolaning aqliy rivojlanish jarayonining 80% 7-8 yoshlargacha sodir bo’lganidek, inson shaxsinig har tomonlama va uyg’un rivojlanishi ham aynan shu davrga to’g’ri keladi.

Asosan ilk ikki yil juda muhim. Chunki bu davrda o’ziga va atrofdagilarga ishonch tuyg’usi shakllanadi. Bu davrda bola muntazam e’tibor va sevgiga kuchli ehtiyoj sezadi. Hatto unga kim tarbiya berayotgani uncha muhim emas- eng asosiysi munosabatlarning davomiy va sobit bo’lishi. Tez-tez o’zgarib turadigan muhitda katta bo’lgan bolalarda keyinchalik atrofdagilarga ishonchsizlik, shuningdek odamovilik hislatlari kuzatiladi. Birovga o’ta bog’liqlilik, asabiylik, har doim shubha ichida bo’lish kabi sifatlar ilk yillarda ota-onalar amal qilishi kerak bo’lgan qoidalarga rioya qilmaganliklaridan yuzaga keladi.

Filippinda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, hayotinig ilk yillarida mehr va e’tibor bilan tarbiyalangan bolalar katta bo’lganlarida ancha og’ir- bosiq, o’z hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar bo’lib yetishganlar. Shuning uchun ham sizga hali hech narsani anglamaydigan yosh bo’lib tuyulgan ilk yillar farzandingizning ong osti rivojlanishining asosi ekanligini doim yodda tuting.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #20 : 12 Aprel 2008, 15:12:49 »
Jannatning sharbat daryolari.

Bolaga har doim hayot, o’lim va borlig’imiz haqida bilimlar berib boring. Chunki 3-5 yoshlarga kirganda bola atrofidagi olamni o’rgana boshlaydi, ko’pgina narsalar, asosan borlig’imiz va o’lim haqida sizdan javob olishni istaydi.
Misol uchun, savollar quyidagicha bo’lishi mumkin: “Oyijon, siz ham o’lasizmi? O’limdan keyin nima bo’ladi? Dadajon, Alloh qaerda yashaydi?” Javobingiz bolani qoniqtirishi bilan bir qatorda, unga tushunarli tilda bo’lishi kerak. Shuni biling ki, agar bola bunday javobga tayyor bo’lmasa, savol ham bermagan bo’lar edi. Bolaga o’lim va o’limdan keyinggi hayot, Alloh haqidagi savollarga javob berishdan qochilgan oilalardagi bolalarda qandaydir qo’rquv hissi bo’ladi.
Onamdan savol so’raganimda bo’lgan bir voqeani hech unutmayman:

- Oyijon, vafot etganimizdan keyin bizga nima bo’ladi?
- Janatga tushamiz, o’g’lim
- Keyin nima bo’ladi? Jannatda qancha yashaymiz? Onam meni abadiylik nima ekanligini tushunmasa kerak degan xayolda meni tinchlantirish uchun:
- U erda 1000 yil yashaymiz o’g’lim.


Men juda ham xafa bo’ldim. Ich-ichimdan jajji bir ovoz menga : “Agar oxir –oqibat o’ladigan bo’lsak, qancha yashashimizni nima ahamiyati bor. Men abadiy yashashni xoxlayman, yo’q bo’lishni istamayman” derdi.
Shuning uchun ham bolangizga Alloh, Qur’on, o’limdan keyingi hayot haqida bilganlaringizni albatta o’rgating. Shuningdek, farishtalarni ham unutmang. Bizni himoya qiladigan, kuzatadigan bu ko’rinmas maxluqotlarning borligini bilish, bolalarda uchraydigan ertak yoki multfilmdagi salbiy obrazlardan qo’rqqanlarida qalblariga malham bo’ladi.
Payg’ambarimiz va islom dunyosining buyuk shaxslari hayotlaridan hikoyalar keltirish ham muhimdir. Chunki bola katta bo’lar ekan, o’ziga o’rnak qilib olish uchun ideal bir shaxs qidiradi. Agar siz uning ideal shaxs haqidagi tasavvurlarini konkret bir inson bilan bog’lamas ekansiz, tez orada farzandingiz o’ziga Pokemonlar ustozi(yaponlarning tushunarsiz multfilmidan) va shunga o’xshagan yana boshqa bir ideal topib oladi.

