Muallif Mavzu: Tarbiya nimaga bog'liq..?  ( 24943 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #30 : 25 Fevral 2009, 05:09:33 »
Torisi bir aniq narsani tushunmadim lekin bir mano borligini tushuindim
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

The Best

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 40
  • Jins: Erkak
  • DANGERMAN
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #31 : 25 Fevral 2009, 07:41:09 »
Tushunishim bo'yicha bu hikoyada quyidagicha ma'no yotipti:
Birovga maslaxat berishdan oldin shu maslaxatinga o'zin amal qil.  ::)
LineageII.UZ
DANGERMAN

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #32 : 25 Fevral 2009, 08:12:16 »
Assalamu alaykum.
Bu hikoyada keltirilgan voqea oddiy haqiqat.
Ota-ona farzandini tarbiya qilish borasida unga faqat yaxshi fazilatlarni singdirishga harakat qiladi. Lekin ko'pchilik ota ona shu fazilatlar o'zida bor-yo'qligi haqida o'ylab ko'rmaydi.
Oddiy misol: Ota sigara chekadi, farzandiga esa bu salomatlikka zarar yoki xarom ekanligini tushuntirish uchun unga nasihat qiladi. O'z otasini chekishiga guvoh bo'lgan farzand bunga ishonadi deb o'ylaysizmi? Tabiiyki yo'q. Bola otasiga o'zingizchi? degan savolni bera olmas, beradiganlari ham bor, bera olmagan taqdirda ham shu haqida o'ylaydi va otasining nasihatlari befoyda ketadi.
Bu faqatgina bola tarboyasida emas,hayotning har bir burchida,har bir sohasida uchraydi. Olimlarimiz ham Ummatiy Muhammadiyni SAV to'g'ri yo'lga boshlashlari uchun imlariga o'zlari amal qilishlari lozimku, aks holda uning gaplarini eshitgan kishiga bu hech qanday foyda bermaydi.
SHuning uchun farzand tarbiyasini olib borayotgan ota-ona avvalo o'zini o'nglashi, farzandiga o'zi ibrat o'la bilishi lozim.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

ibnUyayna

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 164
  • -oldi: 610
  • Xabarlar: 886
  • Jins: Erkak
  • Inniy uhibbukum fillah
    • inna lillahi va inna ilayhi rojiun
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #33 : 26 Fevral 2009, 20:26:45 »
Assalamu alaykum wr wb!
Bu chol ba`zi kitoblarda Abu Hanifa rahimahulloh deyilgan.Albatta farzandlarni tarbiyasi Islom uchun suv va havodek zarur.Ota-onalar avvalo o`zlari amal qilishsagina va buni farzandlariga amalda ko`rsatib berishsagina ta`sir qiladi.Farzand tarbiyasi to`g`risida ko`p kitoblar bor shularni o`qilsa maqsadga muvofiq bo`lur erdi deb o`ylayman.Vallohu a`lam.
Assalamu alaykum wr wb!
Work for the Hereafter,and Allah will be enough for you for your worldly concerns.

Muhseena

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1649
  • -oldi: 1047
  • Xabarlar: 626
  • Jins: Ayol
  • ...sevgim Allohga va Rasuliga fido bo'lsin.....
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #34 : 26 Fevral 2009, 21:23:31 »
Mani fikrimcha,farzandlarni kamolotga yetkazayotgan ota-ona,bolaning yoshligidanoq unga Islomdan ta'lim bermog'i lozim.Unda Allohga nisbatan hayo,qo'rquv,muhabbat bo'lmog'i lozim,vallohu a'lam.Ammo hozirda man shaxsan  ota-onalarning farzandlariga  bu narsalardan ko'ra mol-dunyo,yaxshi kiyinish,yaxshi yashash kerakligini uqtirishlariga ko'proq guvoh bo'ldim.Allohdan hayo qilgan inson,ota-onasidan ham boshqa insonlardan ham hayo qiladi,ularga tili bilan ozor berishdan o'zini tiyadi.
Ularni moddiy ehtiyojlaridan ko'ra ma'naviy ehtiyojlarini qondirgan yaxshi bo'lsa kere.Yana Alloh biladi.Bu mening shaxsiy fikrim
Alhamdulillah....

