Muallif Mavzu: Muhammad yusuf she`riyati.  ( 37509 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
Re: Muhammad yusuf she`riyati.
« Javob #15 : 08 May 2011, 22:45:30 »
Menda ikkita kitobi bor edi, shu qadar yoqardiki, do`stlarimga maqtab maqtab o`qib berardim... O shunchalik muxlisini ko`paytiribmanki, ikkala kitobdan ham ayirishdi meni....
man uje kech qopmande. endi suramoqchi bulib turgan edim afsuz.....

Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
Re: Muhammad yusuf she`riyati.
« Javob #16 : 08 May 2011, 23:04:18 »
VATANIM
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !
 

Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
Re: Muhammad yusuf she`riyati.
« Javob #17 : 09 May 2011, 01:34:30 »
O'zbek qizlari

Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.

Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin -
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.

Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, dugonasi Or.
Ayting, farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..

Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq,
Ular etagidan jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yoq emas kichkina kamchiligi ham.

Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!

Хадича

  • Mehmon
Javob: Muhammad yusuf she`riyati.
« Javob #18 : 21 Aprel 2013, 06:03:14 »
Капалаклар одамлардан мехрибон...

Туғилгандан мен шўрликнинг
 Ð±Ð°Ò“рим қон,
Бир жисмимда талашади икки жон.
Жон талашсам, тепада чарх урган ул,
Капалаклар одамлардан меҳрибон...

Оққушларим, оқ ёмғирда учарлар,
Саҳарлардан шудринг-шароб
ичарлар,
Танламайин кабрларни қучарлар,
Капалаклар одамлардан меҳрибон...

Гулга кўнса, қанотлари ботмайди,
Ожизларим бировга тош отмайди,
Бир кун яшар, бир-бирларин
 ÑÐ¾Ñ‚майди,
Капалаклар одамлардан меҳрибон...

Бир қарасанг, на кулбаси, уйи йўқ,
На товуши, на қўшиғи,куйи йўқ,
Капалакнинг камбағали, бoйи йўқ,
Капалаклар одамлардан меҳрибон...

Капалакнинг Каъбасидир ҳур дала,
Даласида меҳр тўла, нур тўла,
Бахтсиз бўлса, бари бахтсиз бир
 Ð¹ÑžÐ»Ð°,
Капалаклар одамлардан меҳрибон...

Ойдин оқшом ёдга тушдинг, о
 Ð¼Ð°Ð»Ð°Ðº,
Сени ўйлаб бўлди яна қон юрак,
Севаман деб алдамайди капалак!..
Капалаклар одамлардан меҳрибон!..

Муҳаммадга ишонган эй, мўминлар,
Ўлсам сўзим эслаб, ўйга чўминглар,
Капалакнинг қанотига кўминглар,
Капалаклар одамлардан меҳрибон

 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari

Muallif AbdusalomBo'lim Islom

Javoblar: 37
Ko'rilgan: 93494
So'nggi javob 30 Noyabr 2013, 14:05:53
muallifi Ҳанафий
Abduttavvob Yusuf. Muhammad alayhissalom hayotlaridan o’n qissa

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 69
Ko'rilgan: 37845
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:15:56
muallifi AbdulAziz
Muhammad Yusuf. Bulbulga bir gapim bor

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 13806
So'nggi javob 01 Iyul 2011, 11:32:53
muallifi Humayro
Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarai Xorazmshohiy

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 14871
So'nggi javob 11 Fevral 2011, 15:27:54
muallifi braupov
Muhammad Yusuf yoxud ustozdan o'zgan shogird

Muallif AbdulAzizBo'lim Adabiy esdaliklar, xotiralar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4778
So'nggi javob 28 Avgust 2012, 17:42:49
muallifi AbdulAziz