Tarbiya nimaga bog'liq..?  ( 25623 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


BelleQizcha  25 Fevral 2009, 05:09:33

Torisi bir aniq narsani tushunmadim lekin bir mano borligini tushuindim

Qayd etilgan


The Best  25 Fevral 2009, 07:41:09

Tushunishim bo'yicha bu hikoyada quyidagicha ma'no yotipti:
Birovga maslaxat berishdan oldin shu maslaxatinga o'zin amal qil.  ::)

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2009, 08:12:16

Assalamu alaykum.
Bu hikoyada keltirilgan voqea oddiy haqiqat.
Ota-ona farzandini tarbiya qilish borasida unga faqat yaxshi fazilatlarni singdirishga harakat qiladi. Lekin ko'pchilik ota ona shu fazilatlar o'zida bor-yo'qligi haqida o'ylab ko'rmaydi.
Oddiy misol: Ota sigara chekadi, farzandiga esa bu salomatlikka zarar yoki xarom ekanligini tushuntirish uchun unga nasihat qiladi. O'z otasini chekishiga guvoh bo'lgan farzand bunga ishonadi deb o'ylaysizmi? Tabiiyki yo'q. Bola otasiga o'zingizchi? degan savolni bera olmas, beradiganlari ham bor, bera olmagan taqdirda ham shu haqida o'ylaydi va otasining nasihatlari befoyda ketadi.
Bu faqatgina bola tarboyasida emas,hayotning har bir burchida,har bir sohasida uchraydi. Olimlarimiz ham Ummatiy Muhammadiyni SAV to'g'ri yo'lga boshlashlari uchun imlariga o'zlari amal qilishlari lozimku, aks holda uning gaplarini eshitgan kishiga bu hech qanday foyda bermaydi.
SHuning uchun farzand tarbiyasini olib borayotgan ota-ona avvalo o'zini o'nglashi, farzandiga o'zi ibrat o'la bilishi lozim.

Qayd etilgan


ibnUyayna  26 Fevral 2009, 20:26:45

Assalamu alaykum wr wb!
Bu chol ba`zi kitoblarda Abu Hanifa rahimahulloh deyilgan.Albatta farzandlarni tarbiyasi Islom uchun suv va havodek zarur.Ota-onalar avvalo o`zlari amal qilishsagina va buni farzandlariga amalda ko`rsatib berishsagina ta`sir qiladi.Farzand tarbiyasi to`g`risida ko`p kitoblar bor shularni o`qilsa maqsadga muvofiq bo`lur erdi deb o`ylayman.Vallohu a`lam.
Assalamu alaykum wr wb!

Qayd etilgan


Muhseena  26 Fevral 2009, 21:23:31

Mani fikrimcha,farzandlarni kamolotga yetkazayotgan ota-ona,bolaning yoshligidanoq unga Islomdan ta'lim bermog'i lozim.Unda Allohga nisbatan hayo,qo'rquv,muhabbat bo'lmog'i lozim,vallohu a'lam.Ammo hozirda man shaxsan  ota-onalarning farzandlariga  bu narsalardan ko'ra mol-dunyo,yaxshi kiyinish,yaxshi yashash kerakligini uqtirishlariga ko'proq guvoh bo'ldim.Allohdan hayo qilgan inson,ota-onasidan ham boshqa insonlardan ham hayo qiladi,ularga tili bilan ozor berishdan o'zini tiyadi.
Ularni moddiy ehtiyojlaridan ko'ra ma'naviy ehtiyojlarini qondirgan yaxshi bo'lsa kere.Yana Alloh biladi.Bu mening shaxsiy fikrim

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 13:48:24

:bs2:

 :as:

Yaxshi ayol va yaxshi ona — turmushning akademigi. Xalqda shunday gap bor. Ayol — u qaysidir tashkilotning xodimasi, kimningdir mehribon onasi, kimgadir suyukli rafiqa.  Azaldan oqila ayol hamisha bir xonadonning fayzu barakasi bo‘lib kelgan. Lekin buning aksi bo‘lganlar-chi?

Onalikning ko‘zlari...