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #35 : 14 Mart 2009, 13:48:24 »
:bs2:

 :as:

Yaxshi ayol va yaxshi ona — turmushning akademigi. Xalqda shunday gap bor. Ayol — u qaysidir tashkilotning xodimasi, kimningdir mehribon onasi, kimgadir suyukli rafiqa.  Azaldan oqila ayol hamisha bir xonadonning fayzu barakasi bo‘lib kelgan. Lekin buning aksi bo‘lganlar-chi?

Onalikning ko‘zlari...

Bir marta egri ish qilib yuzi qora bo‘lgan ayol «hamma ham xato qiladi» deb o‘zini oqlashi kechirib bo‘lmas holat.

 Yaqinda ana shunday adashganlarning biri bilan suhbatda bo‘ldim. U (sarxush bo‘lgani uchun) mening kimligimni ham so‘ramasdan dardini «to‘kdi». U 35 yillik hayot yo‘li haqida gapirar ekan: «Eslashga arzigulik xotiraning o‘zi yo‘q», dedi. Seskanib ketdim. Nahotki, onalik baxtiga erishgan, alla aytib, tongni bedor qarshilagan damlari uning uchun arzirli bo‘lmasa. Axir shu tuyg‘uni his etishning o‘zi eng buyuk baxt, o‘sha onlar eng shirin xotira emasmi?

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #36 : 14 Mart 2009, 13:49:24 »
— Mening xatoim, — deydi u afsus bilan, — ichishni «sevganim». Ana shu yaramas odat tufayli baxtimni o‘z qo‘lim bilan bo‘g‘dim. Agar oyim ichmaganda men otasiz o‘smas, uning taqdiri menda takrorlanmasmidi, deb o‘ylab qolaman ba’zida.

 Ko‘pchilik bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayol oliy yoki o‘rta ma’lumotli bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Lekin «Hamma ham o‘qishi shart emas. Chunki bunday imkoniyat hammada ham bo‘lmasligi mumkin. Bu narsa har bir qiz bolaning oiladagi tarbiyasiga bog‘liq» kabi fikrlarni bildirib, bu borada hayotiy misollar bilan fikrini isbotlaydiganlar ham yo‘q emas. Momolarimiz kelin tushirayotganda, uning farosati, aqli, odobiga va albatta, oilasidagi muhitga e’tibor qaratishgan.

80 yoshni qoralab, munkayib qolgan Oygul momoning «qurillatib» chilim chekishidan hayron qoldim. «E-ey, qizim, otam rahmatli chilim chekardi. Men esa har doim uni yoqib kelardim. Bora-bora o‘zim ham chekishga o‘rganganimni bilmay qoldim. Qancha urindim shu odatni tashlay deb, yo‘q «tarki odat, amri mahol» deb to‘g‘ri aytishgan ekan. Turmush o‘rtog‘im ham shu odatimdan noliy-noliy olamdan ko‘z yumdi. Doim yashirib chekaman, shu zormandaga tag‘in nevaralarimning “havas”lari kelib yurmasin, — deydi momo afsuslanib.

Momoning oppoq sochlariga aralashib ketayotgan chilim tutuni uning ko‘zlarini ham xiralashtirib qo‘ygan. U qancha urinmasin, o‘g‘lida bu odatning paydo bo‘lishining oldini ololmaganini va bunga asosiy aybdor o‘zi ekanligini nadomat bilan ta’kidlaydi.

Bir mulohaza qiling-a, dasturxon atrofida yoki televizor qarshisida chekib, ichib o‘tirgan otasining (ba’zi onalar ham) tamaki tutuniga bolalarcha havas bilan termulgan farzandi o‘zida sinab ko‘rishga kirishmaydimi? Keyin esa ming pushaymon ham foydasiz. Ta’kidlash joizki, ayrim ayollarimizning fe’li yomonligi, ichishi, chekishi, hattoki oilasiga xiyonat qilishi baxtsizlik tomon yetaklaydi.

— Oiladagi muhit qanday bo‘lsa, bolaning xarakteri ham shunday shakllanadi, — deya gap boshladi Chilonzor tumanidagi «Xalqlar do‘stligi» mahallasi uchastka noziri Shavkat Xudoyqulov. — Nomiga munosib bo‘lmagan ishga qo‘l urgan ko‘pgina xotin-qizlarning tarbiyasi yoshligidanoq buzilgan. Shundaylarning ota-onasi bilan suhbatlashganimizda ularning o‘zi tarbiyaga muhtoj ekanligini ko‘ramiz. Ayrim qizlarimizning nafs qurboni bo‘lishlarini oilasida sabr-qanoat haqida umuman gapirilmagani oqibati deyish mumkin. Kechira­siz-u, o‘z burchi, vazifasini unutib, farzandidagi haqqini talab qiluvchi ba’zi ayollar bilan muloqotda bo‘lganda shu nomga loyiq emasligidan kuyunib ketaman.

