Tarbiya nimaga bog'liq..?  ( 26855 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ziyovuddin  08 Oktyabr 2009, 17:38:35

Qo'pol bo'lsa ham: Bukrni go'r tuzatadi.

Qayd etilgan


Kumush  08 Oktyabr 2009, 17:43:56

Кучук бирла хутикни, канча килма тарбис,
Ит булур, сшшак булур, асло булмас одамий.

Алишер Аавоий.

Qayd etilgan


ossiyobinti  08 Oktyabr 2009, 17:47:18

O’zini tarbiyalay olmagan inson, boshqalarni ham tarbiya qila olmaydi

Avvalo tarbiyani o’zingizdan boshlang. O’z o’zini tarbiyalay olmagan inson boshqa bir kishini tarbiya qilishdan ko’ra, uni noto’g’ri yo’lga boshlash ehtimoli yuqoriroq.

Farzandlari juda yaxshi tarbiya ko’rgan bir oilani bilaman. Ular hech qanday tarbiya metodikasiga asoslaninb tarbiya qilinmaganliklarini ham bilaman. Bir kun ularnikida bo’lganimda farzandlariqa qanday qilib bunday go’zal tarbiya berganlarini so’ramoqchi bo’ldim. Lekin ozginadan keyin bu savolni berishga hojat yo’qligini tushundim. Hamma narsa shundoq ham ayon edi.

Farzandlarning otasi — samimiy, o’gir-bosiq va taqvodor inson, onasi esa mehribon va jonkuyar ayol. Oilada hayrli amallar qilishga alohida e’tibor berilardi. Uydagi televizor odatda o’chgan bo’ladi. Suhbatlarning barchasida Alloh zikri bor, g’iybat va yolg’ondan esa uman uzoq turiladi. Bunday oilada albatta go’zal xulqli farzandlar yetishadi. Qush uyasoda ko’rganini qiladi deb bekorga aytishmaydi.

Psixiatr bo’lganligim uchun turli xil oilalar farzandlarinig muammolari bilan menga murojaat etishadi. Ularning hammasi aynan bir narsadan shikoyat qilishadi: "œBu bola o’zini juda ham g’alati tutayapti. Unga yordamingiz kerak". Menda hatto qabulimga keladigan barcha bolalarning ota-onalari bir degan tasavvur shakllanadi. Ko’p hollarda muamo ota-onalarda bo’lib, aynan ular qo’pol xatolarga yo’l qo’yishadi, hatto turli xil komplekslardan, ruhiy rohatsizlikdan aziyat chekishadi. Lekin afsuski ular muammo farzandlarida deb o’ylashadi. Xuddi bola oilada tarbiya olmaganu, oydan tushganday tasavvur paydo bo’ladi insonda. Ota-onalar bor kuchlariyu aqllarini sarflab tarbiya qilayotgan farzandlarida ularga yoqmaydigan hatti-harakatlar qayerdan kelganini o’ylab o’ylariga yetolmaydilar. Biz bunday ota-onalarga to’g’ri ta’sir ko’rsatishga harakat qilamiz, shunday qilganimizdan keyingina ularning farzandlari go’yo ko’z o’nglarida yaxshi tomonga o’zgarishga boshlaydilar.

Shuning uchun ham men doim avval o’zingizning hatta-harakatlaringizni tahlil qilib chiqing deyman.

Poydevor mustahkam bo’lsin

Poydevor imoratning asosi bo’lganidek, inson umrinig dastlabgi yilari uning ruhiy rivojlanishining asosidir. Bolaning aqliy rivojlanish jarayonining 80% 7-8 yoshlargacha sodir bo’lganidek, inson shaxsinig har tomonlama va uyg’un rivojlanishi ham aynan shu davrga to’g’ri keladi.

Asosan ilk ikki yil juda muhim. Chunki bu davrda o’ziga va atrofdagilarga ishonch tuyg’usi shakllanadi. Bu davrda bola muntazam e’tibor va sevgiga kuchli ehtiyoj sezadi. Hatto unga kim tarbiya berayotgani uncha muhim emas- eng asosiysi munosabatlarning davomiy va sobit bo’lishi. Tez-tez o’zgarib turadigan muhitda katta bo’lgan bolalarda keyinchalik atrofdagilarga ishonchsizlik, shuningdek odamovilik hislatlari kuzatiladi. Birovga o’ta bog’liqlilik, asabiylik, har doim shubha ichida bo’lish kabi sifatlar ilk yillarda ota-onalar amal qilishi kerak bo’lgan qoidalarga rioya qilmaganliklaridan yuzaga keladi.

Filippinda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, hayotinig ilk yillarida mehr va e’tibor bilan tarbiyalangan bolalar katta bo’lganlarida ancha og’ir- bosiq, o’z hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar bo’lib yetishganlar. Shuning uchun ham sizga hali hech narsani anglamaydigan yosh bo’lib tuyulgan ilk yillar farzandingizning ong osti rivojlanishining asosi ekanligini doim yodda tuting.

Jannatning sharbat daryolari.