Hech qachon bolani din asoslarini o’rgatish bilan qiynab qo’ymang. Bu ishni bolaga og’ir kelmaydigan darajada, bolangizga yoqadigan misollar keltirgan holda qiling. Misol uchun, meva sharbatini yaxshi ko’radigan qizimga jannatda meva sharbatlari oqadigan daryolar borligini, ulardan istaganingcha ichish mumkinligini aytganimdan beri uning o’lim to’g’risidagi tushunchasi shunchalar ozgardiki, hatto o’limdan qo’rqadigan boshqa bolalarga ham ijobiy ta’sir o’tkaza boshladi.


«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #21 : 12 Aprel 2008, 15:15:29 »
Ota – eng birinchi ustoz

Amallarimiz so’zlarimizdan ancha ustundir. Doimiy suhbat va o’gitlardan tashqari amallaringiz bilan o’zini qanday tutish kerakligini ko’rsating. Yolg’on gapirish yaxshi emasligini aytib turib, navbatdagi telefon qo’ng’irog’iga sizni uyda emas deya javob berishini buyurgan bolangizning ahvolini bir o’ylab ko’ring! Yoki o’zingiz qo’lingizda sigaret bilan “tutab” tursangizda, buyoqdan farzandingizga chekish zahar ekanligi haqida va’z o’qisangiz qanday ta’sir qiladi? Tozalik haqida o’git bergan ota o’z ortidan yig’ilmagan bir uyum axlat qoldirsa, ajabo, uning aytganlari qanday ta’sir qilarkin?

So’zlaringiz amallaringiz va his-tuyg’ularingizga uyg’un bo’lmay qo’lishidan ehtiyot bo’ling!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #22 : 12 Aprel 2008, 15:17:25 »
Dr. Yusuf Karachay. Komil farzand tarbiyashdagi ikkinchi oltin qoida       
Ota-onam meni tushunarmikan?

Farzandingiz bilan muomalada saviyangizni uning saviyasiga moslang. Shuni unutmang-ki, u hali katta bo’lib ulgurgan emas, siz esa bola bo’lish nima ekanligini bilasiz.Uning yoshida boshingizdan nimalar kechirganingiz va nimalarni his qilganingizni yodga olishingiz u bilan yanada yaqinroq munosabatda bo’lishingizga yordam beradi.

Misol qilib o’z tuyg’ulari va fikrlari bilan o’rtoqlashmaydigan bolalarni olaylik. Oilasi unga muammo tug’ilganda yordam so’rashi mumkinligini aytib o’tgan bo’lsada, bola turli xil qiyinchiliklar oldida kuchsiz qoladi, qo’rquv va shubhalardan qiynaladi, lekin oilasi bundan bexabar qoladi. Bunday holda bolaga kattalar uning muammolari bilan ishlari yo’qdek tuyuladi va o’z tuyg’ularini ochiq bildirmaydi.

Bir kuni mening qabulimga maktabga borishni istamayotgan bolani olib kelishdi. U nimaga bunday qilayotganining sababini hech kimga aytmas edi. Avval men unga o’zimning maktabda o’qib yurganimda bo’lgan voqealarni, nima uchun maktabga bormoqchi bo’lmaganimni aytib berdim; bolalarni o’g’irlaydigan lo’lilar, yomon o’qituvchi va shunga o’xshash narsalar haqida. Bola: “Bo’lmag’ur gaplarni gapirmasangizchi, amaki! Men bunday narsalardan sira qo’rqmayman. Meni bir bola xafa qiladi, shuning uchun ham maktabga borishni istamayman”, deb qoldi. Shunday qillib maktabga bormaslikning sababi aniqlangan edi.

Siz ham iloji boricha tez-tez o’zingizni uning o’rniga qo’yib ko’ring, bolalik chog’ingizdagi his-tuyg’ularingizni eslang, ular haqida farzandingiz bilan o’rtoqlashing. Siz tomondan tashlangan bir qadam farzandingiz sizga tomon yugurib kelishiga sabab bo’ladi.

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #23 : 12 Aprel 2008, 15:20:08 »
Farzandingizni tushunishga harakat qilmas ekansiz, u sizni qanday tushunsin?

