— Mening xatoim, — deydi u afsus bilan, — ichishni «sevganim». Ana shu yaramas odat tufayli baxtimni o‘z qo‘lim bilan bo‘g‘dim. Agar oyim ichmaganda men otasiz o‘smas, uning taqdiri menda takrorlanmasmidi, deb o‘ylab qolaman ba’zida.
Ko‘pchilik bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayol oliy yoki o‘rta ma’lumotli bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Lekin «Hamma ham o‘qishi shart emas. Chunki bunday imkoniyat hammada ham bo‘lmasligi mumkin. Bu narsa har bir qiz bolaning oiladagi tarbiyasiga bog‘liq» kabi fikrlarni bildirib, bu borada hayotiy misollar bilan fikrini isbotlaydiganlar ham yo‘q emas. Momolarimiz kelin tushirayotganda, uning farosati, aqli, odobiga va albatta, oilasidagi muhitga e’tibor qaratishgan.
80 yoshni qoralab, munkayib qolgan Oygul momoning «qurillatib» chilim chekishidan hayron qoldim. «E-ey, qizim, otam rahmatli chilim chekardi. Men esa har doim uni yoqib kelardim. Bora-bora o‘zim ham chekishga o‘rganganimni bilmay qoldim. Qancha urindim shu odatni tashlay deb, yo‘q «tarki odat, amri mahol» deb to‘g‘ri aytishgan ekan. Turmush o‘rtog‘im ham shu odatimdan noliy-noliy olamdan ko‘z yumdi. Doim yashirib chekaman, shu zormandaga tag‘in nevaralarimning "œhavas"lari kelib yurmasin, — deydi momo afsuslanib.
Momoning oppoq sochlariga aralashib ketayotgan chilim tutuni uning ko‘zlarini ham xiralashtirib qo‘ygan. U qancha urinmasin, o‘g‘lida bu odatning paydo bo‘lishining oldini ololmaganini va bunga asosiy aybdor o‘zi ekanligini nadomat bilan ta’kidlaydi.
Bir mulohaza qiling-a, dasturxon atrofida yoki televizor qarshisida chekib, ichib o‘tirgan otasining (ba’zi onalar ham) tamaki tutuniga bolalarcha havas bilan termulgan farzandi o‘zida sinab ko‘rishga kirishmaydimi? Keyin esa ming pushaymon ham foydasiz. Ta’kidlash joizki, ayrim ayollarimizning fe’li yomonligi, ichishi, chekishi, hattoki oilasiga xiyonat qilishi baxtsizlik tomon yetaklaydi.
— Oiladagi muhit qanday bo‘lsa, bolaning xarakteri ham shunday shakllanadi, — deya gap boshladi Chilonzor tumanidagi «Xalqlar do‘stligi» mahallasi uchastka noziri Shavkat Xudoyqulov. — Nomiga munosib bo‘lmagan ishga qo‘l urgan ko‘pgina xotin-qizlarning tarbiyasi yoshligidanoq buzilgan. Shundaylarning ota-onasi bilan suhbatlashganimizda ularning o‘zi tarbiyaga muhtoj ekanligini ko‘ramiz. Ayrim qizlarimizning nafs qurboni bo‘lishlarini oilasida sabr-qanoat haqida umuman gapirilmagani oqibati deyish mumkin. KechiraÂsiz-u, o‘z burchi, vazifasini unutib, farzandidagi haqqini talab qiluvchi ba’zi ayollar bilan muloqotda bo‘lganda shu nomga loyiq emasligidan kuyunib ketaman.
Ha, suhbatdoshimizning gapida jon bor. O‘z yurtining «gado»ligidan kechib, o‘zga yurtning «shoh»ligiga havas qiluvchilar sonining oshib ketayotganini ko‘rib, yoqa ushlaysan. Ekran orqali namoyish etilayotgan «Aldanganlar qismati», «VoÂqea» kabi ko‘rsatuvlarni tomosha qilganda afsus-nadomatlar bundan-da oshadi. Olisdagi boylik jilvasi ularni tobora o‘ziga maftun etib qo‘yyapti, chog‘i? Natija-chi? Nafsni idora qila olmaslik oqibatida esa hech narsa evaziga borini ham boy bermayaptimi?