Bolaga har doim hayot, o’lim va borlig’imiz haqida bilimlar berib boring. Chunki 3-5 yoshlarga kirganda bola atrofidagi olamni o’rgana boshlaydi, ko’pgina narsalar, asosan borlig’imiz va o’lim haqida sizdan javob olishni istaydi.
Misol uchun, savollar quyidagicha bo’lishi mumkin: "œOyijon, siz ham o’lasizmi? O’limdan keyin nima bo’ladi? Dadajon, Alloh qaerda yashaydi?" Javobingiz bolani qoniqtirishi bilan bir qatorda, unga tushunarli tilda bo’lishi kerak. Shuni biling ki, agar bola bunday javobga tayyor bo’lmasa, savol ham bermagan bo’lar edi. Bolaga o’lim va o’limdan keyinggi hayot, Alloh haqidagi savollarga javob berishdan qochilgan oilalardagi bolalarda qandaydir qo’rquv hissi bo’ladi.
Onamdan savol so’raganimda bo’lgan bir voqeani hech unutmayman:

- Oyijon, vafot etganimizdan keyin bizga nima bo’ladi?
- Janatga tushamiz, o’g’lim
- Keyin nima bo’ladi? Jannatda qancha yashaymiz? Onam meni abadiylik nima ekanligini tushunmasa kerak degan xayolda meni tinchlantirish uchun:
- U erda 1000 yil yashaymiz o’g’lim.


Men juda ham xafa bo’ldim. Ich-ichimdan jajji bir ovoz menga : "œAgar oxir —oqibat o’ladigan bo’lsak, qancha yashashimizni nima ahamiyati bor. Men abadiy yashashni xoxlayman, yo’q bo’lishni istamayman" derdi.
Shuning uchun ham bolangizga Alloh, Qur’on, o’limdan keyingi hayot haqida bilganlaringizni albatta o’rgating. Shuningdek, farishtalarni ham unutmang. Bizni himoya qiladigan, kuzatadigan bu ko’rinmas maxluqotlarning borligini bilish, bolalarda uchraydigan ertak yoki multfilmdagi salbiy obrazlardan qo’rqqanlarida qalblariga malham bo’ladi.
Payg’ambarimiz va islom dunyosining buyuk shaxslari hayotlaridan hikoyalar keltirish ham muhimdir. Chunki bola katta bo’lar ekan, o’ziga o’rnak qilib olish uchun ideal bir shaxs qidiradi. Agar siz uning ideal shaxs haqidagi tasavvurlarini konkret bir inson bilan bog’lamas ekansiz, tez orada farzandingiz o’ziga Pokemonlar ustozi(yaponlarning tushunarsiz multfilmidan) va shunga o’xshagan yana boshqa bir ideal topib oladi.

Hech qachon bolani din asoslarini o’rgatish bilan qiynab qo’ymang. Bu ishni bolaga og’ir kelmaydigan darajada, bolangizga yoqadigan misollar keltirgan holda qiling. Misol uchun, meva sharbatini yaxshi ko’radigan qizimga jannatda meva sharbatlari oqadigan daryolar borligini, ulardan istaganingcha ichish mumkinligini aytganimdan beri uning o’lim to’g’risidagi tushunchasi shunchalar ozgardiki, hatto o’limdan qo’rqadigan boshqa bolalarga ham ijobiy ta’sir o’tkaza boshladi.



Ota — eng birinchi ustoz

Amallarimiz so’zlarimizdan ancha ustundir. Doimiy suhbat va o’gitlardan tashqari amallaringiz bilan o’zini qanday tutish kerakligini ko’rsating. Yolg’on gapirish yaxshi emasligini aytib turib, navbatdagi telefon qo’ng’irog’iga sizni uyda emas deya javob berishini buyurgan bolangizning ahvolini bir o’ylab ko’ring! Yoki o’zingiz qo’lingizda sigaret bilan "œtutab" tursangizda, buyoqdan farzandingizga chekish zahar ekanligi haqida va’z o’qisangiz qanday ta’sir qiladi? Tozalik haqida o’git bergan ota o’z ortidan yig’ilmagan bir uyum axlat qoldirsa, ajabo, uning aytganlari qanday ta’sir qilarkin?

So’zlaringiz amallaringiz va his-tuyg’ularingizga uyg’un bo’lmay qo’lishidan ehtiyot bo’ling!



Qayd etilgan


jasur.best  16 Noyabr 2010, 20:50:53

shaxsni shakllanishida 3 omil muhim ekanligi psixologlar tomonidan ta'n olingan:
1. Irsiyat
2. Muhit
3. Shaxsiy faollik
Demak, har biri katta ahamiyatga ega.

Qayd etilgan


Saliha  07 Dekabr 2010, 23:51:17

 :bsm:
Bolani tarbiyasini birinchi bo'lib ona qorindaligida boshlashi kerak deb o'yleman.
Chunki homilador ayol harom luqma emasa, bolani tarbiyalash oson bo'ladi.Keyingisi bola tugilgandan keyin unga aqiqa qilish ham bola tarbiyali bo'lishiga sabab bo'ladi.Bolani tarbiyalash, tugishdan og'irroq deb o'yleman..Oilaviy muhit,ota-ona sababchi bo'ladi bolani tarbiyasiz bo'lishiga.Tarbiyali bo'lishi uchun birinchi luqmasiga etibor berishimiz kerak..deb o'ylaman..

Qayd etilgan