Nahotki, sizn tufayli dunyoga kelgan shunday ma’sum, begunoh, nozik va tarbiyaga muhtoj mavjudodlar bir kunda sizning 1-2 soat vaqtingizga arzimasalar? Qaysidir futbolchinig oyoq kiyimi nechanchi razmer ekamligini bilib, o’z farzandingiznikini bilmaslik g’alati tuyulmaydimi o’zingizga? Yoki farzandingizni bir qulog’ingiz bilan tinglar ekansiz, qaysidir siyosatchi gapini esa jon qulog’ingiz bilan tinglashingizchi?
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #24 : 12 Aprel 2008, 15:24:20 »
Achinish hissi ham o’z joyida bildirilishi kerak

Alloh rahimdillarning eng rahimlisidr. Bolani “hafa bo’ladi”, “qiynaladi”, “siqiladi” degan andishalar bilan o’z holiga qo’yish unga foyda emas, aksincha, zarar yetkazishimizga sabab bo’ladi.

Misol uchun, dinimizda maktab yoshidagi bolani namoz o’qishga o’rgatish kerak, agar 10 yoshga yetganida ham namoz o’qishni boshlamagan bo’lsa, uni jazolash kerakligi aytib o’tilgan. Oramizda necha kishi bunga amal qilar ekan?

“O’zingizni va oilangizni olovdan saqlang” ma’nosidagi oyat nozil bo’lganida sahobalar Rasulullohdan (sav) so’radilar:

“Ey Rasullulloh, bizku Allohni amrlarini bajarib, ta’qiqlagan narsalaridan uzoq turib olovdan saqlanamiz. Ammo oilamiz va bolalarimizni qanday qilib bundan saqaly olamiz?”


“Alloh sizga buyurganlarini siz ham ularga buyuring, Alloh sizni qaytargan narsalardan siz ham oilangizni qaytaring” deganlar.

Ayniqsa, o’zlari hijobda bo’lsalarda, qizlarini ochiq kiyintiradigan ayollarni ko’p uchratamiz. Yoki o’zlari jamoat joylarida cho’milmasalarda farzandlariga buni ruxsat beradigan ota-onalar ham ko’p. Odatda ular farzandlari hali kichkinaligi uchun shunday qilganliklarini aytishadi. Kichik yoshdan hijobning fazilatini anglamagan bolalarning kelajakda islom qoidalariga to’liq amal qilishlariga biroz shubha bilan qaraysan. (Tarjimondan: Bu yerda muallif yosh bolalarni majburlab, hali buni tushunmagan holda hijob kiydirish emas, balki bolaga hali kichkinaligidan hijobning fazilatlarini tushuntirish kerakligi haqida gapirmoqda)

Bunday yo’l tutadigan oilalar yoshlikda ular ham xuddi bolalaridek bo’lganliklarini, vaqt o’tib o’zlarini qo’lga olganliklarini aytishadi. Qiziq, ular o’zlarini qay darajada qo’lga olib bilishgan ekan? Yoki bolalikdan islomiy tarbiya olishganlarida hozir qanday bo’lishar edi?

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #25 : 12 Aprel 2008, 15:26:27 »
Turmush o’rtog’ingiz bilan uyg’unlikda bo’ling


Shizofreniya kabi ruhiy kasallikning kelib chiqish sabablaridan biri ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlarning bir-biriga zid bo’lishidir. Misol uchun, ota bir gap aytsa, ona umuman boshqa bir gap aytadi. Harakatlarda ham aynan shunday. Natija, zehnning bo’linishidir. Shuning uchun ham ota-ona farzandiga qaratilgan harakatlarni oldindan o’zaro kelishib olishlari kerak.

Bu yerdan shunday xulosa kelib chiqadiki, farzandga yaxshi tarbiya berish uchun ota-onalarning turmushi ham osoyishta, bir-biriga uyg’unlikda bo’lishi kerak.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #26 : 12 Aprel 2008, 15:28:12 »
O’z vazifalaringizni bajaring, Allohning ishiga esa aralashmang

Afsuski, ko’pchiligimiz bergan tarbiyamizning natijalarini ko’rish uchun jon-jahdimiz bilan hatrakat qilamiz. Unutmaylikki, farzand bizning mulkimiz emas, biz faqatgina uninga tarbiya berishga javobgarmiz, halos.