Bir marta egri ish qilib yuzi qora bo‘lgan ayol «hamma ham xato qiladi» deb o‘zini oqlashi kechirib bo‘lmas holat.

 Yaqinda ana shunday adashganlarning biri bilan suhbatda bo‘ldim. U (sarxush bo‘lgani uchun) mening kimligimni ham so‘ramasdan dardini «to‘kdi». U 35 yillik hayot yo‘li haqida gapirar ekan: «Eslashga arzigulik xotiraning o‘zi yo‘q», dedi. Seskanib ketdim. Nahotki, onalik baxtiga erishgan, alla aytib, tongni bedor qarshilagan damlari uning uchun arzirli bo‘lmasa. Axir shu tuyg‘uni his etishning o‘zi eng buyuk baxt, o‘sha onlar eng shirin xotira emasmi?


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 13:49:24

— Mening xatoim, — deydi u afsus bilan, — ichishni «sevganim». Ana shu yaramas odat tufayli baxtimni o‘z qo‘lim bilan bo‘g‘dim. Agar oyim ichmaganda men otasiz o‘smas, uning taqdiri menda takrorlanmasmidi, deb o‘ylab qolaman ba’zida.

 Ko‘pchilik bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi ayol oliy yoki o‘rta ma’lumotli bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Lekin «Hamma ham o‘qishi shart emas. Chunki bunday imkoniyat hammada ham bo‘lmasligi mumkin. Bu narsa har bir qiz bolaning oiladagi tarbiyasiga bog‘liq» kabi fikrlarni bildirib, bu borada hayotiy misollar bilan fikrini isbotlaydiganlar ham yo‘q emas. Momolarimiz kelin tushirayotganda, uning farosati, aqli, odobiga va albatta, oilasidagi muhitga e’tibor qaratishgan.

80 yoshni qoralab, munkayib qolgan Oygul momoning «qurillatib» chilim chekishidan hayron qoldim. «E-ey, qizim, otam rahmatli chilim chekardi. Men esa har doim uni yoqib kelardim. Bora-bora o‘zim ham chekishga o‘rganganimni bilmay qoldim. Qancha urindim shu odatni tashlay deb, yo‘q «tarki odat, amri mahol» deb to‘g‘ri aytishgan ekan. Turmush o‘rtog‘im ham shu odatimdan noliy-noliy olamdan ko‘z yumdi. Doim yashirib chekaman, shu zormandaga tag‘in nevaralarimning "œhavas"lari kelib yurmasin, — deydi momo afsuslanib.

Momoning oppoq sochlariga aralashib ketayotgan chilim tutuni uning ko‘zlarini ham xiralashtirib qo‘ygan. U qancha urinmasin, o‘g‘lida bu odatning paydo bo‘lishining oldini ololmaganini va bunga asosiy aybdor o‘zi ekanligini nadomat bilan ta’kidlaydi.

Bir mulohaza qiling-a, dasturxon atrofida yoki televizor qarshisida chekib, ichib o‘tirgan otasining (ba’zi onalar ham) tamaki tutuniga bolalarcha havas bilan termulgan farzandi o‘zida sinab ko‘rishga kirishmaydimi? Keyin esa ming pushaymon ham foydasiz. Ta’kidlash joizki, ayrim ayollarimizning fe’li yomonligi, ichishi, chekishi, hattoki oilasiga xiyonat qilishi baxtsizlik tomon yetaklaydi.

— Oiladagi muhit qanday bo‘lsa, bolaning xarakteri ham shunday shakllanadi, — deya gap boshladi Chilonzor tumanidagi «Xalqlar do‘stligi» mahallasi uchastka noziri Shavkat Xudoyqulov. — Nomiga munosib bo‘lmagan ishga qo‘l urgan ko‘pgina xotin-qizlarning tarbiyasi yoshligidanoq buzilgan. Shundaylarning ota-onasi bilan suhbatlashganimizda ularning o‘zi tarbiyaga muhtoj ekanligini ko‘ramiz. Ayrim qizlarimizning nafs qurboni bo‘lishlarini oilasida sabr-qanoat haqida umuman gapirilmagani oqibati deyish mumkin. Kechira­siz-u, o‘z burchi, vazifasini unutib, farzandidagi haqqini talab qiluvchi ba’zi ayollar bilan muloqotda bo‘lganda shu nomga loyiq emasligidan kuyunib ketaman.