Ha, suhbatdoshimizning gapida jon bor. O‘z yurtining «gado»ligidan kechib, o‘zga yurtning «shoh»ligiga  havas qiluvchilar sonining oshib ketayotganini ko‘rib, yoqa ushlaysan. Ekran orqali namoyish etilayotgan «Aldanganlar qismati», «Vo­qea» kabi ko‘rsatuvlarni tomosha qilganda afsus-nadomatlar bundan-da oshadi. Olisdagi boylik jilvasi ularni tobora o‘ziga maftun etib qo‘yyapti, chog‘i? Natija-chi? Nafsni idora qila olmaslik oqibatida esa hech narsa evaziga borini ham boy bermayaptimi?

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #37 : 14 Mart 2009, 13:50:43 »
Onalik — odillik


Ustozim Habiba Ernazarova har birimizning kiyi­nishimizga qarab onasining kasbi qandayligiyu biz maktabga otlanayotganda onamiz uyda bor-yo‘qligigacha aytib berardi. Biz uning xatosiz ochayotgan “fol”laridan hayratga tushardik. Hayot maktabidan saboq olaverganim sayin ustozimdagi qobiliyat har bir sinchkov ayolda bo‘lishi mumkinligini angladim.

 Bir sinfdoshim doim sipo, darsga hamisha tayyor bo‘lib kelsa-da, o‘qituvchilar unga o‘ylab gapirar, har bir aytilgan noo‘rin gap ertangi janjalni boshlashi mumkinligidan xavotirga tushardi. O‘sha o‘quvchining onasi maktabga kelgan soatda dars-ku qolardi, kamiga bolasining aybini aytgan kimsa borki, yumma talanardi. Maktabimiz direktori unga ona odil bo‘lishi kerakligi, vaqti kelganda bolasining xatosini tan ola bilishi, bu harakati bilan bolasining kelajagini ikkinchi darajaga qo‘yayotganligini ko‘p bora uqtirardi. Taajjub, bunday yo‘l tutuvchi ona nimaga erishmoqchi o‘zi? Onaning zurriyodi ertasi uchun qayg‘urishdan ham muhimroq yumushi bormikan?

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #38 : 14 Mart 2009, 13:52:16 »
SABR KOSASI

Maysara opa uzzu kun daladan beri kelmaydi. Ro‘zg‘ori, bolalari uchun doim o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib yuradi. U gohida yupun, ba’zan kir-chir yursa-da, qishloqning eng keksasi ham uni ko‘rganda qo‘lini ko‘ksiga qo‘yadi. Turmush o‘rtog‘i toqqa podani haydar chog‘ida qoyadan sirpanib ketgan. Shu-shu to‘shakka mixlangan. (To‘shakda bo‘lsa-da, tinmaydi. O‘g‘lini, qizini yoniga olib, kitob o‘qib beradi. Bolalarining o‘qishi, yurish-turishini doimiy nazorat qilib turadi.)

Maysara opaning quyoshda qoraygan yuzlariga, mehnatdan qavarib yorilgan qo‘llariga qarab matonatiga, irodasiga qoyil qolaman. To‘g‘rida, baxtsiz hodisa sababli yillab nogiron umr yo‘ldoshining suyanchig‘i bo‘lgan ayol bardoshiga tasannolar aytging keladi. Bunday onalar hech qachon hayotidan nolimaydi, birovni aybdor sanamaydi. Boriga, berganiga shukr qiladi. Eng katta maqsadlari — bolalarini komil inson qilib voyaga yetkazish. Ular tarbiyalagan bola ham qanoatli bo‘ladi.