Agarda biz o’z vazifamizni joyiga keltirib bajargan bo’lsak bo’ldi, qolgani Allohning irodasi. Aks holda harakatlarimiz bolaga zarar berishi mumkin. Shu bilan birga ortiqcha stressni boshimizga balo qilib, noto’g’ri ishlar qila boshlashimiz ham mumkin. Farzandimiz balog’at yoshiga yetganida unga yaxshi tarbiya berish uchun qo’limizdan kelganini qilganimizni, tanlash huquqi endi unga tegishli ekanligini aytishimiz kerak.

Zotan, bizning bu tavsiyalarimiz faqatgina bir sababdir. Biz Allohning roziligi uchun bu sabablarga qo’ldan kelgancha murojat qilamiz, lekin bundan qanday natija chiqishiga aralasholmaymiz. Zero Alloh hohlasa Payg’ambardan noqobil farzand, Firavn saroyidan esa Payg’ambar yetishib chiqadi

Shuning uchun ham sizlarni farzandlarimiz uchun Allohga duo qilishga undayman.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #27 : 01 Fevral 2009, 14:58:20 »
                                 ҚУШ УЯСИДА КЎРГАНИНИ ҚИЛАДИ

Уч-тўрт қизча ҳовлида меҳмон-меҳмон ўйнашарди. Ўртадаги кичкина дастурхонда ширинликлар, атрофида жажжи қÑžғирчоқлар - "меҳмонлар" ўзларича суҳбат қуришяпти.

- Менинг дадам ишхоналаридан ҳар куни шоколад олиб келади, - деди кичкина Барно. - Ойим: "Конфетларни ҳадеб кўчага ташиб кетаверма", - деб уришади...

- Менинг ойим боғчада ишлайди. Ош пиширади. Уйимизда шакар, печенье, тухум жуда кўп бўлади. Ойим ҳар куни олиб келади, - дея мақтанди Ойгул.

- Кеча-чи, боғчамизда Севаранинг туғилган куни бўлди. Ойиси торт олиб келди. Боғча опамиз уни бизларга бермай уйларига олиб кетдилар, - деди бир қизча.

- Яна-чи, боғча опа овқат пайти ҳаммамизга озгинадан қуймоқ бериб, қолганини сумкасига солиб қўяди. Мен ойимга айтдим, бугун менга қуймоқ пишириб беради...

Тарбия, ҳалоллик оилада шаклланади. Шунинг учун ҳам "Қуш уясида кўрганини қилади", дейдилар.

- Мен катта бўлсам дадамлардай "каттакон" бўламан. Ярақлаган машинам бўлади, - дея велосипед ғилдирагини рул қилиб олган бола ўртоқларига гап бермайди. - Икром акага ўхшаган "укахонларим" бўлади. Нимани хоҳласам муҳайё этади,-мақтанади олти яшар болакай.

- Сен ҳам дадангга ўхшаган порахўр бўлар экансан-да, - кулади ўзидан каттароқ бола.

Қолганлар тушуниб-тушунмай уни калака қилишади.

- Нима дединг? Болакай ён-атрофдагиларга Ñžқрайганча, "машинаси"нинг рулини ҳам бошқармай, югуриб уйига кириб кетди. Зум ўтмай, онасини бошлаб чиқди. ÐŽғлини хафа қилганлар билан онаизор гаплашди-ÑŽ, айтилган гап учун ўша боланинг юзига шапалоқ туширди.

- Бу гапни сен қаёқдан олдинг, зумраша? Топармон-тутармон одамларни нима дейди, биласанми? Билмасанг, билиб ол. Ишбилармон, уддабурон, дейди. "Тупой", - деб боланинг калласига нуқиди аёл.

Отасидай каттакон бўлмоқликни орзу қилган болакай эса энди онасидай ҳимоячиси борлигидан фахрланиб, қўлидаги машинасини виқор билан ҳайдаб кетди.

Мана шундай баъзи оилалардаги нопоклик, ташмачилик, енгил йўл билан пул топиш таъсирида улғайган болада ҳам шундай одатлар етилиб боради. Шунинг учун ҳам катталар болалар олдида ҳар хил гапларни гапиравермасликлари, бошқалар ҳақида фикр айтишда эҳтиёт бўлишлари зарур.