Ha, suhbatdoshimizning gapida jon bor. O‘z yurtining «gado»ligidan kechib, o‘zga yurtning «shoh»ligiga  havas qiluvchilar sonining oshib ketayotganini ko‘rib, yoqa ushlaysan. Ekran orqali namoyish etilayotgan «Aldanganlar qismati», «Vo­qea» kabi ko‘rsatuvlarni tomosha qilganda afsus-nadomatlar bundan-da oshadi. Olisdagi boylik jilvasi ularni tobora o‘ziga maftun etib qo‘yyapti, chog‘i? Natija-chi? Nafsni idora qila olmaslik oqibatida esa hech narsa evaziga borini ham boy bermayaptimi?


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 13:50:43

Onalik — odillik


Ustozim Habiba Ernazarova har birimizning kiyi­nishimizga qarab onasining kasbi qandayligiyu biz maktabga otlanayotganda onamiz uyda bor-yo‘qligigacha aytib berardi. Biz uning xatosiz ochayotgan "œfol"laridan hayratga tushardik. Hayot maktabidan saboq olaverganim sayin ustozimdagi qobiliyat har bir sinchkov ayolda bo‘lishi mumkinligini angladim.

 Bir sinfdoshim doim sipo, darsga hamisha tayyor bo‘lib kelsa-da, o‘qituvchilar unga o‘ylab gapirar, har bir aytilgan noo‘rin gap ertangi janjalni boshlashi mumkinligidan xavotirga tushardi. O‘sha o‘quvchining onasi maktabga kelgan soatda dars-ku qolardi, kamiga bolasining aybini aytgan kimsa borki, yumma talanardi. Maktabimiz direktori unga ona odil bo‘lishi kerakligi, vaqti kelganda bolasining xatosini tan ola bilishi, bu harakati bilan bolasining kelajagini ikkinchi darajaga qo‘yayotganligini ko‘p bora uqtirardi. Taajjub, bunday yo‘l tutuvchi ona nimaga erishmoqchi o‘zi? Onaning zurriyodi ertasi uchun qayg‘urishdan ham muhimroq yumushi bormikan?


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 13:52:16

SABR KOSASI

Maysara opa uzzu kun daladan beri kelmaydi. Ro‘zg‘ori, bolalari uchun doim o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib yuradi. U gohida yupun, ba’zan kir-chir yursa-da, qishloqning eng keksasi ham uni ko‘rganda qo‘lini ko‘ksiga qo‘yadi. Turmush o‘rtog‘i toqqa podani haydar chog‘ida qoyadan sirpanib ketgan. Shu-shu to‘shakka mixlangan. (To‘shakda bo‘lsa-da, tinmaydi. O‘g‘lini, qizini yoniga olib, kitob o‘qib beradi. Bolalarining o‘qishi, yurish-turishini doimiy nazorat qilib turadi.)

Maysara opaning quyoshda qoraygan yuzlariga, mehnatdan qavarib yorilgan qo‘llariga qarab matonatiga, irodasiga qoyil qolaman. To‘g‘rida, baxtsiz hodisa sababli yillab nogiron umr yo‘ldoshining suyanchig‘i bo‘lgan ayol bardoshiga tasannolar aytging keladi. Bunday onalar hech qachon hayotidan nolimaydi, birovni aybdor sanamaydi. Boriga, berganiga shukr qiladi. Eng katta maqsadlari — bolalarini komil inson qilib voyaga yetkazish. Ular tarbiyalagan bola ham qanoatli bo‘ladi.