Maysara opaning turmush o‘rtog‘ini tushunish mumkin. Lekin to‘rt muchasi sog‘ ayrim oila boshliqlari ro‘zg‘or yukini butunlay ayoli zimmasiga tashlab qo‘ygani ham bu muammoning bir bo‘lagidir. Ona bozorda, ota hamma narsaga qo‘l siltagan muhitda tarbiya topayotgan bolaning kelajagi haqida xohlasangiz ham yaxshi narsalarni bashorat qila olmaysiz. Nega endi, onasidan o‘rganib tadbirkor yoki biznesmen bo‘lishi mumkin, deysizmi? Albatta, bunday bola qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin pul topishni qoyillatishi mumkin. Ammo saviyasining ko‘zi ojizlashib, ma’naviyati oqsoqlanib qolaveradi. Bunday muhitdan aks ta’sir olib voyaga yetgan bola esa yuztadan bitta bo‘lishi mumkin. Bunday befarqlik oqibati esa fojia bilan yakunlanishi mumkin.

Yurtimizda ayollarga e’tibor qaratish maqsadida qanchadan-qancha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Hatto bir yil ayollar yili deb e’lon qilindi, qolaversa, butun dunyo shu muammoga qarshi kurashayotgan bir paytda, ayolga nisbatan o‘z umr yo‘ldoshi tomonidan qilinayotgan adolatsizlik o‘rinlimikin? Kun bo‘yi ko‘chada butun e’tibori pul topishda bo‘lgan ayol mavridi kelganda qing‘ir ishga qo‘l urishdan ham toymaydi. Buning natijasi o‘laroq jinoyat olamining a’zosiga aylanadi. Afsuski, ana shunday onalar «sharofati» ila qancha bolaning qalbiga armon tamg‘asi bosilib, hayot yo‘llarini mavhumlik egallaydi. Ba’zi onalarni bu kabi ilojsizlik girdobiga duchor qilgan otalar ekanligiga nima deysiz?

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #39 : 14 Mart 2009, 13:53:30 »
Yaxshidan sharofat, yomondan...

Ota-onaning kiyinishi bolada kiyinishga bo‘lgan munosabatning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Onaning yengil-elpi kiyimda yurishini ko‘rib, «ko‘zi pishgan» bolalari keyinchalik bunga oddiy holdek qarashadi. Bora-bora o‘zlari ham shunday kiyimlarni hech uyalmay kiyib yurishadi.

 Yoz kuni. Barcha yo‘lovchilar kichikroq bo‘lsa-da, bekatdagi soyaga tiqilishgan. Kim nima haqida gapirayotgani baralla eshitilib turardi. Uch-to‘rt ayol kelib soyadan joy olishdi va yo‘ldagi g‘iybatlarini davom ettirishdi: — Kechagi to‘yda bormidingiz? — dedi to‘ladan kelgan bir ayol. — E’tibor berdingizmi? — gapini davom ettirdi u hamrohining javobini ham kutmay. — Ana u Zamiraning qizi davradan chiqmay o‘ynadi o‘ziyam.

— Kiyimini aytmaysizmi? Ochiq-sochiq. Yana onasi ko‘krak keradi “falon joyda ishlayman” deb.

Shu payt bekatga ikki qiz yaqinlashdi. Kelib baland ovozda ayollar bilan yarim o‘zbek, yarim rus tilida salomlashishdi. Shunda oydinlashdiki, ulardan biri qo‘shnisining qizini g‘iybat qilayotgan ayolning qizi ekan. Taassufki, qizining kiyinishi ham mening nazarimda o‘zi yomonga chiqarib, ta’rif bergan qizning kiyi­midan farq qilmasdi.

— O‘rtancha qizimi o‘sha? — Qizi uzoqlashmay yana gapini davom ettirdi ayol. Atrofdagilarning unga qadalgan ko‘zlarini payqamadi shekilli, tinmay javrardi. Hikoyasining qahramoni hamon o‘sha qiz. Shu tobda ayolga sekingina «O‘zingiz ham bu borada qo‘shningizning qizidan ildamsiz» demoqchi bo‘ldimu, tilimni tishladim. Eh, siz onalar-ey, o‘z uyingizda yog‘ayotgan «do‘l»dan bexabar, birovning uyidagi «yomg‘ir»dan zavqlanasiz-a. Nima bo‘l­ganda ham qovun-qovundan rang olishini unutmang!

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #40 : 14 Mart 2009, 13:54:22 »
Mulohaza qiling!