... Акмалнинг янги ўйинчоқ машина кўтариб чиққанини кўрган болалар бир зумда ўраб олишди. "Вуй-й-й, бир кўрай, тўхта, аввал мен". Кейин уни гапга солишди.

- Акмал, даданг қайтиб келдими?

- Йўқ, - болакай кўзини ерга тикди.

- Унда буни ким олиб берди?

- Кунда келадиган амакиси-да, - билағонлик билан жавоб берди қўшниси Ботир.

- Йўқ, у Акмалнинг амакиси эмас, дадаси бўлар экан, ойим шундай деди.

Акмал унга еб қўйгудай бўлиб қаради.

- У менинг дадам эмас!

- Нега унда сизларникида яшаяпти? - болаларнинг гап-сўзи оғзида қолди. Болакай пилдираганича ўйинчоқ машинасига ҳам қарамай ўзини ичкарига урди.

Болалар бир-бирларига қараб елка қисишди. Улар ҳам, албатта, бу гапларни оиласида эшитишган.

Ўз ота-онаси ҳақида ўртоқларидан миш-миш эшитган бола эса хижолат тортди.

Оиладаги бундай носоғлом муҳит, аввало, болага ёмон таъсир кўрсатади. Улар болада ҳалолликни тарбиялай олмайди.

Кўп ҳолларда 10-13 яшар атрофидаги болалар тунда ҳам кўчадан бери келишмайди, тўпланишиб, ёшларга мос келмайдиган ишлар билан машғул бўлишади. Ота-оналарига эса тунги "сайр"ларда, нималар билан банд бўлганликларини ҳамиша рост айтишмайди. Улар шу тахлит ёлғончилик, кўзбўямачиликка ўрганади. Ёки тўй ўтказилган хонадонларда столлар атрофида бўш шиша идишларни йиғиштириб кетаётган болаларни кўриб, кўрмаганга оламиз. Бундай болалар қулай пайтдан фойдаланиб, текинхўрликка, осон пул топишга ўрганишмайди, деб ким айта олади?

Тарбия - туб моҳияти билан жамият кўламида амалга ошириладиган иш. Болаларни шахсий манфаатлар доирасида тарбиялаш, уларнинг келажаги ҳақида қайғурмаслик ижтимоий тарбия мақсадига зиддир. Ахир: "Ота боласи бўлма, одам боласи бўл", деган мақол бор халқимизда. Ота-онанинг турмуш тарзи, феъл-атвори, ўзини тута билиши боланинг назаридан четда қолмайди. Катталар ўзлари пайқамаган нуқсонларни болалар тез илғаб оладилар. Зийраклик болага хос хусусият. Шунинг учун улар кузатувчан, тақлидчан, катталарга эргашувчан бўлишади.

Шунингдек, бола табиатан ростгўй, ҳалол бўлади, ноҳақликка чидаб туролмайди.

...Зокирни мактабда, Ñ‚Ñžғрироғи синфда Ñžғрига чиқаришди. У партадоши Мансурнинг сумкасидан пулини Ñžғирлабди. Буни эшитган барча сабоқдошлар Зокирга ёмон кўз билан қарашди. Қизлар ундан ижирғаганнамо четлаб ўтишди. Зокир ўзини қандай оқлашни билмас, сумкасини тўнтариб, қоқиб-силкиб, чўнтакларини қайириб ҳам ўзини оқлай олмай хуноб бўлди. Буларни бир четда кузатиб турган синфком Анвар масалага ойдинлик киритди.

- Мансур, сенда ҳеч қачон бунча пул юрмайди. Ота-онанг ҳалол одамлар. Маошдан-маошга рўзғор тебратадиларми, сенинг чўнтагингни қаппайтирадиларми? Зокирнинг эса саккиз йил бирга Ñžқиб, қўли эгрилигини сезмаганман. Бунча пулга эҳтиёж сезмаган ҳам. Бу - баъзи Зокирда қасди бор бир-икки ғаламиснинг иши, - дея кўча боласига айланиб бораётган қуруқ керик дўстларига ёвқур нигоҳ ташлади. Буни қара, улар сендай бўш-баёв болани Ñžқ қилиб, Зокирни ер қилмоқчи бўлишибди-да.

Анвар шу тобда отасининг "бошингга қилич келса ҳам рост сўзла, ҳалол одам бўл",-деган ўгитларига амал қилди. Ўртоғини ноҳақ туҳматдан асраб, кўнгли хотиржам бўлди.