Maysara opaning turmush o‘rtog‘ini tushunish mumkin. Lekin to‘rt muchasi sog‘ ayrim oila boshliqlari ro‘zg‘or yukini butunlay ayoli zimmasiga tashlab qo‘ygani ham bu muammoning bir bo‘lagidir. Ona bozorda, ota hamma narsaga qo‘l siltagan muhitda tarbiya topayotgan bolaning kelajagi haqida xohlasangiz ham yaxshi narsalarni bashorat qila olmaysiz. Nega endi, onasidan o‘rganib tadbirkor yoki biznesmen bo‘lishi mumkin, deysizmi? Albatta, bunday bola qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin pul topishni qoyillatishi mumkin. Ammo saviyasining ko‘zi ojizlashib, ma’naviyati oqsoqlanib qolaveradi. Bunday muhitdan aks ta’sir olib voyaga yetgan bola esa yuztadan bitta bo‘lishi mumkin. Bunday befarqlik oqibati esa fojia bilan yakunlanishi mumkin.

Yurtimizda ayollarga e’tibor qaratish maqsadida qanchadan-qancha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Hatto bir yil ayollar yili deb e’lon qilindi, qolaversa, butun dunyo shu muammoga qarshi kurashayotgan bir paytda, ayolga nisbatan o‘z umr yo‘ldoshi tomonidan qilinayotgan adolatsizlik o‘rinlimikin? Kun bo‘yi ko‘chada butun e’tibori pul topishda bo‘lgan ayol mavridi kelganda qing‘ir ishga qo‘l urishdan ham toymaydi. Buning natijasi o‘laroq jinoyat olamining a’zosiga aylanadi. Afsuski, ana shunday onalar «sharofati» ila qancha bolaning qalbiga armon tamg‘asi bosilib, hayot yo‘llarini mavhumlik egallaydi. Ba’zi onalarni bu kabi ilojsizlik girdobiga duchor qilgan otalar ekanligiga nima deysiz?


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 13:53:30

Yaxshidan sharofat, yomondan...

Ota-onaning kiyinishi bolada kiyinishga bo‘lgan munosabatning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Onaning yengil-elpi kiyimda yurishini ko‘rib, «ko‘zi pishgan» bolalari keyinchalik bunga oddiy holdek qarashadi. Bora-bora o‘zlari ham shunday kiyimlarni hech uyalmay kiyib yurishadi.

 Yoz kuni. Barcha yo‘lovchilar kichikroq bo‘lsa-da, bekatdagi soyaga tiqilishgan. Kim nima haqida gapirayotgani baralla eshitilib turardi. Uch-to‘rt ayol kelib soyadan joy olishdi va yo‘ldagi g‘iybatlarini davom ettirishdi: — Kechagi to‘yda bormidingiz? — dedi to‘ladan kelgan bir ayol. — E’tibor berdingizmi? — gapini davom ettirdi u hamrohining javobini ham kutmay. — Ana u Zamiraning qizi davradan chiqmay o‘ynadi o‘ziyam.

— Kiyimini aytmaysizmi? Ochiq-sochiq. Yana onasi ko‘krak keradi "œfalon joyda ishlayman" deb.

Shu payt bekatga ikki qiz yaqinlashdi. Kelib baland ovozda ayollar bilan yarim o‘zbek, yarim rus tilida salomlashishdi. Shunda oydinlashdiki, ulardan biri qo‘shnisining qizini g‘iybat qilayotgan ayolning qizi ekan. Taassufki, qizining kiyinishi ham mening nazarimda o‘zi yomonga chiqarib, ta’rif bergan qizning kiyi­midan farq qilmasdi.

— O‘rtancha qizimi o‘sha? — Qizi uzoqlashmay yana gapini davom ettirdi ayol. Atrofdagilarning unga qadalgan ko‘zlarini payqamadi shekilli, tinmay javrardi. Hikoyasining qahramoni hamon o‘sha qiz. Shu tobda ayolga sekingina «O‘zingiz ham bu borada qo‘shningizning qizidan ildamsiz» demoqchi bo‘ldimu, tilimni tishladim. Eh, siz onalar-ey, o‘z uyingizda yog‘ayotgan «do‘l»dan bexabar, birovning uyidagi «yomg‘ir»dan zavqlanasiz-a. Nima bo‘l­ganda ham qovun-qovundan rang olishini unutmang!


Qayd etilgan