Ota-onasining tinimsiz tortishuvidan charchagan bola nima ham qilsin?! Tinchlik istab, ko‘chaga yoki o‘rtoqlari oldiga shoshadi-da. Xo‘sh, bir paytlar ko‘pchilik oldida ahdu paymon qilib, bir yostiqqa bosh qo‘ygan, hamma havas bilan qaraydigan ikki yosh nega bugun qo‘l uchida ko‘rsatilyapti? Ayol erkakka iqtisodiy jihatdan yetarlicha ta’minlay olmayot­ganini bahona qilib baqirsa, er qo‘liga erk beradi. Natijada esa yana bir oila vayron, bir norasida sarsonu sargardon. Sarosimalar ichida voyaga yetgan bola yoshligini eslaganda alamlari ko‘z yoshlarga aylanadi. Hayotini yo‘lga qo‘ya olmay ­dunyolarga sig‘may ketadi.

Maqolada ma’rifatsiz (ichuvchi, chekuvchi, turli jinoyatlarga qo‘l urgan) ona qo‘lida tarbiyalanayotgan yoki shu onaning nojo‘ya qadami tufayli sargardonlik sari yuz tutayotgan bolaning kelajagiga nisbatan o‘qilayotgan hukmlar va ularning oqibatlarini hayotiy kuzatuvlar asosida hikoya qilishga harakat qildik. Bu mavzuning bizning mulohazamizdan chetda qolgan, sizga ma’lum tomonlari bo‘lsa, nomalaringizni kutamiz.

Mahbuba KARIMOVA
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #41 : 14 Mart 2009, 14:06:46 »
:bs2:

 :as:

Tajriba ta’lim-tarbiyaning tayanchidir. Ta’lim muassasalari bir-biridan “toza havo” olib turadilar. Albatta, bu mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ilg‘or tajribalarni amalda qo‘llash orqaligina o‘z samarasini beradi. Quyida  poytaxtimizning Hamza tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu boradagi ayrim tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqchimiz. Davomi...
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #42 : 27 Mart 2009, 14:31:52 »
 
:bs2:

 :as:

Uchinchi fasl
   

Ota-bola munosabati hamda farzand tarbiyasi haqida xalqimizda ham, dunyo xalqlarida ham ko‘plab turli-tuman naqllar, rivoyatlar uchraydi. Dunyo dinlari hisoblangan islom, nasroniylik, buddaviylik, yahudiylik va hokazo dinlarda ota-ona va farzand munosabati hamda farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, islom dinida farzand uchun eng muhimi ota-ona rizoligidir.

Qur'oni karimda va hadisi sharifda ota-ona va farzand muomalasi xususida ibratli fikrlar bor. Muborak hadislardan birida, jumladan, shunday deyiladi: "Otaga itoat qilish tangriga itoat qilishdir".

Ushbu hadis ma'nosidan shu narsa oydinlashadiki, farzand ota oldida mas'uliyatni his qilmog‘i hamda ota-onani hech qachon norozi qilmasligi lozim. Ammo bu hadisdan ota farzandga to‘g‘rimi-yo‘qmi nimani xohlasa buyuraverishi mumkin ekan-da, degan ma'no kelib chiqmasligi kerak. Bu borada rasululloh sallollohu alayhi vassallam shunday deydi: "Farzanding o‘ng bilan chapni ajratguncha uni podshoh, o‘zingni qul o‘rnida, farzandning o‘ng bilan chapni ajratgandan so‘ng uni qul, o‘zingni podshoh o‘rnida ko‘r. Farzanding balog‘atga yetgandan so‘ng esa u bilan do‘sting kabi muomala qil".

Sarvari olam mana shu muxtasar izoh bilan bir necha yillik mashaqqatli farzand tarbiyasining dasturini tuzib bergan, desak, yanglishmaymiz. Keling, imkon qadar ushbu hadisni tushunishga harakat qilib ko‘raylik. "Farzanding o‘ng bilan chapni ajratguncha uni podshoh, o‘zingni qul o‘rnida ko‘r...". Bundan quyidagi ma'noni anglash mumkin. Ma'lumki, go‘dak issiq bilan sovuqning, oq bilan qoraning, yaxshi bilan yomonning farqiga bormaydi. Emaklab borib choynakni ag‘darib yuborgani uchun go‘dakni jazolash foydasiz. Demak, bunday holda go‘dak "podsho", ya'ni u xohlagan ishini qilishdan o‘zini tiyolmaydi. Ota esa "qul", ya'ni farzandi xarxashasiga chidashi va unga nisbatan mehr-muruvvatli bo‘lishi kerak. Har narsaning o‘z me'yori, o‘z chegarasi bo‘lgani singari bu faslning ham o‘z vaqti bor. Birinchi fasl tugashi bilan ota va farzand munosabatining ikkinchi - ota uchun "podshohlik", farzand uchun "qullik" fasli boshlanadi. Bu fasl har ikki tomondan ham, ayniqsa, ota tomonidan nihoyatda katta mas'uliyatni talab etadi. Bu davrda otaga qo‘yiladigan asosiy talab shuki, u farzandini ilmli, ma'rifatli, madaniyatli qilishi shart. Ushbu davrda farzand qiyosan novdaga o‘xshaydi. Uni qay tarafga egsa, o‘sha holda egiladi. Bu borada buyuk alloma Yusuf Xos Hojib "Qutadg‘u bilig" ("Saodatga eltuvchi bilim") asarida shunday yozadi:

Ho‘l novda egilar, qay holda egsang,

Quruqni to‘g‘rilar faqat o‘t-otash.

Ha, bu fasl farzand uchun ilm olish, ma'naviy kamolotga yetish faslidir. Oqil ota-ona bu fasldan unumli foydalanmog‘i lozim. Farzand kamolotini ko‘zlagan ota farzandiga imkon darajasida aqlu odob ham bermog‘i kerak. Zero, hech bir ota-ona o‘z farzandiga xulqu odobdan o‘zga ulkanroq boylik berolmaydi. Ushbu fasldan so‘ng kirib kelguvchi so‘nggi fasl farzand balog‘atga yetgandan so‘ng boshlanadi. Bu davrdagi ota va farzand holati haqida rasululloh aytadi: "Farzanding balog‘atga yetgandan so‘ng do‘sting kabi muomala qil". Bu yo‘llanma ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi totuvlik garovidir. Zero ushbu faslda farzand balog‘atga yetgan, ancha-muncha narsaning farqiga yetadigan yoshda hisoblanadi. Endi uni yosh bola ko‘rib, to‘g‘ri va noto‘g‘ri hisoblangan ishni buyuraverish, uni hamon bola hisoblash yaramaydi. Agar ota tomonidan shunday holat sodir bo‘lsa, bu tarbiyaga ziddir. Aynan otaning shunday harakati tufayli farzand qalbida unga nisbatan norozilik tug‘ilishi mumkin. Har qanday ziyrak ota-ona bu davrni darrov ilg‘ab olmog‘i va farzandi bilan bamaslahat ish yuritmog‘i lozim. Bu holat farzandga yana bir qancha ijobiy xislatlarni tuhfa etadiki, bular oxir-oqibatda farzandda o‘z kuchiga nisbatan ishonch tuyg‘usining shakllanishi, mustaqil hayotga qadam bosish muvaffaqiyati hamda boqimandalik kayfiyatining yo‘qolishiga olib keladi. Agar ota-ona uchinchi faslning kirib kelganini ilg‘amay qolsa, bu holat farzand tomonidan judayam ehtiyotkorlik bilan ota-onani ranjitmasdan eslatilishi lozim. Keling, bu borada bir misol keltirib o‘taylik.

Bir do‘stim aytadi:

- Ota-onam aynan shu uchinchi faslni ilg‘amay qoldi. Ular hamon ikkinchi fasl ta'sirida bo‘lib, menga faqat buyruq berishardi. Men esa otamga buni qanday yetkazishni bilmay hayron edim. Nihoyat bunga imkon tug‘ildi. Bir kuni otam: "Qani o‘g‘lim, xaskashni ol, tomorqadan kichikroq chil olib, sabzi ekib qo‘yamiz", deb qoldi. Ota-bola tomorqaga o‘tdik. Men sabzi urug‘ini sepib, ustidan xaskash torta boshladim. Otam esa uzoqdan turib, tuproqni u yoqqa tort yoki bu yoqqa tort, deya ko‘rsatma berardi. Afsuski, ishni otam aytganday qilsam, chil qiya bo‘lib qolar va unga suv yaxshi chiqmasdi. Men otamga e'tiroz bildirdim. Lekin otam, ko‘p gapirmay aytganini qilishimni "maslahat" berdi. Noiloj otamning aytganini qildim. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, sabzilar chiqdi. Ammo chilning yarmiga suv chiqmay qoldi - yarmida sabzi boru qolganida hech vaqo o‘smadi. Ahvolni ko‘rib, otamning qoshi chimirildi.