Ҳа, болаларимизни кичиклигидан мана шундай ростгўйлик билан тарбиялаш, ҳалолликни онгига сингдиришга ҳаракат қилайлик. Бу биз ота-оналарнинг бурчимиздир. Уларни умр бўйи тарбиялаш масъулияти ҳеч биримизни тарк этмасин!

Зумрадхон АБДУЛЛАЕВА,

Андижон шаҳри. 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #28 : 01 Fevral 2009, 15:06:11 »
                      FARZANDLARIMIZ NIMALARNI KO‘RIB ULG‘AYYAPTI?

Bugungi kunda kichkintoy tomoshabinlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida efirga uzatilayotgan o‘zbek multfilmlarining aksariyat qismi asosan xalq og‘zaki ijodidan olingan. Ammo hozirgi paytda xalq ertaklari asosida yaratilgan multfilmlarning kamligi, ayniqsa rus, keyinchalik G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan asarlar ko‘proq ko‘rsatilmoqda. Qolaversa, shu zaminda yozilgan asarlar asosida chet mamlakatlarda tayyorlangan filmlarda talqin butunlay o‘zgarib ketgan. Bunga misol qilib aynan Samarqandda  XII Zohir Sa­mar­qandiy tomonidan  yozilgan  «Singbodnoma» ni ko‘rsatish mumkin.

Bu asar Sharq xalqlari milliy ruhida yozilgan bo‘lishiga qaramay, amerikaliklarning talqinida butunlay o‘zgarib ketgan va bu ko‘rinishida o‘zbek bolasi ruhiga sharqona yo‘nalishda singa olmaydi. Shunday jihatlarni rus xalqi ertaklari asosida tayyorlangan multfilmlarda ham kuzatish  mumkin. Botqoqlikda yashaydigan  «baqamalikalar» bolalarimiz ruhiga qanday singib ketganini yaxshi bilamiz. Endigina multfilm ko‘rishni boshlagan 2-3 yoshdagi bola ekran oldida 15-20 daqiqa o‘tira olmaganidek, multfilmlarning mazmun-mohiyatini ham yetarlicha anglamaydi. Unga ekrandagi hayvonlarning harakati ko‘proq ma’qul keladi va juda qiziqib qoladi. Bunday paytda ota-onalar multfilmlarni birgalikda ko‘rishlari, unda aks ettirilgan har bir narsaga ta’rif berib, uning harakatini sharhlashda aynan milliy va oilaviy yo‘nalishdagi ta’sirini o‘tkazib borishi kerak. Yosh bolalar bilan ota-onalarning ekran qarshisidagi birligi ular orasida masofa paydo bo‘lishining oldini oladi. Bu vaqtda bola sizning mehringizni, uning bolalik olamini his qilishingizni sezib turadi. Aslida Sharq afsonasi bo‘lgan «Oloviddinning sarguzashtlari» bugungi multfilmlarda shu qadar vahshiylashib ketganki,  Jasmin obrazidagi ayollarga xos nafosat umuman yo‘qqa chiqarilgan va tabiiyki uni ijobiy qahramon deya baholay olmaymiz. Bu multfilmni tomosha qilgan bola  qahramonlar harakatini takrorlaydi, siz bilan o‘z fikr doirasida ularni muhokama qiladi, bu esa tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishingiz uchun ayni muddao. Bu muhokamada siz ijobiy xarakterdagi qahramonlarni maqtab, unga ibrat qilib ko‘rsatasiz, salbiy obrazlarni esa qoralaysiz. Shu tariqa undagi yaxshi-yomonni ajrata olish sezgisini shakllantirishga erishishingiz mumkin.

Yodingizda bo‘lsin:

—yosh bolaning multfilmni  uzoq va  surunkali tomosha qilishiga yo‘l qo‘ymang;

— bolangizning sifatsiz disklardagi rangsiz, xiralashib qolgan multfilmlarni ko‘rishidan ehtiyot bo‘lganingiz ma’qul. Aks holda boladagi tasavvur ham tomosha qilayotgan multfilmi kabi «rangsiz» bo‘lishi mumkin.