- Shu yoshga kirib bitta chilni ham eplab tekislolmabsan. Qara, yarmiga suv chiqmabdi. Ishlayotganda ko‘zing qayoqda edi. Qoyil, avjini qara, sen olgan chil-da - deya kesatdi. Men ham ìuloyimroq ohangda javob qildim:

- To‘g‘ri, ìen chilni ñizning ko‘zingiz bilan olãan edim. Ño‘zlarim keskin qattiq botmasin deb tabassum qilib turardim. Otam menga tikilib qoldi. Keyin qah-qah urib kulganicha nari ketdi.

Shu tariqa otam va men uchinchi faslga qadam qo‘ydi. Bu fasl ota va bolaning do‘stlashuv fasli edi.

Ushbu hikoyani tinglar ekansiz, uchinchi fasl mohiyatini anglaganday bo‘lasiz. Yodingizga esa bir donishmand bilan bo‘lgan savol-javob kelaveradi. Undan so‘rashibdi:

- Kim yaqin, otami yoki do‘stmi?

Donishmand javob beribdi:

- Shubhasiz, ota. Agar u do‘st bo‘lsa.

Beixtiyor savol tug‘iladi: xo‘sh, ota o‘z xatosini tushunmay, bolani nohaq deb hisoblaganda nima bo‘lardi? O‘z-o‘zidan ravshanki, bolada otaga nisbatan norozilik tuyg‘usi bosh ko‘tarardi. Buning oqibati esa hech qachon yaxshilik bilan tugagan emaski, hayotda sodir bo‘layotgan voqealardan bunga istagancha misol olish mumkin. Hech qachon farzand o‘z-o‘zidan yomon yo‘lga tushib qolmaydi. Ota-ona ushbu fasllarni unutdimi, demak, farzand tarbiyasi tanazzulga yuz buradi.

Xullas, ota-ona go‘dak xarxashasini ko‘tarmog‘i, o‘smir tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratmog‘i hamda voyaga etgan farzandi bilan bamaslahat ish tutmog‘i lozim. Shundagina ota va bola o‘rtasidagi me'yor chegarasi buzilmaydi. Shundagina har ikki tomon o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqmaydi.


Abdulhamid Muxtorov

 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #43 : 16 Aprel 2009, 10:41:22 »
Assalamu alaykum!
Ko'pchilikni og'zidan eshitib qolamiz...
Bola tarbiyasiga maktab burchli deyishadi, bazida esa ota-ona deyishadi,
aslida xam shundaymi?
Aslida bola bir koptok emaski, gohidada maktab tomonga gohida esa ota-onaga "ma ol tarbiyala" deb uzatiladigan!
Bola tarbiyasiga albatta birinchi o'rinda ota-ona mas'ul.
Maktab bunda bir yordamchi xolos!
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Tarbiya nimaga bog'liq..?
« Javob #44 : 11 Iyun 2009, 08:37:46 »
 :as:
Bolani haqiqiy solih va odobli bo'lishiga harakat qilib ,uni yetuk inson bo'lib tarbiyalamoqchi bo'lgan ota-onalar avval o'zlari bn jiddiy shug'ullanishlari kerak .

 

19 raqamga bog'liq ma'lumotlar

Muallif ChustiyBo'lim Islom

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3259
So'nggi javob 23 Noyabr 2007, 18:31:19
muallifi Chustiy
ISLOMDA KIM NIMAGA MUHTOJ?

Muallif ajmiyBo'lim Umumiy

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 5059
So'nggi javob 12 Mart 2009, 00:16:03
muallifi Afruza
Ruhiy tarbiya turkumidan darslar.

Muallif Shoxruh MirzoBo'lim Islomiy media

Javoblar: 34
Ko'rilgan: 15389
So'nggi javob 28 Iyun 2010, 04:55:17
muallifi Shoxruh Mirzo
Parda modellari bilan bog'liq Turkcha saytlar

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 7640
So'nggi javob 01 Yanvar 2011, 07:30:53
muallifi Lu`lu`
Aziz forumdoshlar, Qurbon Hayiti bilan bog'liq qanday xotiralaringiz bor?

Muallif AnsoraBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 4376
So'nggi javob 28 Fevral 2013, 13:57:58
muallifi Muxsiya