Unutmang! E’tiborsizlik oqibatida Shrek, Monstr, Supermen kabi G‘arb mult­filmlaridagi qahramonlar bolaning xayolini  olib qochishi va uni normal hayotga qaytarish ancha  qiyinlashib qolishi mumkin. Eng achinarlisi, G‘arb multfilmlarida  «yalang‘och» hissiyotlarga katta o‘rin berilgan va buni hech ikkilanishsiz tomosha qilayotgan farzandlarimizda bolalarcha beg‘uborlik yo‘qolib, o‘rnini dag‘allik, hayosizlik egallamoqda.  Misol uchun o‘rdaklar sarguzashtidagi ona o‘rdakning o‘z ichki kiyimlarini eriga namoyish qilish epizodini olib qarang, axir bizning Sharq ayollari shunday qiladimi?

Xulosa shuki, tarbiya borasida zamonaviy imkoniyatlardan biri bo‘lmish multfilmlardan keng foydalanib, bolangizda ro‘y  berayotgan o‘zgarishlar, xarakteri yuzasidan  doimo pedagog va psixolog bilan  hamfikr bo‘lish lozim.   

Mahmud YO‘LDOSHEV,

psixologiya fanlari nomzodi
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Abdurauf

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 21
  • -oldi: 51
  • Xabarlar: 80
  • Jins: Erkak
  • Hidoyat Allohdan...
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #29 : 25 Fevral 2009, 03:15:59 »
Assalomu aleykum
Bir bola bo'lgan ekan. U juda asal yer. Tabiblar asal yemasligini asal yesa jiddiy kasallik kelib chiqishini aytishibdi.
Ammo bola hech gapga qulop solmabdi. Ota-onasi shunda bir mo'ysafid cholning oldiga olib borishibdi.
Haligi chol ota-onasiga qirq kundan so'ng kelishini aytibdi. Ota-ona ungacha biror nima bo'lib qoladi,deb tezrop davolashini so'rashibdi, ammo mo'ysafid oldingi gapini takrorlabdi. Ota-onasi noiloj uylariga noiloj qaytib ketishibdi.
Qirq kundan so'ng bolani olib kelishibdi. Haligi mo'ysafid bolani boshini silab:"Bolam qaytib asl yemagan, ho'pmi" debti. Shundan so'ng bola uyga qaytgach asal hidi ham yoqmay qolibdi. Ota-ona hayron bo'lishibdi. Shundan mo'ysafidni oldiga borib bor gapni aytishibdi. Mo'ysafiddan nega oldinroq shu ishni qilmasdan, qirq kundan so'ng kelinglar deganlarini sababini so'rashibdi. Mo'ysafid esa javob beribdi:" Men o'zim asl yer edim, qirq kun asl yemay yurdim" debdi.
Hikoyat haqida fikringizni bildiring! Nimani tushundingiz?[/color]
Ko’ngil yarasini bog’lagan udir,
Ummatim deya yig'lagan udir.
Bizga shul jannatni bag’ishlagan ul,       
Haq deya yuragin dog’lagan ul.
Mo’minlar qalbida sharshara udir.
Ko’zlarda ishq bo’lib porlagan udir.
Ushshoqni manzilga yo’llagan udir,
Mahsharda bizlarni qo’llagan udir.
Bizni Zuljalolga bog’lagan udir,   
Va bizga har neni bildirgan udir.

 

19 raqamga bog'liq ma'lumotlar

Muallif ChustiyBo'lim Islom

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3214
So'nggi javob 23 Noyabr 2007, 18:31:19
muallifi Chustiy
ISLOMDA KIM NIMAGA MUHTOJ?

Muallif ajmiyBo'lim Umumiy

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 4983
So'nggi javob 12 Mart 2009, 00:16:03
muallifi Afruza
Ruhiy tarbiya turkumidan darslar.

Muallif Shoxruh MirzoBo'lim Islomiy media

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 15256
So'nggi javob 28 Iyun 2010, 04:55:17
muallifi Shoxruh Mirzo
Parda modellari bilan bog'liq Turkcha saytlar

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 7588
So'nggi javob 01 Yanvar 2011, 07:30:53
muallifi Lu`lu`
Aziz forumdoshlar, Qurbon Hayiti bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?

Muallif AnsoraBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4323
So'nggi javob 28 Fevral 2013, 13:57:58
muallifi Muxsiya